Maxsus tadbirlar - yurak – qon tomir tizimi kasalliklariga xos bo'lgan simptomlari bo'lgan bemorlarga: yurak va ko'krak og'rig'i, o'tkir va surunkali yurak yetishmovchiligi, shish, yurak ritmining buzilishi va boshqalarga yo’naltirilgan kuzatuv va parvarish chora tadbirlaridir.
YURAK VA QON AYLANISHI
Organizmning faoliyati har bir hujayraga ozuqa moddalari, kislorod, suv yetkazib berish va hujayra ajratib chiqarayotgan mahsulotlarni chiqarib tashlash sharoitiga bog’liq. Tomirlar tizimi va qon harakatini ta’minlovchi markaziy a’zo — yurak, ushbu masalani hal qiladi.
Yurak va qon tomirlari. Yurak muskullarining va tomir devorlarining qisqarishi natijasida qon harakat qiladigan tutashtiruvchi tizimni tashkil qiladi.
Arteriyalar — qonni yurakdan eltuvchi tomirlar. Arteriyalar bo’ylab qon bosim bilan o’tishi natijasida mayda arteriyalar va venalar butunligi buzilgan hollarda qon tomirlarni o’rab turuvchi to’qimalarga oqib, ushbu joyda qon aylanishi izdan chiqadi.
Venalar Qonni yurakka eltadi. Vena qon tomiri devorlarida muskul tolalari kamroq rivojlangan. Ko’pgina yirik va o’rta venalarning devorlari ichki tomonida klapanlari bo’lib, ular qonni oldinga yo’naltiradi, orqaga harakat qilishga yo’l qo’ymaydi.
Kapillyarlar arteriyalar bilan venalarni tutashtiruvchi tomirlar bo’lib, yopiq tizim hosil qiladi va to’qimalar,qon va atrof-muhit bilan moddalar va gazlar almashinuvini ta’minlaydi. Kapillyarlar, mayda arteriya va venalar butunligi buzilgan hollarda qon to’qimalarga oqadi.
Yurak katta qon tomirlari bilan bog’langan, to’rt kamerali muskulli nasos sifatida ifodalanadi. Yurak ko’krak qafasida joylashgan bo’lib, uning katta qismi o’rta chiziqdan chap tomonda joylashgan. Yurak devori bir necha qavatdan iborat. O’ta qavat —miokard — avtomatik ravishda, bir maromda, bir vaqtda qisqaruvchi o’ziga xos muskul hujayralaridan tashkil topgan. Yurak muskulida oziqlanish va gaz almashinuvining buzilishi yurak qisqarishi samaradorligiga ta’sir qiladi va organizmda qon aylanishini buzadi.
Yurak va qon tomirlari qon aylanish doirasini tashkil qiladi.
Kichik doira tomirlari qon va havo orasidagi gaz almashinuvini ta’minlaydi, bunda o’pka va uning tomirlari muhim o’rin tutadi.
Katta doira tomirlari kislorodga to’yingan qonni butun organizm bo’ylab taqsimlab, karbonat angidrid gazi va modda almashinuv mahsulotlari bilan boyigan qonni yurakka yig’ishni ta’minlaydi. Yurak bir maromda kameralarning ishiga qarab, qon kerakli yo’nalishda oqadi.
Gaz almashinuvida gemoglobin muhim o’rin egallaydi. U qon hujayralari eritrotsitlarda bo’ladi. Kislorod va karbonat angidrid gemoglobin bilan birlashgan holda o’tkaziladi.
Organizm me’yorda ishlab turishi uchun barcha a’zo va tizimlar qon bilan ta’minlab turilishi zarur, bu esa yurak muskuli ishlashi va tomirlar bo’ylab qon qanchalik oson harakatlanayotganiga bog’liq.
Qon tomirlari qon uchun ochiq bo’lib, yog’ to’planishi yoki qotib qolgan qon bilan yopilib qolmagan bo’lsa, to’qimalarning qon bilan ta’minlanishi uzluksiz amalga oshiriladi. Qon aylanish sistemasidagi bosim belgilangan darajadan oshmasligi ham muhimdir. Yurakning arterial bosim (gipertenziya) qon tomirlarini shikastlashi mumkin.
Kislorod alveolalardan kapillyarlarga kelib, bu yerda eritrotsitlar gemoglobini bilan birlashadi. Tananing hujayralaridan chiqib, karbonat angidrid gazi qonga tushadi. So’ngra u o’pka alveolalariga tushib, nafas chiqarish vaqtida chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |