Xizmatchi satx. Bu satxning dasturiy ta’minoti baza satxi dasturlari bilan ishlashni xamda tizim skatxi dasturlari bilan ishlashni ta’minlaydi. Xizmatchi dasturlarning asosiy vazifasi kampyuter ishini sozlash va tekshirish ishlarini avtomatlashtirishdan iborat.
Amaliy satx. Amaliy satxning dasturiy ta’minoti amaliy dasturlar majmuasini tashqil qiladi. Ular yordamida ish joyida aniq vazifalarni bajarish mumkin.
Kompyuterlar klassifikatsiyasi.
Kompyuterlar klassifikatsitasida quyidagi tirlarni keltirish mumkin:
Superkompyuterlar:juda tez ishlaydigan eng qimmat kompyuterlar. Katta kompyuterlar juda murakkab ilmiy-texnik masalalarni yechishga mo’ljallangan. Superkompyuterlar o’zining hisoblash quvvatini ma’lumotlarni parallel qayta ishlash hisobiga oladi, ular bitta masalani yechishda bir vaqtda ko’plab protsessorlarni ishlatadi.
Misollar: Superkompyuterlar: Jaguar, K Computer, Kolumbiya.
Server kompyuterlar: bitta juda qiyin masalani yechishga emas, bir nechta mayday masalalarni yechishga qaratilgan. Vikipediya ensiklopediyasida saqlanuvchi kompyuterlar serverga misol bo’ladi. Bu kompyuterlar qidirilayotgan sahifani qidirib, topib, sizga jo’natishi lozim.
Server dasturlar va ma’lumotlar to’plamini o’zida saqlovchi markaziy kompyuterdir. Faylli serverlar va ilova serverlari muhim turlar hisoblanadi.
Ishchi stansiyalar: tabiiy fanlar, matematika, muhandislik hisoblari, loyihalash kabi murakkab proseduralarni yechishga mo’ljallangan qimmat kompyuterlardir.
Shaxsiy kompyuterlar.Shaxsiy kompyuterlar oxirigi yigirma yil mobaynida jadal rivojlanib keldi. Bunday kompyuterlar bitta ish joyiga xizmat ko’rsatadi. Qoida bo’yicha shaxsiy kompyuterda bitta odam ishlaydi. O’zining kichikligiga qaramay xamda unchalik Qimmat bo’lmagan shaxsiy kompyuterlar katta ishlab chiqarish kuchiga ega. Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar 70-yillar katta EXM laridan, 80-yillar mini-EXMlaridan va 90-yillarning mikro- EXMlaridan ustundirlar. Shaxsiy kompyuterlar {Personal Computer, PC) kichik korxonalarni va ayrim shaxslarni talablarini bemalol qanoatlantiradi.1995 yildan so’ng Internetning rivojlanishi shaxsiy kompyuterning yanada rivojlanishiga sabab bo’ldi. Shaxsiy kompyuter yordamida jaxon tarmog’idan ilmiy, madaniy, o’quv va ko’ngil xushlik axborotlarini olish mumkin. Shaxsiy kompyuterlar toifali fanlar bo’yicha o’quv jarayonini avtomatlashtirish vositasi bo’lib xam xizmat qiladi, shuningdek masofadan o’qitish jarayonini ham tashqil qilish mumkin. Ular ishlab chiqarish va ijtimoiy soxalarga ham o’z xissasini qo’shadilar. Shaxsiy kompyuterlar uyda ish faoliyatni tashqil qilishga yordam beradi, bu esa ishsizlikda qo’l keladi.Yaqin kunlargacha shaxsiy kompyuterlar shartli ravishda ikki kategoriyaga: xo’jalik ShK va professional ShK. Xo’jalik modellar, hoida bo’yicha, kichik ishlab chiqarish imkoniyatiga ega., lekin ularda rangli grafika va tovush bilan ishlash imkoniyatlari nazarda tutilgan. Bunday imkoniyatlar esa 8ilde8m8tive modellarda talab qilinmagan. Oxirigi yillarda xisoblash texnika vositalarining arzonlashuvi tufayli xo’jalik va 8ilde8m8tive modellar orasidagi chegara ancha kamaydi va xo’jalik modellar o’rniga 8ilde8m8tive modellar ishlatilmoqda. Profesional modellar esa o’z navbatida xo’jalik modellarning xususiyatlarini o’zlashtirdi, ya’niy multimediya ma’lumotlarini ishlab chiqaruvchi qurilmalarni o’z tarkibiga oldi. Multimedia terminalogiyasi deganda aslida ma’lumotlarning bir necha xil toifai bitta hujjatda joylashuvi (matnli, grafika, musika va video ma’lumotlar ) yoki shu ma’lumotlar majmuasini taqdim etuvchi qurilmalar to’plami nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |