Uy-ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlash bo‘limi: o‘quvchilar pol qoplamalari hamda mebellarning loklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari hamda kichik ta’mirlash; oyna romlarini kichik ta’mirlash va ishda issiqlikni saqlash usullari; xizmat ko‘rsatish sohalariga oid kasb-hunar turlari; pol qoplamalari va mebellarning loklangan hamda qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta’mirlash ish usullari; yurtimiz me’morchiligi tarixi, xona intereri va jihozlanish dizayni; sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an’analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo‘nalishlari; xonalar, fan bo‘yicha o‘quv kabinetlarida mebel va qo‘shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini tayyorlash; taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash; shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta’minoti tizimi hamda undan foydalanish qoidalari; uy va xonadonlarni ta’mirlash ishlarining asosiy turlari; ta’mirlashda qo‘llaniladigan zamonaviy qurilish materiallari; uy va xonadonlarni ta’mirlashda qo‘llaniladigan asosiy ish asboblari; suv ta’minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jo‘mraklarni sozlashda mayda ta’mirlash ishlarini bajarish; qurilish va ta’mirlash bilan bog‘liq kasb-hunarlar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.
“Servis xizmati” yo‘nalishi
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi bo‘limi: o‘quvchilar gazlama turlari, xususiyatlari, ularga ishlov berish, bichish-tikish asoslarini o‘rganadilar; kiyimlar turlari, ahamiyati, tikuv, yigiruv asbob-uskunalari va mashinalari, ularning turlari, tuzilishi va ishlashi bilan tanishadilar; gazlamaga ishlov berish texnologiyasi xalq hunarmandchiligi tarmoqlari: kashtachilik, do‘ppido‘zlik, zardo‘zlik, quroqchilik, popopchilik, milliy o‘yinchoqlar tayyorlash va boshqa yo‘nalishlari asoslarini egallaydilar; gazlamaga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi sohalari; gazlamaga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
Pazandachilik asoslari bo‘limi: o‘quvchilar oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, oshpazlik va andolatchilik asoslari; oziq-ovqat mahsulotlari hamda taomlarning inson hayotidagi o‘rni, xususiyatlari, to‘yimliligi, turlari, ovqatlanish meyori va tartibi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tashish hamda ularga dastlabki va asosiy ishlov berish yo‘llarini o‘rganadilar; oshxonalarning jihozlanishi; oziq-ovqat sanoati, sanitariya-gigiyena hamda mehnat xavfsizlik texnikasi qoidalarini; uy-ro‘zg‘or yuritish va jihozlardan unumli foydalanish, oila jamg‘armasi, uni sarflash madaniyati, oziq-ovqat va yengil sanoat sohalaridagi keng tarqalgan kasblar, ularning tasniflari haqidagi tushunchalarga hamda pazandachilikka oid kasb-hunar turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |