1 Мавзу: “Технология фанини ўқитиш методикаси” фани ва унинг вазифаси



Download 2,03 Mb.
bet116/243
Sana29.03.2022
Hajmi2,03 Mb.
#516527
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   243
Bog'liq
ТЕХНОЛОГИЯ ФАНИНИ ЎҚИТИШ МЕТОДИКАСИ МАЖМУА 2020 ТЕХ таъл

Amaliy mashg‘ulot№ 10
Mavzu: O’quv ustaxonasida yasaladigan buyumlar ro’yxati.
Har bir sinf uchun ish ob`ektlarini ro’yxatini tuzish.
Qanday didaktik printsiplarga asoslanib tuziladi.
O’quv ustaxonasida qilinadigan ishlar ro’yxati – har bir sinfda o’quv yili davomida qanday ishlarni bajara olish imkoniyati mavjudligini oldindan aniqlash, bu ishlarni bajarishda nazariya va amaliyotning bir-biriga mutanosibligini amalga oshirish hamda ularni qanday ketma-ketlikda bajarish kerakligini ko’rsatuvchi hujjat bo’lib, har bir maktab o’qituvchisi mahalliy shart-sharoitlar, tushgan buyurtmalar, o’quv dasturida ko’rsatilgan ish ob`ektlarining namunaviy ro’xatini hisobga olgan holda kalendar mavzuli rejaga solanib ishlab chiqadi va maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.
O’quv ustaxonasida qilinadigan ishlar ro’yxati va kalendar mavzuli reja bir vaqtda tuziladi.
Tushuntirish:
O’quv ustaxonasida qilinadigan ishlar ro’yxati bu ishlar o’quvchilar tomonidan dars davomida bajariladigan bo’lganligini uchun o’quvchilar yil davomida qancha vaqt amaliy ish bilan mashg’ul bo’lishlarini aniqlashdan boshlandi.
Buning uchun siz ishlab chiqqan mavzuli rejani o’zingiz tahlil etib, quyidagi savollarga javob berishingizni to’g’ri keladi:
1.Qaysi mavzularni o’qtishda o’quvchilar amaliy ish bajarmaydilar masalan, nazariy darslarda, “Yog’ochlarning tuzilishi va ularning xossalari”, “Tokarlik vintqirqar stanogining umumiy tuzilishi va ishlash printsipi”, “Korxonalarga ekskursiya”va h.k.
2. Ularning umumiy soatlari yig’indisi qancha bo’ladi?
3. Har bir amaliy mashg’ulotda o’qituvchi darsning tashkiliy qismi va kirish instruktaji hamda darsni yakunlash uchun har bir darsning 1\4 qismi, ya`ni 25%gacha sarflashi kerak.
Yuqoridalarni hisobiga olgan holda o’quvchilarning o’quv yili yoki choragi davrida tegishli bo’lim boyicha amaliy ishlarni bajarishlari uchun qancha vaqt ishlashlarini aniqlaymiz.
Faraz qilaylik, bizga taalluqli sinf boyicha yog’ochlarga ishlov berish uchun X soat rejalashtirilgan, Shulardan U soatida faqat nazariy darslar to’g’ri keladigan vaqt. Amaliy mashg’ulotlar uchun X-U soat vaqt qoladi. O’quvchilarning amaliy ishlar bilan band bo’ladigan sof soatlari quyidagicha bo’ladi.
(X-U) * ¾ soat↔ (X-U) * ¾ * 45 ≈ 34 * (X-U) min
Demak tanlagan bo’lim boyicha o’quvchilarga rejalashtiradigan ishlarida (X-U) * ¾ soatda bajara oladigan bo’lishlari kerak.
Amaliy ishning 3-savoliga qarang.
Bu amaliy ishda bajarilishi zarur bo’lgan ikkinchi topshiriq tegishli sinfda qanday ish ob`ektlarini bajarish mumkinligini aniqlashdan iboratdir.
O’quv dasturida har bir sinfda har bir bo’lim boyicha bajarish uchun tavsiya etilgan bir qancha ish ob`ektlarining taxminiy ro’yxati keltirilgan. Bundan tashqari, maktabga tushgan buyurtmalar, maktab ehtiyoji uchun kerakli bo’lgan ish ob`ektlari ham bo’lishi mumkin. Bu ish ob`ektlarini sinflar boyicha rejalashtirishda har bir sinfda o’rganilgan mavzu, o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan operatsiyalar ish turlari hamda o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlari hisobga olinadi, yuqoridagi ish ob`ektlari o’quv dasturi talablariga mos kelsa, birinchi navbatda maktabga tushgan buyurtma va maktab uchun zarur bo’lgan ish ob`ektlari rejalashtiriladi.
1.Gorizontal grafaga tegishli sinfgacha va ushbu sinfda o’quvchilar qanday ish turlarini o’rganishlari dasturida ko’rsatilgan bo’lsa, barchasi biror ish ob`ektini bajarish ketma-ketligida yozib chiqiladi.
2.Ikkinchi vertikal ustunga rejalashtirilgan ish ob`ektlari osondan qiyinga tomon yozib chiqiladi.
3.Har bir ish ob`ektida qaysi turi qatnashadigan bo’lsa, qalam bilan plyus (4) belgisi qoyib chiqiladi.
4.Eng kam ish turlari qatnashadigan ish ob`ekti birinchi pog’onaga, ko’p qatnashadigani esa ikkinchi, uchuinchi va h.k., ketma-ketlikda joylashtirib chiqiladi.
5.Mazkur sinf o’quvchilari tegishli ish ob`ektidagi operatsiyalarning har birini bajarish uchun sizning fikringizga qanchadan vaqt sarflaydi. Bu sarflanadigan vaqtlarni minutlar hisobida ifodalab (plyus4) belgi o’rniga yozib chiqiladi.
6.Har bir ish ob`ektini bajarish uchun qancha vaqt sarflash undagi operatsiyalar uchun sarflanayotgan vaqtlar yig’indisi teng bo’ladi.
Har bir bo’lim sinflarda bajariladigan ish ob`ektlari soni ularni bajarish uchun sarflanadigan vaqt orqali aniqlanadi.Bu vaqt 34 (X-U) minutdan oshmasligi kerak.
Masalan:
V-sinf uchun “Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalari” bo’limlarini o’qitish uchun 14 soat ajratilgan.
1.Dasturidagi ish ob`ektlarining namunali ro’yxati quyidagicha:
1) prizma shaklidagi detallar tayyorlash;
2) geometrik shakllar tayyorlash;
3) plakatlar uchun reyka;
4) oziq-ovqat mahsulotlarini chegaralab ajratuvchi taxtachalar;
5) taglik taxtalar;
6) bolalar kurakchasi;
7) donho’rak;
8) bo’r va mayda detallar uchun quticha;
9) instrumentlar saqlash uchun quticha;
10) yer o’lchash tsirkul;
11) arralash uchun moslamalar;
12) arra gaparasini charxlashda foydalaniladigan tutqich;
13) duradgorlik verstagi uchun xona;
14) uylar modellari;
15) kema modeli;
16) traktor modeli;
17) avtomobil modeli va h.k.
2. Dasturga asoslanib darslar boyicha mavzuli reja tuzib chiqsak, ulardan 6 soatlik mavzu nazariy dars sifatida o’tiladi yoki o’quvchilar amaliy ravishda ish o’rni va uni tashkil etish, yog’och materiallari turlari va ularning tutgan o’rni, yog’och materiallari turlariga oid labaratoriya mashg’ulotlari va h.k.
3. Dastur boyicha bu 14 soatda o’quvchilar quyidagi ish turlarini bajarishni o’rganishlari kerak.
1) (zagatovka) ish ob`ekti uchun xomashyo tayyorlash va tanlash;
2) rejalash;
3) uzunasiga arralash;
4) ko’ndalangiga arralash;
5) randalash;
6) parmalash;
7) mix va burama mixlar, kley bilan biriktirish;
8) egovlar bilan ishlov berish;
9) jilvir qog’oz bilan jilvirlash;
10) lak va boyoqlar bilan ishlov berish.
4.O’quvchilarning bevosita amaliy ish bilan mashg’ul bo’ladigan vaqtlarini aniqlaymiz.
X - 14 soat
(X-U) * ¾ =(14-6) * ¾ =6 soat=6*45=270min
U - 6 soat
Demak, ish ob`ektlarini shunday tanlash kerakki, bunda yuqoridagi ish turlarining barchasi qatnashsin va ularni 6 soat ichida o’quvchi bajara olsin.
Buning uchun yuqorida ko’rsatilgan 18 ta ish ob`ekti ko’plik qiladi. Ulardan o’zimizga keraklisini tanlab olish imkoniyati bor (yetishmasa, qo’shishimiz ham mumkin). Bu ish ob`ektlarida qaysi ishlar qatnashishini aniqlash uchun quyidagi jadvalni to’ldiramiz.
3- Jadval



Ish ob`ekti







Ish turlari

















Xom-
ashyo tayyor
lash

Reja-lar

Ko’nda-langiga arralash

Uzuna-siga arra-lash

Ran-dalash

Mix bilan

Burama mix bilan

Kley bilan

Parma-lash

Jilvir
lash

Lak va boyoq
lar bilan ishlash

1.

Plakat uchun reyka

+

+

+

_

+



















2.

Taglik taxta

+

+

+

_

+

+
















3.

Bola
lar kurak
chasi

+

+

+

+

+

+







+

+




4.

Uy modeli

+

+

+

+

+

+

+

+

+

+

+

5.

Avto
mobil modeli

+

+

+

+

+

+

+

+

+

+

+

Demak, 270 min yoki 6 soatlik amaliy ish jarayoni uchun oxirgi 3 ta ish ob`ekti yetarli ekan (bu tanlangan ob`ekt qurilishining sodda yoki murakkabligiga ham bog’liq, shuning uchun uning xomaki chizmalarini ham tayyorlamoq zarur).


Shu tartibda har bir bo’lim uchun o’quv ustaxonasida qilinadigan ishlar ro’yxatini ishlab chiqish tavsiya etiladi.

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish