7-Mavzu. Tashqi savdo va uni boshqarish
1. “… amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard natijasi aholining turmush darajasiga bevosita oʻz ta`sirini oʻtkazadi. Xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarining jadal oʻsishiga xizmat qilmoqda.” – ushbu fikrda gap nima haqida ketayapti? Mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati
2. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar maqsadi nima? Eksportni rag’batlantirish;importni optimallashtirish;tashqi savdo muvozanatini ta’minlash
3. Tashqi savdo borasida hukumat e’tibori nimalarga qaratilgan?
- sanoat tuzilmasini diversifikatsiya qilishni, eksportni qoʻllab-quvvatlash,
-import oʻrnini bosuvchi tovar va mahsulotlarni ishlab chiqarishni yanada oshirilishi
4. Mamlakatning tashqi savdo faoliyatida nisbatan yuqori faollik 2019 yilda qaysi oyda kuzatilgan? iyul oyida– 4,8 mlrd. AQSh dollari
5. Mamlakatning tashqi savdo faoliyatida nisbatan past faollik 2019 yilda qaysi oyda kuzatilgan? dekabrda TSA 3,9 mlrd. AQSh dollari
6. 2020-yilda respublikaning tashqi savdo aylanmasi (TSA) qiymatini toping. 36 299,3 mln
7. 2020-yilda respublikaning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 2019-yilga nisbatan qanchaga kamaydi? 5 451,7 mln. AQSh dollariga yoki 13,1 % ga kamaydi
8. 2020-yilda respublikaning tashqi savdo aylanmasi (TSA) tarkibida oltin eksportining qiymati qanchaga teng boʻldi? 5804,4mln AQSH
9. 2019-yilda respublikaning tashqi savdo aylanmasi (TSA) qiymatini toping.? 41751,0mln
10. 2020-yilda respublikaning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 2019-yilga nisbatan necha foizga kamaydi? 13,1 %
11. 2020-yilda respublikaning eksporti 2019-yilga nisbatan necha foizga kamaydi? (13,4 %
12. 2020-yilda respublikaning importi 2019-yilga nisbatan necha foizga kamaydi? 12,8 %
13. 2020-yilda respublikaning oltin eksporti 2019-yilga nisbatan necha foizga oshdi? 18%
14. 2020 yilda tashqi savdo aylanmasida 6 mlrd AQSh dollaridan koʻp ulushga ega boʻlgan davlatni toping? xitoy
15. 2020 yilda tashqi savdo aylanmasida 5 mlrd AQSh dollaridan koʻp ulushga ega boʻlgan davlatni toping? rossiya
16. 2020 yilda tashqi savdo aylanmasida reytingida 3-oʻrinda boʻlgan davlatni toping? Qozog’iston
17. 2020 yilda tashqi savdo aylanmasida reytingida 10-talikni tugatgan davlatni toping?
Turkmaniston
18. 2020 yilda Oʻzbekiston jahonning qancha mamlakati bilan tashqi savdoni amalga oshirdi? 170 ga yaqin
19. Respublika tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushni qaysi hudud egallaydi? Toshkent shahri
20. Respublika tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng quyi ulushni qaysi hudud egallaydi?surxandaryo
21. Respublika tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushga ega poytaxt hududi va viloyatidan keying 3-oʻrinni qaysi hudud egallaydi? andijon
22. 2020 yilda tashqi savdo aylanmasi 1492,1 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan hududni aniqland. samarqand
23. 2020 yilda eksport tarkibida qaysi tarkibiy qism eng koʻp ulushga ega boʻlgan? Sanoat tovarlari
24. 2020 yilda eksport tarkibida qaysi mahsulot nisbatan eng koʻp oshgan? Hayvon va oʻsimliklar moylari (yogʻlari), yogʻlar va mumlar
25. 2020 yilda import tarkibida qaysi tarkibiy qism eng koʻp ulushga ega boʻlgan? Mashinalar va transport asbobuskunalari
26. 2020 yilda import tarkibida qaysi mahsulot nisbatan eng koʻp oshgan? Kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga oʻxshash mahsulotlar
27. 2020 yilda meva-sabzavotlar eksporti geografiyasida yetakchi mamlakatni (tonnada) toping. qozoqiston
28. 2020 yilda toʻqimachilik mahsulotlari eksporti geografiyasida yetakchi mamlakatni toping. rossiya
29. 2020 yilda mashina va asbob-uskunalar importi geografiyasida yetakchi mamlakatni toping. xitoy
30. 2020 yilda Oʻzbekiston mashina va asbob-uskunalarni eng koʻp import qilgan Yevropa Ittifoqidagi mamlakatni toping.germaniya
10-Mavzu. Respublikamiz iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarning o‘rni
O`zbekiston Respublikаsining «Chet ellik investorlаr huquqlаrining kаfolаtlаri vа ulаrni himoya qilish chorаlаri to`g`risidа» ...i?- yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻyilmalar kiritayotgan xorijiy investorlar uchun maksimal darajada qulay investitsiya muhitini yaratish;
- ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar jalb etilishini ragʻbatlantirish;
- xorijiy investorlar bilan ishlashdagi turli byurokratik gʻovlar va toʻsiqlarni bartaraf etish;
- xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga davlat va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarga yoʻl qoʻymaslik.
2. Keltirilganlardan qaysi biri chet ellik investorlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida investitsiyalarni amalga oshirish yoʻllariga kirmaydiOʻzbekiston Respublikasining yuridik va (yoki) jismoniy shaxslari bilan birgalikda tashkil etilgan xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarining, banklar, sugʻurta tashkilotlari va boshqa korxonalarning ustav jamgʻarmalarida va boshqa mol-mulkida ulush qoʻshib qatnashish;
chet ellik investorlarga toʻliq qarashli boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarini, banklar, sugʻurta tashkilotlari va boshqa korxonalarni barpo etish va rivojlantirish;
mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarni sotib olish;
intellektual mulkka, shu jumladan mualliflik huquqlari, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xauga, shuningdek ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish;
3. Salohiyatli xorijiy investorlar taklif qilayotgan investitsiya kiritish shakllariga kirmaydigan javobni tanlang.Bugungi kunda salohiyatli xorijiy investorlar investitsiya kiritishning quyidagi turli shakllarini taklif qilmoqdalar:
- Hamkorlikda qoʻshma korxona tashkil etish;
- 100 % xorijiy kapital asosida korxona tashkil etish;
- Xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiya paketlarini bir qismi yoki yarmini sotib olish.
Xorijiy investitsiya asosida tashkil etiladigan korxonalarga quyidagi shartlar qoʻyiladi:
- Ustav fondida eng kamida 150 ming AQSh dollariga teng mablagʻning boʻlishi;
- Korxona tashkilotchilaridan biri xorijiy yuridik shaxs boʻlishi lozim;
- Korxona ustav fondidagi mablagʻning eng kamida 30 %i xorijiy investitsiya ulushi boʻlishi lozim.
4. Xorijiy investitsiya asosida tashkil etiladigan korxonalarga taalluqli boʻlmagan shartni toping.
Xorijiy investitsiya asosida tashkil etiladigan korxonalarga quyidagi shartlar qoʻyiladi:
- Ustav fondida eng kamida 150 ming AQSh dollariga teng mablagʻning boʻlishi;
- Korxona tashkilotchilaridan biri xorijiy yuridik shaxs boʻlishi lozim;
- Korxona ustav fondidagi mablagʻning eng kamida 30 %i xorijiy investitsiya ulushi boʻlishi lozim.
5. Xorijiy investitsiya – bu …? chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Chet el investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Ular milliy iqtisodiyotga chetdan, ularning kelishini ragʻbatlantirgan holda jalb qilinadi.
6. Xalqaro investitsiyalarning oʻrtacha yillik oʻsish sur’ati necha foizga teng?30% dan oshadi.
7. Xalqaro investitsiyalarning oʻrtacha yillik oʻsish sur’ati jahon savdosi oʻsishi sur’atlaridan necha marta yuqori?5 marotaba ortiqdir.
8. Jahon xoʻjaligi mamlakatlarining kapitalni eksport qiluvchi guruhidagi mamlakatlarni toping? - (Yaponiya, Shveytsariya);
9. Jahon xoʻjaligi mamlakatlarining kapitalni import qiluvchi guruhidagi mamlakatlarni toping?
(AQSh, Buyuk Britaniya);
10. Jahon xoʻjaligi mamlakatlarining kapital taxminiy muvozanatda guruhidagi mamlakatlarni toping?
(Germaniya, Fransiya).
11. Oʻzbekistonga transmilliy kapital qoʻyilmalari kiritishi mumkin boʻlgan davlatlarni toping?
asosan qoʻshni davlatlarga amalga oshiriladi.
12. Bevosita xorijiy investitsiyalar ma’nosi nima?
Yangi kompaniya tashkil etish.
Bankrot boʻlgan kompaniyalarni xarid qilish.
13. Portfel xorijiy investitsiyalar ma’nosi nima?
Portfel investitsiyalar (portfoIio investments) shunday investitsiyalarki, bunda kapital daromad olish maqsadida korxonalarning aksiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlarini sotib olish uchun sarflanadi. Bunday investitsiyalar korxonalarning moliyaviy xoʻjalik faoliyati ustidan nazorat oʻrnatish huquqini bermaydi.
14. Transkontinental kapital qoʻyilmalarning maqsadi nima?
Asosiy maqsad - bozorni egallash va shu kontinentda yangi ishlab chiqarishni tashkil etish.
15. Transmilliy kapital qoʻyilmalarining maqsadi nima?
Bundan asosiy maqsad - bosh kompaniyaga nisbatan qilinadigan kapitalning harakatini minimum darajada amalga oshirish.
16. Aksioner qimmatbaho qogʻozlari nima?
(eguity securities) - bozor muomalasidagi pul hujjati boʻlib, hujjat egasining ushbu hujjatni chiqargan shaxsga nisbatan mulkiy xuquqga egaligini tasdiqlaydi.
17. Zayom qimmatbaho qogʻozlari nima?
(debt securities) - bozor muomalasidagi pul hujjati boʻlib, zayom egasining ushbu hujjatni chiqargan shaxsga nisbatan munosabatini tasdiqlaydi.
18. Obligatsiya (bond) (oddiy veksel, qarz majburiyati) nima?
(oddiy veksel, qarz majburiyati) pulli dastak boʻlib, uning sohibiga kafolatlangan va qat'iy belgilangan pul daromadi yoki shartnoma asosida belgilangan oʻzgaruvchan pul daromadini olish huquqini beradi.
19. Pul bozori dastaklari nima?
pulli dastak boʻlib, uning sohibiga ma'lum bir davr ichida kafolatlangan va qat'iy belgilangan pul daromadi olish huquqini beradi
20. Moliyaviy derivatlar nima ?
(financial derivatives) - bozor narxiga ega boʻlgan pulli dastak boʻlib, uning sohibiga birlamchi qimmatbaho qogʻozlarni sotish yoki sotib olish huquqini beradi.
21. Nota (qarz majburiyati) (note) nima?
qisqa muddatli (3-6 oy) pulli dastak boʻlib, bank bilan kelishuv asosida qarz oluvchining oʻz nomiga chiqariladi, bozorda joylashtirilishi kafolatlanadi va sotilmagan notalar sotib olinadi, rezerv kreditlar bilan ta'minlanadi.
22. Opsion (option) deb nimaga aytiladi?
shartnoma (qimmatbaho qogʻoz) boʻlib, xaridorga ma'lum bir qimmatbaho qogʻoz yoki tovarni belgilangan muddatdan soʻng yoki ma'lum bir davr ichida qat'iy belgilangan narxlarda sotib olish yoki sotish huquqini beradi.
23. Varrant (warrant) deb nimaga aytiladi?
opsionning bir turi boʻlib, egasiga belgilangan muddat ichida emitentdan imtiyozli sharoitda ma'lum bir miqdordagi aksiyalarni sotib olish imkonini beradi.
24. Fyuchers (futures) toʻlov balansi nima?
qimmatbaho qogʻozlarni, valyuta yoki tovarlarni belgilangan narx va kelajakdagi belgilangan muddatda sotish yoki sotib olish borasidagi bajarilishi majbur boʻlgan qisqa muddatli standart shartnomalar.
25. Forvard kursi (forward rate) nima?
asosiy qarz summasining ma'lum bir oʻzgarmas qismiga nisbatan belgilangan vaqtda toʻlanadigan foiz stavkasining hajmi toʻgʻrisida kelishuv boʻlib, u oʻsha kundagi foiz stavkasidan past yoki yuqori boʻlishi mumkin.
26. Svop (swap) toʻlov balansi nima?
savdo qoidalariga amal qilgan holda bitta qarzni toʻlash boʻyicha ma'lum bir muddat oʻtgandan soʻng shartlarni oʻzgartirish boʻyicha bitim
27. Oʻzbekiston Respublikasida chet ellik investor hisoblanmagan javobni tanlang.
Chet ellik investor quyidagi huquqlarga ega:
investitsiyalashni amalga oshirishning hajmlari, turlari va yoʻnalishlarini mustaqil belgilash;
investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish;
oʻzining investitsiyalariga va investitsiya faoliyatining natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish. Chet ellik investorning qaroriga binoan investitsiyalarga, ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish huquqlari Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi mumkin. Huquqlar boshqa shaxsga berilganda taraflarning oʻzaro munosabatlari shartnomalar asosida tartibga solinadi;
Oʻzbekiston Respublikasidagi investitsiya faoliyati natijasida olingan oʻziga qarashli ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini chet ellarda va Oʻzbekiston Respublikasida patentlashtirish toʻgʻrisida mustaqil ravishda qaror qabul qilish;
investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadni soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan keyin mustaqil va erkin tasarruf etish (shu jumladan uni moneliksiz repatriasiya qilish);
Oʻzbekiston Respublikasiga kreditlar va qarzlar tariqasida pul mablagʻlari jalb etish;
oʻz hisobvaragʻidagi milliy valyuta mablagʻlaridan ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish uchun foydalanish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va shartlarda yer uchastkalariga doir huquqlarni sotib olish;
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, oʻziga mulk huquqi asosida qarashli boʻlgan mol-mulk va har qanday mulkiy huquqlardan zimmaga olgan majburiyatlarning, shu jumladan qarz mablagʻlarini jalb etishga qaratilgan majburiyatlarning barcha turlari boʻyicha ta’min sifatida foydalanish;
oʻz investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizisiya qilingan taqdirda mutanosib ravishda tovon olish;
davlat boshqaruv organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) hamda qarorlari natijasida yetkazilgan zararlarni undirish.
Oʻzbekiston Respublikasida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar yoʻnaltirilayotgan iqtisodiyot tarmoqlari yoki hududlar kesimida investitsiya kiritish uchun qandaydir cheklovlar belgilanmagan.
28. 2020 yilda oʻzlashtirilgan xorijiy investitsiyalar qiymatini toping? 6,4 mlrd
29. Oʻzbekistonda nechta erkin iqtisodiy zonalar bor? 21 ta
30. Samarqand viloyatida 2021 yilda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni qancha? 641ta
31. 2021 yilda qaysi kompaniya 7580 mln soʻm soliq toʻlagan?facebook
32. 2021 yilda qaysi kompaniya 4577 mln soʻm soliq toʻlagan?google
33. 2021 yilda qaysi kompaniya 2231 mln soʻm soliq toʻlagan?apple
34. 2021 yilda qaysi kompaniya 331 mln soʻm soliq toʻlagan?netflix
Do'stlaringiz bilan baham: |