ustozi”. Tarixiy idrokning ijtimoiy funksiyasi haqidagi zamonaviy tasavvurning
mazmuni nimadadir? Tarix saboqlari nima va bu saboqlar qanday olinadi? Bu
darslarni hisobga olmaslik mumkinmi va buning oqibati qanday bo’ladi?
Avvalombor, tarix dars beradi. Ammo bu majburiy harakterga ega emas.
Saboqlarni olmaslik o’z vaqtiga kelib ma’lum bir muammoli holatlarni yuzaga
keltiradi. “Burbonlar tarixi haqida shunday deyishadi burbonlar tarixi haqida hech
narsa o’rganmadilar va shu tufayli ular o’z tojlaridan mahrum bo’ldilar”. Kimki
o’z tarixini o’rganmasa tarix ularga albatta saboq beradi. U yoki bu shaxslarning
faoliyatining miqyosi va harakatlariga bog’liq ravishda bunday tovon to’lash
turlicha bo’ladi. Tarix saboqlari qanday olinishi va bu nima uchun olinishini
tushunish uchun tarixdan bir necha misollar keltiramiz.
Germaniya uchun Versal tinchlik shartnomasi og’ir shart-sharoitlarni tan olish edi.
Jumladan, ga’labaga erishgan davlatlarga reparatsiya to’lovi ham. 1929- yildagi
iqtisodiy inqirozlarning oqibatlari bilan birgalikda bu mamlakatda fashist rejimini
o’rnatilishiga bevosita aloqador edi va bu ikkinchi jahon urushining boshlanishi va
Germaniyaning mag’lub bo’lishiga aloqador edi. Ammo bu safar G’arbiy
mamlakatlarning Germaniyaga munosabati o’zgacha edi. Reparatsiyalar emas
balki G’arbiy Germaniya iqtisodiga dollar quyulmalari ya’ni Marshalning rejasi
o’tmishning sabog’i shubhasiz olingan edi.
Yana bir misol, Rossiyada qayta qurish davridagi alkogolga qarshi kompaniya -
uning salbiy oqibatlari juda tez bo’ldi. Ulardan qochib qutulish mumkinmidi?
Albatta, agarda hokimiyat o’z vaqtida Rossiyada 1913-yilda, AQSHda XX asrning
30-yillarida, Finlandiya va Shvetsiyada 2-jahon urushidan so’ng “Quruq qonun”ni
kiritishga bo’lgan muvaffaqiyatsiz harakatni hisobga olgan edi. O’tmishdan saboq
olish yoki saboq olmaslik o’tmishga bog’liq emas. Haqiqiy real hayotni ehtiyoj va
muammolarini hisobga olgan holda, muayyan tarixiy vaziyatga bog’liq. Aynan shu
vaziyatdan tashabbus kelib chiqadi. Tarix saboqlarini olishning umumiy sharti
mazkur real vaziyat va saboq olinayotgan o’tmish o’ratsidagi ma’lum bir obyektiv
o’xshashlikning mavjudlik jarayonidir.
Ijtimoiy xotira funksiyasi –bu tarixning muhim funksiyasi bo’lib, uning tabiati va
jamiyatdagi mazmunini turli darajada aks ettiradi. Uning mazmunini tarix otasi-
Geradot shakllantirgan. Bunda u “Galikarnaslik Geradot bu ma’lumotlarni to’pladi
va yozdiki, o’tmishdagi voqealar unutilmasligi hamda ellinlarning va
varvarlarning buyuk ajablantiriluvchi hatti-harakatlari noma’lum bo’lib qolmasligi,
ayniqsa ular bir birlari bilan urush qilganlari”. Tarixchi to’plagan ma’lumotlari
haqiaqatda unikal xarakterga ega. Bu tufayli uning asari hozirda ham o’z ilmiy
ahamiyatini yo’qotmagan.
O’sha vaqtning olimlari o’zlarining yashash zanomalaridagi voqealar haqida
Fugidit, Gay Salustigrid, Tatsit, Prokopiy, Kesariyskiy va boshqa antic muallif
vakillar bu haqida yozishgan. Bu an’analarni o’rta asr tarixnavisligida Diokon ,
Psel, Komenlarning ijodida davom etdi. Zamonaviy tarixiy fan ijtimoiy xotira
funksiyasini kengroq talqin qiladi. Tarixning maqsadi insoniyat xotirasida ajdodlar
va avlodlar tajribasini top’lash va saqlashdir. Jumladan jahon madaniyati yutuqlari,
o’tmishning ahamiyatli voqealari haqidagi ma’lumotlarni. O’z o’tmishi haqidagi
masalarda savodsiz bo’lgan jamiyatni tasavvur qilish mumkin emas. Tarixni
bilmagan xalqlar har safar o’zining mavjudligini madaniy fundamentini yangitdan
yaratishga majbur bo’lar edilar. Agarda an’ana bilan xaddan ziyod
murakkablashish xalqning tarixiy xarakatini sekinlashtirsa, o’tmishni unutish
degradatsiya (yo’q bo’lishga) olib keladi. Tarix sivilizatsiya va avlodlar o’rtasida
o’ziga xos vosita vazifasini bajaradi. Komejer so’zlariga ko’ra”Tarixni
sivilizatsiyasiz tasavvur qilish naqadar qiyin bo’lsa, sivilizatsiyani tarixsiz tasavvur
qilish ham shunchalik mushkuldir”. Biroq ijtimoiy xotira sifatidagi tarixnavislik va
alohida individning xotirasi o’rtasida katta farq mavjud. Bir tomondan Bitsilye
ta’kidlaganidek, “Tarix -subyekt ega bo’lgan xotiraning surrogatidir, eslash aktida
inson o’zi yashab o’tgan o’tmishning har qanday lahzasini jonlashtirishga
qobiliyatlidir. Tarixchi esa, o’tmishning alohida davrlariga navbat-navbat ko’chishi
mumkin. Boshqa tomondan individual xotira fantaziya qilishi mumkin. Tarixiy
rekonstruksiya esa doimo tashkillashtirilgan va ishonchli xotira sifatida namoyon
bo’ladi.
Insoniyatning jamoa o’tmishi haqidagi ma’lumotlarining tanqidiy baholanishi va
ularni tizimlashtirishda tarixiy fanning muhim vazifasi mavjuddir. Ijtimoiy xotira
so’zsiz cheklangan va fragmentaldir. Bu yozma hujjatlarni yetishmovchiligi tufayli
vujudga keladi. Bu hujjatlarsiz voqealar tarixini rekonstruksiya qilish qiyin.
Ularning aksariyati harbiy harakatlar, diniy mojaro yoki boshqa sabablarga ko’ra
yo’q bo’lgan. Bizgacha aksariyat hollarda g’oliblarning tarixi yetib kelgan.
Mag’lublar haqida hech qanday ma’lumot yetib kelmagan. G.Komejer yozishicha
”G’olibning eng chiroyli tomonlaridan biri bu dushmanning yutuqlarini yo’q qilish
va aksariyat hollarda dushman tarixchi olimlarini o’ldirish va ularni tarixi haqidagi
ma’lumotlarni yo’q qilishdir”. Yozuvni bilmagan qadimiy xalqlari tarixini
rekonstruksiya qilish bu katta muammodir.
Zamonaviy jamiyatning ehtiyojlari tarixnavislikni o’tmish hodisalarini tizimli va
har tomonlama o’rganishga yo’naltiradi. Inson jamiyatining barcha qatlam va
tomonlari o’rganiladi. Jumladan iqtisod, madaniyat, ijtimoiy munosabatlar, din va
boshqa . Bundan yondashuv tarix haqida inson jamiyatlarining rivojlanishining
organic -ichki shartlangan jarayoni haqidagi tizimli tasavvurni yaratish
imkoniyatini beradi. Tarixni ijtimoiy xotira sifatidagi funksiyasiga nafaqat
ajdodlarning tajribasini to’plash va saqlash balki alohida tarixiy hodisalarni
baholash ham kiradi. Tarixchining bahosi dunyoqarash va xarakterga ega. Jamiyat
o’z o’tmishiga befarq indeferent bo’lishi mumkin emas. Unga daxlsiz yoki
shunchaki qarsh mumkin emas. O’tmishda bo’lgan ko’p narsa zamonaviylik
manfatiga tegishlidir. Ammo, zamonaviy xalq va davlatlar eski tarixiy mojarolarni
davom ettirishi, o’tmishdagi o’zaro va milliy to’qnashuvlarga e’tiborni qaratishi,
haqiqiy chegaralarni izlashi, qachonlardir qilingan adolatsizlik uchun qasos olishi,
bular foyda keltirarmikan va bularning barchasi yangi fojea va umuminsoniy
talofatga olib keladi. Buning misollari ko’p. Shuning uchun “Tarixiy fanning
vazifasi -yarashtiruvchi xotira” bo’lishdadir. Shu paytning o’zida tarixiy fan u yoki
bu xalqni jahon madaniyatining xazinasiga hissasini baholashda adolatni tiklashi
alohida tarixiy arbob va butun xalqlarni reabilitatsiya qilish mumkin. Agarda
ularning haqiqiy roli o’tmishda noto’g’ri talqin qilingan bo’lsa. Eng yomon
insondan qahramon niqobini olib tashlanishi Asterning so’zlariga ko’ra
“Zamondoshlarimizda masofa va tarixni yaqinligidan vujudga kelgan istiqbolning
xatolarini to’g’irlab tarix o’ziga xos jahon tiribunaliga tinchlik tribunaliga
aylanadi”. Bu borada tarix bugungi kunda adolatsiz hukm qilinganlarga kelajakda
adolatli hukm bo’lishiga yordam beradi.
Ilmiy idrok etish funksiyasi- har qanday fanning majburiy atributi ya’ni belgisi
ilmiy idrok etish yoki evristik funksiyasidir.
Tarixnavislik oldida mazkur funksiyani amalga oshirishda turgan vazifa jamiyat
oldida turgan muammolarni to’g’ri hal etish uchun zaruriy bilimlarni taqdim
etishdir. O’tmishda bu vazifa juda soda tushunilgan. Hayotning barcha holatlariga
pretsedentlar ya’ni turli hodisalarning to’plami sifatida. Masalan, qadimgi yunon
tarixchisi Dionisi Galikarnas kabi Lord Bolingrop tarixning haqiqiy foydasini
“Tarix bu misollar yordamida bizni o’qitadigan falsafa deb” tushungan. Tarixiy
fanni vazifalarini bunday turdagi tushunishni o’zgartirishga birinchi harakatni
Germaniya mutaffakir olimi Gerder amalga oshirgan. U insoniyatning global
falsafasini yaratishga qaror qilgan va bu falsafada tabiat dunyosi va inson dunyosi
organic tazrda bog’liq edi. U o’z ijodini jahon tarixi ma’no va mazmun mohiyatini
aniqlashga bag’ishlagan. Gerder quyidagicha yozgan: ”Makonlar donolikka va
donishmandlika to’ladir. Zamonlar esa, tartibsizlikkka hausga to’ladir va inson
balki tartibni izlash uchun yashash davrining qisqa vaqtida aniqlik kiritish uchun,
o’tmishga kelajakni kiritish uchun, kelajkda o’tmishni qurish uchun yaratilgandir,
bo’lmasa insonga xotira nima kerak? Unga eslashlar nimag kerak?”.
Tarix ma’nosini izlash XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o’rganila boshlandi.
Bu vazifa pozitivistik tarixnavislik uchun bosh vazifaga aylandi. Keyin esa
markstistik qarash vakillarining ham vazifasiga aylandi. Ijtimoiy rivojlanish
qonunlarini kashf etilishi faqatgina tarix qonuniyatlaridagina mumkin degan
pozitivistik qarashdan kelib chiqqan holda Sovet olimlari marksisitik tarixiy
fanning muhim ijtimoiy funksiyasi jamiyatni ilmiy jihatdan asoslangan rahbarlikni
asosini tashkil qiluvchi ijtimoiy qonunlarni aniqlash degan xulosani keltirdilar. Bu
hodisalarni ochilishi makstizm asoschilarining asarlarida amalga oshirilgan deb
qarashadi. Tarix ilmiy idrok funksiyasini bunday keng talqinini qabul qilish qiyin.
Jamiyatni har tomonlama o’rganish uchun tarixiy bilimlarni chuqur o’rganish
lozim. Bular jamiyatni faoliyat yuritish qonunlarini o’rganish uchun ham
muhimdir. Tarixnavislik o’z ma’lumotlarini umumlashtiruvchi ijtimoiy fanlarga
ham taqdim etadi. Shu qatorda alohida madaniy voqealarni qiyoslash, tarixiy
hodisalarni tiplashtirish yo’li bilan o’tmishni nazariy anglash va zamonaviy
rivojlanishning tendensiyalarini aniqlashga o’z hissasini qo’shadi. Biroq bugungi
kunda, tarixning idrok imkoniyatlariga bo’lgan bunday yondashuv bahsning
predmetiga aylandi. Ijtimoiy ongda tarixiy metadologiyaning zamonaviy dunyoni
tushunish uchun nomuvofiqligi haqidagi qarashlari tarqalmoqda. Chunki,
zamonaviy dunyo o’tmish dunyoga tamoman o’xshamaydi va shu sababli samarali
tarixiy tahlilning predmeti bo’la olmaydi. Bunda o’tmishni o’rganishning ma’nosi
ham bahsli masala bo’lib qoldi. Maginlitskiy XX asrning oxirgi o’n yilliklarida
bo’lgan tarixnavislik inqilobi tarixning ijtimoiy renessansiga olib kelmaganligini
ta’kidlab o’tgan. Shu bilan birga, tarixning idrok etish qobiliyatini baholash uni
ijtimoiy qonunlarini ochib berishga qo’shgan hissasi bialn belgilanmaydi.
Kovalchenko “Ijtimoiy rivojlanish davrini eng qadimiylikdan hozirgi davr
jarayonigacha muayyan ilmiy o’rganishni o’zi fundamental ilmiy ahamiyaga ega”.
Ijtimoiy rivojlanish tendensiyalarining chuqur tarixiy tahlili jamiyatga ilmiy
rahbarlik qilishning zaruriy asosi va asoslangan davlat siyosatini amalga
oshirishning fundamenti sifatida namayon bo’ladi” deb yozadi.
Agarda shakllangan ijtimoiy siyosiy vaziyatning tarixiy tahlili dastlabki islohotlar
tajribasini o’rganish, tarixiy an’ana ta’sirini kuchini doimiy hisobga olish oldindan
namoyon bo’lganda edi ijtimoiy islohotlardagi xatolar bartaraf bo’lar edi.
Chuqur tarixiy tadqiqoqtlar ijtimoiy prognozlashtirish ya’ni bashorat qilish uchun
asos bo’ladi. Tarixiy tajribani hisobga olmaslik kelajakka zamonaviy rivojlanish
ko’rsatkichlarini to’g’ri ekstropalyatsiya o’tkazish kelajakni tahmin qilish
harakatini yo’qqa chiqargan.
Bu borada SSSRda XX asrning 80-yillarga kelib kommunistik jamiyatni qurish
haqidagi prognoz puchga chiqishi mashhur hodisalardan biridir. Biroq, harbiy
futurologiyaning boshqa tahmin prognozlari ham asossiz bo’ldi. Prognozlashtirish
ya’ni bashorat qilish murakkab ish hisoblanadi. Chunki ijtimoiy hayotda alohida
subyektlarning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan alohida omillarning katta soni
mavjud. Shuning uchun har qanday ijtimoiy prognoz ehtimol xarakteriga ega.
Alohida ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlar tahlilga oson tortiladi va ularning
rivojlanishini bashorat qilish keng qo’’laniladi. Bu bilan asosan sotsiolog, psixolog
va iqtisodchilar shug’ullanishadi.
Bunda savol tug’iladi ya’ni prognozlashtirish tarixiy fanning ijtimoiy
funksiyalariga kiradimi? Bunday funksiya XIX asrning pozitivsitik
tarixnavisligida tan olingan. Biroq, XIX asrning oxiri XX asrning boshlaridayoq
shubha ostiga qo’yildi. Tarixning marstistik metadologiyasida tarixni
prognozlashtirish funksiyasi ekanligi ta’kidlangan.
Tarixchi ijtimoiy prognazlashtirish tabiatchi olim tomonidan qilingan bashoratdan
farqli ekanligini unutmasligi lozim. Tarixnavsilik taxminiy fan emas. Sterenning
fikricha “Real bo’lgan narsanigina tadqiq etish mumkin. O’tmish bilan holat aynan
shundaydir. Kelajakning tarixi imkoniyatsizdir. U tassavvurning mahsuliroman
qissagina bo’ladi”. Oldindan bashorat qilish taxmin qilish tarixning vazifalariga
kirmaydi. Bunda tarix tadqiqotlari alohida holatlarda ijtimoiy prognozlashtirish
muvaffaqiyatiga ko’maklashadi.
Tarbiyaviy funksiya – antic va o’rta asrdagi tarixchi olimlarining muhim vazifasini
fuqarolarda oliy hislatlarni ishlab chiqish va muhtahkamlashda ko’rishgan. Barcha
qadimiy va qadimdagi tarixchilar u yoki bu darajda ahloqni o’rgatuvchi bo’lganlar.
Plutarxning qiyosiy hayot biografiyalari eng yaxshi insonlarga taqlid qilishi
mumkin bo’lgan namuna va misol bo’la olgan. Odamlardagi yomon ahloqiy
hislatlarni yo’q qilishga xizamt qiluvchi vosita sifatida qaralgan.
Tarixning tarbiyaviy ahamiyati haqida maorif falsafasi ham so’z yuritgan. Didro va
Alamber o’zining ensiklopediyasida “Tarixning maqsadi o’zga mamlakatlarning
qonun va ahloqlarini o’z qonun va ahloqlari bilan solishtiradilar”. Bu qiyos
zamonaviy millatlarni bir-biri bilan musobaqa qilishga undaydi. O’tmishdagi yirik
xatolar har tomonlama foydalidir. Ma’nosiz kelishmovchiliklar tufayli sodir etilgan
jinoyat va baxtsizliklar haqida qayta qayta eslatish lozim. So’zsiz ular haqida
eslatish ularni takrorlanishiga va qaytarilishiga xalqit beradi” deb ko’rsatib
o’tishgan. Maorifchilar alohida e’tiborni davlatpanoh va podshoh lavozimidagi
bosh rahbarning tarixiy ma’lumotiga qaratganlar. Bunda umidlar maorifli hukmdor
aql idrokli davlat tuzilmasini ta’minlashga va to’g’ri siyosatni amalga oshirishga
qobiliyatli umidda bo’lganlar. O’tmish tarixchilarining asarlarida tarbiyaviy
ahamiyati keng ommaga havola etilgan. Tarixiy bilimlar o’sib kelayotgan
yoshlarni dunyoqarashini shakllantirilishi uchun o’ziga xos o’ringa ega. XIX asrda
tarix maktab dasturiga kiritilgani bekorga emas. Sharq va G’arbda tarix fanini
majburiy fanlar qatoridan fakultativ fanlar qatoriga o’tkazish uchun qilingan
harakatlar besamar ketdi. Tajriba shuni ko’rsatdiki, tarix fanini o’qitishdagi
kamchiliklarga qaramay tarix asoslarini bilmasdan to’laqonli tarix ma’lumotlarini
olish imkoniyatsizdir.
Siyosiy mafkuraviy funksiya haqidagi savol doim bahslidir. Savol tug’iladiki,
tarixni siyosiy kurashga jalb etilishi so’zsiz uning obyektivligiga o’z ta’sirini
ko’rsatadi. Tarixiy tadqiqotlarni siyosiylashtirish tarixiy fanni mafkura
xizmatchisiga aylantiradi. Biroq, tarixnavislikning ijtimoiy tabiati zamonaviy
jamiyat hayotining u yoki bu masalalarida javob berishga chorlaydi. Bunda ish
nafaqat yangi va eng yangi tarix sohasidagi tadqiqotlar bilan cheklanmaydi.
Aksariyat hollarda qadimgi va o’rta asr tarix muammolari ham dolzarb bo’lib
qoladi. Bu borada bahslar vujudga keladi va bu bahslarga turli ijtimoiy qatlamlar
ham jalb etiladi. Masalan, davlatchilik rivojining zamonaviy bosqichida Belarus
mamlakatining o’zaro qarshi ziddiyatli kuchlari Litva buyuk knyazligi va uni
ichida Belarus unsuri bilan bog’liq bo’lgan masalalarni keskin qo’yishgan. Ilmiy
va siyosiy dalillar shu darajada uzviy bog’langanki, ularni ajratish qiyin. Shunday
qilib olimlarning hohish-istaklariga qaramasdan tarixiy fan aslida ma’lum siyosiy
mafkuraviy funksiyani bajaradi. Bu funksiya tarixiy fanni rivojining barcha
bosqichlarida kuzatiladi.
Tarixga bo’lgan pragmatic ya’ni amaliy yondashuv Antik davrda belgilangan.
Masalan, Fukidit o’tmishdan ma’lum saboqlarni olishga intilishi haqida so’z
yuritgan. Bu saboqlar xuddi shu yoki o’xshash ko’rinishda voqealarni
takrorlanishida kelajakda takrorlanishida bo’ladi deb ta’kidlagan.
O’rta asr jamiyati tarix oldida cherkov dogmatlarini asoslab berish, diniy va
dunyoviy knyazlarning mulkiy huquq va imtiyozlarini himoyalash bo’yicha tarix
oldiga bir qancha vazifalar qo’yilgan edi. Bibliyaning dogmatlari bunga shubhasiz
qabul qilingan va bu yerda tarix dindorlar cherkov xizmatchisi rolini o’ynashgan.
Gumanistik tarixnavislikda tarixning bo’linishi (sekorizatsiya) vujudga keldi. Shu
paytning o’zida tarixiy tadqiqotlar siyosiyroq tus oldi. Iyaliyaning bir qancha
shaharlarida ko’plab mahalliy tarixlar paydo bo’ldi. Aksariyat hollarda,
buyurtmaga yozilgan bo’lib, ularning maqsadi o’z shahri yoki davlatini madh etish
edi. Ularni mualliflari o’z davlatining siyosiy va hududiy da’vogarliklarini
asoslashga harakat qilganlar. Shu bilan birga hukmron sulola hattoki,
uzrpatorlarning hokimiyatini mustahkamlanishiga ko’maklashgan. Masalan,
mashhur gumanist Lorenso Valla Neopolitan qiroli Alfonsning kotibi bo’lib, uning
buyurtmasiga ko’ra qirolni madh etuvchi “Aragoniya qiroli Ferdendtning tarixi,
uchta kitobda” asarini yozgan. Maorifchilar tarix dalillarini ratsionalistik
dunyoqarashni asoslab berish uchun dalil sifatida qo’llagan. Didro va Alamber
fikricha, tarix siyosiy fan. Chunki, u ajdodlarning tajribasini anglab yetishga
undaydi. Davlat rahbarlari va amalaga oshiradigan siyosat uchun qonunchilik
uchun katta ahamiyatga ega.
XVIII asrning oxiridan boshlab tarixnavislik turli davlat va siyosiy partiyalarning
quroliga aylanib qoldi. Tarixning siyosiy funksiyalari uning mujassam ifodasini
Kichik Germaniya tarixnavisligida topdi. Bu uning nomi Germaniyani Prussiya
tasarrufi ostida birlashtirish borasidagi siyosiy kurashda faol ishtiroki uchun
shunday nomlangan. Uning vakillari siyosiy kurashda nafaqat bevosita ishtirok
etdi, ular Prussiyaning militaristic kursini yagona imkoniyatli real siyosat sifatida
madh etdilar. Aynan shu nuqtai nazardan Droyzenning to’rt jildli “Pruss siyosati
tarixi”, Zibelning yeti jildli “Gilgelm birinchi tomondan Germaniya imperiyasiga
asos solinishi, Terechkiy tomonidan besh jildli “XIX asr nemis tarixi” kabi kitoblar
yozilgan. Tarixnavislik sovet jamiyatida hukmron bo’lgan siyosiy partiyaning
siyosiy va mafkuraviy ehtiyojlariga xizmat qilishga ochiq bog’langan edi.
Stalinizm davrida “Bolshevizmning qudratli g’oyaviy quroli”, “Markstizmning
Leninizmning haqiqiy ensiklopediyasi” deb e’lon qilindi va uzoq davrga sovet
tarixiy fanning yo’nalishini belgilab berdi. Fanda partiyaviylik prinsipi keying
davrda ham tarixiy tadqiqotlar mualliflarining loyalligi va mafkuraviy yetukligi
ustidan nazorat vositasi sifatida saqlanib qoldi.
Ijtimoiy tizimlarning qarama-qarshiligi ziddiyati tarixiy fanni “temir pardoning
ikkala tomondagi holatida o’z aksini topdi”. Sovuq urush yillarida Amerika
tarixnavisligi ham siyosiylashdi. Uning yo’nalishi ilmiy va siyosiy vazifalarni
bevosita bog’lar edi. 1949-yilda Amerika tarixiy assotsiatsiyasi prezidenti Rit
o’zinig tarixchining ijtimoiy mas’uliyati” deb nomlangan quyidagilarni bildirgan.
Total urush ya’ni keng miqyosli urush, isssiq yoki sovuq bo’lsin barchani jalb
etadi. Har shaxs o’z rolini bajarishi kerakligini talab etadi. Tarixchi bu
majburiyatni fizik olim kabi kam bo’lmagan darajad bajarishi lozim”. Olimlarning
aksariyati “Tarix siyosat bilan birgalikda faoliyat yuritsada, u biron bir siyosatning
tomonini olmasligi lozimligi” degan iboraga ishondilar. Tarix faqatgina haqiqat
partiyasiga a’zo bo’lishiga ishonildi. Tarixchilar davlat, partiya yoki biron guruh
tomonidan majburlanishlari mumkin emas. Bu dav’at 1995-yil avgust, sentyabr
oylarida Monrealda bo’lib o’tgan Tarixiy fanlarning xalqaro kongressi birinchi
majlisining asosiy shiori bo’ldi. Bu kongressda boshqa masalalar bilan birga
tarixchi ijodining erkinligi haqidagi masala ham muhokama qilindi. Tarixning
siyosiy mafkuraviy funksiyasi haqidagi masala yosh postkommunistik davlatlar
uchun dolzarb bo’ldi. Chunki ular shakllangan xalqaro munosabatlar tizimida o’z
o’rni aniqlashga intilayotgan edilar. Mavjud bo’lishga bo’lgan hohish ular
o’tmishga faol murojaat qiladilar. Bu holatda tarixiy fan muhim ijtimoiy
buyurtmaga ega bo’ladi. Bu buyurtman tarixning rivojini ham rag’batlantiradi. Shu
nazarda tutish kerakki, bu buyurtmani fan mustaqil tarzda izlashga yo’naltirilib
bajarilishi lozim. Bu yerda fan siyosiy konyukturaga bo’ysunmasligi lozim. Aks
holda tarix ilmiy xaraktetini yo’qotadi va o’z ilmiy darajasiga putur yetkazadi.
Obyektiv xulosalar va tavsiyalarni jamiyat faqat mustaqil tazrda olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |