1-Mavzu: Tarix ilmiy bilim sifatida
Mashg’ulot rejasi:
1. Tarixning obyekti, predmeti uning vazifalari va tushuncha apparati
2. Tarixning nazariyasi va metadologiyasi
3. Tariy idrok etish va tarix ilmini XX asrda rivojlanishi
Mashg’ulot maqsadi:
Jamiyatda tarixning o’rni va roli haqidagi tushunchani shakllantirish
Tayanch tushunchalar:
Tarix, tarix fani, tarix ilmi, tarix faktlari, dalillari, tarixiy manbalar, teologiya,
sotsiologiya, tarix ilmining metodologiyasi
Zamonaviy jamiyatda tarixiy fanining holati, o’rni va rolini tahlil qilishdan avval
bu muammoning o’tmishda mashhur mutafakkirlarni qanday talqin qilishganini
eslab o’tamiz. Sitseron “Tarix hayot ustozidir” deb ta’kidlagan. Leonardo Da
Vinchi esa “O’tgan zamonlarni anglash, idrok etish va jahon mamlakatlarinini
idrok etish – inson aql zakovatining bezagidir” deb ta’kidlab o’tgan ekan. M.
Karamzin tarix fanining jamiyatdagi o’rni va roli haqida quyidagilarni yozib
qoldirgan, “Tarix xalqlarning ilohiy kitobidir, ularning bosh kitobidir, qoidalar
kitobidir, mulohazalar kitobidir, keyingi avlod uchun manbadir, kelajakning
misolidir”. V. Kluyevckiy esa “Ajdodlarni o’rganib biz o’z-o’zimizni bilamiz,
tarixni bilmasak biz o’zimizni voqelik deb tan olishimiz kerak, biz bu dunyoga
nima uchun kelganimiz, qanday yashashimiz, qanday ishlarni bajarishimiz va
nimaga intilishimizni bilmaymiz”.
Bugungi kunda bu fikr mulohazalar eskirdimikan? Bu masalaga javob berish qiyin.
Tarixning ijtimoiy oqilligi va foydaliligiga shubha qilganlar orasida mashhur va
nufuzli ismlarni ham keltirish mumkin. Bularga Gegel va Nitshe, Jan Jak Russo,
Valter, Dekart va Pol Valeriy va bu ismlarning davomiyligini yanada kengaytirish
mumkin. Masalan, Pol Valeriy “Tarix aql, zakovat va idrokning qachonlardir
ishlab chiqilgan mahsulotlari ichida eng xavflisidir. U millatlarni mag’rur, g’ururli,
qaytmas va o’rni kelganda bo’sh qiladi” deb yozgan.
Shunady qilib, jamiyatda tarixni o’rni va roli haqidagi fikrlarda yaxlitlik va birlik
yo’qdek. Shuning uchun ham, tarixni o’ziga xos ijtimoiy, madaniy fenomen
sifatida o’rganish lozim.
Tarixga bilimning sohasi sifatida asosni Yevropada antic davr olimlari “Tarix
otasi” nomi bilan mashhur Geradot, Plutarx, Tatsit, Polibiy, Svetoniy kabi olimlar
ta’rif berishgan. Ular o’z davrining muhim faktlarini to’plaganlar. O’rta asrlarda
Yevropa tarixchilari orasida xristian teologiyasining mumtoz vakillarining
g’oyalari hukmronlik qilgan. Yevropa maorifi XVIII asr mutafakkirlari bo’lgan
Valter. Monteskiye, Golbah va Jan Jak Russo boshqalar tarix qonunlari haqidagi
bir qancha masalalarni o’rtaga qo’ydilar.
XVIII va XIX asrlarning chegarasida tarix bilim sohasi sifatida fanga aylana
boshladi. Keyinroq Gegel tarixda erkinlik va zaruriyat muammosini olg’a surdi.
Karl Marks tarixning meterialistik konsepsiyasini yaratdi.
Qadimgi Rus diyorida birinchi tarixiy asar deb “
Повесть временных лет” asarini
hisoblash odatga kirgan. Buni Nestar ismi bilan bog’lashadi. XVIII asrda tarix fani
rivojiga V.N.Tatishev ulkan hissasini qo’shgan. XIX asrda Rossiyada tarixiy fan
shakllana boshlaydi. Bu fan N.M.Karamzin, Pogoden, Slamyov, Kastamarov,
Klyuchevskiy, Kariyev kabilarning ismlari bilan bog’liqdir.
XX asrda tarix jamiyat haqidagi nisbatan yosh bo’lgan sotsiologiya fani bilan
uzviy bog’liq bo’lgan. Bu sotsiologiya fani ham tarix ilmi kabi avvalgi asrlar
davomida paydo bo’lgan. Sotsiologiyaning asoschisi O.Kopt bo’lgan. Tarixiy
fanga o’z hissasini qo’shgan yirik sotsiolog olimlar qatorida Maks Veber va
P.Sarokinni aytish mumkin.
XX asrning eng mashhur Yevropa tarixchilari qatoriga M. Blok, L.Fever, F. Brodel
A.Toynbini ham kiritish maqsadga muvofiq deb topilgan. “
история” (avvalgi
voqea haqida hikoya) atamasi grekcha “
Историка” so’zidan paydo bo’lgan.
Tarix ilmiy atama sifatida ikkita o’zaro bog’liq mazmunga ega. Birinchisi, tarix
jamiyatni rivojlanish jarayoni sifatida ikkinchisi esa, tarix jamiyat rivojlanishi
haqidagi fan. Ya’ni fan obyekti va fanning o’zi bitta atama bilan belgilanadi. Bu
esa tarixning ma’lum darajada paradaksal ekanligidan dalolat beradi.
Tarixni o’tmishni o’rganadigan fan sifatida tavsiflash, ta’riflash, ilmiy faoliyatdan
yiroq bo’lgan insonlar uchun yetarli bo’lishi mumkin. Ammo, professional
tarixchilar bu tavsifni rad etadilar. Tarixiy fanning obyekti sifatida tarixchilarning
aksariyati inson jamiyatini o’tmishining xilma xilligini, turliligini va uning
o’zgarishini, rivojlanishida deb hisoblaydilar. Tarix fan sifatida ijtimoiy reallikni
tadqiq etadi. Bu reallik nafaqat hozirgi zamon bo’lib qolmay balki o’tmishga o’tib
ketayotgan reallikdir. Unda tarixchi vaqt jihatidan undan bir necha mingyilliklar
avval turgan tarixiy obyektlarni kuzatishdan yiroqdir. Shu tufayli tarixiy fanda
tarixiy tadqiqot natijalarining verifikatsiya (ya’ni ularning haqiqiy ekanligi
muammosi) va tarixiy tahlil uslublarining muammosi turibdi. Tarixni fan sifatidagi
predmeti jamiyatning o’tmishi jarayon sifatida o’rganilishidir. Boshqa so’zlar bilan
aytganda, tarix bu jamiyatni o’tmishini jarayon sifatida tadqiq etuvchi fandir va bu
jarayon insonlar tomonidan yuritiladi. Bu jarayon inson faoliyati, inson
subyektivligining natijasidir. Bunga muvofiq, tarixni fan sifatida vazifasi tarixiy
jarayonni to’liq va yaxlit o’rganish va uni tasvirlashdir.
Ko’plab tarixchilar fikricha, tarixiy jarayonning ssubyekti insondir, ammo boshqa
nuqtayi nazarlar ham mavjud. Masalan, A. Toynbi fikricha, “Tarixning haqiqiy
ijodkori bu ilohiy kuchdir”. Tarixning tushuncha apparati sifatida kotigoriya va
tushunchalarning ma’lum top’lami va tarixiy qonunlar xizmat qiladi. Mumtoz
tarixnavislikda tarixiy jarayon tarix qonunlari bilan belgilanadi deb hisoblanadi.
Tarixiy fanning asosiy kategoriyalari bu tarixiy fakt va tarixiy manba, tarixiy vaqt
va tarixiy makondir. Tarixiy fakt va tarixiy manba tabiati haqidagi masalalar
fundamental muammo bo’lib qolmoqda. Ularga berilgan javobga tarixning fan
sifatidagi nazariyasi va metadologiyasi bog’liq. Tarixiy fakt deganda nima
tushuniladi? Bu fakt qanday reallik, obyektivmi, subyektivmi, reallikmi degan
savolga javob berganda mualliflar tarixning eng yirik Rossiya metodologi
M.A.Bargning merosiga va asarlariga tayanib javob beradi. U tarixiy faktlar
voqelikning obyektiv tarzda mavjud faktlari bo’lib, ular ma’lum makon va zamon
chegarasida joylashgandir. Ularni mazmuni talqiniga bog’liq emasdir.
Tarixy manba deganda odatda xilma xil guvohliklar tushuniladi. Ular tarixiy
hodisa va jarayonlar haqida axborot beradi. Manbalarni shartli ravishda bir nechta
guruhga bo’lish mumkin. Ularning har biri tarixiy obyekt haqida bevosita yoki
bilvosita axborotga ega bo’ladi. Birinchi guruh manbalariga marka, tanga, gerblar
mansubdir. Ikkinchi guruh manbalariga yilnoma, xronika, kundaliklar va shu
kabilar mansubdir. Tarixiy fan nazariyasi jumladan local hududiy tamaddunlar
nazariyasining rivojlanishi tarixiy zamon haqidagi tasavvurni katta darajada
murakkablashtirdi. Uzoq vaqt fanda hukmronlik qilgan izchil rivojlanish g’oyalari,
tarxiy rivojlanish g’oyalari ortda qoldi. XX asrning 70-yillariga qadar bu
nazariyalar qisman, o’z ahamiyatini “Annallar maktabi tarixchilari” asarlarida
saqlab qolgan edi. “Annallar maktabi” bu XX asrda Fransiyada paydo bo’lgan
ilmiy yo’nalishdir. Shu bilan birga, bu sohada fan rivojining bosh yo’nalishi tarixiy
zamon tuzilmasini ko’p qirrali interpritatsiyasi ya’ni talqinini izlash bo’ldi. Bu
izlanishlar natijasida sinxron (bir paytning o’zi) va diaxron (bu ketma-ket
zamonlar) o’zaro harakat modellarini yaratilishi keng tarqaldi. Tarixiy zamonga
bo’lgan bu yondashuvlar tamaddunlarning xil-xillik sabablari, ularning rivojlanish
va o’zaro hamkorligining sabablarini tushuntirishga yordam berdi.
Pozitivizmga xos bo’lgan ko’plab nazariy yondashuvlarni ilmiy jihatdan bartaraf
etish tarixchilarga geografik va tarixiy makon haqidagi tasavvurlarni aniq farqlash
imkoniyatini berdi. Tarixiy makonni matematik jihatdan fizik birliklarda aniq
o’lchash mumkin emasligi aniq bo’ldi. Masalan, tarixiy davrni yillarda o’lchaymiz.
Bu holatni tasdiqlash uchun turli tamaddunlarda joylashgan shaharlar tarixiy
jihatda bir-biridan anchayin uzoqdir va bu uzoqlik bir xil mamlakat va
tamaddunlarning shaharlari geografik jihatdan naqadar uzoq bo’lsa?.
Yangi tadqiqotlar tufayli geografik determenizmning ilmiy holatlari ahamiyatli
darajada kuchaydi.
XX asrning yakuniga kelib tarixiy qonunchilik haqidagi ilmiy tasavvurlar ham
ahamiyatli darajada o’zgardi. Tarixiy qonuniyat deganda hozirgi kunda tarixiy
faktlarning aloqasi, tarixiy va mantiqiy usulning birlashishi tushuniladi. Rossiyalik
tarixchi I.N.Ionev tarixiy qonuniyat deganda faktlarni vaqti joylashuvi, ularni
mazkur madaniyat uchun umumiy bo’lgan kategoriyalarda anglashni tushunadi.
XX asrda tarixiy fanning bir qator vakillari tarixiy jarayonning pozitivistik va
markstitsik sxemalarini bartaraf etishga intildilar. Bu sxemalar uchun sabab va
oqibat yondashuvi xos edi va shu bilan birga tarixiy qonun va tarixiy progress
g’oyalaridanvoz kechishga intildilar. Masalan, Annal maktabi olimlari tarixiy
qonun g’oyasini asta sekin rad etdilar.
Biroq, taqvodor ya’ni dinga ishonuvchi tarixchilarda dinning o’zi tarix
nazariyasining metodologik asosi edi. Yirik rossiyalik tarixchilardan biri bo’lgan
A.Y. Guriyevich shunday yozgan: “Tarixchi o’z zamonining farzandidir va uning
asari o’sha yashagan davrning ta’siri ostida bo’ladi. Eng yaqin va eng uzoq
o’tmishni ko’rish aslida tarixchi ijod qilayotgan tarixiy vaziyat bilan belgilanadi.
Istiqbol (prespektiva) o’zgaradi, hisob nuqtasi o’zgaradi va tarix o’ziga xos
ko’rinish kasb etadi. Bu qayta anglash, u yoki bu darajada butun tarixiy jarayonga
tegishlidir. Ayniqsa quyidagini ta’kidlash joiz. Tarixiy idrokning metadologiyasi
o’zgaradi”.
XIX asrning o’rtasigacha tarixiy fanda tarix faktlariga to’liq ishonish tasavvuri
ustuvorlik qilgan. Bunda M.A.Bargning iborasiga ko’ra: “Ilmda ishonchli
pozitivizm tarixnavisligi hukmronlik qilgan. Bu albatta manbalarni ishonchli
ekanligini aniqlash uslublarini ishlab chiqish uchun va qo’llashga xalaqit
bermagan. Bu davrda faktlarning qiymati tarixiy voqelikka teng degan fikr mavjud
edi. Tarixchilarning vazifasi subyektiv talqindan xolis bo’lgan va baholashdan
holis bo’lgan faktlarni chiroyli bayonidan iborat deb hisoblangan. Gipotezalarni
olg’a surish va muammolarni qo’yish nazarda tutilmagan. Bu yondashuvning eng
yorqin tanqidchilaridan biri angliyalik tarixchi va faylasuf Roben Kolenvud bu
yondashuvni “qaychi va yelim tarixi” deb nomlagan. Uning fikricha tarixni idrok
etish tarixchining faol fikr va faoliyatining uning his etish qobiliyatini nazarda
tutadi. XX asrning oxirida G’arbiy Yevropa va AQSHda tarix fanida yangi oqim
ommalashdi. U lingvistika (tilshunoslik) va adabiyotshunoslikning postmodernism
oqimi ostida paydo bo’ldi. Bu tarixiy yo’nalish uchun tarixiy fanga an’anaviy
qarashlarning hamda tarixchi kasbiga an’anaviy qarashlarning revizyasi zaruriyati
mavjudligi xos edi. Ba’zida tarixiy fanda yangi inqilob ham e’lon qilindi.
Bu ilmiy yo’nalishning vakillari tarixiy fan uchun an’anaviy odatiy bo’lgan idrok
maqsadi sifatida tarixiy haqiqatni tushunish shubha ostiga qo’yildi. Bu
yo’nalishning ba’zi bir tarafdorlari bunday masalani muhokama qilish imkoniyatini
o’zini inkor etadilar. Ularning mulohazalariga muvofiq tarixiy va badiiy asarlar
o’rtasida hech qanday farq yo’q. Tarixchi shoir va yozuvchi kabi tarixiy matnni
mustaqil tarzda yozadi. Tarixchining matnni bu qissa diskursidir. Bu narrotiv
bo’lib badiiy adabiyotda mavjud bo’lgan notiqlikning qoidasiga bo’ysunadi.
Ammo bu ilmiy yo’nalishning maqsadiga ko’ra tarixning har qanday varianti
mavjud bo’lishga haqlidir va u tarxichining subyektiv qarashlarini ifodalaydi. Bu
yo’nalish g’oya va metadologiyasini izchil amalga oshirilishi mumtoz tarixiy
fanning metadologik asoslarini barbod bo’lishiga olib kelmoqda.
Shu bilan birga tarixnavislikning postmodernistik tanqidi u tarixning
metodologiyasidagi haqiqatda kuchsiz joylari va defektlarini aniqlashga
yordamlashdi va ularni bartaraf etishga obyektiv ko’maklashdi.
Tarixiy fanni rivojlanishinng zamonaviy bosqichida yangi yo’nalish va
yondashuvlarning izlanishi amalga oshirilmoqda. Ular qatoriga madaniyatlar
diologi, mikro tarix, makro tarix, tarixiy antropologik yondashuvni mansub deb
topish mumkin. Zamonaviy tarixiy fanda ijtimoiy tarix va intellectual mental tarix
o’rtasida mutanosiblik o’zgarmoqda. Tobora ko’p dissitplinalik ko’p fanli
yondashuv ommalashib bormoqda. U an’anaviy yondashuvga qarshi qo’yilmoqda.
Yangi tarixiy sintezga erishish harakatlari amalga oshirilmoqda. U umumiy
determenizm g’oyasidan voz kechishni nazarda tutadi.
XX asrning 90-yillarida tarixchilar orasida zamonaviy tarixiy fanda nima ustun
bo’lishi lozimligi haqidagi ilmiy bahs qizg’in tus oldi. Bunda masala voqea tarixi
yoki qonun va sintezni izlashga bo’lgan intilish ustuvor bo’lishi haqidagi fikrlar
bildirildi. Masalan, Rossiya fanlar Akademiyasi Umumiy Tarix institutida “Ortga
Geradotga qaytish” metafarik nomli ilmiy ma’ruza qilindi. Bu ma’ruzaning asosiy
tezisi tarixchilar Geradot davrida kabi hozirgi davrda ham voqea tarixini, tarixiy
faktni afzal ko’rishi haqida edi. Bahs ishtirokchilari ikki guruhga bo’lingan edi.
Birinchi guruh ma’ruzachining g’oyalari tashabbus bilan ya’ni intuziazm bilan
qabul qilgan bo’lsa, boshqa olimlar unga qarshi chiqishdi va tarixda qonuniyatni
namoyon bo’lishi va qandaydir oldindan belgilanganlikni ko’rdilar.
Tarixiy fan inqirozining sabablari orasidagi bosh sabablardan biri bu metadologik
sabab hisoblanadi. Sovet ittifoqi mavjudligining oxirgi yillarida marstistik
mafkurasi dogmatlashgan va vulgar shaklda tarixiy fanning umummajburiy
metadologik asosi bo’lmay qoldi. Uning o’rniga nima keldi? Bu savolga javob
berish juda qiyin. Ta’kidlash joizki, bugungi kunda tarixning yangi universal
nazariyasi va yangi metodologiyasi paydo bo’lishi haqida gap ketmayapti. Aftidan
yangi paradigmani izlash va aniqlashtirish uchun ma’lum vaqt talab qilinadi.
Tarixiy fanning yangi metadologik paradigmalari izlanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |