1-mavzu: Tarbiyaviy ish metodikasi fanining maqsad va vazifalari I. Reja: 1



Download 487,3 Kb.
bet74/88
Sana26.02.2022
Hajmi487,3 Kb.
#465699
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   88
Bog'liq
2 - majmua

Adabiyotlar:
1.R.A.Mavlonova, B.Normurodova. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O‘quv qo‘llanma. 2008-yil. “O’qituvchi”.
2.R.Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Darslik. 2014-yil. TDPU Riziografida nashr qilingan.
3.R.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik. 2010. Fan va texnologiyalar.
4.R.A.Mavlonova., D.Abdurahimova. Pedagogik mahorat. O‘quv qo‘llanma T:.Fan va texnologiya, 2012.
5.R.A.Mavlonova., N.H.Vohidova., N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar, 2010.
Mashg’ulot turi: amaliy
28 - Mavzu: Ajdodlarimiz madaniy merosi


Mashg’ulot rejasi:
1.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda ajdodlarimizning madaniy merosining o‘rni.
2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda sharqona milliy urf-odat, an’analarning ahamiyati.
3.Tarbiyaviy ishlar jarayonida xalq og‘zki ijodidan foydalanish.
4.Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning milliy va nazariy asoslari.

Mustabid tuzum tomonidan qatagʻon qilingan davlat va jamoat arboblari, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, adabiyot namoyandalari, oddiy kasb egasi boʻlgan minglab yurtdoshlarimizning nomlari va xotirasini abadiylashtirish, ularning jasorati va matonati misolida yosh avlodni vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash dolzarb vazifa hisoblanadi.


Umuman olganda, mamlakatimizda qatagʻon qurboni boʻlgan ota-bobolarimizning hayoti va faoliyatini, xususan, jadidlar merosini yana-da chuqur oʻrganish va ularning xotirasini abadiylashtirish boʻyicha muhim farmon va qarorlar qabul qilingan. Jumladan, yurtimizda 2001-yildan buyon har yili 31-avgust – mamlakatimiz Mustaqilligi bayrami arafasida “Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni” sifatida keng nishonlab kelinmoqda. “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi barpo etildi. “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda hududlardagi oliy taʼlim muassasalari qoshida uning boʻlimlari tashkil etildi.
Bundan tashqari soʻnggi yillarda oʻzbek kinosida yaratilgan “Islomxoʻja”, “Avloniy”, “Ibrat” kabi filmlar nafaqat mahalliy jamoatchilik tomonidan, balki xorijda ham iliq kutib olindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida jadidchilik harakatining davlatchiligimiz tarixida muhim ahamiyatga egaligini taʼkidlab oʻtdi.
Xususan, Uchinchi Renessansni yigirmanchi asrda maʼrifatparvar jadid bobolarimiz amalga oshirishlari shu yoʻlda ular oʻzlarining aziz jonlarini ham qurbon qilgani, milliy istiqlol, taraqqiyot va farovonlikka, maʼrifat orqali, dunyoviy va diniy bilim, zamonaviy ilm-hunarlarni chuqur egallash orqali erishish mumkinligini aytib oʻtdi.
Xalqimizning noyob adabiy-badiiy merosi bugungi kunda yosh avlodga ulkan maʼnaviy kuch beradi. Hozirgi kundagi keng koʻlamli demokratik oʻzgarishlar, jumladan, taʼlim islohotlari orqali Oʻzbekistonda yangi Uygʻonish davri, yaʼni Uchinchi Renessans poydevorini yaratish asosiy maqsad qilib belgilandi. Taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, shubhasiz, bu yoʻldagi dastlabki muhim qadamdir.
Zotan, ilm-maʼrifat, taʼlim sohasini rivojlantirish – har qanday taraqqiyotning ildizidir. Taʼlimning rivojlanishi barcha sohalarga oʻzining ijobiy taʼsirini oʻtkazadi. Shu nuqtayi nazardan, jadidchilarning ilm-maʼrifatga chuqur eʼtibor qaratishgani, oʻz harakatlarini yangi maktablar ochish bilan boshlagani bejizga emas. Maorif targʻiboti jadid gazetalarida koʻtarilgan asosiy mavzu boʻlgan.
Davlat Rahbari tomonidan qabul qilingan ushbu Farmoyishda ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan, lekin toʻliq oʻrganilmagan boy merosni yosh avlodga yetkazish, qatagʻon qurbonlarining hayoti va faoliyatini ilmiy tadqiq qilish, ular haqida ilmiy-tarixiy kitoblar, badiiy va hujjatli filmlar yaratish kabi chora-tadbirlar belgilandi.
Mazkur hujjat oʻz ichiga milliy qadriyatlarimizni asrash, yosh avlodni vatanparvarlik hamda oʻzbek xalqining merosiga hurmat ruhida tarbiyalash kabi muhim maqsadlarni jamlagan. Xususan, bir tomondan, “inson – aziz, xotira – muqaddas” gʻoyasi asosida mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi ajdodlarimizning xotirasiga yuksak ehtirom koʻrsatish, ikkinchi tomondan, maʼrifatparvar jadidlarning koʻrsatgan jasorati va ibratli faoliyatini targʻib etish orqali yoshlarda gʻoyaviy immunitetning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Umuman olganda, hozirgi kunda turli yot gʻoyalar, global xavf-xatarlar chuqur ildiz otib borayotgan davrda, milliy oʻzlikni anglash, haqiqiy tariximizni tiklash har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Hadis — islom dinida shariat ahkomlarini belgilashda Qur’oni karimdan keyingi ikkinchi moʻtabar manba hisoblanadi. Hadis Qur’onda umumiy tarzda bayon etilgan masalalarga aniqlik kiritish va ularni izohlashda muhim o‘rin tutadi. Shu sababli ham hadis to‘plash, uni tartibga solish va keyingi avlodlarga yetkazish ishi Payg‘ambar (s.a.v.) davrida sahobalar tomonidan boshlanib, keyingi davrlarda uning turli usullari, yo‘nalishlari va maktablari vujudga keldi.
VII asr oxirlari va VIII asr boshlaridan Markaziy Osiyoga boshqa islom ilmlari qatorida hadis ilmi ham kirib keldi. VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab esa mahalliy xalq orasidan ham ilk muhaddislar — hadislarni to‘plash, tartibga solish va keyingi avlodlarga yetkazish bilan shug‘ullanuvchi ulamolar yetishib chiqdi. “Kitob az-zuhd var-raqoiq” (“Zohidlik va nozik masalalar kitobi”) nomli hadislar to‘plami muallifi Abu Abdurrahmon Abdulloh ibn al-Muborak ibn Vozih al-Hanzaliy at-Turkiy al-Marvaziy, Abu Muoz Xolid ibn Sulaymon al-Balxiy, Abu Muqotil Hafs ibn Salm Fazoriy Samarqandiy kabilar Markaziy Osiyolik ilk muhaddislar hisoblanadi. Keyinchalik, o‘lkamizdan Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurrahmon as-Samarqandiy ad-Dorimiy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, Abu Iso Muhammad ibn Iso Termiziy, Abu Abdurrahmon Ahmad ibn Shuayb an-Nasoiy va shu kabi boshqa ko‘plab dunyoga mashhur muhaddislar yetishib chiqdilar.
IX asrga kelib islom dinining sunniylik yo‘nalishiga e’tiqod qiluvchilar orasida eng ishonchli deb tan olingan olti moʻtabar hadis to‘plami — Imom Buxoriyning “al-Jome as-sahih” (“Ishonchli hadislar to‘plami”), Muslimning “al-Jome as-sahih”, Abu Dovudning “Sunan” (“Sunnatlar”), Imom Termiziyning “Sunan”, Imom Nasoiyning “as-Sunan al-kubro” (“Ulug‘ sunnatlar”) va Ibn Mojaning “Sunan” asarlari yaratildi. E’tiborlisi shundaki, islom olamida “Sihohi sitta” (“Olti ishonchli to‘plam”) nomi bilan mashhur bo‘lgan ushbu olti to‘plamdan uchtasining muallifi — Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Nasoiylar Markaziy Osiyo vakillari hisoblanadi.Shu bois, Islom dini va hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk vatandoshlarimizning boy merosini chuqur o‘rganish, ular tomonidan asos solingan hadis ilmi maktablari faoliyatini qayta tiklash va rivojlantirish dolzarb vazifa hisoblanadi.Qolaversa, qo‘lyozma fondlarida saqlanayotgan hali dunyo yuzini ko‘rmagan bir qancha qadimiy qo‘lyozmalar mavjud. Ular ustida ilmiy-tadqiqotlar olib borish dolzarb vazifalardan biri sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Hozirgi kunda O‘zbekistonimizning kitob fondlarida 100 mingdan ziyod qo‘lyozma asarlar saqlanmoqda. Afsuski, bu nodir kitoblar hali to‘liq o‘rganilmagan, ular olimlar va o‘z o‘quvchilarini kutib turibdi. Ushbu noyob asarlarda bugungi davr o‘rtaga qo‘yayotgan juda ko‘p dolzarb muammolarga javob topish mumkin. Xususan, Islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib beradigan, barcha odamlarni ezgulik, mehr-oqibat va hamjihatlik yo‘lida birlashishga da’vat etadigan teran ma’noli fikr va g‘oyalar bugun ham o‘z qimmati va ahamiyatini yo‘qotgan emas. Lekin biz ana shunday noyob meros vorislari, shunday boylik egalari bo‘laturib, ularni har tomonlama o‘qish-o‘rganish, xalqimiz, avvalo, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizga, jahon hamjamiyatiga yetkazish bo‘yicha, yetarli ish qilmaganimizni ham ochiq tan olish kerak”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 2017 yil 24 maydagi “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda qator sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda hamda mavzuga doir boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarishda ma’lum darajada xizmat qiladi.
Binobarin, jahonning turli burchaklarida din niqobi ostida sodir etilayotgan buzg‘unchilik harakatlarining muqaddas dinimiz nomidan amalga oshirilayotgani, bularning oldini olish va allomalarimiz merosini yanada chuqur o‘rganish, ular asosida yangicha fikr va yondashuvdagi tadqiqotlar olib borish zaruratini kuchaytirmoqda.
Mazkur yo‘nalishda Movarounnahrda IX asrda yashab, ijod etgan yetuk muhaddis olimlardan Imom Shoshiy nomi bilan tanilgan yurtdoshimiz Abu Sa’id Haysam ibn Kulayb Shoshiyning hayoti, ijodi hamda uning hadis ilmida muhim o‘rin tutgan “al-Musnad al-Kabir” asarining ahamiyatini ochib berish bugungi kunda islomshunos mutaxassislari oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.Allomaning “al-Musnad al-Kabir” asaridagi odob-axloq, mehr-oqibat, halollik, poklik, adolat, imon-e’tiqodga da’vat etuvchi hadislar bilan bir qatorda kishilarni qotillik, razolat, fitna-fasod, zulm kabi illatlardan qaytaruvchi hadislar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kabi ilmiy merosimizni har tomonlama tadqiq etish, milliy mafkurani shakllanishida, xalqimiz ma’naviyatining yuksalishida o‘rni beqiyos.
Yurtimizda diniy soha, xususan diniy ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan keng miqyosdagi islohotlarni e’tiborga olganda “Musnad” asaridagi hadislarni tarjima, tadqiq etish va uning natijalari asosida hadislardagi ezgu umuminsoniy g‘oyalarni xalqimizga, ayniqsa, yosh avlodga yetkazish muhim sanaladi. Binobarin, Imom Shoshiyning “Musnad” asari hadisshunos Mahfuz Rahmon Zaynulloh hamda Homid Abdulloh Mahallaviy tomonidan tadqiq qilinib, nashr ettirilgan. Ammo ushbu nashr arab tilida bo‘lib, o‘zbek tilida bu borada alohida tadqiqot qilinmagan.
Qolaversa, Imom Shoshiyning “Musnad” asari o‘zbek tiliga tarjima qilinib tadqiqotchilar va keng kitobxonlar ommasiga taqdim etilishi zarur bo‘lgan asarlardan biri. Zero, ushbu asar ajdodlarimizning hadis ilmining rivojiga qo‘shgan hissasini ko‘rsatuvchi asarlarning eng qadimiylaridan sanaladi.
Bir so‘z bilan aytganda, buyuk allomalarimizning ilmiy-ma’naviy asarlari insoniyatni ezgu ishlar va to‘g‘ri yo‘lga yurishga boshlovchi ezgu chorlovdir. Qaysi davr bo‘lmasin asarlaridagi dolzarblik o‘z mazmun-mohiyatini yo‘qotmaydi. Bil’aks, el-yurt taraqqiyoti, yoshlar kamoloti uchun tengsiz dasturulamal vazifasini o‘tab boraveradi. Shuning uchun ushbu nodir meroslarni o‘qib-o‘rganishimiz, chuqur tadqiq etib, dunyo hamjamiyatiga keng targ‘ib qilish, kelajak avlodlarga yetkazish, buyuk ajdodlarimizga munosib vorislar sifatida xayrli amallarni bajarish har birimiz uchun ham qarz, ham farzdir.

Download 487,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish