Oila pedagogikasining predmeti:
Oilada ota-ona aniq maqsad qo’yib, o’z ustida ishlash, izlanish tanlangan vosita usullarini qo’llash natijasini ko’ra bilishi tarbiyachilik san'atiga ega bo’lishi lozim.
· Ta'lim-tarbiyaning zamonaviy talab darajasiga va tarbiya qonuniyatlariga amal qiladi;
· Oilada beriladigan tarbiya mazmuni;
· Oilada farzanda tarbiyasida qo’llanadigan usul va vositalar;
· Insoniyatni ma'naviy rivojlanishi bilan oilada farzand tarbiyasining uyg’unligi;
· Oilada farzand tarbiyasidagi mahorat va madaniyatiga amal qilish;
Oila pedagogikasining maqsadi.
Oila tarbiyasiga doir muammolarning holati, qonuniyatlarini o’rganishga qaratiladi.
Oila tarbiyasining vazifalari:
· Oila tarbiyasiga doir bir butun muammolarni hal qilish;
· Oilaviy tarbiyaning samaradorligini oshirish va uning davlatni ustuvor talablariga javob beradigan komil inson tarbiyalashdir;
· Oila tarbiyasida milliy qadriyatlardan o’rinli foydalanish, pedagogik qonun - qoidalarga rioya qilishdir;
· Fan va texnika yutuqlaridan unumli foydalanish;
· Ilg’or oilalardagi muovofaqiyatli ish uslublarini o’rganish;
· Ota-onalarni pedagog mutaxassislar bilan hamkorligini o’rnatish kabilarni amalga oshirish;
· Barkamol inson tarbiyasiga doir muammolarni hal qilish doimiy va hayotiy izlanishlarni talab etadi.
Komil inson tarbiyasi juda ko’p qirrali va murakkab bo’lganligi sababli hamma fanlar unga ko’makdosh bo’ladi. Buyuk alloma Abu Nasr al Farobiy «Talhizu Navomis» (Aflotun qonuniyatlarini mohiyati) asarida inson kamolotini falsafa fanining ta'sirida rivojlinishini shunday ko’rsatgan edi: «Yaxshi fazilatga ega bo’lgan shahar aholisi eng baxtiyor odamlar bo’lishlari, qonunlarga ixtiyoriy bo’ysunishini ta'minlash uchun qonunlarni takomillashtirish, ulardagi qoidalarni mustahkamlashdir»
Adabiyotlar:
1.R.A.Mavlonova, B.Normurodova. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O‘quv qo‘llanma. 2008-yil. “O’qituvchi”.
2.R.Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Darslik. 2014-yil. TDPU Riziografida nashr qilingan.
3.R.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik. 2010. Fan va texnologiyalar.
4.R.A.Mavlonova., D.Abdurahimova. Pedagogik mahorat. O‘quv qo‘llanma T:.Fan va texnologiya, 2012.
5.R.A.Mavlonova., N.H.Vohidova., N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar, 2010.
Do'stlaringiz bilan baham: |