Maktabning o’quvchilar bilan olib boradigan o’quv mashg`ulotlaridan tashqari xilmag`xil ta’lim-tarbiya ishlari sinfan tashqari ishlar nomini olgan. Sinfdan tashqari ishlar maktab ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini yo’lga qo’yish formalaridan biridir.
Maktabning o’quvchilar bilan olib boradigan o’quv mashg`ulotlaridan tashqari xilmag`xil ta’lim-tarbiya ishlari sinfan tashqari ishlar nomini olgan. Sinfdan tashqari ishlar maktab ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini yo’lga qo’yish formalaridan biridir.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga aktiv faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda ko’ngillilik asosida tashkil qilinadi. O’quvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o’zlarini qiziqtiradigan mashg`ulotlarni tanlab olishadi ularda mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishad.
Adabiyotlar:
1.R.A.Mavlonova, B.Normurodova. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O‘quv qo‘llanma. 2008-yil. “O’qituvchi”.
2.R.Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Darslik. 2014-yil. TDPU Riziografida nashr qilingan.
3.R.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik. 2010. Fan va texnologiyalar.
4.R.A.Mavlonova., D.Abdurahimova. Pedagogik mahorat. O‘quv qo‘llanma T:.Fan va texnologiya, 2012.
5.R.A.Mavlonova., N.H.Vohidova., N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar, 2010.
Mashg’ulot turi: ma’ruza
14 - Mavzu: Jamoa haqida umumiy tushucha. Jamoani tashkil etish metodikasi
Mashg’ulot rejasi:
Jamoa va uning turlari.
O‘quvchilar jamoasini tashkil etish usullari.
O‘quvchilar jamoasida faollarini aniqlash va tarbiyalash usullari.
Sinf jamoasini tashkil etish1.Jamoa haqida tushuncha. Jamoa (lotincha «kollektivus» so’zining tarjimasi bo’lib, yig’ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo’lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir. Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo’lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o’quv yurti jamoasi, xo’jalik jamosi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. CHunonchi, o’quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |