1. Mavzu: Ta`limni moderenezatsiyalash sharoitida maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari. Reja


Tevarak-atrofda turgan bitta va bir qancha narsalarni topa olish



Download 1,72 Mb.
bet14/125
Sana20.07.2022
Hajmi1,72 Mb.
#825205
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   125
Bog'liq
1 Mavzu Ta`limni moderenezatsiyalash sharoitida maktabgacha ta

Tevarak-atrofda turgan bitta va bir qancha narsalarni topa olish.
Bolalarni to‘plamning ayrim elementlardan iboratligi bilan tanishtirib bo‘lgach, ularni bir xil narsalami mustaqil ravishda guruhlarga ajratishga, tevarak-atrofdagi yagona (bitta) narsalarni va narsalar yig'indisi (ko‘p)ni topa olishga o‘rgata boshlanadi.
3 yoshli kichkintoylar, garchi ularning hammasi bo‘lmasa ham, bir joyga, bitta guruhga yig‘ib qo‘yilgan narsalar yig‘indisini mustaqil ravishda ajratib ko‘rsata oladilar. (Mashinaning g‘ildiraklari ko‘p, qo‘lda barmoqlar ko‘p, bog'da yoki o‘rmonda daraxtlar ko‘p va hokazo.)
Xonada qaysi narsalar ko‘p, qaysilari bittadan uchraydi, degan savolga javob topish ular uchun oson ish emas. Bu masalani hal etish uchun ular tevarak-atrofni ancha tnurakkab fazoviy miqdoriy
tahlil qilishlari: qandaydir bir narsani ajratishlari, diqqat-e’tiborlarini o‘shanga qaratishlari, o‘sha turdagi narsalar atrofda boryo‘qligini ko‘rib chiqishlari va bu narsalarni, garchi ular xona, dala hovli va boshqa joylaming har tomonida sochilib yotgan bo‘lsa ham, yaxlit bir butun narsa deb tasawur qilishlari,ya’ni bolalar narsalaming miqdoriy tomonini ularning fazoviy sifat xossalaridan va fazoviy nisbatlaridan abstraktlashtirishni o‘rganishlari kerak bo‘ladi. Narsalaming miqdoriy tomonini abstraktlashtirish va garchi bir xil narsalar aslida butun xona bo‘ylab har yoqda sochilib yotgan bo‘lsada, ulami fikran birlashtirish ko‘nikmasini asta-sekin o‘stirib borishga imkon beruvchi mashqlarni bir tizimga keltirib ishlab chiqadi.
Ishni ko‘rsatilgan miqdordagi (bitta, ko‘p) turli rangdagi narsalarni doska ustiga terib qo‘yish mashqidan boshlanadi. Doska chap va o‘ng tomonda yoki baland hamda pastda joylashtiriladi.
Bolalarga, masalan, quyidagi topshiriqlar beriladi: «Chap tomonga, qizil doska ustiga bitta qo‘ziqorin, o‘ng tomonga, havo rang doska ustiga esa ko‘p qo‘ziqorin joylashtirilsin». Doskalarjoyini o‘zgartirib yoki ularning ustiga qo‘yilishi kerak bo‘lgan narsalar miqdori haqidagi ko‘rsatmalami o‘zgartirib, pedagog (tarbiyachi) bolalarni narsalar miqdorini avval doskalar rangiga qarab, keyinroq esa ularning fazoviy joylashishiga qarab topishga o‘rgatadi.
Bunday ishga 2-3 mashg'ulot ajratiladi. Mana shu mashg'ulotlarda bolalar yo‘l-yo‘lakay chap va o‘ng qo‘lini farq qilishni, qo‘llami farq qilish asosida esa narsalaming bir-biridan chapda va o‘ngda joylashganligini aniqlashni o‘rganadilar.
Kichkintoylar narsalaming bir-biridan yuqorida va pastda joylashganligini aniqlashga ham o‘rgatiladi.
Bolalar vazifalarni bajarib bo‘lganlaridan so‘ng pedagog (tarbiyachi) ulardan har bir doska ustida nechta (bittami yoki ko‘pmi) o‘yinchoq borligini aytishlarini so‘raydi, kichkintoylarga yordamchi savollar bilan ko‘maklashadi.
Ikkinchi mashg'ulotda bolalar doskalar turgan joyni ham ко'rsatishga undaladi. («Chap tomondagi qizil doska ustida ko‘p o‘yinchoq, o‘ng tomondagi havo rang doska ustida esa bitta o‘yinchoq bor».)
Keyin shunday mashg'ulotlar o‘tkaziladiki, ularda bolalar tarbiyachining topshirig'iga binoan stol ustidan bitta yoki ko‘p o‘yinchoq topib olib keladilar.
Bir xil o‘yinchoqlaming o‘zini ham birlik sonda, ham guruh holida ko‘rsatish kerak. Masalan, bir stol ustiga 1 ta kuchukcha, boshqasiga esa 3 ta kuchukcha qo‘yiladi. Bolalar, bir xil narsalaming bitta va ko‘p bo‘lishi mumkinligini tushunishlari kerak, guruhlarga turli miqdordagi (3 dan 5 gacha) narsalar kiritiladi. Bu narsa bolalarda miqdoriy tarkibi jihatidan turlicha bo‘lgan to‘plamlami idrok etish tajribasining to‘planishiga imkon beradi.
Oldin topshiriqning mazmunida kichkintoy nima qilishi kerak bo‘lsa, shulaming barchasi tushuntirib beriladi («Ko‘p xo‘rozcha olib kel»), keyinroq esa bolaning o‘ziga yoqqan bitta yoki ko‘p predmetlami olib kelishi taklif qilinadi.
Bolalar birinchi holda faqat to‘plamning farqiga borishlari, ikkinchi holda esa o‘zlari narsalami mustaqil ravishda tanlab olishlari ham zarur bo‘ladi. Bu ishni bajarish kichkina bola uchun oson emas. Mashg'ulot boshlanishida pedagog (tarbiyachi) har bir stol ustida qanday o‘yinchoqlar turganini bolalar bilan birga ko‘rib chiqadi va ularning e’tiborini o‘yinchoqlaming ko‘p yoki bitta ekanligiga jalb etadi.


Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish