1-mavzu: ta’lim tizimi va uni boshqarish metodologiyasi mavzu rejasi



Download 353,58 Kb.
bet23/24
Sana26.02.2022
Hajmi353,58 Kb.
#467558
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
MA\'RUZALAR 1-10 GACHA

Individuallik nima? Bu – hulq-atvorning o‘ziga xosligini va muayyan faoliyat turiga muvofiklikni belgilovchi shaxsning xususiyati. Bu shaxsning bioijtimoiy o‘ziga xosligi, uning takrorlanmasligi.
Ayni shu turli individual xususiyat (jo‘shqinlik)ga ega shaxslar bilan rahbarning ishlashiga to‘g‘ri keladi. Jo‘shqinlik turini bilish unga muayyan shaxsga u yoki bu faoliyat talabi bilan to‘g‘ri yondashishga, muomalaning ayni bo‘lgan shakl va usullarini tanlash, jamoani uyushtirishga imkon beradi.
Mazkur holda quyidagi tamoyillarga amal ilish maqsadga muvofiqdir: o‘z vaqtidalik (rag‘batlantirish yoki jazolashning o‘z mavrudidaligi); oshkoralik (keng xabardorlik va rag‘batlantirish chorasi hamda mehnat natijalarining taqqoslanarligi); ko‘rgazmali-lik (rag‘batlantirish chorasining yaqqol kurinarli bo‘lishi).
Rahbarning kasbiy vakolatliligining ko‘rsatgichi bo‘lib, odamlarni bilish: ular individual va ijtimoiy-psixologik sifatlari hisoblapadi. Emotsiya va his etish, uquv va aqliy faoliyat, xususiyat va iroda ipdividual-psixologik sifatlar sanaladi. Bu hislatlar avloddai-avlodga qon orqali o‘tadi. Bulardap farqli o‘laroq ijtimoiy-psixologik sifatlar ijtimoiy orttirilgan hisoblanadi. Kuyidagilar shularga kiradi: ijtimoiy hissiyot, ko‘zlangan qadriyatlar, ijtimoiy mezon, ishtiyos-umidvorlik, qilishlar, shvxspipg «ma’naviy- jamlanmasi». Boshqaruv faoliyatidagi muvvffaqiyat ko‘p jihatdan rahbarping xodimlarni mehnatga qiziqib munosabatda bo‘lishdan qanchalik manfaatdor qila bilishiga bog‘liq. Mehnatni rag‘batlantirish usuli ijtimoiy-istisodiy, etik va psixologik-pedagogik sharoitlar majmui, kishilarda mehnatga ongli munosabatda bo‘lish, yuqori natijalarga erishishga intilishi shakllaptirish maqsadida kishilar ongiga tasir etishga yo‘naltirilgap shakl va usullardan iboratdir.
Rahbarning faoliyati ko‘p jihatdan pedagogik faoliyatdan iborat bo‘ladi. Rahbar bajaruvchilarga qatiyat bilan o‘z g‘oyasini o‘tkazadi va bularni amalga oshirishni o‘rgatadi.
Har bir rahbar psixologik bilimlar bilan bir qatorda muayyan pedagogik bilimga ham ega bo‘lishi kerak. Shular yorda-mida u xodimlarga ularni tarbiyalash va mukammallashishlariga ta’sir etuvchi shakl hamda usullarning yanada samaraliligini topish mumkin.
Tarbiya jarayonida rahbar quyidagi pedagogik muammolarni hal etishi kerak:

  • aqliy rivojlanish (xodimlarning umumiy va kasbiy ma’lumoti);

  • ma’naviy boyish (madaniy tadbirlar tashkil etish, etik muammolarni еchish);

  • muomalani dorilomonlashtirish;

Bunda quyidagi pedagogik tamoyillarga rioya qilish lozim:

  • ezgu ideallar bilan mashg‘ul bo‘lish;

  • shaxsiy xislatlarni takomillashtirish.

Har qanday fanning vazifasi o‘rganilayotgan voqelikni oddiy sog‘lom fikr va hayotiy tajriba ta’minlashi mumkin bo‘lganidan ko‘ra chuqurroq tushuntirishdan iborat. Uning asosiy vazifasi – o‘rganilayotgan jarayonlar qonuniyatlarini aniqlashdan iborat, toki odamlar ulardan foydalangan holda, biron-bir ishni ilgarigidan yaxshiroq bajara olsinlar yoki ilgari qo‘llaridan kelmagan ishlarini bemalol bajara olsinlar.
Ammo u yoki bu fan aynan qanday qonuniyatlarni aniqlashi kerakligi, ya’ni, nima uning o‘rganish predmeti bo‘lishi zarurligi – unchalik oson masala emas. Bu savolga javob berish uchun o‘rganilayotgan ob’ekt modeliga ega bo‘lish, u haqda ma’lum narsalarni, yana nimalarni bilish lozimligini belgilab olish lozim. Ammo bunday model mavjud emas. Uni kelajakda tadqiqotlar davomida yaratish lozim bo‘ladi.
Aytish mumkinki, boshqaruv fani boshqaruv vazifalarini hal etish jarayonlarini o‘rganishi hamda qanday sharoitlarda boshqarishda ushbu vazifalar hal etilishi, ularni hal etish natijasi qanday bo‘lishi lozimligi, u yoki bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishga qanday omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqidagi bilimlarni olishi darkor. Ushbu savollarga tayyor javob yo‘q, uni topish uchun boshqaruv o‘zi nima ekanligi haqida ayrim boshlang‘ich tasavvurga ega bo‘lish lozim.
Umumboshqaruv g‘oyalari evolyusiyasini ko‘rib chiqar ekanmiz, ko‘pincha turli boshlang‘ich tasavvurlarda boshqaruv nima ekanligi, uning vazifalari nimalardan iboratligi va bu vazifalarni qay yo‘sinda hal etishi lozimligi to‘g‘risidagi turli yondashuvlarga asoslanganligi ko‘zga tashlanadi. Tadqiqotlarning turli predmetlari shu tariqa ajralib chiqqan. Masalan, klassik nazariya boshqaruv jarayonini boshqaruv funksiyalarining muayyan majmuini amalga oshirish sifatida ifodalagan. Ushbu funksiyalarning amalga oshirilish sifati, eng avvalo, boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi tavsifi bilan bog‘langan. Shu bois, asosiy vazifa qanday tashkiliy tuzilmada boshqaruv funksiyalari samaraliroq bajarilishini aniqlashdan iborat bo‘lgan. Ya’ni, o‘rganishning asosiy predmeti tashkiliy struktura tavsiflari bilan boshqaruv funksiyalarini amaliyotga tatbiq etish natijalari o‘rtasidagi aloqadan iborat bo‘lgan.
«Insoniy munosabatlar» nazariyasi norasmiy tuzilmani, ya’ni birgalikdagi faoliyat jarayonida odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni asosiy maqsad qilib olgan va maqbul norasmiy tuzilmani yaratish uchun nima qilish lozimligini aniqlashga intilgan. Shunday qilib, ushbu yondashuv doirasida boshqaruv vazifalari birmuncha anglab еtildi.
Tashkilotlar, xodimlar, jarayonlarni va h. k. boshqarishning o‘rganilishi ham turli umumboshqaruv yondashuvlari g‘oyalari asosida olib borilishi mumkin. Shu boisdan, tadqiqotlar predmeti ham turlicha bo‘ladi. Zero boshqaruv nazariyasining evolyusiyasi, eng avvalo, uning predmetiga bo‘lgan qarashlarning o‘zgarishidir. Garchi turli yondashuvlarda tadqiqotlar predmetini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lsa-da, ularning barchasi, biron-bir tarzda, boshqaruvni tashkil etishdagi alohida funksiya sifatida tushunishdan kelib chiqadi. Bu funksiyani amalga oshirish bilan uning hayot faoliyati aniq maqsadga qaratilganligi va uyushganligi ta’minlanadi hamda boshqaruv tizimi tarkibiy qismlarining tuzilishi va o‘ziga xosligi, tashkilot faoliyatining ichki hamda tashqi shart-sharoiti va uning natijalari o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Umume’tirof etilgan boshqaruv tushunchasi bo‘lmagani kabi ta’lim tashkilotlari va ta’lim sifatini boshqarishning ham umumqabul qilingan tushunchasi yo‘q. Ilmiy bilim rivojlanib borgani sari bu tushuncha doimiy ravishda boyib boradi.
Boshqaruv boshqariladigan obyektdagi jarayonlarning aniq maqsadga qaratilganligini va uyushganligini ta’minlashi lozim. Boshqaruv o‘zining bu vazifasini bo‘lishi kerak bo‘lgan narsaning qiyofasini (maqsadlar va ularga erishish rejalarini) shakllantirish; ijrochilar o‘rtasida vazifalar va vakolatlarni taqsimlash (rasmiy tuzilmani yaratish va saqlab turish); ijrochilarning samarali mehnatdan manfaatdorligini ta’minlovchi sharoit yaratish (rag‘batlantirish); jamoada umumiy qadriyatlar va qulay munosabatlarni shakllantirish (norasmiy tuzilma yaratish va saqlab turish); ishning borishini nazorat qilish kabi va boshqa maxsus boshqaruv vazifalarini hal qilish orqali amalga oshiradi.
Shundan kelib chiqqan holda ta’lim mazmuni, ta’lim tashkilotlari tartibini va ta’lim sifatini boshqarishni alohida faoliyat sifatida belgilash mumkin. Bunda uning sub’ekti boshqaruv vazifalarini hal qilish orqali o‘quvchilar, pedagoglar, ota-onalar, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning birgalikdagi faoliyatining uyushqoqligini hamda ta’lim maqsadlari va rivojlanish maqsadlariga erishishga yo‘naltirilganligini ta’minlaydi.
Fan boshqaruv tizimi qanday vazifalarni, qay yo‘sinda hal etishi kerak, turli ichki va tashqi sharoitlarda boshqaruv samaradorligi ta’minlanishi uchun u qanday tuzilgan bo‘lishi lozim, degan savollarga javob berishi zarur. Shu boisdan boshqaruv tizimi xususiyatlari, boshqaruv jarayoni tavsiflari hamda turli tashqi va ichki sharoitlarda faoliyat yuritish va rivojlanish natijalari o‘rtasidagi qonuniy aloqalar alohida ilmiy fan bo‘lgan boshqaruvning umumiy vazifasi hisoblanadi. Boshqaruv vazifasini shu yo‘sinda tushunish uni boshqaruvga eskicha yondashish nuqtai nazaridan uni tadqiq qilish mumkin emasligidan dalolat beradi.
Ta’limni boshqarish fani qanday xususiy predmetlarni o‘rganadi?
Bunda, shubhasiz, o‘quv-tarbiya jarayoni boshqaruvning markaziy ob’ekti hisoblanadi. Boshqaruv fani u qay yo‘sinda amalga oshirilishi kerakligi va vazifalari nimalardan iborat ekanligini o‘rganmaydi – bu pedagogikaning vazifasidir. Ammo hozirning o‘zidayoq ta’lim vazifalarini turlicha tushunish, turli pedagogik texnologiyalar mavjud. Umumiy boshqaruv nazariyasiga muvofiq, turli texnologiyalar turlicha tashkil etishni, rejalashtirish, nazorat qilishning xilma-xil usullarini talab etadi va h. k.
O‘quv-tarbiya jarayoni texnologiyasi xususiyatlariga bog‘liq ravishda boshqaruv qanday amalga oshirilishi lozim, degan masala esa boshqaruv faniga taalluqlidir.
Ammo o‘qitish va tarbiya natijalari nafaqat pedagogik texnologiyaga, balki pedagoglarning malakasiga, ularning eng yaxshi natijalarga erishishdan manfaatdorligiga, jamoadagi munosabatlarga bog‘liqdir. Kadrlarni qanday tanlash kerak, ularni qay yo‘sinda baholash, unumli ishlashga qanday undash kerak, jamoada qulay psixologik muhitni qanday shakllantirish lozim kabi savollar ham boshqaruv tadqiqotchilari oldida turgan muhim savollar sirasiga kiradi.
Ta’lim tashkiloti qanchalik yaxshi ishlamasin, u o‘zgarmasligi mumkin emas. Ta’lim tashkilotida, o‘quv-tarbiya jarayoni bilan bir qatorda, uning rivojlanish jarayoni eng muhim boshqaruv ob’ekti hisoblanadi. Yangiliklarni o‘zlashtirish ham rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish va undashni taqozo etadi. Boshqaruv fani innovatsion jarayonlar qanday sharoitda samarali bo‘lishini va bu sharoit qanday vujudga keltirilishini tadqiq qilishi kerak.
Ta’lim tashkiloti, har qanday tashkilot singari ajralgan holda emas, balki muayyan ijtimoiy muhitda faoliyat ko‘rsatadi. Boshqaruvning bir xil tizimi boshqa sharoitlarda samarali bo‘lishi mumkin. Shu boisdan boshqaruv natijalari u qanday sharoitlarda amalga oshirilishiga qay darajada bog‘liqligini o‘rganishi lozim.
Yuqorida qayd qilingan xususiy tadqiqot predmetlari, shubhasiz, ularning xilma-xilligini qamrab ololmaydi. Ta’lim tashkilotining ijtimoiy institut sifatida rivojlanishiga ko‘ra boshqaruvning yangi vazifalari vujudga kelib, tadqiqotlarning yangi yo‘nalishlari dolzarb bo‘lib boradi.
Ta’lim sifatini boshqarishga metodik-amaliy yondashuvlar va uning shart-sharoitlarini ishlab chiqish hamda joriy qilishdan oldin boshqaruv nazariyasining asosiy kategoriyalari va tushunchalarini aniqlash hamda belgilash (materialning bir qismi I bobda ko‘rib chiqilgan), menejmentning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari va vazifalarini aniqlash zarur.
Boshqaruvda «boshqaruv ob’ekti va subyekti», «ular o‘rtasidagi bevosita va teskari aloqalar», «boshqaruv tizimi», «atrof-muhit» kabi kategoriyalar va tushunchalardan foydalaniladi.
Ta’lim tashkilotlari darajasida menejmentning asosiy kategoriyalarini ko‘rib chiqishda ular faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari va faoliyat yuritishining umumiy vazifalarini hisobga olish zarur.
Boshqaruv obyekti – bu boshqariladigan obyekt, ya’ni, tarmoq, tashkilot, tashkilot va hokazo. Boshqaruv ob’ekti sifatida faoliyat sohasi bo‘lmish ta’lim, shuningdek, turli xildagi ta’lim tashkilotlari ko‘rib chiqilishi mumkin. Menejmentda boshqaruv obyekt sifatida, odatda, faoliyati muvofiqlashtiriladigan va muayyan maqsadlarga erishishga yo‘naltiriladigan bir guruh odamlar tushuniladi.
Boshqaruv subyekti – bu boshqaradigan subyekt, ya’ni, tarmoq, tashkilot va tashkilotni boshqarish apparati. Ta’limdagi menejmentga nisbatan olganda, boshqaruv sub’ekti boshqaruvning turli darajalarida konkret vazifalarni bajaruvchi muayyan bo‘g‘inlari majmuidan iborat. Bunda har bir yuqori bo‘g‘in quyi bo‘g‘inga nisbatan boshqaruv sub’ekti sifatida yuzaga chiqadi.
Boshqaruv subyekti va obyekti bevosita va qayta aloqalar tizimi bilan birgalikda boshqaruv tizimini tashkil qiladi. Boshqaruv tizimida boshqaruv obyekti ko‘pincha boshqariladigan kichik tizim, subyekti esa boshqaruvchi kichik tizim deb nomlanadi. Boshqaruv tizimiga bir qator umumiy shart-sharoit xosdir. Eng avvalo, boshqariladigan kichik tizim boshqaruvchi kichik tizim ostida o‘z parametrlarini (yoki xossalarini) o‘zgartirishga qodir bo‘ladi. Bunda samarali boshqarish uchun boshqaruv obyekti faoliyatining eng muhim parametrlarini to‘liq aks ettiradigan mezonlar va ko‘rsatkichlar zarur bo‘ladi. Masalan, ta’lim tashkilotlari uchun: xodimlar soni, o‘quvchilar, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasi, ularning davlat ta’lim standartlariga muvofiqligi, ana shu xususiyatlarga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va boshqalar shunday ko‘rsatkich bo‘lishi mumkin.
Boshqaruv tizimi ob’ektga belgilangan maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatadi. Buning uchun boshqaruvchi kichik tizim tegishli ta’sirdan keyin boshqaruv obyekti holatini aniq tasavvur etishi kerak. Maqsadga aniq yo‘nalganlikni amalga oshirish uchun ta’sir ko‘rsatishdan oldin va keyin obyektning holati haqida boshqaruv subyektiga axborot kelib tushishi kerak, ya’ni boshqaruv tizimida bevosita va qayta aloqalar aniq tashkil etilgan bo‘lishi lozim. Va nihoyat, boshqaruvning har qanday tizimi muayyan moddiy, mehnat va boshqa resurslarga ega bo‘lishi zarur.
Barcha boshqaruv kategoriyalari bir-biri bilan jips boQlangan va bir-birini taqozo etadi.
Umuman boshqaruv sohasidagi va xususan ta’limni boshqarishdagi faoliyat menejmentning metodologik asoslarini shakllantirishda to‘liq hisobga olinadigan bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Menejmentga tatbiqan metodologik yondashuv bilish va faoliyat usullarining boshqaruv maqsadlariga erishishga qaratilgan muayyan uslublaridan foydalanishni ko‘zda tutadi.
Menejmentda jarayonli yondashuv keng tarqalgan hisoblanadi, boshqaruv bunda boshqaruv funksiyalarining uzluksiz o‘zaro aloqalariga asoslangan, ta’lim tashkiloti va umuman ta’lim maqsadlariga qaratilgan faoliyat sifatida ko‘rib chiqiladi. Turli mualliflar funksiyalarning har xil ro‘yxatlarini taklif qilmoqdalar. Ularning maqbuli quyidagilarni o‘z ichiga oladi: rejalashtirish, tashkil etish, yo‘lga qo‘yish (amalga oshirish); nazorat qilish.
Tashqi muhitdagi beqarorlik va keskin o‘zgarishlar sharoitida ta’limni boshqarishda vaziyatli yondashuv qo‘llaniladi.
Vaziyatli yondashuvda turli boshqaruv usullarining tanlanishi vaziyat bilan belgilanadi. Binobarin, ta’lim tashkilotida ham, atrof-muhitda ham ko‘plab omillar mavjudligi sababli ularni boshqarishning yagona usuli yo‘q. Konkret vaziyatda unga birmuncha muvofiq keladigan boshqaruv usuli eng samarali usul hisoblanadi. Vaziyatli yondashuv, ilmiy qoidalarning mavjud vaziyat va sharoitlarga qarab amaliyotda qo‘llanilishiga doir muayyan tavsiyalarga ega bo‘lganligi bois, boshqaruv nazariyasiga katta hissa qo‘shdi.
Vaziyatli yondashuv negizida tashkilotning faoliyat yuritishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy ichki va tashqi omillarni aniqlash yotibdi.
Menejmentning amaliy maqsadlari uchun har bir muayyan vaziyatga ta’sir ko‘rsatuvchi omillargina ko‘rib chiqiladi.
Tizimli yondashuv boshqaruv xodimlari tashkilotni o‘zgaruvchan tashqi muhit sharoitida turli maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan odamlar, tuzilma, vazifalar va texnologiya kabi o‘zaro bog‘liq elementlarning majmui sifatida ko‘rib chiqishlari kerak.
Tizimli yondashuv – ilmiy bilim va ijtimoiy amaliyot metodologiyasining yo‘nalishi bo‘lib, uning negizida boshqaruv obyektlarini tizimlar sifatida tadqiq qilish yotadi. Ushbu yondashuv hodisalarni boshqaruv ob’ektining holati va dinamikasiga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha asosiy omillarni hisobga olgan holda hodisalarni yalpi o‘rganishga asoslangan. Tizimli yondashuv ta’limni, umuman mamlakatni rivojlantirish nuqtai nazaridan ta’limni yaxlit tizim sifatida tasavvur etish hamda uning faoliyat yuritishining eng maqbul parametrlarini belgilash imkonini beradi. Shu bilan birga, har bir ta’lim tashkilotining faoliyat yuritish jarayoni tizimli yondashuv yordamida aholining yuqori standartlarga javob beruvchi ta’limga bo‘lgan ehtiyoji, uni qondirishning muqobil imkoniyatlari, tashkilotda yuqori malakali kadrlarning mavjudligi kabi va boshqa turli omillar ta’sir ko‘rsatuvchi, jo‘shqin rivojlanadigan yagona tizim sifatida ifodalanishi mumkin. Boshqaruvda tizimli yondashuvning qo‘llanilishi muammolarni mos ravishda yo‘lga qo‘yish hamda ularni hal etishning samarali strategiyasini ishlab chiqish imkonini beradi. Ushbu yondashuvning o‘ziga xos metodologik xususiyati shundaki, u boshqaruv obyektining yaxlitligini ochib berishga, uning tashqi muhit bilan xilma-xil aloqalarini aniqlashga va ularning yagona nazariy manzarasini yaratishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Murakkab boshqaruv еchimlarini tayyorlash va asoslash uchun foydalaniladigan, metodologik vositalar yiQindisidan iborat bo‘lgan tizimli tahlil boshqaruvda tizimli yondashuvning muhim jihati hisoblanadi.
Tizimli yondashuv va tahlilni qo‘llash sohasini kengaytirish mohiyati maqsadlarni aniq belgilashdan, qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun dasturlar ishlab chiqish, ularni bajarish va ushbu ishga rahbarlik qiluvchi dasturlarni amalga oshirish va tashkilotlarni shakllantirish uchun zarur resurslar ajratishdan iborat bo‘lgan dasturiy-maqsadli boshqaruv tizimini yoyish bilan bog‘liq.
Dasturli-maqsadli boshqaruv pirovard maqsadlarni aniqlash va aniq qo‘yishdan boshlanadi. Maqsadlar, odatda, berilgan vaziyatni istalganidan farqlovchi bir qator muammolar hal etilgach, boshqaruv tizimi muayyan vaqtdan keyin berilgan vaziyatdan o‘tib borishi lozim bo‘lgan istalgan vaziyatni aks ettiradi.
Shunday qilib, maqsadni qo‘yish bosqichidayoq kelajakning umumlashgan modeli vujudga keladi. Ushbu bosqich еchimning muqobil variantlarini ko‘rib chiqish va tugal variantini tanlash bilan yakun topadi.
Qaror qabul qilingandan keyin dasturlarni ishlab chiqish bosqichi boshlanadi. Ushbu bosqichda strategik maqsadga erishish kichik maqsadlarga bo‘linadi. O‘ar bir bosqichda vazifalar va ularni hal qilishning ustuvor yo‘nalishlari ajratiladi, shuningdek ular resurslar (moddiy, mehnat, moliyaviy, inson omili) bilan muvofiqlashtiriladi. Bunda har bir bosqichning bajarilishi asosiy natija, hajm va muddat bo‘yicha aniq belgilanadi.
Dasturlarni shakllantirish bosqichida, asosiy maqsadli ko‘rsatmani saqlab qolgan holda, oraliq bosqichlar va еchimlar izchilligini ularning dasturni amalga oshirishning pirovard natijalariga ta’sirini aniqlash va tahlil qilish orqali ta’minlash juda muhimdir.
Maqsadlar va kichik maqsadlar kelishilgan va darajalarga ajratilgandan keyin dastur, odatda, barcha ijrochilar uchun bajarilishi shart hisoblangan direktiv hujjat shakliga ega bo‘ladi.
Qabul qilingan dastur ijro etilishi zarur. Ammo uni amalga oshirish jarayonida, dasturni qabul qilish paytida boshqaruv tizimida yoki atrof-muhitda ba’zi (yoki hisobga olinmagan) o‘zgarishlar yuz berishi mumkin. Ko‘pincha bu o‘zgarishlar ham butun dasturni, ham uning ayrim bosqichlarini amalga oshirishda jiddiy qiyinchiliklar tug‘diradi. Shu bois butun dasturning va uning har bir bosqichining bajarilishini doimo kompleks nazorat qilish zarur.
Odatda, bunday nazoratni amalga oshirish uchun boshqaruvning matritsa tizimiga kiritiladigan maxsus bo‘linmalar tuziladi.
Nazorat natijalariga ko‘ra tahlil o‘tkazilib, olingan natijalar dastur maqsadlari (kichik maqsadlari)ga doir olingan natijalar taqqoslanadi va og‘ishlar yuz bergan hollarda ularning sabablari aniqlanadi, so‘ngra yo dasturlarga tuzatish kiritish yoki kamchiliklarni bartaraf etishga doir choralar ko‘riladi. Bunda dasturga tuzatish kiritish yoki kamchiliklarni bartaraf etish haqida qaror qabul qilinishidan oldin dasturning belgilangan maqsadlaridan (kichik maqsadlardan) og‘ishga olib kelgan muammolar diagnostik tahlil qilinishi kerak.
Mamlakatimizda barcha darajalarda dasturiy-maqsadli boshqaruv bo‘yicha muayyan tajriba to‘plangan. Qayd etilgan yondashuvni qo‘llashga Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va modelini ishlab chiqish hamda amalga oshirish jarayoni yorqin misol bo‘la oladi.Tizimli yondashuv va dasturiy-maqsadli boshqaruv menejment metodologiyasining fundamental qoidasi sifatida ta’limni boshqarish qonuniyatlari, tamoyillari, vazifalari va usullari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bu haqda quyida gap boradi.

Download 353,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish