Ko’rgazmali metodlarni umumpedagogik tamoyil, ko’rgazmalilik bilan adashtirmaslik kerak. Bu tushunchalar har xil bo’lib, bir-biriga sira o’xshamaydi. Ko’rgazmali vositalar deyarli hamma tabiatshunoslik darslarida qo’llaniladi. Ko’rgazmalilik o’quvchilarning nutqi va tafakkuridagi nuqsonlarni tuzatish (korreksiyalash)da katta ahamiyatga ega. To’g’ri qo’yilgan savol, keyinroq esa tizimlangan savollar majmuasi namoyish qilinayotgan obyekt va tajribalarga e'tiborni jalb qiladi. Bu savollar o’quvchilarni maqsadga yo’naltiigan holda, izchillik bilan kuzatish, taqqoslash, xulosa chiqarish va umumlashtirishga daVat qiladi.
Tabiatshunoslik darslarida qo’llaniladigan ko’rgazma natural (tirik tabiiy obyektlar va tasviriy jadvallar, sistemalar, mulyajlar, kino, diafilm, diapozitiv) bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |