tabiatshunoslikni o‘qitishda bolalarni har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini ochib beruvchi pedagogik fandir. U pedagogikada ishlangan tadqiqotlarga asoslanadi va o‘z predmetini o‘qitish mazmuni hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda uning metodlaridan foydalanadi.
Odamlar tarafidan yasalgan buyimlar.
Atrofimizdagi qushlar va hayvonlar jonli tabiat vakillari hisoblanishadi.
Odamning o’ziham jonli tabiatga kiradi.
O‘quvchilarga tabiatni o‘rgatib borish bilan o‘qituvchi ularni ta'limni davom ettirish va amaliy faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilimni o‘quv va ko‘nikmalar bilan qurollantiribgina qolmay, dunyoqarashi, irodasi, xarakterini ham shakilantiradi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shunga ko‘ra tabiatshunoslikni o‘qitishning shakl va metodlarini ishlab chiqadi.
Tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi tabiat hodisalarini o‘zaro bog‘lanishda va rivojlanishda o‘rganishga imkon beradi. Tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi barcha tabiatshunoslikka oid materialni o‘rganishning o‘ziga xosligiga muvofiq holda barcha maktab fanlari uchun umumiy hisoblangan pedagogika qoidalariga asoslanadi.
Shunday qilib, tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi fanining maqsadi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini bugungi kun talablari asosida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llab, yosh avlodga tabiatshunoslik fanini o‘rgatishga tayyorlashdir.

Fanning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1.Talabalarga tabiatshunoslik haqida eng zarur ilmiynazariy bilimlarni berish.
2. Boshlang‘ich sinflarda tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi fanini ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarini yoritib berish.
3. Talabalarga tabiatshunoslik fani bazasida zamonaviy pedagogik texnologiya haqida bilim berish.
4. Talabalarni o‘quv metodik adabiyotlar, dastur va darsliklarni tahlil qilishga o‘rgatish.
5. Talabalarni tabiatshunoslikni o‘qitishning turli uslublari va yo‘llari bilan tanishtirish.
6. Talabalarda mazkur fandan o‘qitishning turli tashkiliy shakllarini, uslublarini, zarur ko‘rgazmali qurollarni to‘g‘ri tanlash rnalakalarini hosil qilish.
8. Kuzatilgan dars va darslardan tashqari tadbirlarni mustaqil metodik jihatdan to‘g‘ri tahlil qilishga o‘rgatish.
9. Fanlararo aloqalar va ta'limtarbiya integratsiyasi asosida turli dars tiplari uchun ishlanmalar, rejakonspektlar tuzishga tayyorlash.
10. Maktabda tabiatshunoslik darslarini o‘tishda ekologik va tabiatni muhofaza qilish jihatlarini ko‘ra bilishga o‘rgatish.
11. Talabalarni Sharq mutafakkirlarining inson va uni o‘rab turgan tabiat bilan aloqalariga bag‘ishlangan asarlari, ularning dunyoqarashlari bilan tanishtirish, shuningdek, tabiatga oid aforizm, ruboiy va she'rlardan tabiatshunoslik darslarida foydalanishga o‘rgatish.
Mustaqillik sharofati bilan 1998 yildan davlat ta’lim standartlari qabul qilingan, o‘quv reja va dasturlar qayta ko‘rib chiqilgan, xususan tabiatshunoslik fanidan ham.Unga ko’ra tabiatshunoslik fanlari boshlang’ich maktablarimizda haftasiga 1 soat yani yil davomida 34 soatni tashkil etadi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda Tabiat bilan tanishtirish kursi 1-sinfdan boshlab o‘qitiladi, 2-sinfda tabiiy bilimlar chuqurlashtiriladi. 3-4 sinflar tabiatshunoslik dasturi ilgari olingan bilimlarini davomi bo‘lib, keyingi sinflarda umumbiologik kurslarni asosi hisoblanadi.