2.
Sug’urta fondidan foydalanish bilan bog’liq atamalarga quyidagilar kiradi:
Bosh polis
- sug’urta kompaniyasi va sug’urtalanuvchi o’rtasidagi yozma
bitim. Bu bitimga muvofiq, tegishli davr mobaynida sug’urtalanuvchi barcha
ob’ektlarni sug’urta kompaniyasiga sug’urtalash uchun beradi. Chet el tajribasida
bu bitim «ochiq polis» yoki «polis-abonament» deyiladi. Mazkur bosh polis
asosida sug’urtalash tashqi savdo yuklari sug’urtasida keng tarqalgan.
Sug’urtalanuvchi sug’urta kompaniyasiga har bir jo’natilgan yuk haqidagi
ma’lumotlar (yukning vazni, sug’urta summasi, yukni jo’natish va qabul qilib olish
punktlari) bayon etilgan arizani taqdim etsa etarli, yuk avtomatik ravishda
sug’urtalangan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |