STK
– Sug’urta tarifining mos koeffitsenti;
K
– Shartnoma tuziladigan kunlar soni.
Majburiy sug’urtaning ushbu turi bo’yicha sug’urta summasi quyidagicha
belgilanadi:
- majburiy sug’urta shartnomasi tuzilayotgan sanaga kelib bir yildan ko’p faoliyat
olib borgan ish beruvchi uchun – ish beruvchining barcha xodimlarining ushbu
shartnoma tuzilgunigacha o’tgan o’n ikki oyda olgan yillik ish haqi hajmida;
- o’z faoliyatini yangitdan boshlayotgan ish beruvchi uchun – barcha xodimlarning
majburiy sug’urta shartnomasi tuzilgandan keyin keladigan o’n ikki oy uchun
oladigan ish haqi hajmida. Bunda yillik ish haqi miqdori birinchi oydagi ish haqini
o’n ikkiga ko’paytirish yo’li bilan hisoblanadi;
- o’z faoliyatini kamida bir yil avval boshlagan ish beruvchi uchun ish
beruvchining barcha xodimlari ish beruvchining ushbu faoliyatini amalga oshirish
muddatida olgan ish haqi hajmida.
Majburiy sug’urta bo’yicha sug’urta mukofoti sug’urta tariflari asosida
hisoblanadi. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash
bo’yicha sug’urta tarifi ikki tarkibiy qismdan shakllantiriladi: bazaviy stavka va ish
beruvchi olib borayotgan faoliyatning xavflilik darajasiga qarab bazaviy stavkaga
ko’paytiriladigan koeffitsent.
Bazaviy stavka ish beruvchilar va sug’urtalovchilar uchun yagona
hisoblanadi va ish beruvchining fuqarolik javobgarligi shartnomasi bo’yicha
sug’urta summasining yillik 0,1% miqdorida belgilanadi.
Bazaviy stavkaga ko’paytiriladigan koeffitsent ish beruvchi olib boradigan
faoliyatning xavflilik darajasiga qarab belgilanadi. Faoliyat xavflilik darajasi
Klassifikatsiyaga muvofiq belgilanadi.
Ish beruvchining faoliyat turining xavflilik darajasi Klassifikatsiyasi
Qoidalari asosida tasdiqlangan. Ushbu Klassifikatsiyaga binoan, iqtisodiyot
sohalari kasbiy xatarlarning 20 ta sinfiga ajratilgan. har bir sinf bo’yicha tegishli
koeffitsentlar belgilangan. Agar ish beruvchi Klassifikatsiyada keltirilmagan
faoliyat turi Bilan shug’ullanayotgan bo’lsa, faoliyatning bu turiga nisbatan kasbiy
xatarlar sinflari bo’yicha o’rtacha sug’urta tariflariga teng 3,400 hajmidagi
koeffitsent qo’llaniladi.
Shuningdek, sug’urtaning ushbu turi bo’yicha sug’urta tariflari tarkibi ham
belgilangan bo’lib, bunda sug’urta mukofoti hajmidagi nettog’stavka va sug’urta
mukofoti hajmida majburiy sug’urtani amalga oshirish harajatlari ulushi belgilab
beriladi. Sug’urta tarifi tarkibiga muvofiq, tarif stavkasining 70% ish beruvchining
fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash shartnomasi bo’yicha to’lovlar va
30% ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash xarajatlari
(shu jumladan, sug’urta hodisalarining oldini olishga oid ogohlantirish tadbirlari
zahirasiga chegirmalar tarifining 5% ni tashkil etadi) dan iborat.
Bundan tashqari, majburiy sug’urta bo’yicha sug’urta tariflari koeffitsentini
qo’llash tartibi 1 yildan kam muddatga shartnomalar tuzilishini ham hisobga oladi.
Majburiy sug’urta shartnomasi 1 yildan kam muddatga tuzilganda Ushbu
shartnoma bo’yicha to’lanishi kerak bo’lgan sug’urta mukofoti hajmi sug’urta
summasining yillik bazaviy stavkaga, sug’urta tarifining tegishli koeffitsenti va
majburiy sug’urta shartnomasi yilning necha kuniga tuzilayotganiga qarab kunlar
soni ulushiga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi.
Shuningdek, Qoidalar Bilan quyidagi hujjatlarning namunalari tasdiqlangan:
- ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash shartnomasi va
annuitetlar shartnomasi;
- ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash shartnomasini
tuzish va annuitetlar shartnomasi haqidagi arizalar;
- ish beruvchinin fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash shartnomasi
bo’yicha sug’urta polisi va annuitetlar shartnomasi bo’yicha sug’urta polisi
blankalari;
- sug’urta qoplamasini to’lash haqidagi ariza;
- ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisa va boquvchisini yo’qotganlik bilan bog’liq
zararlarni qoplash haqidagi buyruqlar.
Yuqorida ta’kidlanganidek, ikkinchi bosqichda sug’urta shartnomasi
bo’yicha sug’urta hodisasi yuzaga kelganda boshlanadi. Qonunga muvofiq sug’urta
hodisasi bu – majburiy sug’urta shartnomasi amalda bo’lgan vaqtda xodimning
jarohat olishi, kasb ksalligi yoki xizmat burchini bajarayotgan vaqtida
salomatligiga etgan zararlarni qoplash bo’yicha ish beruvchining javobgarligi
yuzaga kelganini tasdiqlovchi holatdir.
Ikkinchi
bosqichda
majburiy
sug’urta munosabatlari tomonlariga
jabrlanuvchi, naf oluvchi va annuitet shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchi
qo’shiladi. Sug’urta hodisasi yuzaga kelganda jabrlanuvchi va naf oluvchi
majburiy sug’urta shartnomasiga asosan sug’urta qoplamasini oluvchilarga
aylanadilar.
Majburiy sug’urta bo’yicha sug’urta qoplamasi quyidagi ko’rinishlarda
amalga oshiriladi:
- jabrlanuvchining mehnat jarayonida jarohat olguniga qadar bo’lgan o’rtacha oylik
ish haqiga xodimning kasbiy layoqatini yo’qotish yoki kasb kasalligi darajasiga
nisbatan foizlar ko’rinishidagi har oylik to’lovlar;
- halok bo’lgannning o’rtacha oylik ish haqidan uning o’ziga tegishli bo’lgan
hamda uning qaramog’ida bo’lib, mehnatga layoqatli bo’lgan , lekin etkazilgan
zararni qoplashga huquqi bo’lmagan shaxslarga tegishli ulushi chegirib tashlangan
har oylik to’lovlar;
- jabrlanuvchi yoki manfaat ko’ruvchiga qonunchilikda belgilangan hollarda bir
martalik nafaqa to’lovlari;
- majburiy sug’urta shartnomasida belgilangan hajmda Dafn marosimlari
xarajatlari;
- ish beruvchining qonunchilikka muvofiq qo’shimcha xarajatlari.
Shuni ta’kidlash zarurki, sug’urta qoplamalarini to’lash muddatiga qarab uni
to’lash tartibi belgilanadi. Agar etkazilgan zararni qoplash bir yildan ortiq
muddatga mo’ljallangan to’lovlarni ko’zda tutsa, u holda sug’urta to’lovlari
bevosita jabrlangan yoki naf oluvchiga to’lanadi.
Agar etkazilgan zararni qoplash bir yildan ko’p muddatga mo’ljallangan
to’lovlarni ko’zda tutsa, u holda sug’urta to’lovlari sug’urtalovchi tomonidan ish
beruvchiga to’lanadi. Bunda ish beruvchi sug’urtalovchi Bilan annuitetlar
shartnomasini tuzishi shart va majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha olgan
sug’urta to’lovlarini faqat annuitetlar shartnomasi bo’yicha sug’urta mukofotlarini
to’lashga sarf qilishi kerak. Bu holda sug’urta munosabatlariga annuitetlar
shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchi ham qo’shiladi. Sug’urta to’lovlari muntazam
asosda va bir yildan ortiq muddatga to’lanishi munosabati bilan ish beruvchi va
hayot sug’urtasiga ixtisoslashgan sug’urtalovchi o’rtasida annuitetlar shartnomasi
tuziladi. Shu tariqa, keyinchalik jabrlanuvchi yoki manfaat ko’ruvchi annuitetlar
shartnomasi bo’yicha muntazam ravishda zararni qoplash hisobiga to’lovlar oladi.
Anuitetlar shartnomasi bo’yicha sug’urta summasi jabrlanuvchi yoki
manfaat ko’ruvchiga etkazilgan zararning qonunchilikka muvofiq ravishda qoplab
berilishi kerak bo’lgan hajmda belgilanadi.
Anuitetlar shartnomasi bo’yicha sug’urta mukofotlari ish beruvchi
tomonidan annuitetlar shartnomasi bo’yicha sug’urta muddatining hammasi uchun
bir martada to’lab beriladi.
Shuni aytish kerakki, bugungi kunda respublikada majburiy sug’urtaning
ijtimoiy yo’naltirilgan tizimi qurilmoqda. Bu tizim mamlakat iqtisodiyotining
zamonaviy talablariga to’la javob beradi. Majburiy sug’urta turlarining manna
shunday tizimlarining tatbiq etilishi yaqin yillar ichida mamlakat sug’urta bozorini
rivojlantirishga qudratli turtki beradi va majburiy sug’urtaning aholini ijtimoiy
himoyalashda ishtirokini kengaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: