1-mavzu: Sug`urtaning iqtisodiy mohiyati va funksiyalari. Reja: Sug‘urta nazariyasining kelib chiqish tarixi. Sug‘urta nazariyasi predmeti va ob’ekti


Sug‘urta nazariyasining funksiyalari



Download 453,58 Kb.
bet3/91
Sana30.04.2022
Hajmi453,58 Kb.
#599086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Bog'liq
sug\'urta ishi

3. Sug‘urta nazariyasining funksiyalari.
O‘zbekistonda iqtisodiyotning barcha soxalarini bosqichma-bosqich rivojlantirish, hamda sug‘urta xizmatlar ko‘lamini kengaytirishda, sug‘urta bozori infratuzilmasining o‘sishida, o‘z aksini topmoqda. Bugungi kunga kelib bozor iqtisodiyotini ko‘tarish uchun insonlarni ijtimoiy va iqtisodiy tomondan qo‘llab quvatlash bozor iqtisodiyotning birinchi vazifalaridan bo‘lib hisoblanmoqda. SHu sababli, xayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish sug‘urta tarmog‘i sug‘ug‘rta bozorining salohiyati borasida bemalol jadal o‘sish sur’atlarini ko‘rish mumkin. Mamlakatimizda yoshi ulug‘larni qadrlash, bolalarga yaxshi ta’lim berishni ta’minlash va kelajakda ularning yaxshi hayot tarzini ta’minlash kabi milliy qadriyatlarimizni hisobga olgan holda, hozirda annuitet, pensiya va aralash hayot sug‘urtasi turlariga katta e’tibor qaratilmoqda. CHunki hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilishda jamg‘arib boriladigan sug‘urta mukofotlari aholining turmush tarzini yaxshilashga qaratilgandir. SHu sababli hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilishni keng ommaga tadbiq etish, hamda bu tarmoq bo‘yicha yangi xizmat ko‘rsatish usullarini joriy etishga a’lohida e’tibor berilmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ko‘rinib turibdiki, prof. H.R.Sobirov sug‘urtaning 5 ta funksiyaga ega ekanligini qayd etadi. Fikrimizcha, bu funksiyalarning ba’zilari tegishli bahs-munozarani talab etadi. Xususan, sug‘urtaning investitsiya funksiyasi. Investitsiya – sug‘urta tashkilotlari uchun funksiya emas, balki asosiy sug‘urta faoliyatiga qo‘shimcha ravishda amalga oshiriladigan faoliyatdir. Investitsiyasiz ham sug‘urta tashkilotlari faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Ammo, sug‘urta tashkilotlari vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini investitsiya qilish orqali qo‘shimcha daromad oladi. Funksiya doimiylik xarakteriga ega va u o‘zgarmasdir. Sobiq sovet hokimiyati davrida davlat sug‘urta organlarining mablag‘lari investitsiya qilinmas edi. Bozor munosabatlariga o‘tish munosabati bilan sug‘urta tashkilotlarida investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanishga imkoniyat tug‘ildi. Shuning uchun biz investitsiyani sug‘urtaning funksiyasi bo‘la olmaydi, deb tasdiqlashimiz mumkin.
Ayni shunday fikrlarni axborot funksiyasi haqida ham gapirish mumkin. Sug‘urtalanuvchilarga sug‘urta tashkilotlari haqida ma’lumot berish bu sug‘urtaning axborot funksiyasi mavjudligini anglatmaydi. Sug‘urta tashkilotlarining tijorat siriga kiruvchi ma’lumotlari umuman axborot sifatida berilmaydi. Sug‘urtaga axborot funksiyasi xosligi unchalik ham o‘z isbotini topmagan.
Bizning fikrimizcha, sug‘urta quyidagi funksiyalarni bajaradi:
• Sug‘urta fondini tashkil etish bilan bog‘liq funksiya.
• Sug‘urta fondidan foydalanish bilan bog‘liq funksiya.
• Nazorat funksiyasi.
Yuqorida qayd etilgan funksiyalar sug‘urta faoliyatida doimiy hisoblanadi va har qanday sharoitda o‘zgarmasdir. Sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun, albatta, sug‘urta tashkilotida etarli miqdorda pul mablag‘lari fondi bo‘lishi lozim. Agar, sug‘urtalovchi pul fondini, ya’ni sug‘urta fondini tashkil etmasa, uning moliyaviy ahvoli murakkablashishi mumkin. Tashkil etilgan sug‘urta fondining mablag‘lari qat’iy maqsadli xarakterga ega bo‘lib, u faqat sug‘urta hodisalari ro‘y berganda qoplama berish uchun ishlatiladi. Sug‘urta fondining mablag‘larini boshqa maqsadlarda ishlatish mumkin emas. Sug‘urta fondi mablag‘lari davlat tomonidan olib qo‘yilishi va soliqqa tortilishi mumkin emas.
Umuman olganda, bozorda mavjud bo‘lgan va kelajakda kiritilishi mo‘ljallangan xar bir sug‘urta maxsuloti fuqarolarning ijimoiy holati va daromad darajasidan qat’iy nazar keng ko‘llanishi mo‘ljallangan. Bunday afzalliklarni jamlovchi sug‘urta maxsulotlarini “oqilona investitsiyalar” deb nomlash mumkin, va umid qilamizki, yaqin kelajakda ushbu moliyaviy instirument, o‘z hayotidagi eng muhim bo‘lgan-o‘z oilasining farovonligini ta’minlashni xohlovchi xar bir yurtdoshimizning hayot tarzining ajralmas qismi bo‘lib qoladi.
Hayotni sug‘urta qilish ¬–sug‘urtaning uzoq mudatliligi va qoplanadigan qaltisliklar tufayli o‘ziga xos sohadir. Potentsial mijozlar ongida shaxsiy mablag‘larni jalb qilish bilan bog‘liq tegishli moliyaviy dastaklardan foydalanishni ishonchli va samarali ekanligi haqida barqaror ijobiy ta’surotni shakilantirish uchun nafaqat sug‘urtalovchilar, balki moliyaviy soha vakillari katta kuch safarbar etkanliklari hech kimga sir emas. Bunda davlatning o‘rni katta ahamiyat kasb etib, u tomonidan etakchi xorijiy tajriba va milliy an’analar asosida iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. Sug‘urta qildiruvchilar va sug‘urta tashkilotlari tomonidan investitsiyalarni amalga oshirilishi bilan bevosita chambarchas bog‘liq bo‘lgan hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash haqida gapirganda, bunday islohotlar sirasiga sug‘urta, bank, investitsiya faoliyatini, soliqqa tortish qoidalarini va boshqa sohalarni tartibga soluvchi qator qonun hujjatlari o‘zgarganligini kiritish mumkin. Nisbatan qisqa davr ichida iqtisodiyotning hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish sohasida faoliyat yuritishni tartibga solish va boshqarish uchun zarur bo‘lgan qonunchilik asoslari hamda tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlar barpo etilmoqda.
Hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilishda insonlarga bir qancha qulay taraflari shundan iboratki – uzoq muddatga sug‘urta himoyasini ta‘minlashga qaratilgan unifikatsiya qilingan dasturdir. Bonus to‘lovli hayot sug‘urtasining asosiy mohiyati hayotni sug‘urtalash bilan birga mablag‘larni jamg‘arish imkoniyatini yaratishdan va moliyaviy barqaror kelajakni ta‘minlashdan iborat. SHu sababli hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish tarmog‘ini rivojlantirish va jahon sug‘urta bozorlariga olib chiqish bozor iqtisodiyotning birinchi ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Albatta, oldinga qo‘yilgan ish jarayonida u yoki bu muammoli masala vujudga keladi, lekin ular sug‘urta tashkilotlarining urinishlari va qonunchilika o‘zgarishlar kiritish orqali tartibga solish bilan hal etiladi.
Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi, nima uchun hayotni uzoq muddatli sug‘urtalshga katta ahamiyat berilmoqda? Avvalo, bu ijtimoiy jihatlar bilan bog‘liq. Davlat aholi farovonligini oshirishga yo‘naltiriladigan byudjet mablag‘laridan tashqari kutilmagan voqealar yuzaga kelganda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Ayniqsa bu o‘zbek xalqining ko‘p asrlar davomida shakillangan milliy urf-odatlari nuqtai nazaridan dolzarbdir. Oila bu nafaqat bolalarni tarbiyalash, balki keksa ota-onaga ham g‘amho‘rlik qilishdir. Oila uchun sarflanadigan moddiy boyliklarni o‘z ichiga oluvchi kundalik xarajatlardan tashqari bola tug‘ilishi, o‘qish, to‘y, dam olish va boshqa tadbirlar uchun ham xarajatlar talab etiladi va aynan shu holatlarda hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash oilaviy byudjetga sezilarli og‘irlikni tushurmay qator moliyaviy muammolarni hal etish imkonini beradi.
Sug‘urta tashkiloti va mijoz o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda ushbu xizmat bilan bog‘liq axborotlarning ochiqligini ta’minlash, axborot texnologiyalarini rivojlantirish, internet tarmoqlari orqali yagona “sug‘urta bozorini” tashkil qilish, ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot tashviqot ishlarini rivojlantirish, reklamani kuchaytirish, aksiyalar va yosh oilalar uchun bonuslar joriy etish qolaversa, sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy holati, tarif stavkalari, sug‘urta qilish qoidalari kabi ma’lumotlarni olishda muammolarning bo‘lmasligi muhim rol o‘ynaydi. To‘g‘ri keyingi yillarda sug‘urta bozorining ochiq-oydinligini ta’minlash, sug‘urta tashkilotlari va ularning operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keng xalq ommasi e’tiboriga etkazish borasida jiddiy ijobiy qadamlar tashlandi. Ammo axolining ixtiyoriy sug‘urtaga qiziqtirish xamda potensial mijozlarni sug‘urtaga jalb qilish hamon muammoligicha qolmoqda.
O‘zbekistonda sug‘urta bozori professional ishtirokchilarning faoliyatini xalqaro tajriba asosida tashkil etgan holda, bozorni yuqori darajadagi sifatli va maqbul xizmatlar bilan to‘ldirishga xizmat qiluvchi doimiy takomillashtirishga yo‘naltirilgan iqtisodiy siyosatni yaqin kelajaklarda sug‘urta bozorida hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish navbatdagi o‘zgarishlar bo‘lishini prognozlashtirish mumkin.
Hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash milliy bozori sharoitida rivojlanish istiqbollari, avvalo potentsial mijozlarni sug‘urta turi bilan yaqindan tanishtirish va ularga hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish turlari bo‘yicha ko‘proq ma’lumotlarni etkazish hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash hajimlarining o‘sish ko‘rsatkichlariga qaytar ekanmiz, bu iqtisodiy jihatlardan tashqari aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga ko‘maklashayotganligini qayd etish joiz. Mantiqan qaraganda, iqtisodiyot, marketing kabi sohalardagi bilimlarni o‘zida mujassam etgan sug‘urta an’analarini shakllantirish bilan bir qatorda fuqarolarning sug‘urta madaniyati ham oshib borayotganligi tabiiy. Sug‘urta qildiruvchi sug‘urtaning maqbul turi va dasturini tanlashda ishtirok etib, shaxsiy jamg‘armalarni samarali investitsiya qilishga asoslangan, qo‘shimcha kapitalni shakillantiruvchi ishchan mexanizmni yaratishda shaxsan qatnashish va natijada muvozanatlashgan oilaviy byudjet bilan rivojlanishini boshqarishni ratsional rejalashtirishga ko‘maklashadi.
Ilmiy izlanish olib borilishi natijasida O‘zbekistonda hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash bozorining yanada rivojlanishida muammolar mavjudligini ko‘rishimiz mumkin. SHu jumladan:
- sug‘urta sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, moliyaviy bozor infratuzilmasining tarkibiy qismi sifatida sug‘urta institutlarini mustahkamlashga qaratilgan qator qarorlar qabul qilinganligi katta ahamiyat kasb etadi. Biroq ushbu me’yoriy hujjatlarni rivojlantirish maqsadida hayotni sug‘urta qilish sohasini tartibga soluvchi qonuniy me’yoriy hujjatlar, shu jumladan uzoq muddatli va jamg‘arib boriladigan hayotsi sug‘urta turlari bo‘yicha qonuniy bazaning mustahkamlanmaganligi;
- hayot sug‘urtasini amalga oshiruvchi ayrim sug‘urta tashkilotlari tomonidan hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash turi bo‘yicha shartnomalar va sug‘urta mahsulotlari sotilishi yuzasidan standartlashtirilgan portfelarning yo‘qligi. Masalan: (o‘lim holatlaridan sug‘urtalash, ma’lum yoshgacha yashashni sug‘urtalash hayotni baxtsiz hodisalardan sug‘urtash va nafaqa sug‘urtasi kabi sug‘urta turlari bo‘yicha);
- hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash turi bo‘yicha shartnomalarni tuzishda standartlashtirilgan anderayting tizimining yo‘qligi;
- uzoq muddatli hayot sug‘urtasida maqsadli tayorlangan sug‘urta agentlarining yo‘qligi, sug‘urta bozorida ushbu sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta polislarining kam sotilishiga olib kelmoqda;
- bugungi kunda hayot sug‘urtasining iqtisodiy mohiyatini tushunuvchi va hayot sug‘urtasida aktuar hisob kitoblarni amalga oshiruvchi professional mutaxassislarning kamligi.
- hayot sug‘urta bozoridagi eng muhim muamolardan biri sug‘urta firibgarligining oshib borayotganligi. Bu o‘z navbatida hayot sug‘urta bozoridagi mukofotlar hajmining pasayishiga sabab bo‘lmoqda.
- ayrim hayot sug‘urtasi tashkilotlarida sug‘urta mahsulotlarini istiqbolli sotilishini ta’minlovchi internet – marketing kanalining yo‘lga qo‘yilmaganligi;
- hayot sug‘urtasining rivojlanmaganligiga yana bir sabab bu aholi daromadlari darajasining pastligi va shu tariqa aholining hayot sug‘urtasiga bo‘lgan ehtiyojining sezilmasligi yoki pastligi.
Yuqorida keltirilgan muammolarni bartaraf etish hamda O‘zbekistonda hayotni uzoq muddatli sug‘urtalashni rivojlatirish maqsadida quydagilarni taklif etamiz:
- sug‘urta tashkilotlari tomonidan hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash turi bo‘yicha shartnomalar va sug‘urta mahsulotlari sotilishi yuzasidan standartlashtirilgan portfelarni yaratish;
- hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash turi bo‘yicha shartnomalarni tuzishda standartlashtirilgan anderayting tizimini yo‘lga qo‘yish;
- uzoq muddatli hayot sug‘urtasida maqsadli sug‘urta agentlarini tayyorlash;
- hayot sug‘urtasining iqtisodiy mohiyatini tushunuvchi va hayot sug‘urtasida aktuar hisob kitoblarni amalga oshiruvchi professional mutaxassislarni tayyorlash;
- hayot sug‘urtasida sug‘urta mahsulotlarini istiqboli sotilishini ta’minlovchi internet -marketing kanalining yaxshi yo‘lga qo‘yilishini ta’minlash. Ushbu kanalning yo‘lga quyilishi o‘z navbatida hayot sug‘urta bozori segmentining rivojlanishiga olib keladi.
- hayot sug‘urta kompaniyalari tomonidan bugungi O‘zbekistonda ankologik kasalliklarning oshib borayotganligini hisobga olgan holda, ankologik va shunga o‘xshash boshqa xavfli kasaliklardan sug‘urtalash dasturlarining ishlab chiqilishi boshqa sug‘urta maxsulotlariga bo‘lgan talabning oshishiga va hayot sug‘urta bozorining rivojlanishiga olib keladi;
- hayot sug‘urtasini rivojlantirish maqsadida to‘lovlarni kafolatlash fondini tashkil etish lozim. Ushbu fondni tashkil etish uchun kapital talab etiladi. Bunda kapital manbai bo‘lib, sug‘urta bozoridagi soliq tushumlari xizmat qilishi mumkun. Masalan: har yili sug‘urta kompaniyalari davlat byudjetiga soliq to‘laydilar agarda ushbu tushumlarning taxminan 25 yilligi fondning shakllantirilishi uchun yo‘naltirilsa bu hayot sug‘urtasi sohasining samarali va kuchli ishlashini kafolatlash mumkun. Hayot sug‘urtasida to‘lovlarni kafolatlash fondini tashkil etilishi nafaqat hayot sug‘urtasining rivojlanishiga balki aholining ijtimoiy muhofazasini ta’minlashga va ijtimoiy siyosatning rivojlanishiga xizmat qiladi;
- hayot sug‘urta kompaniyalarining bozordagi faoliyatining ijobiy faoliyatini hisobga olgan holda keyingi faoliyat strategiyasini rejalashtirib, qisqa muddat uchun sotuv hajmlarini oshirish, uzoq muddat uchun nafaqat mamlakat aholisining farovonligini oshirishga xizmat qiluvchi va ijtimoiy himoyaning ishchan vositasi, balki iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘sishining ahamiyatli qismi bo‘lgan hamda xorijiy sheriklar bilan hamkorlik qilishni o‘z ichiga oluvchi xizmatlar ko‘lamini kengaytirishini taklif etamiz.
Sanab o‘tilgan takliflarnini baholar ekanmiz, hayotni uzoq muddatli sug‘urtasi sektorining barqaror o‘sishini prognozlashtirish, mavjud potensial esa hayot mahsulotlari yaqin kelajakda aholi tomonidan faol foydalanilayotgan an’anaviy moliyaviy dastaklar qatoriga kirishiga asos bo‘ladi, deyish mumkin.

2- мавзу : Суғурта соҳасида қўлланиладиган асосий



Download 453,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish