1-mavzu: Sug`urtaning iqtisodiy mohiyati va funksiyalari. Reja: Sug‘urta nazariyasining kelib chiqish tarixi. Sug‘urta nazariyasi predmeti va ob’ekti



Download 453,58 Kb.
bet57/91
Sana30.04.2022
Hajmi453,58 Kb.
#599086
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   91
Bog'liq
sug\'urta ishi

2. Mulkiy sug‘urta turlari
Ko‘plab sug‘urta kompaniyalari, qoidaga ko‘ra, o‘z faoliyatini yong‘in risklaridan sug‘urta qilishdan boshlagan. Ishlab chiqarishdagi tanaffuslarni sug‘urta qildirish mulkni sug‘urta qildirishning tabiiy davomi hisoblanadi va odatda yong‘indan sug‘urta qilish bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Sanoatning rivojlanishi oqibatida yangicha sug‘urta turlari bo‘yicha shartnomalar tuzadigan ko‘ngilsiz hodisalardan sug‘urta qilish bo‘limlari tashkil etish zarurati yuzaga kelib, bunga misol qilib javobgarlikni sug‘urta qildirish va ko‘ngilsiz hodisalarni sug‘urta qildirishni keltirib o‘tish mumkin. Avtotransportni sug‘urta qilish bo‘limlari avtomobillar sonining o‘sishiga javob tariqasida va ko‘pchilik mamlakatlarda avtomobillarni sug‘urta qildirish haqida qonunchilik talablariga reaksiya sifatida paydo bo‘ldi. Shunday qilib, ixtisoslashmagan sug‘urta kompaniyalarining katta qismi yong‘indan sug‘urta qilish, ko‘ngilsiz hodisalarni sug‘urta qilish va avtosug‘urta bo‘limlariga ega bo‘lgan. Ayrim kompaniyalar shu bilan chegaralangan. Biroq, sug‘urta xizmatlari iste’molchilari tobora yangi talablar qo‘yishi va shu boisdan bir vaqtning o‘zida bir nechta riskni qoplaydigan murakkab polislar paydo bo‘lishi sababli sug‘urta qiluvchilar eng katta samaradorlikka erishish uchun klassik strukturani qayta qurishga majbur bo‘lmoqda. Ayrim holatlarda bu tamomila yangi bo‘limlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Misol bo‘lib xususiy shaxslarni va korporativ mijozlarni sug‘urta qilishning ajratilishi xizmat qilishi mumkin.
«Umumiy sug‘urta» guruhiga kiradigan asosiy sug‘urta turlarini va ularning kichik tadbirkorlikka aralash sug‘urta himoyasi taqdim etish maqsadlarida qay tarzda birgalikda foydalanish mumkin ekanligini ko‘rib chiqamiz
► yong‘indan sug‘urtalash, jumladan, o‘ta xavfli risklardan sug‘urta qilish;
► o‘g‘irlikdan sug‘urta qildirish;
► pulni sug‘urta qildirish;
► «barcha risklardan» sug‘urta qildirish;
► tashuvlarni sug‘urta qildirish;
► shisha (oyna) sinishini sug‘urta qildirish;
paketli polislar;
► uy egalarini sug‘urta qildirish,
Yong‘indan sug‘urta qilishni olov bilan bog‘liq bo‘lmagan risklarni qoplashni ta’minlaydigan shartlar bilan to‘ldirish amaliyoti mavjud. Bunday risklar, atigi qo‘shimcha risklar sanalishiga qaramay, «maxsus xavf-xatarlar risklari» deb ataladi. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
► portlash risklari
Ularning sabablari turlicha: markazlashgan isitish tizimlaridan foydalanish, changlanish darajasi yuqori ekanligi (masalan, tegirmonchilik korxonasida), bug‘lanishlar (lok-bo‘yoq fabrikalarida). Portlash natijasida shiskastlangan va ishdan chiqqan asbob-uskunalar va mexanizmlar asbob-uskunalarni sug‘urta qildirish polisi bo‘yicha sug‘urta qilinishini mumkin.
O‘z-o‘zidan portlash risklari juda kamdan-kam uchraydi.
► qo‘zg‘olonlar va fuqarolar g‘allayonlari, garchi «fuqarolar g‘alayonlari» ta’rifining o‘zi etarli darajada aniq bo‘lmasada, yong‘indan sug‘urta qildirish polisiga qo‘shimcha sifatida qoplanishi mumkin. Qo‘zg‘olonlar va fuqarolar g‘allayonlari riski sug‘urta qiluvchilar uchun jalb etuvchan sanalmagan geografik mintaqalar mavjud. Uchinchi shaxs uchun qasddan etkazilgan ziyonni qamrab olish uchun polisning sug‘urta qoplami kengaytirilishi mumkin. Odatda bunday ziyon qasddan ketkazilgan ziyon deb ataladi.
► bo‘ron, dovul, suv bosishi, suv baklari, apparatlari yoki truboprovodlar to‘lib yoki yorilib ketishi risklari (bu risklar odatda «suvdan ziyon ko‘rish» risklari deb ataladi). «Bo‘ron» va «dovul» texnik atamalar emas, ikki so‘zdan bitta ma’noda foydalanish bu ma’noni aniqlashtirish maqsadini ko‘zlaydi, xolos. Suv bosishi kuchli bo‘ron, daryo va ko‘llar suvining ko‘tarilishi, suv omborlaridan suvning chiqarib tashlanishi bilan izohlanishi mumkin. tijorat risklari bo‘yicha odatiy sug‘urta shartnomalari tuzishda suvdan ziyon ko‘rish risklari sug‘urta qoplami hajmiga kirmasligi sababli ular doimo biroz oshirib ko‘rsatiladi. Xususiy uy-joylar uchun esa qo‘shimcha badal to‘lash yo‘li bilan buni bartaraf qilish mumkin (garchi bunday risk kamdan-kam sug‘urta qilinsada).
► do‘l aralash bo‘ron risklari odatda oranjereya egalari tomonidan va bunday risk yuqori bo‘lgan geografik hududlarda sug‘urta qildiriladi.
► zilzila, vulqon va er osti yong‘inlari risklari. Garchi sug‘urta qildiruvchilar bu risklarni sug‘urta qoplamiga kiritishni kamdan-kam hollarda istasada, lekin shunga qaramay, bu qo‘shimchalarga xizmat ko‘rsatish ishlab chiqilgan va muvaffaqiyatli foydalanilmoqda.
► tuproq cho‘kishi va ko‘chishi risklari, xuddi suvdan ko‘riladigan ziyon risklari kabi, sug‘urta summasining sezilarli darajada ortishiga olib keladi va mijozning istagiga ko‘ra, yong‘indan sug‘urta qildirish polisi tarkibiga kiritilishi mumkin bo‘ladi.
► uchish apparatlari yoki ularning qismlari qulash risklari. Bu risklar tarkibiga uchish apparatining ovoz to‘sig‘ini bartaraf etishi natijasida vujudga keladigan zarba to‘lqinlari tufayli yuzaga kelgan shikastlanishlar kirmaydi. Bu qo‘shimcha shart odatda «ovoz zarbasi haqida qo‘shimcha shart» deb ataladi.
► er usti transporti yoki temir yo‘l transportining yirik hayvonlar bilan to‘qnashib ketishi.
Dastlab bu qo‘shimcha shart sug‘urta qildiruvchining transport vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan, lekin hozirgi kunda boshqa variantlar ham mavjud. Polis «o‘zining transport vositasi»ni shikastlanishdan himoya qilgan holda sug‘urta summasini oshirish usuli foydalaniladi.
Sug‘urta amaliyotida shunday holatlar mavjudki, bunda yong‘indan sug‘urta qildirish polisining qoplami tarkibiga yong‘in o‘chirish tizimlarining tasodifan ishlab ketishi riski ham kiritiladi. Yong‘inga qarshi tizimlarning ko‘plab turlari mavjud (masalan, xonadagi harorat ma’lum bir chegaraga etganda ishlab ketadigan avtomatik qurilma). Bunday tizim ishlab ketgan hollarda yong‘inning oldini olish uchun bu erga katta miqdorda suv kelib tushadi. Yong‘inga qarshi tizim tasodifan ishlab ketgan hollarda bino ichidagi asbob-uskunalar va mulkka, ba’zida esa binoning o‘ziga ham zarar etkaziladi. Bunday holatlarda ham etkazilgan ziyonning o‘rni qoplanadi.
o‘g‘irlikdan sug‘urta qildirish1 hozirda keng tarqalgan o‘g‘irlikdan sug‘urta qildirish polislari odatda shaxsiy mulkni sug‘urta qildirish shartnomalariga taalluqli bo‘ladi.
O‘g‘irlikdan tijorat sug‘urta polislari shartlarini ifodalashda sug‘urta holatining ro‘y berishi odatda «zo‘ravonlik bilan bostirib kirish» asosiy iborasi bilan ta’riflanadi.
Odatda shartnoma shartlarini ifodalashda quyidagi matn kiritiladi:
O‘g‘irlik binoga zo‘ravonlik bilan yoki kuch ishlatib kirish va/yoki chiqishni o‘z ichiga oladi.
O‘g‘irlik ob’ektga zo‘ravonlik bilan kirish ortidan keladi.
Bu ifodalarning har biri binoga kalit yordamida (uning qay tarzda olinganidan qat’i nazar), aldov yo‘li bilan kirib borish yoki binoda ish vaqtida yashirinib qolib ketish holatlarini istisno qilish maqsadini ko‘zlaydi, binodan chiqib ketish kuch ishlatish yo‘li bilan amalga oshirilgan hollar bundan mustasno. Sanab o‘tilganlarga yana qurolli bosqinchilikni ham qo‘shish mumkin. Ayrim sug‘urta qildiruvchilar uni standart ravishda sug‘urta qoplami tarkibiga kiritadi.
Zarar o‘rnini to‘ldirish odatda o‘g‘irlik yoki o‘g‘irlikka urinib ko‘rish oqibatida etkazilgan zararni, jumladan, binolarga shikast etkazilishini qamrab oladi. Biroq istisno holatlar ham mavjud bo‘lib, bunda zarar o‘rnini to‘ldirish to‘liqsiz hajmda amalga oshiriladi yoki umuman amalga oshirilmaydi. Bu quyidagi holatlarda kuzatiladi:
► til biriktirish fosh qilinganda: ob’ektda ishlaydigan personal, yoki sug‘urta qildiruvchi, yoki uning oila a’zolari o‘g‘rilar bilan til biriktirgan bo‘lsa;
► etkazilgan ziyon mamlakat hududidan tashqarida etkazilgan bo‘lsa;
► sug‘urta maxsus shartlarda amalga oshirilgan bo‘lsa, masalan, «barcha risklardan» shartida sug‘urta amalga oshirilgan;
► naqd pul va banknotalar o‘g‘irlangan bo‘lsa (chunki ular pulni sug‘urta qildirish polisi bo‘yicha sug‘urta qilinishi lozim);
► qishloq xo‘jaligi chorva mollari o‘g‘irlangan bo‘lsa (maxsus kelishib olingan holatlar bundan mustasno).
O‘g‘irlikdan ko‘rilgan ziyon sug‘urta summasining avvalboshdan pasaytirib kursatilganligi sababli sug‘urta qoplami summasidan katta bo‘lmoqda. Sug‘urta qildiruvchi ko‘pincha mulkning haqiqatdagi qiymatidan kam summaga sug‘urta qildiradi, chunki yong‘indan sug‘urta qildirishdan farqli ravishda, potensial o‘g‘irlik tanlov xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin.
Ushbu sug‘urta turi bo‘yicha polislar shartlarini belgilashda sug‘urta qiluvchilar riskning jismoniy jihatlariga katta e’tibor qaratadi va ko‘pincha xavfsizlik darajasini oshirishni, masalan, signalizatsiya tizimi o‘rnatish talab qiladi va shundan keyingina riskni qabul qiladi.
Tovarlar turi, ularning miqdori, saqlanadigan joyi va himoya vositalari sug‘urta tarifi hajmini belgilab beradigan omillar hisoblanadi.
O‘rnini to‘ldirish tamoyilini qo‘llash «Yong‘indan sug‘urta qildirish» bo‘limida ko‘rib chiqilgan umum e’tirof etilgan qoidalarga muvofiq ravishda ro‘y beradi.

Mayda o‘g‘irliklar riskining juda yuqori ekanligi oqibatida yuklarni tashish paytida yo‘qotish xavfi juda katta. Yuklarni sug‘urta qildirish uchun ikki xil turdagi sug‘urta polislari foydalaniladi. Birinchi usul kargoni sug‘urta qildirish uchun qo‘llanadi. Sug‘urta qildiruvchi o‘z yuklarini tashishi yoki buyurtmaga muvofiq o‘zgalarning yuklarini tashishi va shu tariqa tashuvchi sifatida ishtirok etishi mumkin. Sug‘urta shartlari yukni etkazib berish qanday usulda – temir yo‘l transporti, avtotransport vositasida yoki pochta orqali amalga oshirilishiga qarab farqlanadi. Ushbu holatda qoplanadigan risklar dengiz orqali yoki havo orqali tashiladigan yuklarni sug‘urta qildirish polisi bilan qoplanadigan risklarga o‘xshab ketadi. Tovarlarni yo‘lda sug‘urta qildirish ayrim qo‘shimcha istisnolar bilan «barcha risklardan» shartlarida amalga oshiriladi.


Odatda sug‘urta qoplami tovarlar dvigatelli transport vositalariga yuklanayotgan, tashilayotgan yoki tushirilayotgan, shuningdek, tranzit jaranida garajda qisqa muddat bo‘lib turishi paytida ro‘y beradigan o‘g‘irlik, ko‘ngilsiz hodisa, yong‘in natijasida tovarlarning yo‘qotilishi yoki shiskastlanishini qamrab oladi. Yuklarning o‘tish yo‘llariga qarab, hududiy istisnolar turlicha bo‘ladi.
Yuklarni sug‘urta qildirish va «barcha risklardan» sug‘urta qildirish o‘xshash bo‘lgan bir paytda shuni hisobga olish kerakki, yuklarni sug‘urta qildirish bo‘yicha istisnolar ro‘yxati kengroq bo‘lib, qo‘shimcha pozitsiyalarga ega.
► bozorning yo‘qotilishiga va bundan kelib chiqadigan har qanday turdagi yo‘qotishlar, tovarlarning tabiiy sabablarga ko‘ra buzilishi va o‘zgarishiga olib keladigan etkazib berishda kechikish;
► sug‘urta qildiruvchining xizmatchilari ishtirok etgan yoki yo‘l qo‘yib bergan o‘g‘irlik;
► kommivoyajer uchun zarur bo‘gan buyumlar (tovarlar namunalari, taqdimot uchun zarur uskunalar va h.k.).
«Jalb etuvchan» buyumlar, shuningdek, naqd pul mablag‘lari, modellar, shablonlar va andazalar bilan bog‘liq yana ko‘plab istisnolar mavjud (qiymat/o‘lcham nisbati yuqoriligi sababli, masalan, zargarlik buyumlari, soatlar, qimmatbaho toshlar).
Professional mebel tashuvchilar va turar-joyni o‘zgartirgan paytda o‘z mulkini tashiydigan xususiy shaxslar uchun maxsus sug‘urta polislari mavjud.



Download 453,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish