So‘z tartibi grammatik ma’no ifodalashning maxsus vositasi, tartib o‘zgarishi so‘z grammatik ma’nosining o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, Osmonimiz musaffo birikuvi gap bo‘lsa, musaffo osmonimiz birikuvi so‘z birikmasi.
Grammatik shakl va uning turi. Grammatik ma’no ifodalovchi morfologik ko‘rsatkich grammatik shakl deyiladi. Boshqa nofonologik birliklar kabi grammatik shakl uch tomon – shakl, ma’no va vazifaning yaxlitligidan iborat. Grammatik shaklning moddiy tomoni grammema atamasi bilan ham yuritiladi. Grammatik shakllar quyidagilar:
a)lug‘aviy shakl hosil qiluvchi;
b)sintaktik shakl hosil qiluvchi;
c)lug‘aviy-sintaktik shakl hosil qiluvchi
Bir umumiy grammatik ma’no ostida birlashuvchi, shu asosda bir-birini taqozo va bu umumiy ma’noning parchalanishi asosida inkor qiluvchi shakllar tizimi grammatik kategoriya deyiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |