1-mavzu: Sotsiologiya fan sifatida



Download 0,93 Mb.
bet35/69
Sana15.12.2020
Hajmi0,93 Mb.
#53333
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69
Bog'liq
1.1. маърузалар асосий

Deviant – xulq atvor.

Deviant – xulq atvor «og’ishini» o’rganadigan sotsiologiyaning eng qiziq sohasi hisoblanadi. Demak jamiyatda mavjud ijtimoiy me'yorlardan chetga chiqish holatlarini deviant xulq-atvor sotsiologiyasi o’rganadi. Yanada to’liqroq ta'rif beradigan bo’lsak: - jamiyatda o’rnatilgan axloq me'yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki hatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo’lib, yolg’onchiliq dangasaliq o’girliq ichkibozliq giyohvandliq o’z joniga qasd qilish. Bu maxsus sohani taxlil va tadqiq qilish ancha murakkab sanaladi. Chunki ijtimoiy me'yor va qadriyatlar qanchalik ko’p bo’lsa, qoidalarni buzish ham shunchalik ko’p bo’ladi. Bulardan tashqari, turli madaniyatlar, shuningdek submadaniyatlarning me'yorlari bitta jamyait ichida ham ancha farq qiladi. Shuning uchun bir jamiyat uchun oddiy hol xisoblangan narsa boshqasida me'yordan og’ish sifatida baholanadi. Masalan, marixuana chekish - Britaniya madaniyatida «og’ish» hisoblanadi, alkogollik ichimlik ichish esa «og’ish» hisoblanmaydi. Yaqin Sharq mamlakatlarida esa ikkalasi ham «og’ish» hisoblanadi. Umuman deviantni guruh yoki jamiyatda ko’pchilik odamlar tomonidan qabul qilingan meyo'r va me'yorlar yig’indisiga mos kelmaslik deb aytish mumkin. Chunki, xulq atvorning umumiy qoidalarini ko’pchiligimiz buzamiz. Ko’pchilik kichik o’g’irliklar, masalan, dukondan biror narsaga xaq to’lamay shaxsiy manfaatlar yulida foydalanish uchun olib ketish hollariga yo’l qo’yganmiz.

«Deviant xulq» oladigan bo’lsaq amerikalik milliarder Govard Xyuz juda omadli biznesmen bo’lgan. U o’zining mehnatsevarligi, original fikr yuritish va ko’tilmagan qarorlar qabul qilgani uchun muvafaqqiyatga erishgan. Biroq, uning xulq atvoridagi ba'zi sifatlar umumiy qoida va me'yorlarga mos kelmas edi. Hayotning so’nggi yillarini u tashqi olamdan ajralib, o’zining uyiga qamalib olib, sochini o’stirib paxmoq soqol qo’yib o’tkazgan. Govard bir paytning o’zida ishi juda yurishgan buznesmen va xulqi juda «og’ib» ketgan odam edi.

Jamiyat a'zolari shaxsiy nuqtai nazarlarining shakllanishiga, ularning deviant xulq atvoriga nisbatan ijtimoiy faol munosabatlarining tarkib topishiga tarbiyaviy jarayonlar uchun bevosita mutasaddi shaxslar, tashkilotlar rahbarlarining roli va ahamiyati juda katta.

Deviant xulq atvor turlariga kiruvchi ichkibozlik giyohvandlik o’z-o’zini o’ldirishlar bilan bog’liq ijtimoiy illatlarning har biri yuzaga kelishi va ijtimoiy oqibatlariga ko’ra farqli jihatlarga ega. Misol uchun shahar ko’chasida ikki kishi qarama-qarshi tomondan bir-biriga yaqinlashib kelmoqda. Ular bir-biriga qisqa nazar tashlashadi, tezlikda bir-birlarining yuziga va kiyinishiga e'tibor berishadi. Ular bir-biriga yaqinlashib yonlaridan o’tib ketgunlaricha ko’zlari ko’zga tushmaslik uchun chetga qaraydilar. Bu jarayonni biz fuqarolarning bir-biriga bee'tiborligi deb qabul qilamiz. Lekin, har bir odam boshqasiga uning mavjudligin sezganini, biroq uni shilqim sifatida talqin qilmasligi uchun ortiqcha xarakatdan tiyib turishini bildiradi. Shu yusinda odamlar bir-birlariga dushmanlik qilish va bir-birlariga befarq bulish uchun sabab yo’qligini namoyish etadilar. Fuqarolik bee'tiborligini mazmunini tushunish uchun u qo’llaniladigan vaziyatlarga murojaat qilish lozim. Xaddan tashqari tikilib qarash ishonchsizlik belgisi yoki suhbatdoshning nima haqida gapirayotganligini tushunmaslik alomati sifatida qabul qilinishi mumkin. Endi savol tug’ilishi tabiiyil Nima uchun ijtimoiy xulq atvorning arzimas jihatlari bilan shug’ullanish kerak? Ko’chada biror kishining yonidan o’tish, tanish odam bilan salomlashish va unga bir necha so’z aytish, bularning hammasi shunchalik arizimas va qiziqarsizmi, kun davomida ular xaqida mutlaqo o’ylamay yuzlab marta qaytaramiz. Aslida ijtimoiy ta'sirning oddiy shakllarini o’rganish sotsiologiya uchun juda muhim.

Jamiyatda insonlar faoliyati, hatti-harakatlari va xulq atvorini ijtimoiy me'yorlar boshqaradi. Ijtimoiy me'yor jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi bo’lib, shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan sotsial muhitga moslashtiruvchi qoidalar majmuasidir. Ijtimoiy me’yorlar boshqa qadriyatlar kabi shaxs va jamiyatni baholash funksiyasini bajaradi. Me’yorlar xulq-avtorni tartibga soladi va ijtimoiy nazoratni amalga oshiradi. Bunda faqatgina fikr emas, iroda ham ifo-dalanadi. Irodaning individual ifodalanishidan farq qilib, me’yor tipik ijtimoiy aloqalarni ifodalaydi. Me’yor g‘oyalar va ideallar kabi baholab, yo‘naltiribgina qolmaydi, balki buyruq, farmoyish ham beradi. Uning xarakterli xususiyati qat’iylik va keskinlikdir.

Ijtimoiy me’yorlar jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi bo‘lib, shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan ijtimoiy muhitga moslashtiruvchi qoidalar majmuyidir. Me’yorlar xulq-avtorning chegarasi, shart-sharoiti, shaklini munosabatlar xarakteri va unga erishish maqsad hamda usullarini belgilaydi. Me’yorlar xulq-atvorning umumiy tamoyillari va uning konkret parametrlarini belgilagani uchun ham boshqa qadriyatlarga qaraganda kerakliliq darkorlikning to‘la modeli, o‘lchovini be-rishi mumkin.


Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish