Rasmiy guruhlar-bu huquqiy statusga ega bo‘lgan sotsial institut, tashkilot qismi xisoblanadigan mavjud insititut, tashkilotdagi mehnat doirasida aniq, maqsadga ega bo‘lgan sotsial guruhlardir.
Rasmiy guruhlarga quyidagi belgilar xos: aniq va izchil maqsad, ma’lum qoidalarga muvofiq keladigan huquq va burchlar, a’zolar o‘rtasidagi rasmiy munosabatlar, guruh faoliyatini nazorat qiladigan rasmiy institutning mavjud bo‘lishi va boshqalar.
Rasmiy guruhlarda guruh maqsadlari, funksiyalari xatti – harakat qoidalari, xatto a’zolik shartlari maxsus xujjatlarda (dastur, instruksiya, qonun va boshqalar) qayd etilgan bo‘ladi.
Rasmiy guruhlarga siyosiy partiyalar, davlat, diniy va boshqa tashkilotlar, ishlab chiqarish kollektivi, maktab sinfi, sport komandasi va boshqalarni kiritish mumkin.
Norasmiy guruh deb, guruh jipsligining yuqori darajasi, a’zolar aloqalarining shaxsiy sifatlari, boshqa sotsial strukturalardan mustaqilligi, guruh faoliyatining aniq bo‘lmagan maqsadi, norasmiy nazorat sistemasi bilan harakterlanadigan guruhga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |