Tayanch so’z va iboralar.
Jamiyat, davlat, ijtimoiylashuv, ijtimoiy tizim, avtoritar jamiyat, totalitar jamiyat, demokratik jamiyat, Sharq mutafakkirlari.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
1. Jamiyatning strukturasi nimalardan iborat?
2. Davlat sotsiologiyaning tadqiqot obyekti nima?
3. Zamonaviy jamiyat qanday turlarga bo’linadi?
4. Sharq mutafakkirlarining shaxs haqidagi qarashlari nimalardan iborat?
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Mirziyoyev Sh. M “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”. T.: O’zbekiston. 2017 y.
2. Mirziyoyev Sh. M “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi”. T.: O’zbekiston. 2017 y.
3. Karimov I.A. “Barkamol avlod orzusi” Toshkent Sharq nashriyoti 1999 yil.
4.Karimov I.A. “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon xayot pirovard maqsadimiz” Toshkent 2000 yil O‘zbekiston nashriyoti.
5.Karimov I.A. “Milliy istiqlol mafkurasi” T. O‘zbekiston nashriyoti 2000 yil.
6.Karimov I.A. “O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li” T. 2007.
7.I.A.Karimov. «Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch». T. «Ma’naviyat» 2008.
8.Aliqoriev N.S. va b. Umumiy sotsiologiya. T. ToshDU. 1999. yil
9.Bekmurodov M. “Sotsiologiya asoslari” T. Fan. 1994 yil
10.Bekmurodov M “O‘zbekiston jamoatchilik fikri” T. Fan. 1999 yil.
11.Bekmurodov M, O.Otamirzaev, N.Aliqoriev va boshqalar “Sotsiologiya” T. 2000 yil.
3-MAVZU: SOTSIAL GURUHLAR VA SOTSIAL INSTITUTLAR.
(2 SOAT)
Reja:
1. Sotsial guruh tushunchasi.
2.Sotsiologiyada sotsial institut tushunchasi va uning belgilari.
3. Din sotsiomadaniy institut sifatida.
4. Oila ijtimoiy institut sifatida.
5. Ta’lim sotsiologiyasi.
6.Mehnat va ijtimoiy bandlik.
Sotsial guruh tushunchasi.Sotsial (ijtimoiy guruh)- individlar majmui. Ijtimoiy guruh mansub individlar ushbu guruhga mansub har bir a’zoning boshqalariga nisbatan mo‘ljali asosida o‘zaro harakat qiladi.
Guruh — bu xatti-harakatlari rasmiy va norasmiy institutlar tomonidan boshqariladigan ma’lum norma va qadriyatlarga ega bo‘lgan, boshqa birliklardan o‘zining xususiyatlari bilan farq qiladigan, bir-birlari bilan ijtimoiy munosabatlar sistemasi bilan bog‘langan kishilar yig‘indisidan iborat bo‘lgan sotsial birlikdir.
Guruhda xarakterli xususiyatlar qo‘yidagilar: guruh soni, ichki tashkilot ya’ni institutlar, nazorat shakllari; faoliyat namunalari; norma va qadriyatlar; farq qiladigan xususiyatlari.
Guruh soni deyilganda, mavjud birlikni hajm jihatidan tashkil etadigan a’zolar yig‘indisi tushuniladi, hozirgi kungacha sotsiologiyada a’zolar soni qancha bo‘lishi kerakligi haqida aniq bir to‘plamga kelingani yo‘q. Bu to‘g‘risida guruh turlari haqida so‘z ketganda gapirib o‘tiladi. Guruhlar eng avvalo miqdor jihatidan katta va kichik guruhlarga bo‘linadi. Sotsiologiya va sotsial psixologiya fanida katta sotsial guruhlar o‘zining aniq ta’rifiga ega emas. Umuman, katta sotsial guruh deganda, a’zolar soni ko‘p bo‘lgan kishilar guruhlari tushuniladi. Katta sotsial guruhlarning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat;
1) A’zolar soni ko‘pligi;
2) yagona hududning mavjud emasligi;
3) a’zolar o‘rtasidagi aloqalarni asosan ommaviy aloqa vositalari orqali o‘rnatilishi;
4) guruh stukturasining murakkabligi, aniqroq qilib aytganda, bu guruhlar ko‘p rasmiy va norasmiy, uyushgan va uyushmagan guruhlarni o‘z ichiga oladi.
Katta guruhlar 2 guruhga bo‘linadi.
1 Tasodifiy, stixiyali paydo bo‘ladigan va qisqa vaqt mavjud bo‘ladigan guruhlar. Bularga olamon, xaloyiq (publika), auditoriya va boshqalarni kiritish mumkin.
2. Tarixiy rivojlanish natijasida vujudga kelgan va jamiyat ijtimoiy munosabatlar sistemasida ma’lum o‘ringan ega bo‘lgan birliklar. Bu turdagi guruhlarga sotsial sinflar, turli etnik guruhlar (elat, xalq, millat), kasbiy guruhlar, jinsiy va yoshga oid guruhlar (yoshlar, ayollar, keksalar) va boshqa guruhlarni kiritish mumkin. Rasmiy va norasmiy sotsial guruhlar, guruhlarni bunday tarzda turlarga bo‘lish birinchi bo‘lib amerikalik sotsiolog E.Meyo tomonidan taklif qilingan edi, guruhlarni rasmiy va norasmiy guruhlarga ajratish asosida guruh munosabatlarining strukturasi yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |