Hozirgi kunda ijtimoiy geografiyaning tor va keng ma’nodagi talqini mavjud: Jumladan, professor A.S.Solievning ta’kidlashicha, tor ma’nodagi ijtimoiy geografiya (ya’ni, sotsial geografiya) — bu bevosita inson hayoti bilan borliq masalalarning xududiy jihatlarini, uning o’zi yashab turgan muhiti bilan munosabatini o’rganuvchi fandir1. Keng ma’nodagi ijtimoiy geografiya esa o’z ichiga tor ma’nodagi sotsial geografiya va insonning ijtimoiy hayot tarzi, madaniy, ma’naviy, ruhiy rivojlanishi masalalarining hududiy qirralarini ham qamrab oladi.
Ijtimoiy geografiyaning rivojlanishidagi ilk o’zgarishlar xorijda (Evropa) ko’zga tashlanadi. Xususan, «sotsial geografiya» tushunchasi XIX asrning oxirlaridayoq frantsuz maktabi vakili, iqtisodchi va sotsiolog Le —Ple tomonidan foydalanilganligi manbalardan ma’lum. Yana bir tadqiqotchi G.S.Dunbarning ta’kidlashicha, ushbu tushuncha ilk bor P.de Ruzьening 1884 yilda chop etilgan sotsial geografiya bo’yicha izlanishlarida qo’llanilgan.
Le —Ple ilmiy maktabining taniqli namoyondasi E.Demolen esa sotsial geografiyani «sotsiogeografiya» tarzida talqin qiladi va uning mohiyati mahalliy shart— sharoitlar (shu jumladan tabiiy sharoitlar)ni ijtimoiy rivojlanishga, «ijtimoiy gurux»larning vujudga kelishiga ta’siri sifatida tushuntiradi,
Taxminan shu davrlarda, ya’ni 1895 yili sotsial geografiya tushunchasi E.Reklyu tomonidan uning salmoqli asari bo’lgan «Umumiy geografiya» da qo’llanildi. Bunda u sotsial geografiyani tabiiy shart—sharoitlarning kishilarni mehnat va turmush tarziga hududiy jihatdan o’zgaruvchan ta’sir etishi ma’nosida tushungan. Ammo, shunga qaramay «sotsiografiya» maktabining vakillari ham, E.Reklyu ham sotsial geografiya tushunchasining mohiyatini aniq ochib berolmadilar va geografiya fanida yangi fan yo’nalishini yaratdilar, deb ham bo’lmaydi.
XX asrning boshlariga kelib Niderlandiyada geografiya va sotsiologiyaning uyg’unlashuvidan vujudga kelgan «yangi fan» — sotsial geografiya paydo bo’ldi. Uning predmeti «jamiyatdagi guruxlar va o’zaro aloqadorliklarning regional taqsimlanishini o’rganish» deb tushuniladi. Mazkur fan tarmog’ining aynan Niderlandiyada paydo bo’lishi ham bejiz emas. CHunki, uning amaliy vazifalari, aholisi zich va yer resurslari taqchil bo’lgan Niderlandiyada mintaqaviy rejalashtirish masalalarini hal etishda o’ta dolzarb ahamiyat kasb etdi. 50 - 60 yillarga kelib esa sotsiografiya qishloq joylaridagi hududiy ijtimoiy tafovutlarni o’rganuvchi fan sifatida Amsterdam universitetida rivojlandi. Xuddi shu o’rinda biz sotsial geografiyani ob’ektiv va shidddtli rivojlanishining nafaqat Niderlandiya, balki hohlagan kapitalistik mamlakat uchun xos bo’lgan manbalarini aniqlashimiz mumkin. Bunday manbalar, sabablar ushbu davlatlardagi mintaqaviy tafovutlarning keskinlashuvi, shaharlar rivojlanishining tangligi kabi o’ta dolzarb muammolar bilan bog’liq.
Ba’zi bir g’arb olimlari ijtimoiy geografiyada tadqiqotlarning xulk - atvor (povedencheskiy) hamda «farovonlik» («blagosostoyaniya») mavqeidagi yondoshuvlarini ajratib ko’rsatishadi. Birinchi yondoshuv — bu xo’jalikni makondagi tabaqalanishini sub’ektiv ravishda, ya’ni odamlarning oqilona yo’naltirilgan xatti-xarakatlari orqali asoslash, tashkil etish bilan bog’liq. Ikkinchi, ya’ni D.Bartelьs asoslab bergan «farovonlik» yondoshuvi nuqtai - nazaridan bajariladigan sotsial geografik tadqiqotlarning vazifalari jamiyatning diskriminatsiya qilingan guruh va xududlarini aniqlash, tadqiq etishdan iborat. Ularga kambag’allik, ochlik, xokimiyat, insonga munosib hayot sharoitlaridan cheqinishni tadqiq etish va ularni bartaraf etishning chora — tadbirlarini ishlab chiqish kabilar kiradi. Ammo, ta’kidlash joizki, ayrim sobiq Ittifoq hamda g’arb olimlari yuqorida zikr etilgan yondoshuvlarning izchil ilmiy natijalar berishiga shubha bilan qaraydilar.
Hozirgi ijtimoiy geografiyaning vujudga kelishi va rivojlanishiga sobik, Ittifoq geograf olim va tadqiqotchilari ham munosib hissa qo’shganlar. Bu davrda ijtimoiy geografiyaning rivojlanishida shartli uch bosqichni ajratib ko’rsatish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |