Kalьvinizm. Diniy islohotning boshqa bir yirik arbobi Jan Kalьvin (1509-1564) edi. Uning 1536 yilda nashr etilgan «Xristian dinidagi ko’rsatmalar» degan bosh asari, protestantizm ta’limot sifatida shakllanganidan keyin yangi bir diniy yo’nalish – kalьvinizmning asosi bo’lib qoldi.
Dastlabki islohot arboblaridan farqli o’laroq Kalьvin uchun diqqat markazi Injil emas, Tavrot bo’lib qoladi. Kalьvin absolyut taqdir haqidagi ta’limotni ishlab chiqdi. Bu ta’limotga ko’ra, barcha odamlar xudoning biz uchun noma’lum bo’lgan irodasiga asosan mag’firat qilinganlar va mahkum etilganlar toifasiga bo’linadi. Inson na imon, na «xayrli ishlar» bilan taqdirga yozilganini o’zgartira olmaydi: mag’firat qilinganlar najotga mahkum, mag’firatdan mahrum bo’lganlar esa abadiy azobga mahkum. Taqdir haqidagi ta’lim shunday asosga qurilganki, Iso ham bizning gunohlarimiz uchun azobu uqubatlarga giriftor qilingan edi.
Protestant cherkovining kalьvinistik yo’nalishdagi davomchilari (kalьvinistlar yoki reformatorlar) SHotlandiya, Gollandiya, SHimoliy Germaniya, Frantsiya, Angliyada katta obro’ va ta’sirga ega edilar.
Baptizm. Protestant ta’limotining eng ko’p sonli davomchilari baptistlardir. Baptizm (yunoncha «suvga cho’ktirish») XVII asr boshlarida vujudga kelgan bo’lib, hozirgi kunda dunyoning 130 mamlakatida o’z tarafdorlariga ega. Bu ta’limot tarafdorlari faqat o’spirinlarnigina cho’qintirishga olib boradilar. «Hech kim, jumladan, ota-onalar ham kishi uchun biror dinni tanlay olmaydi. Kishi dinni ongli ravishda o’zi ixtiyor qilmog’i zarur» degan qoida baptistlar va zabur xristianlarining asosiy qoidasidir. Ularda ibodat o’ta soddalashtirilgan bo’lib, diniy qo’shiq, ibodat va mav’izadan iborat. Zabur xristianlari to’rtta rusumni saqlab qolishgan: cho’qintirish, (o’spirinlar uchun) tanovul, nikoh, qo’l bilan silab qo’yish. Bu xristianlar uchun but ehtirom ramzi emas.
Adventistlar harakati. Adventistlar harakati (lot. – “kelish”) Amerikada XIX asrning 30-yillari og’ir iqtisodiy buhron (krizis), umumiy ishsizlik davrida vujudga keldi. Asoschisi Vilьyam Miller (1782-1849). Adventistlar bir necha mustaqil cherkovlarga bo’lingan bo’lib, ularning eng kattasi «Ettinchi kun adventistlari» sanaladi. Ularning asosiy g’oyasi Isoning ikkinchi bor yerga tushishi va insoniyatni shayton va uning tarafdorlaridan mutlaq xalos etishidir. Ular odamlarni Isoni kutib olish uchun xush axloq bo’lishga chaqiradilar. Dindorlardan mablag’larining o’ndan birini cherkov hisobiga o’tkazishlarini va targ’ibot ishlarini uzluksiz olib borishlarini talab qiladi. Iso payg’ambarning ikkinchi marta yerga qaytishi haqidagi bashorat '' najot yo’li'' deb hisoblanadi.
Islom dini tarafdorlari jahon aholisining 20 % ga yaqin qismini tashkil etadi. Eng katta musulmon jamoalari Indoneziyada (165 mln.), Pokiston (125 mln.), Bangladesh (120 mln.), Hindiston (93 mln.), Eronda (63 mln.), Turkiya (61 mln.), arab mamlakatlaridan eng yirigi Misrda (48 mln.), Nigeriyada (43 mln.) mavjuddir. Darvoqe, arablar barcha musulmonlarning 20 % ni tashkil etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |