Soliqlarni byudjetga tushishiga ko’ra guruhlanishi
Respublika byudjetiga tushadigan
Mahalliy byudjetlarga tushadigan
O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti daromadlari
1) belgilangan normativlarga muvofiq:
foyda solig’i;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
aksiz solig’i;
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq (bundan qurilish materiallari bo’yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq mustasno);
2) bojxona bojlari;
3) qo’shilgan qiymat solig’i;
4) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari:
1) belgilangan normativlarga muvofiq:
foyda solig’i;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
aksiz solig’i;
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq (bundan qurilish materiallari bo’yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq mustasno).
2) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
3) mol-mulk solig’i;
4) yer solig’i;
5) qurilish materiallari bo’yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
6) aylanmadan olinadigan soliq;
7) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
8) avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig’im;
9) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.
Soliqlarni to’lovchilariga
ko‘ra guruhlanishi
Yuridik shaxslar
Jismoniy shaxslar
- O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, o’z mulkida, xo’jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo’lgan hamda o’z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, mustaqil balansiga yoki smetasiga ega bo’lgan, o’z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’la oladigan hamda ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo’la oladigan tashkilot;
- chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan chet el tashkiloti;
- O’zbekiston Respublikasining, chet davlatning qonun hujjatlariga yoki xalqaro shartnomaga muvofiq tashkil etilgan xalqaro tashkilot.
O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet davlatlar fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo’lmagan shaxslar jismoniy shaxslar deb e’tirof etiladi.
O’zbekiston Respublikasida soliq tizimining huquqiy asoslari, soliq to’lovchilarning huquqlari hamda majburiyatlari, soliq ishlarini yuritish tartiboti va soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Soliq Kodeksi, O’zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to’g’risida” gi qonuni va shu kabi bevosita soliqqa oid qonun hujjatlari orqali tartibga solib turiladi.
SOLIQ
TIZIMINING
HUQUQIY
ASOSLARI
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati to’g’risida”gi qoununi
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining soliqlarga doir qarorlari
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining soliqlarga doir farmonlari va qarorlari
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining soliqlarga doir qarorlari
Vazirliklar, davlat qo’mitalarining soliqlarga doir me’yoriy hujjatlari
Mahalliy hokimiyat organlarining soliqlarga doir qarorlari