sohalari deb ataluvchi tizimlardan iborat. Masalan, iqtisodiy (moddiy ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlar),
ijtimoiy (guruhlar, tabaqalar, sinflarning munosabatlari), siyosiy (davlat tashkilotlari, siyosiy partiyalar faoliyati),
ma’naviy (axloqiy, diniy, madaniy, falsafiy, ilmiy tizim va hokazo). Bularning har biri murakkab hodisa bo‘lib, o‘z
navbatida yanada kichikroq, torroq elementlardan, qismlardan tashkil topadi. Shuning uchun har xil tadqiqotchilar
jamiyatni har xil nuqtai nazardan: kimdir tashkilotlar sifatida, kimdir – ijtimoiy munosabatlar sifatida, kimdir – kishilar
guruhlari sifatida, kimdir – ijtimoiy birliklar aloqadorligi sifatida o‘rganadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |