Urbanistik nazariya va kontsepsiyalar
REJA
Urbanizatsiya va shaрarlar rivojlanishiga oid tarixiy nazariya va kontsеptsiyalar
Xorijiy mamlakatlarda urbanistin g`oyalar nazariyalar
Sovеtlar davrida yaratilgan g`oya va kontsеptsiyalar
Zamonaviy nazariyalar
J.Jibbsning urbanizatsiyani bosqichli rivojlanish sxemasi
J.Jibbsning “urbanizatsiyaning bosqichli rivojlanish” sxemasi
1-bosqich- qishloq joylarda, qishloq belgilari ustun bo‘lgan shaharlar vujudga kela boshlaydi, ammo ular hali qishloqlar rivojlanishidan ortda bo‘ladi.
2-bosqich-shaharlar rivojlanishda qishloqlardan o‘zib ketadi, qishloq areallarida markazlar paydo bo‘ladi.
3-bosqich-qishloqlardan aholi shaharlarga ko‘chib boradi, areallarning markazlarida aholi ko‘payib, aglomeratsiyalashuv jarayoni ro‘y bera boshlaydi, atroflarida aholi kamayadi.
4-bosqich-aholi yirik shahar va aglomeratsiyalarda to‘planadi, kichik shahar va qishloqlarda esa kamayadi.
5-bosqich-yirik shaharlardan aholi kichik shahar va qishloqlarga, shahar atroflariga qaytadi. Demak, urbanizatsiya ana shu bosqichlarni bosib o‘tadi, biroq u turli hududlarda o‘ziga xos tarzda turli vaqtlarda amalga oshadi.
Ж.Жиббс схемаси Shaharlarni ilmiy va amaliy o‘rganish asosida olimlar tomonidan turli qonuniyatlar, nazariya va konsepsiyalar yaratildi. Jumladan, 1850-yilda yaratilgan I.Kol nazariyasiga ko‘ra, yirik shahardan atrofga tarqaluvchi bosh transport yo‘llariga, ikkinchi darajali transport tarmoqlari kelib tutashadi. Ana shu yerda, shahardan ma’lum uzoqlikda yo‘llar tutashadigan nuqtada keyingi pog‘onadagi aholi manzilgohini joylashtirish maqsadga muvofiq. 1850-70 йилларда K.I.Arsenev gidrografik tarmoqlarning Rossiya shaharlari taraqqiyotidagi rolini o‘rganib, 200 yillik tarixini tadqiq etgan. - Shaharlarni ilmiy va amaliy o‘rganish asosida olimlar tomonidan turli qonuniyatlar, nazariya va konsepsiyalar yaratildi. Jumladan, 1850-yilda yaratilgan I.Kol nazariyasiga ko‘ra, yirik shahardan atrofga tarqaluvchi bosh transport yo‘llariga, ikkinchi darajali transport tarmoqlari kelib tutashadi. Ana shu yerda, shahardan ma’lum uzoqlikda yo‘llar tutashadigan nuqtada keyingi pog‘onadagi aholi manzilgohini joylashtirish maqsadga muvofiq. 1850-70 йилларда K.I.Arsenev gidrografik tarmoqlarning Rossiya shaharlari taraqqiyotidagi rolini o‘rganib, 200 yillik tarixini tadqiq etgan.
- 1910-yilda Rossiyada V.P.Semenov-Tyanshanskiy “Rossiyaning Yevropa qismidagi shahar va qishloq” (“Город и деревня Европейской России”) asarini chop etadi. Uning fikricha, shaharlar umumsayyoraviy markazlar bo‘lib, ulardan tarqalgan radiuslar bo‘ylab, muayyan masofada unga yordamchi kichikroq shaharlar joylashadi va uning atrofidagi hududlar iqtisodiy jihatdan o‘sha markazga qaram bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |