5-mavzu. Yordamchi tsex va xo’jaliklarda ishlab chiqarishni tashkil etish
Topshiriqlar
1. Korxona bo’yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud:
Mahsulot sotishning yillik hajmi – 80 mln. so’m
Aylanma mablag’larning o’rtacha yillik miqdori – 5.4 mln. so’m.
Tegishli chora tadbirlar ko’rilgandan so’ng aylanma mablag’larning bir bor aylanish muddati bir necha kunga qisqardi.
Quyidagilarni aniqlash talab qilinadi:
Aylanma mablag’larning bir marta aylanish muddati amalda qancha?
Agar amalda aylanma mablag’lar qoldig’i:
1 aprel holatiga - 280 ming so’m
1 mayga - 360 ming so’m
1 iyunga - 330 ming so’m
1 noyabrga - 380 ming so’mni tashkil etgan bo’lsa, aylanma mablag’larning o’rtacha qoldig’i 2- kvartalda qancha bo’ladi?
Testlar
1.Jarayon uzluksizligi darajasi bo’yicha potok chiziqlari quyidagi chiziqlarga bo’linadi:
A) oddiy, uzlukli;
B) uzlukli, uzluksiz;
C) uzluksiz, murakkab;
D) murakkab, ko’p predmetli;
E) ko’p predmetli, oddiy.
2. Mashinada yoki ish joylarida mehnat predmetlariga ishlov berish davomiyligi - bu
A) ish vaqti fondining ishlab chiqarish dasturiga nisbat;
B) mashinada ishlov berilib chiqariladigan alohida mehnat predmetlari oralig’idagi vaqt;
C) mashinada bir ish davri, bir mehnat jarayoni sodir bo’ladigan bir yoki mehnat predmetlari partiyasiga ishlov berilishi tugallanadigan davr;
D) ish joyi ritmiga teng bo’lgan kattalik;
E) ishlab chiqarish dasturining ish vaqti fondiga nisbati.
3. Ishlab chiqarish topshirig’i quyidagicha aniqlanadi:
A) ;
B) Z = q a;
C) Z = q a / T ;
D) Z = q N ;
E) Z = q / N ;
bu yerda: q – potok bosh, yordamchi chiziq yoki yetakchi mashina ishlab
chiqarishi;
a – potok bosh, yordamchi chiziqi yoki yetakchi mashina mehnat
predmetlari miqdorini farqlovchi koeffitsient;
N – mashina texnik unumdorlik normasi;
T – vaqt.
4. Potok chizig’i - bu:
A) asosiy ishlab chiqarishni tashkil qilishning progressiv metodi;
B) aniq ish joylariga har bir operatsiyalarni biriktirish metodi;
C) alohida operatsiyalarni bajarish ketma-ketligi tartibida o’zaro bog’liq bo’lgan ish joylari va mashinalar va mashinalarning zanjirsimon joylashuvi;
D) mahsulot ishlab chiqarish asosiy jarayoni oxirgi bosqichni tashkil etish operatsiyalari;
E) ishlab chiqarish jarayonining operatsiyalarga bo’linishi.
5.Oddiy potok chizig’i - bu:
A) har bir ish joyida bitta mashina ishlatiladigan potok chizig’i;
B) har bir ish joyida bir turdagi mashinalar ishlatiladigan potok chizig’i;
C) har bir ish joyida qisman mexanizatsiyalangan jihozlar ishlatiladigan potok chizig’i;
D) har bir ish joyiga texnologik operatsiyalarni bajaruvchi kompleks mexanizatsiyalangan jihozlar ishlatiladigan potok chizig’i;
E) har bir ish joyida ikkita mashina biriktiriladigan potok chizig’i.
6. Davriy harakatdagi mashinalarda mehnat predmetlariga ishlov berish davomiyligi quyidagi formula orqali ifodalanadi:
A) tob=1/Pr;
B) tob=T / K ;
C) tob= tyu+ ttex+ tT;
D) tob= tyu+ tT ;
E) tob= 1 / K ;
bu yerda: Pr – mashina unumdorlgi;
T – smena davomiyligi;
K – mashinalar soni;
tT – tushirish vaqti;
ttex – texnologik operatsiya vaqti;
tyu – yuklash vaqti.
7.Uzluksiz harakatdagi mashinalarda mehnat predmetlariga ishlov berish davomiyligi quydagi formula orqali ifodalanadi:
A) tob=1/Pr ;
B) tob=T / K ;
C) tob= tyu+ ttex+ tT ;
D) tob= tyu+ tT ;
E) tob= 1 / K ;
bu yerda: Pr – mashina unumdorlgi;
T – smena davomiyligi;
K – mashinalar soni;
tT – tushirish vaqti;
ttex – texnologik operatsiya vaqti;
tyu – yuklash vaqti.
8.Jihozning texnik unumdorlik normasi - bu:
A) mashinaning imkoniyati bor bo’lgan maksimal unumdorligi;
B) mashina eksplutatsiyasi xususiyatlariga asosan o’rnatilgan unumdorlik;
C) birlik vaqt ichida ishlov beriladigan mehnat predmetlari miqdori;
D) potok ish joyi ishlab chiqarishi;
E) ishlab chiqarish topshirig’iga asosan mashina mahsulot ishlab chiqarishi.
9.Potok mashinalari (ish joylari) umumiy muvofiqlik koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi:
A) mashina unumdorligining potok ishlab chiqarishiga bo’lgan nisbati orqali;
B) hamma operatsiyalar bo’yicha bir birlikka keltirilgan mashinalar unumdorligi yig’indisining ishlab chiqarish dasturi va operatsiyalar soni ko’paytmasiga nisbati orqali;
C) keyingi operatsiyalardagi mashinaning keltirilgan unumdorligini oldingi operatsiyalardagi mashina unumdorligiga bo’lgan nisbati orqali;
D) har bir operatsiya bo’yicha bir birlikka keltirilgan mashinalar unumdorligining bosh yetakchi mashina unumdorligiga bo’lgan nisbati orqali
E) hamma operatsiyalar yig’indisining bosh mashina unumdorligiga bo’lgan nisbati orqali.
10. Moddiy texnik resurslar tarkibida quyidagilar kiradi:
A) xom ashyo, materiallar, texnologik jihozlar, transport vositalari, hisoblash texnikasi, yoqilg’i, energiya, suv;
B) transport vositalari, hisoblash texnikasi, yoqilg’i, energiya, suv, ishchilar ish haqi;
C) energiya, suv, ishchilar ish haqi, amortizatsion ajratma;
D) ishchilar ish haqi, amortizatsion ajratma, xom ashyo, materiallar, texnologik jihozlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |