Sindikat – tijorat faoliyatini (ta`minot, buyurtmalarni taqsimlash, xom ashyo sotib olish, mahsulot sotish, bahoni shakllantirish) hamkorlikda tashkil qilishga asolangan birlashmadir. Sindikat tarkibiga kiruvchi korxonalar huquqiy hamda xo`jalik yuritish mustaqilliklarini saqlab qoladilar.
Trestlar yuqori darajada markazlashganligi bilan ajralib turadi. Uning tarkibiga kiruvchi korxonalar ishlab chiqarish, tijorat va huquqiy mustaqilliklarini yo`qotib, yagona reja asosida faoliyat yuritadi.
Xoldinglar ishtirokchilarning moliyaviy imkoniyatlarini birlashtirish va muvofiqlashtirish hamda ishlab chiqarish quvvatlari bilan vaizifalarni tezkor ravishda amalga oshirish imkonini beruvchi boshqaruvning samarali shaklini ifodalaydi.
O`z tarkibidagi aksiyadorlik jamiyatlarni nazorat paketlarini egallash bilan korporatsiyalar xolding kompaniyalariga aylanadi. Xolding iborasi inglizcha «holding» so`zidan olingan bo`lib, ega ma`nosini beradi. Xoldinglar ishtirokchilarning moliyaviy imkoniyatlarini birlashtirish va muvofiqlashtirish hamda ishlab chiqarish quvvatlari bilan vaizifalarni tezkor ravishda amalga oshirish imkonini beruvchi boshqaruvning samarali shaklini ifodalaydi.
Aktivlari tarkibiga boshqa korxonalarning aksiyalari nazorat paketlari kiradigan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati xolding xisoblanadi.
Integratsiya jarayonlarini amalga oshiruvchi korxonalar quyidagi maqsadlarni ko`zlaydi:
resurslardan yanada samaraliroq foydalanishga erishish;
kooperatsiya asosidagi aloqalarini yangilash va mustahkamlash;
mamlakatdagi korxonalarning tashqi bozorga chiqishi;
ishlab chiqarishga investitsiyalarning yangi shakllarini jalb etish;
ichki va tashqi bozordagi raqobatda muvaffaqiyat qozonish maqsadida narx va sotish bo`yicha yagona siyosat yuritish.
Har bir ishlab chiqarish korxonasi ishlab chiqarish bo`linmalari, boshqaruv idoralari va korxona xodimlariga xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlardan iborat bo`ladi. Tuzilma (struktura) tushunchasini korxonaning tarkibi, tuzilishi sifatida ko`rib chiqish mumkin. Korxona qanchalik yirik bo`lsa, uning ishlab chiqarish tuzilmasi shunchalik murakkab bo`ladi.
Sanoat korxonalarining umumiy va ishlab chiqarish tuzilmalari mavjud.
Ishlab chiqarish bo`g`inlari, korxona boshqaruvi hamda xodimlarga xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar, ularning miqdori, kattaligi va egallab turgan maydoni, xodimlarining soni va ishlab chiqarish imkoniyatlari korxonaning umumiy tuzilmasini ifodalaydi.
Ishlab chiqarish tuzilmasiga asosiy, yordamchi va xizmat ko`rsatish jarayonlari amalga oshiriluvchi sex va uchastkalar kiritiladi. Ishlab chiqarish tuzilmasi korxona umumiy tuzilmasining bir qismidir. U sex, uchastka va xizmat ko`rsatuvchi xo`jaliklar shaklidagi ishlab chiqarish bo`linmalaridan iborat bo`ladi hamda ularning mahsulot ishlab chiqarish jarayonidagi o`zaro munosabatlarini, mehnat bilan band bo`lgan xodimlari soni, asbob-uskunalari qiymati, egallab turgan maydoni va hududiy joylashuvini aks ettiradi.
Asosiy sexlarda va ishlab chiqarish uchastkalarida ishlab chiqarish jarayonining asosiy – xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarni tayyor mahsulotga aylantirish bosqichi yoki mahsulot, yo uning bir qismini tayyorlashning bir qator bosqichlari amalga oshiriladi (muzlatkichlar sexi).
Yordamchi sexlar asosiy ishlab chiqarishni asbob-uskunalar va energiya bilan ta`minlaydi hamda uskunalarni ta`mirlash (ta`mirlash, uskunalar, model sexlari va boshqalar) vazifalarini bajaradi.
Xizmat ko`rsatuvchi sex va xo`jaliklar tarkibiga korxonaning infratuzilmasini (ombor va transport bo`linmalari, uy-joy-kommunal xo`jaligi, oshxona, sanatoriy va hokazo)tashkil qiluvchi bo`linmalar kiradi.
Sanoat korxonalari ishlab chiqarish tuzilmasining uch xil turi majud:
Do'stlaringiz bilan baham: |