Konsortsium – bu aniq iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan korxonalarning umumiy kelishuvlar asosida yuzaga keladigan muvaqqat birlashmasidir. Konsortsium buyurtmachilar oldidagi majburiyatlar uchun javobgar hisoblanadi. Konsortsiumlar aviatsiya, kosmos, komp’yuterlar, aloqa kabi yuksak texnologik va katta miqdordagi sarmoyali sohalarda keng tarqalgan.
Korxonalarning kontsentratsiya asosida birlashuvi kartel, sindikat, xolding va moliya-sanoat guruhlari ko`rinishida amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish sohasidagi kartellar ishlab chiqarish masalalari, narxlar, tovarlarni sotish, ishchi kuchini yollash va shu kabi masalalar bo`yicha kelishuvga asoslanib faoliyat yuritadi.
Integratsining bu shaklida korxonalar mustaqillikni saqlab qolgan holda kooperatsiya asosida birlashadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |