2-mavzu. Qurilish va montaj ishlarini boshqarishni takomillashtirish
REJA:
1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qurilishni boshqarishni moxiyati va axamiyati
2. Qurilishda boshqarishning maqsadi, vazifalari va xususiyatlari
3. Qurilishni boshqarishning zamonaviy tizimi va organlari
4. Qurilishni boshqarishdagi asosiy bo‘g‘inlar
1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qurilishni boshqarishning moxiyati va axamiyati
Jamiyat paydo bo‘lgandan buyon va sivilizatsilashgan darajaga o‘tgandan beri iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot tizimiga, shu jumladan materiallarni, boshqa buyumlarni ishlab chiqarish xamda qayta ishlashga tayangan holda rivojlangan. Odamlar jamoasidan farqli o‘laroq tabiat ham, texnika ham, ongli jarayonni boshqarish bo‘yicha hech qanday ish olib borolmaydi.
Demak boshqaruv – bu chuqur tahlilni, ishlanmalarni, ma’lum maqsadlarni to‘g‘ri qo‘yishga qaratilgan, makon va zamonda to‘xtovsiz amalga oshiriladigan maqsadga yo‘naltirilgan jarayondir. Lekin boshqaruv biror narsa yoki birov tomonidan boshqarilsagina vujudga keladi. Bu asnoda boshqarish haqidagi fan, boshqaruv sub’ekti va ob’ekti tushunchasini kiritadi.
Boshqaruv sub’ekti - bu jismoniy yoki yuridik shaxs bo‘lib, hukumat organlari tomonidan va amaldagi qonunchilik asosida berilgan vakolatlar bo‘yicha ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Boshqaruv ob’ekti – bu boshqaruv sub’ektining ta’sir o‘tkazish (boshqaruv ta’siri) ob’ekti bo‘lib, huquqiy va jismoniy shaxslar, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, ishlab chiqarish xamda xo‘jalik tizimlari boshqaruv ob’ekti bo‘la oladi.
Ko‘rib turganingizdek, ikkala holatda ham boshqaruv haqida, bir gurux insonlarni boshqaruv vakolatlariga ega bo‘lgan boshqa bir gurux insonlar tomonidan boshqarish to‘g‘risida, gap boryapti. Aynan insonlar, ularning ishlab chiqarish, xo‘jalik va boshqa jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlari boshqaruvning predmeti hisoblanadi, ya’ni zamonaviy menejmentning asosidir. Menejment, boshqaruv sub’ekti va ob’ektisiz, ham fan sifatida, ham xo‘jalik amaliyotida o‘zining mazmun mohiyatini yo‘qotadi.
Etarlicha katta «armiya» odamlar ishlaydigan qurilish sohasi ham, albatta, bu fikr mulohazalardan mustasno emas. Ayniqsa qurilishda boshqa sohalarga nisbatan boshqaruv sub’ekti va ob’ekti yaqqolroq gavdalanadi: masterlar(ustalar) yoki brigadirlar ishchilarni boshqaradi, prorab(ish yurituvchilar) yoki katta prorab(ish yurituvchi)lar brigadirlarni boshqaradi, uchastka(bo‘linma) boshliqlari prorablarni boshqaradi va h.k. Ya’ni qurilish boshqaruvi ham butun ijtimoiy ishlab chiqarishda amal qiladigan barcha qonun va qoidalarga bo‘ysunadi. SHuning uchun qurilish boshqaruvi ijtimoiy ishlab chiqarish boshqaruvining tarkibiy va ajralmas qismi hisoblanadi.
Boshqarish jarayoni, qaysi darajada bo‘lmasin davriy va bir vaqtning o‘zida uzluksiz hisoblanadi. Uzluksizlik bir vaqtning o‘zida va ketma-ket amalga oshiriladigan ko‘plab sikllarni bajarishda vujudga keladi. Boshqarish sikli maqsadlarni ishlab chiqishdan boshlanadi va ularga erishish bilan yakunlanadi. Bunday siklning asosiy bosqichlari quyidagilar hisoblanadi:
maqsadlarni rejalashtirish;
qabul qilingan qarorlarni yoki maqsadli funksiyalarni tartibga solish;
erishilgan natijalarni tahlil qilish va baholash;
yangi boshqaruv qarorlarini tanlab olish va belgilab olish.
Bu hamma sikllar uchun asosiy bo‘lib boshqarish ta’siri hisoblanadi. Aynan ta’sir qilish - boshqaruvning asosidir. Ta’sir qilish, ya’ni boshqaruv ta’sirini o‘tkazish samarali bo‘lishi uchun quyidagi asosiy shartlarga rioya qilish lozim:
1. Boshqaruvchi yoki boshqariluvchi tizimlar singari boshqaruv ob’ekti va sub’ekti o‘zaro bir-biriga sabab-oqibat munosabatlari orqali bog‘liq bo‘lishi kerak.
2. Boshqarayotgan tizimda boshqarish maqsadi aniq bo‘lishi kerak. Boshqarayotgan tizim boshqarish ob’ektining holati haqidagi axborotlarni - faoliyat natijalari, muhitning o‘zgarishi kabilarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
3. Boshqarish ob’ekti boshqarish ta’sirlarini qabul qila olish, o‘zlashtirish va qo‘yilgan vazifani mazmuniga mos ravishda bajara olish qobiliyatiga ega bo‘lish kerak.
Bu shartlarga rioya qilish imkoniyatlarini ko‘proq boshqaruvchanlik ta’minlaydi, ya’ni boshqarish tizimining ishonchliligi. Boshqarish ob’ekti qancha murakkab bo‘lsa, boshqarish organining qobiliyati shuncha yuqori bo‘lishi kerak. Agar bog‘liqlik buzilsa boshqaruvchanlik ham pasayadi, ishlab chiqarish tizimi boshqarilmaydigan yoki zaif boshqarish bo‘lib qoladi, natijada ishlab chiqarishning foydasi ham kamayadi.
Boshqaruvchanlikni normalash mumkin. Boshqarish normasida, odatda, boshqarish samaradorligini ta’minlash sharti bilan bitta rahbar yoki boshqaruv organiga bo‘ysunadigan ishlovchilar yoki bo‘linmalar soni belgilanadi.
Bu qonuniyatlardan bir qator oqibatlar kelib chiqadi.
1. Oddiy boshqaruv organlari yordamida murakkab ob’ektlarni boshqarish mumkin emas.
2. Boshqaruv samaradorligi boshqarish apparati xodimlari miqdoriga bog‘liq bo‘lar ekan, boshqaruv xizmatining optimal miqdoriga erishish lozim.
3. Ishlab chiqarishni boshqarishning tashkiliy tuzilmasida boshqaruv darajalarining ratsional tabaqalashuviga erishish kerak.
Qurilish boshqa moddiy ishlab chiqarish sohalar kabi dinamik (o‘zgaruvchan) va ochiq tizim bo‘lib, tashqi muhit bilan, ya’ni har xil sohadagi korxonalar va tashkilotlar bilan yakuniy qurilish maxsuloti yaratilishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita aloqaga kirishuvchi tizimdir. O‘zgaruvchanlik qurilishda bir paytning o‘zida funksional va rivojlanish jarayonlarining borishida namoyon bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida bir qator qonuniyatlarga rioya etishni talab qiladi. Bular qatoriga qo‘yidagilarni kiritsa bo‘ladi:
a) boshqaruvning ob’ektivligi ya’ni boshqaruv ta’siri insonlarning irodasi va tafakkuridan qat’iy nazar namoyon bo‘ladi.
b) boshqaruvning zaruriyligi – sabab-oqibat munosabatlarining vujudga kelishi. Bunda bir hodisaning o‘zgarishi boshqa bir hodisaning o‘zgarishini keltirib chiqarishi mumkin yoki keltirib chiqaradi.
v) Boshqarish jarayonida boshqarish ta’sirining vazifasi.
g) Boshqarish qonuni, tabiat, jamiyat va ong rivojlanish qonuni bilan mosligi.
Boshqarishning ob’ektiv zarurligi mavqe nazariyasi kabi xo‘jalik amaliyotida ham albatta belgilangan qonuniyatlarni, shartlarni, sub’ekt bilan ob’ekt boshqaruvining o‘zaro nisbatlarini ramkalar bilan chegaralab qo‘yish mumkin emas.
Boshqarish fan kabi ko‘p aspektlarni o‘z ichiga oladi:
Tashkilot boshqarmasi va ish boshqarmasi.
Texnologiya boshqarmasi ya’ni informatsion(axborotlar bilan) ta’minlash boshqarmasi va qarorlarni qabul qilinishi.
Kadrlar boshqarmasi metodlari va boshqarish usuli.
Ishlab chiqarilayotgan tovar sifatining boshqarmasi.
Loyiha tizim boshqarmasi va h.k.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, bu jihatlar har bir soha bo‘yicha o‘zgarishga uchrashi yoki echim usullariga ega bo‘lishi mumkin. Bu bir tomondan qurilishni boshqarish undagi boshqarishning maqsadi va funksiyalari umumjamiyat ishlab chiqarishini boshqarishdagilar bilan bir xil bo‘lsada, boshqa sohalardan o‘zining ixtisoslashishi va birinchi navbatda ishlab chiqarishni tashkillashtirish va ishlab chiqariladigan mahsulot xususiyatlaridan kelib chiqib sezilarli darajada farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |