1-Mavzu. Qurilishning respublika iqtisodiyotida tutgan o‘rni



Download 1,35 Mb.
bet1/50
Sana24.02.2022
Hajmi1,35 Mb.
#189475
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
qurilish iqtisod


1-Mavzu. QURILISHNING RESPUBLIKA IQTISODIYOTIDA TUTGAN O‘RNI

Qurilish, mustaqil tarmoq sifatida ilmiy texnikaviy taraqqiyotning jadallashuvi va milliy iqtisodiyotning yuksalishida katta o‘rin tutadi.


Qurilish mahsuloti deb, barcha ish turlari bo‘yicha yakunlangan va ishga tushirishga taxt qilib qo‘yilgan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy fondlari, shuningdek, korxonalarni qayta texnik jixozlash bilan birga amalga oshirilgan kengaytirish va rekonstruksiya qilish jarayonlari qabul qilinadi. SHu bois qurilishni to‘g‘ri hududlashtirish va erlardan unumli foydalanish nafaqat tarmoq miqyosida, balki umummilliy ahamiyat kasb etadi.
Tarmoqning yana bir muhim xususiyati - qurilish mahsulotining murakkabligi, ulkanligi, mehnat va mablag‘ sarfi katta ekanligidir. Bu xususiyat o‘z navbatida qurilishni amalga oshirishda samaradorlik, resurslarni tejashga erishish muammosini ayniqsa dolzarblashtiradi.
Qurilishni o‘ziga xos jihatlaridan biri - qudratli tashkilotlarning buyurtmasiga, mablag‘lariga surunkali qaramligidir. SHu bois qurilishning buyurtmachi (buyurtmachilar) tomonidan etarli darajada va o‘z vaqtida moliyalagshtirilishi – qurilishning bir maromda tashkil etish va inshootlarning belgilangan muddatga topshirilishining muhim shartidir.
Va nihoyat, qurilishning yana bir muhim jihati – buyurtmachilarning istagi va moliyaviy imkoniyatlarini hisobga olgan holda loyihalashtiruvchi tashkilotlar tomonidan yaratilgan loyihalar asosida inshootlarni qurishdir.
Loyiha-smeta hujjatlarini o‘z vaqtida va sifatli qilib bajarilishi qurilish iqtisodiyotiga va kapital quyilmalarining samarali bo‘lishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Mavzuni o‘rganish uchun uslubiy tavsiyalar.
Ushbu mavzuni to‘g‘ri va chuqur anglash keyinchalik «Qurilish iqtisodiyoti va menejment» kursini fan sifatida yaxlit o‘rganish uchun zamin yaratadi. Qurilishning ahamiyatini tushuntirish bir qarashda oddiy bo‘lsada, unga jiddiy yondashish muhim. Zero, kapital qurilish siyosati investitsiyaviy siyosat bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, makro miqyosda davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi, mikro miqyosda esa qurilish, asosiy fondlarni rekonstruksiya qilish yoki kengaytirishga yo‘naltirilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning investitsiyaviy siyosatidir.
Ko‘rib chiqilayotgan mavzu va u bo‘yicha bildirilayotgan fikr-mulohazalar nafaqat vatanimiz, balki chet el qurilish ilmi va amaliyoti misolida keltirilsa, yanada qiziqarli va foydaliroq bo‘ladi. Bu fikrlar ayniqsa qurilishning keng ko‘lamli va ilg‘or uslublarini dong taratgan etakchi mamlakatlar tajribasiga tayansa, ayni muddao bo‘lardi. Biroq buning uchun, ta’kidlab o‘tilganidek, nafaqat vatanimizda, balki xorijdagi maxsus adabiyotlar bilan tanish bo‘lish lozim.
Kapital qurilishning milliy iqtisodiyot rivojidagi o‘rnini o‘rganishda islohotlardan avvalgi, ya’ni rejali iqtisodiyot sharoitida va islohotlardan keyingi, ya’ni O‘zbekiston mustaqilligi davrida qurilishning rivojlanishini qiyosiy taxlil qilish lozim. Qolaversa, qurilishning iqtisodiy, texnik, tashkiliy xususiyatlarini to‘liqroq o‘rganish zarur. Qurilishning soha sifatidagi rivojlanishini o‘rganishda, qurilishni tez sur’atlarda va zarur ko‘lamda olib borish uchun kerak bo‘lgan moddiy texnikaviy asosining takomillashuvi bilan bog‘lash lozim. Qurilishning zamonaviy moddiy-texnikaviy negizining tezlashtirilgan rivojining tamoyillari va shart-sharoitlari, uning bozor iqtisodiyoti sharoitida shakllanishi va moliyalashtirilishi tartibiga e’tibor qaratish zarur.
Mavzu masalalarini nazariy jihatdan to‘g‘ri tushunish bilan birga iqtisodiy hisob-kitoblarni to‘g‘ri bajarishni bilish ham kerak. Iqtisodiy hisob-kitoblar esa amalda ko‘pincha korxona, tarmoq yoki hudud miqyosida asosiy kapitalga kiritilayotgan sarmoyalarning xajmi, sur’ati va me’yorlari, tugallanmagan ishlab chiqarish xajmi, qurilish uchun zarur sarf harajatlarni oldindan aniqlab olish, qurilishning titul ro‘yxatlarini tuzishga yo‘naltiriladi.
Istiqboldagi (rejalashtirilayotgan) davrga investitsiyalar xajmi ishga tushirilayotgan asosiy fondlarining qiymati va davrning boshi hamda ohiriga mo‘ljallangan mablag‘lar o‘rtasidagi farqni ko‘zda tutadi. Ular quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish