1-Mavzu. QURILISH TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINITASHKIL QILISH ASOSLARI
Reja
Qurilish tashkilotlarining buxgalteriya hisobi subyekti sifatidagi tavsifi va ular faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari.
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari.
Qurilish tashkilotlari hisob siyosatining xususiyatlari.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivoj lanishida qurilish tarmog‘i muhim o‘rini tutadi. Aynan ushbu tarmoqqa kiruvchi qurilish tashkilotlari orqali iqtisodiyotning barcha sohasigareal investitsiyalar kiritiladi.
Qurilish tarmog‘i mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha sohasida yangi quvvatlarni qurish, ishga tushirish, mavjud quvvatlarni modernizatsiyalash, rekonstruktsiya qilish, kengaytirish, ta’mirlash va boshqa shu kabi ishlami amalga oshirishning bosh ijrochisi hisoblanadi.
Mamlakatimiz Iqtisodiyot vazirligi tomonidan belgilangan xalq xo‘jaligi tarmoqlari klassifikatoriga muvofiq qurilish tashkilotlarining alohida turlariga quyidagi tarmoq kodlari ajratilgan:
- 60000 - Qurilish;
- 61000 -Pudrat va xo‘jalik usulida qurilish, montaj va boshqa ishlami olib boruvchi umumqurilish va ixtisoslashgan tashkilotlar;
- 62000 -Ishlab chiqarish maqsadidagi bino va inshootlarni kapital ta’mirlashni bajaruvchi tashkilotlar; -
- 63000 - Noishlab chiqarish maqsadidagi bino va inshootlarni ta’mirlash, aholi buyurtmasigako‘rayashashjoylarini ta’mirlash va qurish ishlarini bajaruvchi tashkilotlar;
- 65000 - Burg‘ulash ishlarini bajaruvchi tashkilotlar;
- 66000 - Loyiha, loyiha-qidiruv va qidiruv tashkilotlari;
- 69000 - Qurilish xo'jalik boshqarmalari Qurilish tashkilotlarini xo‘jalik yiirituvchi subyektlar siiatidaturli belgilari bo‘yicha tasniflash mumkin.
Mulkiy shakli va yiiridik maqomiga ko‘ra qurilish tashkilotlari ochiq aksiyadorlik jamiyatlari (OAJ), mas’uiiyati cheklangan jamiyatlar (MChJ), xususiy korxonalar (fiimalar) vadavlat unitar korxonalaii bo'lishi mumkin.
Ushbu maqomdagi qurilish tashkilotlanni tuzish va ular faoliyatini yuritish respublikamizda bu turdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar to’g'risidagi qonunlar va qonun osti hujjatlari, Shuningdek ushbu tashkilotlamingta‘sis hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Faoliyat yuritishga ko’ra qurilish tashkilotlari tarmoq va tarmoqlararo qurilish tashkilotlariga bolinadi.
Tarmoq qurilish tashkilotlari xalq xo‘jaligining alohida olingan tarmoqlarida o‘z faoliyatini yuritadilar.
Ixtisoslashganligiga ko ‘ra qurilish tashkilotlari maxsus va universal tashkilotlar bo‘lib hisoblanadi.
Masalan, qurilish tashkilotlarining metro qurilishi, uy qurilishi, yo‘l qurilishi, ko‘prik qurilishi va boshqa shu kabi maxsus ixtisoslashgan turlari mavjud. Ayrim qurilish kompaniyalari (trestlari) ko‘p tarmoqli, ya’ni universal tashkilotlar bolib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |