1-mavzu: Qoʻshma gap haqida ma'lumot. Bogʻlangan va bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar. Reja


Ayiruv bogʻlovchili bogʻlangan qoʻshma gaplar



Download 80,65 Kb.
bet6/11
Sana08.11.2022
Hajmi80,65 Kb.
#862532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 mavzu Qoʻshma gap haqida ma\'lumot Bogʻlangan va bogʻlovchisiz

Ayiruv bogʻlovchili bogʻlangan qoʻshma gaplar
Ayiruv bogʻlovchili bogʻlangan qoʻshma gaplar ketma-ket yuzaga keladigan yoki bir-biri bilan almashinib turadigan, navbatma-navbat yuzaga keladigan birdan ortiq voqea-hodisa yoki harakatni ifodalaydi. Bunday qoʻshma gap qismlarining kesimi fe’l bilan ifodalangan boʻlsa, ular zamon jihatidan ham deyarli bir xil shaklga ega boʻladi.
Goh..., goh...; ba’zan..., ba’zan...; dam..., dam...; yo..., yo...; xoh..., xoh...; bir..., bir... kabi ayiruv bogʻlovchilari qoʻshma gapdagi qismlarni ayirib, ta’kidlab koʻrsatish uchun qoʻllanadi. Bu bogʻlovchilar deyarli har bir predikativ qismning boshida takrorlanib keladi: Goh osmonni tutib ashula yangrar, goh allaqayerdan garmon tovushi eshitilib qolar edi. Dam bezgagim xuruj qiladi, dam isitma suyagimgacha yondiradi.
Misollardan koʻrinadiki, ayiruv bogʻlovchili bogʻlangan qoʻshma gap qismlari mazmunan turli xususiyatga ega: goh, dam, bir kabi bogʻlovchilar birdan ortiq voqeaning ketma-ket yuzaga kelishini koʻrsaqa, yo, xoh bogʻlovchilari oʻsha voqealardan birininggina yuzaga kelishini koʻrsatadi.

  • yo(yoki), xoh bogʻlovchilari bilan birikkan qismlarda voqea, hodisa hali yuzaga kelmagan, ulardan birining bajarilishi endi moʻljallanayotgan boʻlganligi uchun, fe’l kesimlar koʻpincha buyruq mayli shaklida, kelasi zamon aniq fe’li yoki gumon fe’li shaklida boʻladi: Yo men boray, yo siz keling. Bu vazifani xoh oʻzingiz bajaring, xoh birovga topshiring.

  • Ba’zan bogʻlovchisi qoʻshma gapdagi sodda gaplarni bogʻlash vazifasida juda kam qoʻllanadi, u koʻpincha uyushiq boʻlak komponentlarini bogʻlash uchun ishlatiladi: Ba’zan u biznikiga kelar, ba’zan men ularnikiga borib turar edim.

Goh, dam, ba’zan, bir bogʻlovchilari payt ma’nosini ifodalagani uchun qoʻshma gap qismlarini bogʻlashda ham oʻsha mazmun saqlanadi.
Bu soʻzlar sodda gapning fe’l kesimiga bogʻlansa, bogʻlovchi emas, payt holi sanaladi. Qoʻshma gap qismlarini biriktirganda ham, biriktiruvchi vosita boʻlishi bilan birga, payt holi vazifasini ham bajaradi;
yo, xoh bogʻlovchilari birdan ortiq voqea-hodisalardan birininggina bajarilishini bildiradi, shu sababli bu soʻzlar sodda gapda gap boʻlagi boʻlib kelolmaydi.
Esda saqlang! 1. Bogʻlangan qoʻshma gap qismlarini biriktirishda halipayt ravishi yoki xohlamoqfe’lining buyruq shakli takrorlanib, bogʻlovchi vazifasida kelishi ham mumkin: Hali muzika chalinadi, hali ashula aytiladi. Xohlang u yogʻini oling, xohlang bu yogʻini oling.
2. Ba’zan, gohbogʻlovchilarini ba’zi, gohi soʻzlaridan farqlash lozim. Bu soʻzlar, odatda, sifatlovchi vazifasida qoʻllanadi: ba’zi talabalar, gohi kishilar.
Bu soʻzlar takrorlanib oʻrin-payt kelishigida qoʻllanganda, payt holi vazifasini bajaradi: Ba’zi-ba’zida kishilarning otxonasida otning tuyoq urishi eshitilib turadi. Odam gohi-gohida yanglishadi ham.

Download 80,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish