1-mavzu: Qoʻshma gap haqida ma'lumot. Bogʻlangan va bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar. Reja


Inkor bogʻlovchili bogʻlangan qoʻshma gaplar



Download 80,65 Kb.
bet7/11
Sana08.11.2022
Hajmi80,65 Kb.
#862532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 mavzu Qoʻshma gap haqida ma\'lumot Bogʻlangan va bogʻlovchisiz

Inkor bogʻlovchili bogʻlangan qoʻshma gaplar
Inkor bogʻlovchisi ham ayiruv bogʻlovchilariga oʻxshash, bogʻlangan qoʻshma gap qismi boshida takrorlanib keladi. Inkor bogʻlovchisi inkor ma’nosini ifodalovchi sodda gaplarnigina bogʻlaydi va bogʻlangan qoʻshma gap qismlarida ifodalangan inkor ma’nosini sanab koʻrsatadi.

  • Na bogʻlovchisi vositasida birikkan predikativ qismlar ikki va undan ortiq boʻlishi mumkin: Maydonga jimlik choʻkdi: na mu zika chalinadi, na bolalarning quvnoq ashulalari eshitiladi, na boshqalarning ovozi. (S. Bab.) Uning qulogʻiga na bulbulning ovozi kirar, na koʻziga uyqu kelardi (P. T.)

Inkor bogʻlovchisi vositasida birikkan qoʻshma gaplarda keyingi qismlarning kesimi koʻpincha tushib qoladi: Uning na Koʻlobda uy-joyi bor, na bu yerda oyoq bosadigan joyi. (S. A.)
Bogʻlangan qoʻshma gap qismlaridagi fe’l kesimlarning toʻliq ifodalanmasligi yoki tushib qolishi, shuningdek qismlar uchun umumiy boʻlgan boʻlakning ishlatilishi qismlarni yanada zich bogʻlaydi. Masalan: 1. Onaxonning yuragi bir narsani sezganday boʻldi-yu, oyoqlari beixtiyor oldinga yurdi. (As.M.). 2. Yurtimizning bu kuni baxtli, chiroyli, ertasi esa yana chiroyliroq va baxtliroq boʻladi. (0.) 3. Qattiq shamoldan dam chimlar bamisoli qirgʻovulday uchib tushadi, dam bir oz namiqqan erning tuprogʻi palaxsa-palaxsa boʻlib koʻtariladi.Bu misollarning birinchisida Onaxonning, ikkinchisida yurtimizning soʻzlari, uchinchisida esa qattiq shamoldan birikmasi bogʻlangan qoʻshma gap qismlari uchun umumiy boʻlgan gap boʻlaklaridir.
Teng huquqli qismlar teng bogʻlovchilar orqali bogʻlanib, bogʻlangan qoʻshma gapni tashkil qilishini koʻrib oʻtdik. Yana qoʻshma gapning shunday koʻrinishi ham borki, bunday qoʻshma gap qismlari oʻzaro tenglanish munosabatiga ega boʻlsalar ham, birinchi predikativ qismning kesimi fe’lning -(i)b ravishdoshi shakli da boʻladi. Bu xilda qoʻllanish uyushgan fe’l kesimlar orasidagi bogʻlanishni eslatadi.
Ma’lumki, uyushiq fe’l kesimli gaplarda ba’zan bir fe’l shakli ni bir necha marta takrorlamaslik uchun oldingi kesim -(i)b ravishdoshi shakli da keladi. Masalan: Qizni shu qarorga tayyorlagan e’tiqod necha oy davomida oʻsib, ichidan pishib chiqqan edi. Bu misoldagi oldingi kesimning (oʻsib soʻzining) zamoni keyingi kesim (pishib chiqqan edi soʻzlari) asosida belgilanadi. Xuddi shunday holat, yuqorida aytganimizdek, teng huquqli qismlardan tuzilgan qoʻshma gaplarda ham uchraydi. Ba’zi vaqtda qoʻshma gapning birinchi qismi -(i)b ravishdoshi shakli da boʻladi; bunday konstruksiyalar birdan ortiq fe’l kesimlarni bir xil shaklda takrorlamaslik uchun ishlatiladi.
Bunday qoʻshma gaplarda, xuddi biriktiruv bogʻlovchisi orqali bogʻlangan qoʻshma gaplardagiday, ikki qismdagi voqea bir vaqtda yoki ketma-ket yuzaga keladi, ~(i)b ravishdoshini tuslangan fe’lga almashtirish, va biriktiruv bogʻlovchisini qoʻllash mumkin boʻladi. Masalan: Ichkarida ashula tugab, shovqinli kulgi koʻta rildi. (As. M.) Bu misoldagi birinchi gap kesimini tugadi shak liga kiritib, va bogʻlovchisini qoʻyib ishlatish mumkin: Ichkarida ashula tugadi va shovqinli kulgi koʻtarildi.Qiyoslash uchun mi sollar:

Daraxt yaproqlari sargʻayib,
ariqlarda xazon uyumlari oqib keldi. (S. Ahm.)



Daraxt yaproqlari sargʻaydi va ariqlarda xazon uyumlari oqib keldi.



Bahor yomgʻirining hidi kelib, iliq havo hamma narsaga jon kirgizmoqda. (S.Bab.)

Bahor yomgʻirining hidi kelmoqda va iliq havo hamma narsaga jon kirgizmoqda.



Shu payt eshik ochilib, hovliga harbiycha kiyingan bir yigit kirib keldi. (O.)

Shu payt eshik ochildi va hovliga harbiycha kiyingan bir yigit kirib keldi.

Bunday qoʻshma gaplarning bogʻlangan qoʻshma gapga yaqinligini koʻrsatuvchi yana boshqa omillar ham bor. Ular quyidagilardan iborat:


1) qismlarni zichroq bogʻlash uchun umumiy boʻlaklar ishtirok etadi: Salimboyvachchaning rangi oqarib, koʻzlari qoʻrquv dan bir lahzada jonlandi. (O.) Polvonning qoshi chimirilib, boʻyin tomirlari yoʻgʻonlashdi. (S. Ahm.) Bu misollarda ajratib koʻrsatilgan aniqlovchilar har ikki qoʻshma gapning ham ikki qismi tarkibidagi egalarga qarashlidir;

Download 80,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish