Animatsiyaning asosiy tushunchalari



Download 29 Kb.
Sana12.09.2021
Hajmi29 Kb.
#172326

Animatsiyaning asosiy tushunchalari
Animasiya deganda, ketma-ket almashinib turadigan tasvirlar (kadrlar) asosida hosil bo‘ladigan tasvirlarning harakatlari tushuniladi. Flash da animasiyaning 2 xil usuli mavjud: ketma-ket va interpolyasion animasiya.

Ketma-ket kadrli animasiya. Bu usul oldindan chizilgan kadrlarni ketma-ket tez o‘tkazishdan iborat. Mazkur holda harakatning paydo bo‘lishi tasvirlarni o‘tkazish tezligi va qo‘shn kadrlarning o‘xshashlik darajasiga bog‘liq. Ko‘rilayotgan usulda animasion harakat GIF fayllarni yaratish usuli bilan o‘xshash amalga oshiriladi.

Interpolyasion animasiya. Bu usulda bir necha tayanch (kalit) kadrlar asosida oraliq kadrlarni yaratish ko‘zda tutiladi (tweening animation). Masalan, biror bir figurani ekranning chap qismidan o‘ng qismiga 25 ta kadr orqali o‘tkazish kerak bo‘lsin. Birinchi usulda ushbu animasiyani yaratmoqchi bo’lsak, kadrlarda figurani ketma-ket siljitishimizga to‘g‘ri keladi. Agar harakatlanish vaqtida figura yo‘qolib ketishi yoki shaklini o‘zgartirishi zarur bo‘lib qolsa, unda kadrlarni ketma-ket chizish juda ham ko‘p ish vaqtini talab qiladi. Aynan ana shu holatlar xoli bo‘lgani uchun ham ikkinchi usul ustun turadi. Oddiy hollarda faqat ikkita kalit kadr: boshlang‘ich va yakunlovchi kadrlar yaratiladi. Odatda Flash oraliq kadrlarni chiziqli qonuniyat asosida yaratadi, lekin foydalanuvchi eksponensial qonuniyatni, ya’ni oraliq nuqtalardagi ko‘rinishlardan ba’zilarini yaratishni ham qo‘llashi mumkin.

Kompyuter animasiyasining asosiy tamoyillari kuzatuvchi ko‘z oldida harakatning turli holatlarini o‘zida saqlovchi kadrlar ketmaketligining juda tez almashinuvidir. Harakat deganda sahnadagi ob’ektning ko‘chishi, buralishi bilan bir qatorda ularning shakl va rang o‘zgarishlari ham tushuniladi. Odatda kadr almashish tezligi bir soniyada 12 tadan kam bo‘lmasligi kerak. Biror maqsad platformasini aniqlashda kadrlar o‘zgarish tezligini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Masalan kinomotografiyada bu bir soniyada 24 kadr, RAL/SECAM va NTSC televizion formatlarda mos ravishda bir soniyada 25 va 30 kadr to‘g‘ri keladi.

Ko‘pchilik animasion dasturlarda kalitli animasiya usuli qo‘llanadi (Keyframe animation). Bu usulning mohiyati kadrlarning asosiy (kalit) va oraliq turlarga bo‘lishidan iborat. Asosiy kadrlarda rassom — animator asosiy (tayanch) holatlarni beradi, masalan sportchining sakrashdan oldingi va kelib tushgandan keyingi holatlari. Oraliq kadrlarni animator bergan qiymatlar orqali dasturning o‘zi aniqlaydi. Hamma hollarda ham kalitli animasiya usulini tanlash maqsadga muvofiq emas. Masalan ob’ektni fazoda murakkab buralishlarni bajarishga majbur etish uchun uning o‘nlab (hatto yuzlab) kalit kadrlarni berishi o‘rniga, uning splayn troyektoriyasini chizish osonroq bo‘ladi. Bunday animasiyaga parametrik animasiya deyiladi. Odatdan u animasion effektlar to‘plami shaklida hosil qilinadi. Bu to‘plamdan foydalanish uchun boshlanish davri va davomiyligini berish, parametrlarni o‘rnatish etarli, qolgan barcha ishni animasion dasturning o‘zi bajaradi.
Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish