4-Mavzu: Qog’ozni buklash yo’li bilan o’yinchoqlar yasash. “Origami”
Reja:
1.“Origami” haqida.
2. Qog’ozni buklash yo’li bilan o’yinchoqlar yasash.
«Origami» so'zining kelib chiqishi yapon tiliga mansub bo'lib, ikki ibora «ori» — buklangan va «garni» — qog'oz degan m a’nolarni anglatadi. Origami deyilganda odatda to'rtburchakli qog'ozlarni buklab turli buyum va o'yinchoqlarni yasash tushuniladi. Origami san'at sifatida ilk m arotaba IX—XII asrlarda Yaponiyada paydo bo'lgan. XIX asrning ikkinchi varmiga kelib, bu san'at Yevropa mamlakatlariga ham tarqalib, rivoj topa boshladi. Har qanday buyumlarni yasashning izchil tizimiga ega chizma suratlar sifatida tasvirlash urfga kirdi. Zero, rasmlarga qarab qog'oz buklamlaridan turli buyum o 'y in ch o q lar yasash 4 —5 yoshli bolalardan tortib m aktabning boshlang'ich sinfi o'quvchilarining ham tasaw ur doirasini kengaytirishi, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini o'stirishi shubhasizdir. Bugungi kunga kelib, origami alohida am aliy sa n ’at turi sifatida butun dunyoda keng ommalashgan. «To‘tiqush» ni origami usulida yasash
1. Kvadrat shaklida qog'oz olamiz.
2. Dioganaliga buklaymiz.
3. Buklangan joydan burma hosil qilamiz.
4. Burma bo'ylab ikki uchi birlashtiriladi.
5. Buklangan qog'ozning har bir uchi orqaga qaytariladi.
6.Qavtarilganda avvalgi diagonalidan oshib ketmasligi kerak.
7. Bosh barm oq orasiga kirgizib ko'rsatkich barm oq bilan buklanadi va uning bosh qismi tayyorlanadi. Qushchaning umumiy shakli tayyor bo'ldi, shu shakldan o'zingiz xohlagan qushchangizni yasashingiz mumkin. Shakldagi bo'yalgan joylar qirqilsa, to'tiqush dumi, tumshug'idan qaychida ozgina chimdib, ichki tomonga mayda burmachalar hosil qilinib, ko'zi chizib qo'yiladi. To'tiqush tayyor. Kvadrat shaklidagi katta-kichikligi ixtiyoriy qog'ozni olib, diagonal bo'yicha lining markazini aniqlaymiz. So'ngra teng ikkiga buklaymiz, qolgan burchagining biri olinib, markaz tomoni bo'yicha buklanadi, orqa tomoni ham xuddi shunday buklanadi. Buklangan qismini ichki tom onga qarata buklab, boshqa burchagini 1 sm qayirib olinadi, pastki qog'ozning burchaklarini qayirib, buklab chiqiladi va chetidagi burchakka kirgizib qo'yiladi. Orqa tomoni ham xuddi shunday bajariladi. Mana, do'ppimiz tayyor, endi uni bezatishimiz kerak. Ingichka mo'yqalamni olib, oq rangga botiramiz, do'ppining to'rt tomoniga garmdori shakli chiziladi. Do'ppilarning gulidagi garmdori shaklining tasvirlanishi bolalar chidamli, qo'rqmas, matonatli, sabrli bo'lishi kabi ma’nolarni anglatadi. Qizlarimiz do'ppilarni turli ranglardan foydalanib, har xil gullar bilan bezatib chiqadilar. Bu esa qizlarning doimo guldek ochilib, chiroyli bo'lib yurishlarini ifodalaydi hamda bir yo'la ularning boshlarini oftob issig'idan asraydi. Buvijonlarimizning aytishlaricha, bosh kiyimni juda ehtiyot qilish kerak. Eskirganda ham tashlab yubormay, undan yana ro'zg'orda yordamchi buvum sifatida foydalanish mumkin. Qizlarimizning do'ppilariga gulni mana bunday chizamiz: gul o'rtasiga sariq rangli nuqta qo'yib, atrofiga qizil rangda gul yaproqlarini qo'yamiz. Agar uyingizda do'ppingiz bo'lsa, unga qarab gulni chizsangiz ham bo'ladi. Har xil rangdan foydalanayotganda mo'yqalamni yaxshilab yuvib, salfetkada artib olishni unutmang. Quyida «Origami», ya'ni qog'ozni buklash orqali do'ppi, baliq, to'tiqush, jirafa yasashni bosqichma-bosqich ko'rsatib o'tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |