Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari qog‘oz va kartonga ishlov berishning quyidagi usullarni o‘rganadilar:
Qog‘ozni turi, navi, rangi, o‘lchamiga ko‘ra tanlash.
Qog‘ozdan maketlar yasaganda qog‘ozga ishlov berishning eng oddiy usullari sifatida qog‘ozni o‘rtasidan buklab va to‘rt burchak qilib buklash (uzunasiga va ko‘ndalangiga).
Ingichka qog‘oz parchalarini to‘g‘rilash, bukilgan joylarini ikki tomonidan buklash.
45-90 gradus burchak qilib buklash.
Qog‘ozni buklab belgilangan chiziq bo‘yicha qaychi bilan qirqish, asbobni ushlash, xavfsizlik choralarini qo‘llash.
Qog‘ozni andoza bo‘yicha belgilash. Qalam bilan chiziq bo‘yicha od d iy belgilash.
Qaychi bilan kvadratlar, turli burchaklar, uchburchaklar, doiralar qirqish.
Qaychi bilan murakkabroq shakllar: barglar, qo‘ziqorinlar, mevalarni qirqish.
Qog‘ozdan qirqilgan applikatsiya detallariga yelim surtish usullari.
Applikatsiya detallarini yelimlab yopishtirish. Tayyor mahsulotlarni quritish.
Qog‘ozning yelim surtiladigan qismlarini oldindan ko‘chi rib buyum detallarini bir-biriga yopishtirish.
Turli o‘yinchoqlarni kvadrat asos va to‘g‘ri burchak asosidan bukib yasash.
Daftar, kitoblarni muqovalash.
Qog‘ozni buklash va turli shakllar yasash.
O‘quvchilar ishlov berilayotgan materiallarning xususiyatlarini hisob ga olib, ish usullaridan ongli foydalanishlari, mehnat jarayonida fan asoslarini o‘rganish vaqtida egallagan bilimlarini qo‘llashlari lozim.
Birinchi sinfda o‘quvchilar eng avvalo faqat mehnat darsi mash g‘u lotlaridagina emas, balki boshqa darslarda ham to‘qnash kela digan materiallar bilan tanishadilar. Bu barcha o‘quv anj om lari: daftarlar, kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari, bosiladigan qo g‘oz turlari – yoziladigan, muqova qilinadigan, bosma, rasm solinadigan, kitob va ro‘znoma qog‘ozlaridir. Ta’lim jarayonida o‘quvc hilar turli qog‘ozlarning asosiy jismoniy xususiyatlari, rangi, qalinligi, zichligi, siyohni sing dirish xususiyati, sathining xarakteri – silliq, g‘adir-budirligi bilan tanishadilar.
O‘quvchilar mashg‘ulotlarda qog‘oz varaqlarini buklaydilar va to‘g‘rilaydilar, ularni qismlarga bo‘lib yirtadilar va qirqadilar, bo‘yaydilar. Shu bilan birga qog‘ozni buklash yo‘l bilan turli xil narsalarning shak lini yasaydilar.
“Qog‘oz va karton bilan ishlash” o‘quvchilarni garmonik rivoj lantirishda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, rangli qog‘oz bi an ishlash ijodni rivojlantirshga yordam beradi, fantaziyani boyitadi, kuzatuvchanlik, diqqat va tasavvurni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi, qo‘l mehnati, chamalash va rangni sezishni o‘stiradi.
Qog‘oz va karton bilan ishlash mashg‘ulotlariga oldindan quyidagi cha tayyorgarlik ko‘riladi: stolning ustiga qog‘oz yozib, o‘ng tomoniga qaychi, yelim uchun cho‘tka, chizg‘ich, qalam, avtoruchka, old tomonlariga yelim, qiyqimlar uchun quti, chap tomonlariga, ish vaqtida xalaqit bermaydigan qilib rangli qog‘oz to‘plamini qo‘yadilar. Har bir mashg‘ulot oxirida o‘quvchilar keyingi mashg‘ulotda kerak bo‘ladigan narsalarni yozib oladilar.
O‘quvchilar ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishlari, o‘z ishlarini rejalashtira bilishlari, materialni tejamkorlik bilan sarflashlari, vaqtdan unumli foydalanishlari, o‘qituvchi ko‘rsatmalariga amal qilishlari, shu bilan birga ish joyini toza va ozoda saqlashlari, mashg‘ulotdan so‘ng sinfni tozalab qo‘yishlari kerak.
Barcha fanlarda qo‘llanilgani kabi mehnat darslarida ta’limning ko‘rgazmali vositalaridan foydalaniladi. Jumladan, mehnat darslarida turli xil namuna, rasm:, chizma, sxematik namuna, turli predmetlarning modellari, shuningdek texnika vositalaridan foydalaniladi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, qog‘oz va karton bilan ishlash mash g‘ulotlarida o‘quvchilar qog‘ozni buklash yo‘li bilan turli xil narsalarning shaklini yasashni ham o‘rganib boradilar. Ana shunday mashg‘ulotlar davomida o‘qituvchi quyidagi ko‘rgazmali qurollardan foydalanishi mumkin. Shu bilan birga o‘quvchilar bu ko‘rgazmalarning yasalish bosqichlariga rioya qilgan holda, dars davomida o‘zlari yasashlari ham mumkin.
Qog‘oz va karton faqat poligraf san’atidagina emas, balki, xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlarida ham keng qo‘llaniladi. Hozirgi kunda ishlab chiqarish sanoatida qog‘oz va kartonning ikki yuzga yaqin turi ishlab chiqarilmoqda.
Turli xil qog‘ozlardan kitoblar, oynomalar, ro‘znomalar chiqarish uchun foydalanishini barcha o‘quvchilar yaxshi biladilar. Shuning uchun ham mehnat ta’limi darslarida o‘qituvchi o‘quvchilarning diqqat-e’tiborini ular foydalanadigan qog‘ozning turmushda tez-tez uchraydigan va qo‘l mehnati darslarida ishlatiladigan turlariga jalb qilib borishi lozim.
Bu qog‘ozlarning turlari quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |