1-mavzu: «Pul va banklar» fanining predmeti va vazifalari. Pulning paydo bo`lishi, zarurligi va funksiyalari. Reja



Download 73,42 Kb.
bet4/12
Sana07.01.2022
Hajmi73,42 Kb.
#326091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu-pulning mohiyati va funksiyalari

Qog’oz pullar. Pulning bu turi haqiqiy pullarning vakili bo`-lib, pulning muomala funksiyasi rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan.

Qog’oz pullar yuzaga kelishining quyidagi bosqichlarini kelti-rish mumkin.

1-bosqich – tangalarning uzoq vaqt muomalada bo`lishi, qo`ldan-qo`lga o`tishi natijasida emirilishi;

2-bosqich – tangadagi metall tarkibining buzilishi. Davlat tomo-nidan ongli ravishda davlat xazinasiga tushumni oshirish maqsadida tangalar metall (oltin, kumush) miqdorining kamaytirilishi;

Bu bosqichda tanga tarkibining buzilishiga oltin, kumush va boshqa qimmatbaho metallarni qazib chiqarish qiyinligi, ular zaxi-ralarining kamligi ham sabab bo`lgan.

3-bosqich – davlat tomonidan emission daromad olish maqsadida xazina biletlarining chiqarilishi.

birinchi qog’oz pullar XII asrda Xitoyda chiqarilgan, deb ko`r-satiladi. Lekin tarixiy ma`lumotlarga qaraganda, 700 yillarda kumush tangalar chiqarilgunga qadar, Buxoro davlatida qog’oz materi-allardan pul sifatida foydalanilgan ekan.

Qog’oz pullar Amerika va evropada XVII- XVIII asrlarda, Ros-siyada 1769 yilda chiqarilgan.

Qog’oz pullar deb, hukumat tomonidan byudjet taqchilligini qoplash uchun chiqarilgan, metall pullarga almashtirilmaydigan, le-kin davlat tomonidan ma`lum kurs o`rnatilgan pul belgilariga ay-tiladi.

To`la oltin va kumushdan bo`lmagan tangalar muomalada pul si-fatida ishlatilsa-da, ularning nominal miqdori real miqdoridan farq qilgan. SHunday bo`lsa ham, bu tangalar ma`lum miqdordagi me-tallni ifodalagan. Qog’oz pullar bo`lsa, muomalaga chiqarilgan vaqt-da va keyin ham uzoq yillar davomida ma`lum bir miqdordagi oltin-ni o`zida ifoda qilgan. Ammo biror davlatning pulida metallning zarrasi ham bo`lmagan, ya`ni ular qiymatni belgilab bergan, xolos.

Qog’oz pullarning emitenti davlat xazinasi yoki emission bank hisoblanadi.

O`zbekiston Respublikasida muomalaga pul belgilarini O`zbe-kiston Respublikasi Markaziy banki chiqaradi. Qog’oz pullarning tabiati ularning inflyatsiyaga moyilligini ko`rsatadi. Qog’oz pullar-ni muomalaga chiqarishda pul muomalasi qonuni talablarini e`ti-borga olish kerak. Lekin amaliyotda har doim ham shu talablar e`ti-borga olinavermaydi. Pul muomalaga tovar aylanmasi ehtiyojini qoplash uchungina chiqarilishi kerak. Haqiqatda pul yuqoridagidan tashqari, byudjet taqchilligini, davlatning boshqa xarajatlarini qoplash uchun ham chiqariladi, ya`ni emissiya miqdori tovar aylan-masi bilan cheklanmasdan davlatning moliyaviy resurslarga bo`lgan talablariga ham bog’liq bo`ladi. Bu, albatta, muomaladagi pul massa-sining o`zgarib turishiga, aksariyat hollarda uning muomalaga kera-gidan ortiqcha chiqib ketishiga olib keladi. Natijada pulning bar-qarorligiga putur etadi, uning qadri tushadi, xalqning davlatga bo`lgan ishonchi pasayadi, to`lov balansining barqarorligi yo`qoladi, (passiv qoldiq hajmi ortadi) milliy valyuta kursi tushadi va h. k.

Ishlab chiqarish va tovar aylanmasining rivojlanishi, metall pullarning etishmasligi kredit munosabatlarining rivojlanishiga olib keladi. Tovar va to`lov aylanmasining ehtiyojini qoplash maq-sadida muomalaga oltin, kumush tangalar bilan bir qatorda kredit vositalari: chek, veksel, banknotalar chiqarilgan.

Kredit pullar deb kredit munosabatlar asosida yuzaga keluvchi, to`lov vositasini bajaruvchi qiymat belgilariga aytiladi.

Kredit pullar o`zining mustaqil qiymatiga ega emas, chunki ularni yaratish uchun abstrakt zaruriy mehnat sarflanmaydi. Kredit pullar qog’oz pullardan farq qilib, ular bir vaqtning o`zida qiy-matni ifodalaydi va u kredit hujjat bo`lib, kreditor va qarz oluv-chi o`rtasidagi iqtisodiy munosabatni aks ettiradi. Kredit pullar-ning asosiy turlaridan biri vekseldir.

Veksel – bu qarzdorning (oddiy veksel) yoki kreditorning (o`t-kazma veksel - tratta) ko`rsatilgan summani, ko`rsatilgan vaqtda va joyda to`lash to`g’risidagi yozma majburiyati hisoblanadi.

Tijorat veksellarning oddiy va o`tkazma turlari mavjud. Un-dan tashqari, ma`lum summani qarzga berish bilan bog’liq bo`lgan mo-liyaviy veksellar mavjud. Moliyaviy vekselning bir turi xazina vek-sellari bo`lib, ularda davlat qarzdor sifatida ishtirok qiladi.

YAna veksellarning o`rtoqlik, bronza veksel turlari mavjud.

Banknota – kredit pullarning etakchi vakillaridan bo`lib, Mar-kaziy bank tomonidan, veksellarni hisobga olish yo`li bilan chiqari-ladi.

O`tmishda banknota muddatsiz majburiyat bo`lib, xohlagan vaqt-da uni bankka topshirib, o`rniga unda ko`rsatilgan summaga oltin yoki kumush olish mumkin bo`lgan.



Veksel banknotadan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:

– veksel ma`lum muddatni o`zida ifodalaydi (3-6 oy muddatga ega bo`lgan veksel), banknota ma`lum muddat bilan chegaralanmaydi.

– veksel bo`yicha vekselni bergan tomon uni to`lashni kafolat-lasa, banknotada uni to`lashni davlat (davlat banki) kafolatlaydi.

Banknota qog’oz pullardan quyidagilar bilan farq qiladi:

– kelib chiqishi bo`yicha qog’oz pullar asosan muomala vositasi funksiyasini bajarish asosida, banknotalar to`lov vositasi funk-tsiyasi asosida kelib chiqqan:

– almashinuvi bo`yicha, banknotalar oldin oltin va kumushga al-mashtirilgan, qog’oz pullar esa metallarga hech qachon almashtirilma-gan;

– emissiya qilinishi bo`yicha qog’oz pullarning banknotalardan farqi bo`lgan (xazina biletlarini Moliya vazirligi, banknotalarni Markaziy bank chiqargan)va h. k.

Hozirgi zamon banknotalari oltinga almashilmaydi. Lekin ular quyidagi yo`llar bilan pul muomalasiga kelib tushadi:

– xo`jaliklarni bank tomonidan kreditlash orqali berilgan kre-ditlarning bir qismi muomalaga kirib keladi;

– davlatni kreditlash. YA`ni banknotalar davlatning qarz majbu-riyati sifatida muomalaga chiqadi;

– aktiv to`lov balansiga ega bo`lgan davlatlarda rasmiy valyuta zaxiralarining o`sishi orqali va boshqalar;

CHek veksel va banknotadan keyin paydo bo`lgan kredit vosita-si hisoblanib, to`lovchining o`z bankiga uning schyotidan mablag’ni oluvchining schyotiga o`tkazib qo`yish to`g’risidagi buyrug’idir.

Birinchi cheklar taxminan 1683 yillarda Angliyada qo`llanila boshlagan.

CHekning quyidagi turlari mavjud:

1. Ismi yozilgan chek – bu chek bir kishi nomiga yoziladi va uni boshqaga berish mumkin emas.

2. Orderli chek – bir kishi nomiga yozilgan va uni indossament bo`-yicha boshqa shaxsga berish mumkin.

3. Ko`rsatilganda to`lanishi lozim bo`lgan chek.

4. Hisob cheki – naqd pulsiz hisob-kitoblarda qo`llaniladigan chek.

5. Aktseptlangan chek – bank chekni to`lash bo`yicha rozilik beradi va boshqalar.

CHek yordamida bankdan naqd pul olish mumkin. U bilan to`lov-larni va boshqa hisob-kitoblarni amalga oshirish mumkin.

Hozirgi vaqtda kredit pullarning zamonaviy turlari sifatida elektron pullar va kredit kartochkalardan foydalanilmoqda.

Banklar faoliyatida eHM lardan foydalanish elektron pullar yordamida qarzlarni to`lashni tezlashtiradi. AQSHda pul mablag’lari-ning elektron o`tkazish tizimi – eFTS (Electronicfunds Transfert System) aylanmaning samarali bo`lishini ta`minlamoqda.

Hozirgi zamon amaliyotida qo`llanilayotgan kredit kartochkalar naqd pullar o`rniga hisob-kitoblarni olib borish uchun chiqarilgan bo`lib, ular juda qulay va bir qator afzalliklarga ega. Kredit kar-tochka bilan barcha turdagi chakana savdo va xizmatlarga haq to`lash mumkin. Hozirgi vaqtda kredit kartochkalar bank, savdo xizmatlari-ni to`lashga mo`ljallangan.


Download 73,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish