1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja


Xarakterning fiziologik asoslari



Download 450,02 Kb.
bet58/67
Sana07.04.2022
Hajmi450,02 Kb.
#534038
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   67
Bog'liq
1-mavzu Psixologiya haqida tushuncha. Reja

Xarakterning fiziologik asoslari
Ma’lumki nerv sistemasining tipi oliy nerv faoliyati­ning tug‘ma xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Biroq kishining fiziologik tabiati doimiy bo‘lib qolmaydi. I.P. Pavlov nerv siste­masining tipi (temperament) va xarakterning bir-biriga muno­sabati haqida gapirib bunday deb yozgan edi: «Tip hayvon nerv faoliyatining, tug‘ma organizmning konstitutsiyaga bog‘liq turi genotikdir, lekin hayvon tug‘ilgan kunidan boshlab atrofdagi sharoitning xilma-xil ta’siriga uchrashi, shu ta’sirlarga faoliyat bilan, ko‘pincha butun umr mustahkam bo‘lib qoladigan faoli­yat bilan, muqarrar suratda javob berishi lozimligi sababli hay- vonning mavjud nerv faoliyati tipining xususiyatlari va tashqi muhit taqozo qilgan o‘zgarishlar qorishmasidan, fenotipdan, xarakterdan iboratdir».
Garchi I.P. Pavlov hayvonlar to‘grisida gapirgan bo‘lsa ham, muhitning bu xil ta’sirlarini odam ham his qiladi. Shuni esda tutish kerak-ki kishi nerv faoliyatining shakllanishiga faqat I signal sistemasigina emas, balki II signal sistemasi ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
Shunday qilib, garchi nerv sistemasining tug‘ma tipi tempe­rament xarakterning asosi bo‘lsa ham biroq uni muvaqqat nerv aloqalariga va ularning murakkab sistemalariga xos xususiyatlar belgilab beradiki, ularga inson o‘z hayoti va faoliya­ti jarayonida ega bo‘ladi. Tuyg‘ularning paydo bo‘lishi, psixik jarayonlar hamda harakatlarning o‘tish tezligi asosan temperamentga bog‘liq bo‘lib bu albatta kishining xarakterida aks eta­di. Oqibat natijada tug‘ma sifatlar emas, balki ijtimoiy sharoit, ya’ni muhitning ta’siri, kishining u yoki bu xarakteriga ega bo‘lishining asosiy sababi hisoblanadi.
Xarakterda munosabatning ifodalanishi
Kishining atrofdagi voqelikka munosabati nuqtayi nazaridan xarakter xususiyatlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

  1. Shaxsning jamoadagi boshqa kishilarga munosabatini ifodalovchi xususiyatlar: mehribonlik, saxiylik, samimiylik, hurmat-ehtirom, talabchanlik kabilar. Pismiqlik, takabburlik, beparvolik, toshbag‘irlik, ichidan pishganlik, dag‘allik kishilar­ga nafrat bilan qarash kabi qarama-qarshi xususiyatlar bo‘ladi.

  2. Shaxsning mehnatga, o‘z ishiga munosabatini ifodalovchi xususiyatlar: mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, mas’uliyatlik va aksi.

  3. Kishining narsalarga munosabatini xarakterlovchi xususi­yatlar: ozodalik, tejamkorlik, sarishtalik va aksi.

  4. Shaxsning o‘z-o‘ziga munosabatini aks ettiruvchi xususiyatlar: o‘z qadr-qimmatini bilish tuyg‘usi, kamtarlik, mag‘rurlik, uyatchanlik, jizzakilik, xudbinlik, egotsentrizm (o‘z-o‘zini hamisha o‘z diqqat markazida tutish) va h.k.

Xarakter xususiyatlari. Shaxsning ijobiy va salbiy xususiyat­lari farqlanadi. Xarakter xususiyatlariga baho berganda ulardan har birining axloqiy mazmunini hisobga olish kerak. Masalan, mehnatsevarlik xarakterning ijobiy xususiyatidir, lekin agar u xudbinlik maqsadlarila, chunonchi, shaxsning boshqalar hisobi- ga boyishiga xizmat qilsa, bu shaxsning salbiy xususiyati bo‘ladi. O‘z vatani uchun faxrlanish yaxshi xususiyatdir, lekin kishi o‘z- o‘zidan haddan tashqari mag‘rurlansa, manmanligi bilan ajralib tursa bunday faxrlanish xarakterning salbiy xususiyatidir.
Xarakterning ijobiy xususiyatlari orasida axloqiy xususiyatlar muhim o‘rin egallaydi. Axloqiy xususiyatlar axloqiy tuyg‘ularga asoslangan bo‘lib, kishining jamiyat talablariga javob beradigan ma’naviy xulq-atvorini belgilab beradi. Odamdagi xarakter xu­susiyatlari uning o‘zi uchun ham, atrofdagi kishilar uchun ham juda katta ahamiyatga ega. Biror kishi haqida: «Uning yaramas xarakteri bor» deganlarida, odatda bunday kishidan o‘zlarini olib qochadilar, uning do‘stlari bo‘lmaydi, oilada ko‘pincha u bilan birgalikda hayot kechirish mumkin bo‘lmay qoladi. Ijobiy xarakter xususiyatlariga ega kishi esa odatda atrofdagi kishilarning, do‘stlarining mehri va izzatiga sazovor bo‘ladi. Ayrim kishilar xarakterni yaxshi tomonga o‘zgartirib bo‘lmaydi deb hisoblaydilar. Salbiy xususiyatlarga ega kishi ba’zan o‘zi haqida; «Xarakterim shunday bo‘lgandan keyin nima qilishim kerak? O‘z xarakterimdan o‘zim ham rozi emasman, lekin hech nar­sa qilolmayman», — deydi. Bu noto‘g‘ri. Darhaqiqat, o‘z xarak- terini o‘zgartirish, salbiy xususiyatlardan xalos bo‘lish va o‘zida ijobiy xususiyatlarni tarbiyalash murakkab vazifa bo‘lsa ham, lekin amalga oshirib bo‘ladigan vazifadir. Buning uchun avvalo o‘z ustida ishlashni, xarakterni tarbiyalash va qayta tarbiyalash ustida ishlashni qat’iy va keskin maqsad qilib qo‘yish kerak, or- tiqcha manmanlikdan qutulish, o‘z kamchiliklarini aniq ko‘rish uchun o‘ziga tanqidiy jihatdan qarashga, xulqiga jiddiy muno­sabatda bo‘lishga harakat qilishi kerak.
Xarakterni tarbiyalash. O‘z xatolarini sezmaydigan yoki se zishni istamaydigan kishi hech mahal o‘z ustida muvaffaqiyatli ish olib bora olmaydi. Ko‘pincha kishining o‘zi o‘z sifatlariga xolis baho berishi qiyin bo‘ladi. Shuning uchun ham boshqalarning fikriga quloq solish, to‘g‘ri tanqiddan xafa bo‘lmaslik, ko‘p narsaning chetdan yaxshiroq ko‘rinishini esda tutish lozim.
Boshqalarda mavjud salbiy sifatlarni sezgach, hamisha o‘zingga ham qarashing, o‘zingda shunday kamchiliklar bor-yo‘qligini bitishing kerak. Ba’zan bu sifatlar o‘zingga yomon bo‘lib tuyilmaydi, bu sifatlarni boshqalarda ko‘rganingda esa, ular kam- chiliklar ekanligi, ulardan qutulish lozimligi aniq bo‘ladi.
O‘z ustida muvaffaqiyatli ish olib borishning asosiy shartlaridan biri yaxshi tomonga o‘zgarishga ahd qilishdangina iborat bo‘lmasdan, balki shu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan konkret ishlarni ham bajarishdir. O‘zida zarur xulq-atvorni tarbiyalash uchun ko‘p marta mashq qilish zarur, toki shu takrorlashlar natijasida miya po‘stlog‘idagi tegishli bog‘lanishlar mustahkamlansin va kishi hamisha lozim harakatlarni qilish ehtiyojiga ega bo‘lsin.
Xarakter ko‘p jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalash natijasidir. Xarakterda kishining odatlari jamlanadi. Xarakter xususiyatlari o‘zgaruvchan bo‘lishiga qaramay, har bir shaxs va millatning o‘ziga xosligini ifodalovchi shunday barqaror sifatlar ham bo‘ladiki, ular yillar, hatto asrlarga ham dosh beradi. Masa­lan, bu milliy xarakterga taalluqlidir. O‘zbeklar xarakterida asrtar davomida saqlanib kelayotgan samimiylik, mehmonnavozlik, ibo, sharm-hayo, takaltuf, mehnatsevarlik kabi sifatlar avloddan avlodga o‘tib, ma’naviy qadriyatlarga aylanib qolgan, o‘zbekning o‘zligini namoyon qiluvchi barqaror xususiyatlardir. Xarakter odamlar faoliyatida namoyon bo‘ladi, ammo shu faoli- yatida shakllanadi. Shaxsning irodaviy sifatlarini tarbiyalashda intizom, kun tartibiga rioya qilish katta ahamiyatga egadir.
O‘z-o‘zini tarbiyalash o‘spirinlik yoshida ayniqsa samara- li bo‘lishini ta’kidlab o‘tish zarur. Xuddi ana shu vaqtda kishi­da o‘zini anglash rivojlanadi. Yigit va qiz hayotdan ko‘zlagan maqsadlari to‘g‘risida bosh qotiradilar, o‘zlariga va boshqalarga tanqidiy tomondan yondasha oladilar, ularda o‘z ustilarida ishlash, jamiyat uchun foydali kishilar bo‘lib yetishish ista gi tug‘iladi.
Lekin bu narsa kishi katta bo‘lgach, o‘zini yaxshi tomonga qarab o‘zgartira olmaydi, degan gap emas. Kishi o‘zining odat bo‘lib qolgan xatti-harakatlari, ishlari bilan o‘z xarakterini bu­tun hayoti davomida tarkib toptirib boradi.

Download 450,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish