37-mavzu: Xarakter. Bolalar xarakter hislatlarining o`ziga xosligi.
Reja:
1.Xarakter haqida umumiy tushuncha.
2.Xarakterning fiziologik asoslari.
3.Xarakterda munosabatning ifodalanishi. K.Yungning xarakter tipini aniqlash metodikasini o’tkazish.
Tayanch tushunchalar:Bolalar xarakter hislatlarining o`ziga xosligi.Bolalardagi ijobiy, salbiy, axloqiy xarakter hislatlarining o`ziga xosligi. Xarakterni tarbiyalash, o’z xarakteri ustida ishlash.
Xarakter haqida umumiy tushuncha
Kishi jamiyatda yashab, biror faoliyat bilan shug‘ullanar ekan, o‘zini shaxs sifatida namoyon qiladi, o‘zining atrof- muhitga, odamlarga, o‘z ishiga va o‘z-o‘ziga munosabatini ifodalaydi. Ba’zan ana shu munosabatning ko‘rinishlari odat- dan tashqari, tasodifiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, maktab o‘quvchisi o‘z o‘rtoqlari uchun kutilmaganda arzimagan narsadan jahli chiqib ketadi. O‘rtoqlari uning bu xulqidan taajjublanadilar, chunki odatda bu bola yuvosh, xushmuomala edi. Uning uchun qo‘pollik tipik hodisa emas edi. Boshqa bir o‘quvchi ko‘pincha atrofdagilar bilan keskin va qo‘pol muomalada bo‘ladi. Bu narsa uning uchun tipik barqaror, bir necha marta takrorlangan xususiyat bo‘lib, bu uni shaxs sifatida xarakterlab beradi. Shuning uchun ham mazkur xu- susiyatni uning xarakteriga xos xususiyatlardan biri deb hisob lash mumkin.
Jamiyat a’zosi, kishining voqelikka munosabatida vujudga keladigan va uning xulq-atvori hamda harakatlarida ta’sir qoldiradigan muhim, barqaror psixik xususiyatlarning majmui xarakter (yunon. charaktir — belgi, nishon, xislat) deyiladi.
Ba’zan «xarakter» degan so‘z bilan iroda kuchini, qat’iylikni yoki boshqa kishilar bilan muomala qilgandagi keskinlikni ifodalaydilar, «xarakterli kishi» deydilar. Aksincha irodasi zaif kishini «xaraktersiz kishi» deb ataydilar. Ilmiy nuqtayi nazar- dan qaraganda, bu ta’riflar noto‘g‘ridir, chunki «xaraktersiz» kishida ham xarakter bor.
Xarakter hamisha shaxsning o‘ziga xos sifatlarini (nisbatan juda oz mustasnolar bilan) belgilab beradi. Shuning uchun ham xarakter kishining biror hayotiy vaziyatda o‘zini qanday tutishini oldindan ko‘rish imkonini beradi. Xarakterdagi ko‘p narsa kishining dunyoqarashiga, uning e’tiqodiga va ide- allariga, ijtimoiy ahvoliga, atrofdagi muhitning ta’siriga bog‘liq bo‘ladi. Turli ijtimoiy guruhlarga mansub kishilarning xarakterlaridagi farqlarning sababi ana shundadir.
Xarakter shaxsning individual xususiyatidir. Xarakterlari mutlaqo bir xil ikki kishini topib bo‘lmaydi, lekin ayrim kishilarning xarakteridagi ko‘p narsalar bir guruh kishilar uchun yoki hatto butun jamiyat uchun tipik bo‘lishi mumkin. Ma’lumki xarakter to‘g‘risida faqat yetakchi, asosiy xususiyatlarga qarab fikr yuritish mumkinligi, bu xususiyatlar muayyan shaxsning kim ekanligini hamma narsadan ko‘ra ko‘proq belgilab beradi. Shuning uchun ham yozuvchilar o‘z qahramonlarini ta’riflar ekanlar, ularning asosiy, tipik xususiyatlarini ko‘rsatishga intiladilar. Kishi faoliyatida qanday psixik jarayonlar ustun turishi- ga qarab xarakter xususiyatlarini intellektual, emotsional va iroda xususiyatlariga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |