1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja



Download 450,02 Kb.
bet61/67
Sana03.05.2023
Hajmi450,02 Kb.
#934215
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   67
Bog'liq
1-mavzu Psixologiya haqida tushuncha. Reja

Nazorat savollari:

  1. Qobiliyat deb nimaga aytiladi? U nimalarda namoyon bo‘ladi?

  2. Layoqat nima?

  3. Qobiliyatning qanday turlari bor?

  4. Iste’dod va iqtidor haqida tushuncha bering, ularning farqi nimada?

Layoqatni rivojlantirish uchun ta’lim tizimida qanday ishlar olib borilmoqda
39-mavzu: Bolalarni maktabdagi ta’lim jarayoniga psixik jihatdan tayyorlash.
Reja:
1.Bolalarni maktabdagi ta’lim jarayoniga jismoniy, aqliy va ijtimoiy-psixologik tayyorlashning psixologik tomonlari va unga qo’yiladigan talablar.
2. Bolalarni maktabdagi yangi munosabat shakllariga va yangicha bilish faoliyatiga tayyorlash vazifalari.
3.O’qish ehtiyoji va motivlarining o’zgarishi. Bilish faoliyati sohasida bolaning maktabdagi ta’lim jarayoniga tayyorligi.
Tayanch tushunchalar:Bolalarni maktabdagi ta’lim jarayoniga psixik jihatdan
tayyorlash
Maktabga borish bolalarning hayotida juda katta voqeadir. Maktab hayoti bolalarga yangi bir dunyoni ochib beradi, mak­tab davrida bolalarning asosiy faoliyatlari o‘zgaradi. Maktab yoshidan boshlab bolalarning asosiy faoliyatlari va vazifalari o‘qish, fan asoslarini puxta o‘zlashtirish bo‘lib qoladi.
Yetti yoshli bolalar uchun yangi faoliyat bo‘lgan o‘qish ulardan yangi sifat, yangi xususiyatlarga ega bo‘lishlarini ta­lab qiladi. O‘qish faoliyati uchun bolalarda barqaror diqqat, o‘tkir zehn, mustahkam xotira, tafakkur, yaxshi nutq, iroda va shuning bilan birga mustaqillik, ishchanlik, tartiblilik his- lari bo‘lishi kerak.
Bolalarning maktabga o‘tishlari ularning ilk yoshdan bog‘chaga o‘tishlariga qaraganda murakkab bosqichdir. Bola­lar maktabga o‘tishlari natijasida ularning ijtimoiy holatlarida ham o‘zgarish yuz beradi. Masalan, yetti yoshga yaqinlash- gan bolalar bog‘chada «katta», ya’ni katta guruh bolalari deb hisoblanar edi. Maktabga o‘tishlari bilan yana «eng kichkinalar» qatoriga tuihib qoladilar. Yetti yoshdagi bolalarning maktabga o‘tishlari bilan yuzaga keladigan ana shunday jiddiy o‘zgarishlarni nazarda tutib, ularni maktabdagi yangi hayotga har tomonlama tayyorlash kerak.
Ma’lumki, bolalar bog‘chasining asosiy vazifalaridan biri bolalarga har tomonlama tarbiya berib, ularning taraqqiyot darajalarini maktabda o‘qiy oladigan qilishdan iboratdir. Bu esa, o‘z navbatida maktabdagi o‘qish bilan bog‘chadagi ta’lim- tarbiya o‘rtasida ma’lum izchillik bo‘lishini talab qiladi.
Bog‘chada bolalarning jismoniy o‘sishlariga qanchalik e’tibor berilsa, ularning aqliy va axloqiy o‘sishlariga ham shunchalik e’tibor beriladi. Bolalarning maktabga chiqishlari doimo nazar­da tutilib ular bilan o‘tkaziladigan ta’limiy mashg‘ulotlarda bolalarning idroki, diqqati, tasavvur va xotiralari, xayol hamda tafakkurlari, irodaviy sifatlari izchil ravishda taraqqiy ettirib boriladi. Bolalarni maktabdagi o‘qish jarayoniga tayyorlashda ularning nutqini o‘stirish juda zaruriy shartlardandir. K.D. Ushinikiyning ko‘rsatishicha, bolalarning nutqni egal- lashlari ularning maktabdagi o‘qishga tayyor ekanliklarini ko‘rsatuvchi eng ishonchli dalildir. Shuning uchun tayyorlov guruhi bolalarini maktabdagi o‘qishga tayyorlashda ular­ning o‘z ona tillarini yaxshi, puxta o‘rganishlariga, ya’ni so‘z boyligini orttirishga, to‘g‘ri talaffuz qilishlariga va to‘la hamda to‘g‘ri jumla tuza olishlariga ahamiyat berish kerak.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda ularning qiziqishlaridan foydalanish lozim. Katta guruh bolalari maktab hayoti bilan juda qiziqa boshlaydilar. Bolalardagi bunday qiziqishni tarbiyachi qo‘llab-quvvat- lashi va yanada orttirib borishi kerak. Buning uchun mak­tab va unda o‘qish haqida qiziqarli suhbatlar o‘tkazish ham­da yaqin atrofdagi maktabga ekskursiya uyushtirish yaxshi natija beradi. Bog‘chalardagi yetti yoshga to‘lgan bolalar­ning hammasi ham maktabdagi o‘qish mashg‘ulotlariga bab-baravar tayyor bo‘lavermaydi. Ayrim bolalar maktab­dagi yangi sharoitga tez kirishib keta olmaydi. Ularda o‘qish mashg‘ulotlari (dars) uchun qandaydir bir xususiyat yetishmayotgandek ko‘rinadi. Bu o‘rinda shunday bir savol tug‘iladi. Bolalarni qay paytda psixologik jihatdan maktab­dagi o‘qish jarayoniga tayyor deb hisoblash mumkin? Ay­rim psixologlarning fikricha, bola maktabda o‘qish uchun atrofdagi narsa va hodisalarga doir anchagina tasavvur va tushunchalarga ega bo‘lishi hamda ma’lum darajada aqliy jihatdan o‘sgan bo‘lishi lozim. Lekin bu bolaning o‘qishga tayyor ekanligini aniqlashda hal qiluvchi omil emas, chun­ki bu yerda yosh masalasi ham bor.
Yetti yoshga to‘lish davri bog‘cha yoshi davrining tugal- lanishi va o‘smirlikning boshlanishi davriga to‘g‘ri keladi. Xuddi ana shu davrdan boshlab bolalarda o‘z-o‘zini anglash tarkib topa boshlaydi. Shuning uchun ham shu davrdan bosh­lab bolalarni izchil o‘qitishga o‘tish maqsadga muvofiqdir. K.D. Ushinskiyning fikricha, bolaning maktabdagi o‘qish faoliyatiga tayyorligi ayrim psixik jarayonlarning taraqqiyot darajasi bilangina emas, balki bola shaxsining umumiy taraq- qiyot darajasi bilan aniqlanadi.
Shunday qilib, bolaning maktabdagi o‘qishga tayyor­ligi shaxsning ijtimoiy yetuklik bosqichlaridan biridir. Lekin ijtimoiy tarqqiyotning bunday yetuklik bosqichiga bola o‘z-o‘zidan ko‘tarilmaydi. Uni bu bosqichga bog‘chadagi va oiladagi butun ta’lim-tarbiya ishi ko‘taradi. Bola yetti yosh­ga to‘lganda u jismoniy jihatdan ancha o‘sadi, o‘zini idora qi­lishga, nojo‘ya xatti-harakatlardan o‘zini tiyishga, xulq-atvor qoidalarini o‘zlashtirishga harakat qiladi. U o‘zini bemalol eplaydigan bo‘ladi, o‘z kuchiga yarasha mehnat qila oladi, ja­moada yashashga ko‘nika boshlaydi. Bu davrda bolaning tur­mush tajribasi anchagina ortadi, ko‘p narsalarning nomini va ulardan qanday foydalanishni biladi. Xotirasi va tasavvurlari o‘sib, ko‘pgina she’r va hikoyalarni yoddan bilib oladi. Yetti yoshli bolaning nutqi ma’lum darajada rivojlanib, so‘z zaxirasi ko‘payadi. Natijada u o‘z o‘rtoqlari va kattalar bilan erkin suhbat qila oladigan bo‘ladi.
Yetti yoshga to‘lgan bolalarda turli harakatlar ham mustahkamlanadi. U qaychi, igna, qalam, ruchka kabi ish qurollaridan foydalanish malakasini egallay boshlaydi. Biroq bu davrda ham bolada beixtiyor aktivlik hali ustunlik qiladi. Shu sababli bolani qiziqtiradigan yoki unga kuchli ta’sir qiladigan narsalar uning diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Bola maktabga chiqqanidan keyin ham uning hayotida o‘yin juda katta o‘rin egallaydi. Bola o‘qish mashg‘ulotlaridan bo‘sh paytida har xil o‘yinlarni o‘ynashda davom etaveradi. O‘yin jarayonida bola o‘z-o‘zini ido­ra qilishga, o‘z harakatlarini o‘yin qoidalariga bo‘ysundirishga, javobgarlikni sezishga, jamoa manfaatini ustun qo‘yishga odat-lanadi. O‘yin va bog‘chadagi didaktik mashg‘ulotlar jarayonida bolalarning aql-idroki, xotira va tafakkuri o‘sadi. Bular, o‘z navbatida, bolaning maktabda o‘qiy olishi uchun psixologik zamin tayyorlaydi. Bunday zaminni tayyorlash va mustahkamlashda, albatta, oilada hamda bolalar bog‘chasida olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlari hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
Bolalarda 5—6 yoshdan ijtimoiy ong tarkib topa boshlaydi. Bolalar o‘zlari yashab turgan ijtimoiy muhitda o‘z o‘rnini belgilashga, kattalar bilan yanada yaqinroq munosabatlarga kiri- shishga intiladilar. Katta guruh bolalari maktabga chiqishdan ancha ilgariroq maktab haqida orzu qiladilar, maktabda nimalar bo‘lishini kattalardan so‘rab surishtira boshlaydilar. Maktabga borish vaqtini sanaydilar. Agar birorta o‘rtoqlari maktabga o‘tib ketsa o‘zlari bog‘chada qolganliklaridan o‘ksinib yuradilar. Katta yoshdagi bog‘cha bolalarining mak­tabga intilishi ijtimoiy munosabatlar doirasida yangi mavqeni egallashga intilayotganidan dalolat beradi. Ta’limga psixo­logik tayyorgarlik deganda bolaning obyektiv va subyektiv tayyorgarligi nazarda tutiladi. Bola maktab ta’limiga avval psixologik jihatdan tayyorlanadi, uning psixikasi bilim olishga yetarli darajada rivojlanadi. Shu yoshdagi bola idroki­ning o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, bolaning qiziquvchanligi, ishonuvchanligi, dilkashligi, xayrixohligi, tafakkurining yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi.
Ko‘rib turganimizdek, bolalarning maktabga psixologik jihatdan tayyorligi faqatgina uning o‘qish va yozishni bilishi bi langina baholana olmaydi.
Olti yoshli bolaning maktabga psixik jihatdan tayyorligi haqida gapirilganda ko‘pincha ma’lum reja asosida, tartibli, ko‘p qirrali maqsadga yo‘naltirilgan o‘zaro munosabatlarga asoslangan mantiqiy bog‘liq, izchil boshlang‘ich ta’limga zamin vazi­fasini o‘tovchi o‘sish darajasi nazarda tutiladi. Bundan tashqari bolaning oilaviy sharoiti, sog‘ligi, jismoniy o‘sish darajasi, oddiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirganlik darajasi kabi omillar ham nazarda tutiladi. Bolani o‘rab turgan ijtimoiy muhit, ta’lim- tarbiya jarayoni va yuqorida aytib o‘tilgan tayyorlik darajasi maktab ta’limiga tayyorgarlikning obyektiv tomoni hisoblansa, bolaning maktabga intilishi, qiziqishi, istagi, muloqotchan-ligi kabilar subyektiv tomoni hisoblanadi. Olti yoshli bolalar maxsus ravishda joylarda tashkil qilingan tashxis markazlarida suhbatdan o‘tkaziladi.
Tashxis markazlarida faoliyat ko‘rsatuvchi psixologlar turli uslublar, testlar, so‘rovnomalar yordamida har bir bolaning o‘ziga xos psixik xususiyatlarini aniqlab beradi. Bunda psixo­log bolaning individual xususiyatlarini, sog‘ligini va psixik to­mondan sog‘lomlik holatlarini, psixik jarayonlari, xususiyat­lari, holatlarini aniqlab beradi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da bolalarning rivojlanishi va maktabga tayyorlash dasturining asosiy vazifalari: «Bolalarni har tomonlama yetukligi, ularning qobiliyatlari, intilishlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda maktab ta’limiga tayyorlash hamda milliy, umuminsoniy qadriyatlarga, mustaqillik g‘oyalariga sodiq holda voyaga yetib borishini ta’minlashdan iborat»dir. Bolaning maktabga tayyorligi davlat me’yoriy hujjatlari bilan aniqlanadi. Davlat talablarining asosiy maqsadi yosh avlodni milliy istiqlol mafkurasi asosida sog‘lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalashdan va maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir:
Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy, tub o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani maktabgacha ta’lim muassasasi- da yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash, bolaning yosh xususiyatiga doir bilim, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo‘ladi. Bunday tanishtiruv, moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklaridan xalos bo‘lishga yordam beradi.
Bolaning maktabga tayyorgarligi undagi idrok, kuzatish, xotira, tafakkurning rivojlanishi, vaqt va fazoviy tushunchalar olami, ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarning shakllanishi bilan belgilanadi.
Maktabga tayyor bo‘lmagan bolalar o‘qituvchiga birmuncha qiyinchiliklar olib keladi. Ularning yarmidan ortig‘i keyinchalik o‘zlashtirmovchilar qatoriga qo‘shiladilar. Birinchi sinf dasturida berilgan bilimlarni oldindan egallagan bolada ham maktabda o‘qishga nisbatan qiziqish so‘nadi. Mana shularning hammasi o‘qituvchining psixodiagnostik mahorati bi­lan belgilanadi. Bu mahorat o‘qituvchining odamlarni ajrata olish xususiyatida ko‘rinadi.
Bolalarning psixik jihatdan maktabga tayyorligini aniqlashda quyidagi testlardan foydalanish mumkin.


  1. Download 450,02 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish