Nazariy va amaliy qobiliyatlar bir-biridan birinchisining insondagi abstrakt-nazariy fikrlashga, ikkinchisining esa – aniq amaliy faoliyatga moyilligini belgilab beradilar.
Qobiliyatlar, shuningdek, o‘quv va ijodkorlik qobiliyatlariga bo‘linadi. Ular bir-biridan, birinchisining o‘qitish samarasini, inson tomonidan bilim, malaka va ko‘nikmalarning o‘zlashtirilishini belgilashi bilan, boshqalarining kashfiyotlar, moddiy va ma’naviy madaniyatning yangi shakllarini yaratish imkoniyatini belgilashi bilan farq qiladi.
Qobiliyatlar rivojlanishi uchun sharoitlarning mavjudligi yoki mavjud emasligiga ko‘ra, ular yashirin va dolzarb bo‘lishi mumkin.
YAshirin qobiliyatlar sifatida ma’lum faoliyat turida joriy qilinmaydigan, lekin ijtimoiy sharoitlarning o‘zgarishida dolzarb qobiliyatga aylana oladigan qobiliyatlar tushuniladi. Dolzarb qobiliyatlarga ayni damda zarur bo‘lgan va aniq faoliyat turida joriy qilinadigan qobiliyatlar kiritiladi. YAshirin va dolzarb qobiliyatlar inson qobiliyatlari rivojlanadigan ijtimoiy sharoitlar xarakterining bilvosita ko‘rsatkichlari sifatida namoyon bo‘ladi. Aynan ijtimoiy sharoitlar xarakteri yashirin qobiliyatlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi va imkoniyat yaratadi, ularning dolzarb qobiliyatlarga aylanishini ta’minlaydi yoki ta’min etmaydi.
Har bir faoliyat bajarilishining samaradorligi doimo bir qator qobiliyatlarga bog‘liq. Xuddi shunday, masalan, yozuvchi bo‘lish uchun qanchalik rivojlangan bo‘lmasin, kuzatuvchanlikning o‘zigina kifoya qilmaydi. YOzuvchi uchun kuzatuvchanlik, obrazli xotira, tafakkurning qator sifatlari, yozma nutq bilan bog‘liq sifatlar, diqqatni jamlashga bo‘lgan va boshqa qobiliyatlar birinchi darajali ahamiyatga ega. Boshqa tomondan, istalgan ma’lum qobiliyat tarkibi turli faoliyatlar talablariga javob beruvchi universal yoki umumiy sifatlar, hamda faqat yagona faoliyatni muvaffaqiyat bilan ta’minlovchi maxsus sifatlarni o‘z ichiga oladi.
Qobiliyatlar tarkibida ikki guruhdan iborat tarkibiy qismlarni ajratish mumkin. Ayrimlari etakchi o‘rinni egallasa, boshqalari yordamchi bo‘lib hisoblanadi. Xuddi shunday, tasviriy qobiliyatlar tarkibida etakchi xossalarning o‘rni ko‘rish analizatorining yuqori tabiiy ta’sirchanligi – chiziqlar, nisbatlar, shakllar, yorug‘ va soya tomonlar, ranglar uyg‘unligi, maromi hissi, shuningdek, rassom qo‘lining sensomotor sifatlari, yuqori darajada rivojlangan obrazli xotira va boshqalarga berilgan. YOrdamchi sifatlarga esa badiiy xayol xossalari, emotsional mayl, tasvirga emotsional munosabat va h.k.larni kiritish mumkin. Tasviriy faoliyatga bo‘lgan qobiliyatlarni V.P. Kirienko o‘rgangan.
Musiqa qobiliyatlari B.M. Teplov tomonidan tadqiq etilgan. Musiqiy qobiliyatlar tarkibida u quyidagi asosiy tarkibiy qismlarni ajratadi: musiqiy eshitish qobiliyati, marom hissi va musiqiy xotira shular jumlasidandir. SHuningdek, Teplov aynan misiqiy faoliyat bilan shug‘ullanishda talab etiladigan, musiqiylik deb atalgan, individual-psixologik xususiyatlarning majmuini ajratib ko‘rsatdi. Uning belgisi o‘rnida B.M. Teplov ayrim mazmunning ifodasi sifatidagi musiqiy kechinmani hisoblaydi. Bundan tashqari, musiqaga nisbatan emotsional hozirjavoblik, Teplov bo‘yicha,- bu musiqiylikning asosi.
Do'stlaringiz bilan baham: |