1-mavzu: psixologiya fanining maqsad va vazifalari reja


-MAVZU: SEZGI HAQIDA TUSHUNCHA



Download 0,8 Mb.
bet9/30
Sana03.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#633456
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Bog'liq
7.Мусиқа йўналиши психология

9-MAVZU: SEZGI HAQIDA TUSHUNCHA

REJA:

  1. Sezgi haqida tushuncha

  2. Sezgining nerv- fiziologik asoslar

  3. Sezgining tavsifi va turlari

Odamning tegishli sezgi organlariga moddiy olamdagi narsa va hodisalar ta’sir ko‘rsatgan paytida ulardagi ayrim xossalar- ning aks ettirilishidan iborat bo‘lgan eng sodda psixik jarayon sezgi deb ataladi. Masalan, qarshimizda turgan stol bilan ish ko‘rar ekanmiz ko‘rish yordamida biz uning rangini, shaklini, katta-kichikligini aniqlaymiz; tuyish orqali uning qattiqligini, silliqligini bilamiz; qo‘lda siljitib ko‘rish bilan uning og‘irligiga ishonch hosil qilamiz va hokazo. Bularning barchasi moddiy buyumning alohida sifatlari bo‘lib ular haqidagi ma’lumotlarni bizga sezgilar beradi.


Sezgi bilish jarayonlari jumlasiga kiradi, chunki sezgi tufayli odam olamni biladi. Boshqa psixik jarayonlar: idrok, xotira, ta- fakkur, xayol uchun kerakli ma’lumotlar sezgilar orqali olinadi. Sezgilar hamisha bizning sezgi organlarimizga: ko‘zimizga, quloq- larimizga, teri ustiga va boshqa organlarga tashqi qo‘zg‘atuvchilar ta’sir ko‘rsatishi tufayli vujudga keladi. Yorug‘lik nuri ko‘zning to‘r pardasiga tushishi bilan u yerni qo‘zg‘atadi, bu qo‘zg‘alish nerv tolalari orqali miya katta yarimsharlari po‘stlog‘igacha yetib kelgach, odamda ko‘rish sezgisi hosil bo‘ladi. I.P. Pavlovning yozishicha, katta yarimsharlar qo‘zg‘a- tuvchilarning analiz qilish organidir. Shu sababdan I.P. Pavlov sezgilarning paydo bo‘lishini ta’minlovchi barcha fiziologik apparatlarni analizator deb atagan. Analizatorlar 3 qismdan:
1) tashqi ta’sirni qabul qiluvchi retseptor (ko‘zning retina yoki retchatka deb ataluvchi nerv hujayralari yorug‘likni qabul qiladi va ko‘rish retseptori hisoblanadi);
2) o‘tkazuvchi nerv yo‘llari (afferent, markazga intiluvchi) retseptorlarda vujudga kelgan qo‘zg‘alish shu nerv yo‘llari orqa- li miyaga yetkazib beriladi;
3) miya katta yarimsharlari po‘stlog‘idagi maxsus hujay- ralar (masalan, miya po‘stlog‘ining ko‘rish markazi deb ata- luvchi qismidagi hujayralar ko‘rish uchun maxsuslashgan nerv hujayralaridir). Agar analizatorlarning bir qismi zararlansa, sezgi vujudga kelmasligi mumkin. Masalan, ko‘z soqqasi tagi- dagi retina yemirilsa yoki miyaga boruvchi ko‘z nervi zararlan- sa odam ko‘rish qobiliyatini yo‘qotadi.
Sezgi turlari
Odamda paydo bo‘luvchi sezgilarni uch guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga tanamizning tashqi tomoniga joy- lashgan sezgi organlari, ya’ni eksterotseptorlar orqali vujudga keluvchi sezgilar kiradi. Ko‘rish, eshitish, teri-tuyish, hid bi- lish va ta’m-maza sezgilari ana shu analizatorlarning ishi bilan bog‘liq. Ikkinchi guruh retseptorlariga ichki organlarda joy- lashgan interotseptorlar va ichki qo‘zg‘atgichlar ta’siri uchun qulay bo‘lgan sezgilar kiradi. Uchinchi guruhga harakat anali- zatorlari va muvozanat sezgilari, propriotseptorlar kiradi.
Eksterotseptorlar. Ko‘rish sezgilari narsalarga urilishi tu- fayli qaytarilgan yorug‘lik (elektromagnit) to‘lqinlarning ta‘siri natijasida vujudga keladi. Yorug‘lik to‘lqinlari ko‘z qorachig‘i orqali o‘tib, ko‘rish retseptori deb ataluvchi ko‘z to‘r pardasi- ga (retinaga) ta‘sir etadi. Odam ko‘rish sezgilari orqali narsa- larning rangi, shakli, fazoviy holati kabilar haqida xabar oladi. Inson hayoti va faoliyatida eshitish sezgilari katta o‘rin tu- tadi. Ba’zi jihatlarga ko‘ra u ko‘rish sezgilaridan ham muhim- roqdir: eshitmaslik bola nutqi va fikrlash faoliyatining rivoj- lanishida jiddiy g‘ov hisoblanadi. Bizning eshitish apparatimiz tovushlarning sekundiga 16–20 ming martagacha tebranishda- gi xillarini seza oladi. Biz eshitadigan tovushlarni ikki guruhga ajratish mumkin: musiqa tovushlari va shovqinlar (qarsillash,gumburlash, taqillash, shitirlash).
Teri sezgilari – narsalarning mexanik va issiqlik xossalari terining sirt qismiga ta’sir qilishi natijasida paydo bo‘ladi. Teri sezgisi og‘riq va harorat sezgilariga bo‘linadi. Og‘riq sezgisi juda xilma-xil qo‘zg‘atgichlar tomonidan, ular organizmning tirik to‘qimalarini buza boshlashi bilanoq paydo bo‘la boshlaydi.Harorat sezgilari issiq va sovuqni sezishdan iborat. Qo‘l yoki tananing boshqa qismi bilanpredmetni paypaslab harakat qi- lish orqali odamda tuyish sezgilari vujudga keladi. Taktil sezgilar retseptorlari ham terining yuza qatlamida joylashgan nerv uchlaridir. Ular qo‘l barmoqlarining uchida va tilda eng zich joylashgan bo‘ladi. Taktil sezgilarga biron narsaning tekkanini, bosimini va tebranishini sezish kiradi.Hid bilish sezgilari bizga xushbo‘y hidlardan huzurlanish, shuningdek salomatlik uchun zararli narsalardan saqlanish imkonini beradi. Hidli moddalarning zarrachalari havo- ga tarqalib, burun kavagida, hid bilish hujayralari joylashgan shilliq pardalarga kelib uriladi va hid bilish sezgisini hosil qiladi. Og‘zimizga olingan moddalarning zarrachalari ta’m bilish sezgilarining qo‘zg‘atuvchilari hisoblanadi va ular til, tomoq, tanglay, kichik til yuzasida joylashgan nerv uchlariga (ta’m bilish kurtaklariga) ta’sir ko‘rsatadi. Ta’m-maza sezgi- lari 4 xil: shirin, nordon, sho‘r va achchiqni sezish natijasida sodir bo‘ladi. Ta’m-maza sezgilarining to‘liq sodir bo‘lishida hid bilish sezgisining ahamiyati kattadir. Agar odamning dimog‘i hidni sezmasa, yegan ovqatining mazasini bila ol- maydi.
Interotseptorlar. Organik sezgilar qorin ochlik, chanqash, ichki organlardagi og‘riqlar natijasida hosil bo‘ladi. Odatda ta- namiz sog‘lom, qornimiz to‘q va hech narsa bizni bezovta qil- magan paytlarda bizda og‘riq sezgilari deyarli paydo bo‘lmaydi. Propriotseptorlar. Harakat yoki kinestetik sezgilar bizga o‘zimiz qilgan harakatlar haqida xabar beradi. Har bir odam hatto ko‘zlarini yumib olgan bo‘lsa ham o‘z qo‘li, oyog‘i, tana qismlari qanday holatdaligini sezib turadi. Harakat sezgila- rining retseptorlari paylarda, bo‘g‘inlarda va asosan muskul- larda joylashgan. Shu sababdan ularni ba’zan muskul sezgi- lari deb ham yuritiladi. Muvozanat sezgilari boshimizning, gavdamizning harakati hamda fazodagi holati haqida darak be- radi. Muvozanat sezgilarining retseptorlari ichki quloqqa joy- lashgan. Bu organlarning normal holati izdan chiqqan paytda odam o‘zini noxush sezadi (masalan, boshi aylanadi yoki «den- giz kasalligi»ga uchraydi). Vibratsiya sezgilari boshqa sezgilar orasida alohida o‘rin egallaydi, bu sezgilar narsalarning tebra- nishi haqida xabar beradi. Buyumlarning va havoning tebranishi vibratsiya sezgilarining qo‘zg‘atuvchilaridir. Tananing bu- tun ustki yuzasi qo‘zg‘atuvchilarning ta’sirini qabul qilib oladi.
Sezgi chegaralari va sezgirlik
Sezgilarning kuchi turli darajada bo‘lishi mimkin. Sezgi- larning kuchi avvalo qo‘zg‘atuvchining kuchiga bog‘liq. Qo‘zg‘alish qanchalik kuchli bo‘lsa, hosil bo‘ladigan sezgi ham shuncha kuchli bo‘ladi. Har qanday ta’sirdan ham sez- gi hosil bo‘lavermaydi. Qo‘zg‘atuvchi hech qanday sezgi hosil bo‘lmaydigan darajada sust ta’sir etishi mumkin. Masalan, bir gramm qandni bir stakan suvda eritib ichilsa shirinlik sezil- maydi. Dastlabki bilinar-bilinmas sezgining paydo bo‘lishi uchun qo‘zg‘atuvchi muayyan kuchga ega bo‘lishi zarur. Qo‘zg‘alishning salgina sezila boshlagan darajasi sezgining pastki yoki absolut chegarasi deyiladi. Sezgilarni hosil qila- digan qo‘zg‘alish kuchi ortishi va kamayishi mumkin. Agar uyda bitta lampochka yonib turgan bo‘lsa muayyan dara- jada yorug‘lik sezamiz. Agar yana bitta lampochka yoqib qo‘yilsa yorug‘lik sezgisi kuchayadi. Agar bir stakan choy- ga 6 gramm qand qo‘shsak shirin mazani sezamiz, unga ya- na ikki gramm qand qo‘shsak farqni kimdir sezadi, kim- dir sezmaydi. Qo‘zg‘atuvchilar o‘rtasidagi sezilar-sezilmas farqni sezish farq qilish chegarasi deyiladi. Qo‘zg‘alish ku- chining og‘riq tomon yoqimsiz darajada o‘zgarishi sezgi- ning yuqori chegarasi deyiladi. Masalan, kuchli tovush qu- loqni, boshni og‘ritadi. Kuchli yorug‘lik ko‘zni qamashtirib ko‘rish o‘tkirligini pasaytiradi. Sezgi chegaralarining dara- jasi sezgirlikning darajasini belgilab beradi. Bu sezgirlik sezgi chegaralarining darajasiga teskari nisbatda bo‘ladi. Sezgi che- garasining darajasi qancha yuqori bo‘lsa, sezgirlik shunchalik past bo‘ladi va, aksincha, sezgi chegarasining darajasi qancha- lik past bo‘lsa, sezgirlik shuncha kuchli bo‘ladi.
Sezgilarning umumiy xususiyatlari
Har bir odam o‘zining sezgi xususiyatlari, sezgirlik dara- jasi bilan bir-biridan farq qiladi. Quyidagi sezgi xususiyatlarifarqlanadi: adaptatsiya, sensibilizatsiya, sinesteziya, kompen- satsiya.
1. Adaptatsiya (lotincha adapto – moslashmoq) sezgi a’zolarining muhit o‘zgarishlariga moslashuvidir. Adaptatsi- ya 3 xil:
a) qo‘zg‘atuvchining davomli ta’siri jarayonida sezgilarning to‘la yo‘qolishi. Masalan, teriga biron narsa doimiy tegib tur- sa, bora-bora u narsa sezilmay qoladi;
b) kuchli qo‘zg‘atuvchining ta’sirida ham sezgilar zaiflashishi mumkin. Masalan, qorong‘iroq xonadan juda yorug‘ joyga ki- rib qolsak, kuchli yorug‘likdan «ko‘r» bo‘lib, atrofdagi narsalar- ni ajrata olmaymiz. Birozdan so‘ng analizatorlarning sezgirli- gi keskin pasayadi va biz ko‘ra boshlaymiz. Bu ikki adaptatsiya turi psixologiyada negativ adaptatsiya deyiladi, chunki ularda sezgirlik keskin pasayadi;
d) sezgirlikning kuchsiz qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida kamayib borishi. Masalan, qorong‘ilik adaptatsiyasida ko‘rish sezgirli- gi ortadi, sokinlikka nisbatan adaptatsiya eshitish adaptatsiya- si zamirida yuzaga keladi.
2. Analizatorlarning o‘zaro munosabati va mashq qi- lish natijasida sezuvchanlikning ortishi sensibilizatsiya deb ataladi. Qo‘zg‘alish jarayonining tarqalishi natijasi- da boshqa analizatorlarning sezuvchanligi ortadi. Sen- sibillashtirishga mashq qilish natijasida erishish mum- kin. Masalan, musiqa bilan shug‘ullanadigan bolalarda past-baland ohanglarni eshitish qobiliyati rivojlanadi. To‘qimachilik sanoatining ayrim ishchilari qora rangning 60 ga yaqin tusini ajratadilar. Tajribali lotsman (kuzatuvchi) lar olis masofadagi narsalarni ham yaxshi ko‘ra oladilar.
Sinesteziya bir analizatorning qozg‘alishi ta’siri ostida boshqa analizatorlarga xos sezgining paydo bo‘lishidir. Ay- rim kompozitorlar (N.A. Rimskiy-Korsakov, A.N. Skryabin) da «rangli eshitish» qobiliyati bo‘lgan. Kuchli, quloqni kar qilgudek tovush ko‘rish sezgirligini kamaytiradi, ohangdor tovushlar esa oshiradi. Badanning birdaniga sovutilishi va qizdirilishi ko‘rishni xiralashtiradi
Bir sezgi o‘rnini ikkinchi sezgi analizatori egallashi kompen- satsiya deyiladi. Masalan, ko‘zi ojizlarda eshitish, hid bilish va tuyish sezgilari kuchli bo‘ladi. Xonaga kirgan kishining qadam tovushidan kimligini aytib berishadi, maxsus bo‘rtiq yozuvli kitob o‘qiydilar. Ham kar, ham ko‘zi ojiz odamlar- da hid bilish va vibratsiya sezgilarining ahamiyati katta. Ay- rim karlar royalda chalingan musiqani «tinglaydilar». Bun- da ular royalga orqa o‘girib o‘tiradilar yoki royal qopqog‘i ustiga qo‘llarini qo‘yib oladilar, bu holat ularga tebranishni yaxshiroq idrok qilishga yordam beradi. Bolalarda sezgilarni yaxshiroq rivojlantirishning shart-sharoitlarini yaratish uchun pedagog avvalo turli yosh davrlarda analizatorlar rivojlanishi- da sodir bo‘luvchi qonuniy o‘zgarishlarni yaxshi bilishi hamda hisobga olishi, ikkinchidan analizatorlarning normal ishlashi- ni ta’minlovchi tegishli shart-sharoitdan xabardor bo‘lishi, bu shart-sharoitlarni hisobga olishi va sharoit yaratishi, uchin- chidan esa, har qaysi sezgini rivojlantirishga imkon beruvchi mashqlarni bilishi, binobarin, bunday mashqlarni uyushtira olishi zarur. Maxsus treninglardan foydalanish, ularni yakka va guruhiy tarzda o‘tkazish ham yaxshi natija beradi. Peda- gog albatta sezgi organlarini avaylash haqida tushuncha beri- shi zarur. Ayniqsa, hozirgi kunlarda bolalarning kompyuter o‘yinlariga berilib ketishi ko‘rish sezgisiga, uyali telefonlar esa eshitish sezgisiga salbiy ta’sir qilayotganini bilishlari zarur.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish