1-mavzu: psixologiya fanining maqsad va vazifalari reja


-MAVZU: O’SMIRLAR PSIXIKASIGA XOS XUSUSIYATLAR VA KASBGA YO’LLASH ISHLARI



Download 0,8 Mb.
bet30/30
Sana03.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#633456
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
7.Мусиқа йўналиши психология

30-MAVZU: O’SMIRLAR PSIXIKASIGA XOS XUSUSIYATLAR VA KASBGA YO’LLASH ISHLARI
REJA:

  1. O’smirlar psixikasiga xos xususiyatlar

  2. O’smirlik davrini yetakchi faoliyati

Ijobiy sifatlar, ehtiyojlar va intilishlar har bir yoshda, jum ­ladan, m a’lum darajada yoldan ozgan o‘smirda ham b o ia ­di. 0 ‘smirlar hamma narsani bilishga qiziqadilar. Ko‘pchilik o‘smirlar boshqalardan yomonroq bolishni xohlamaydilar va o‘z muhitida ko‘zga tashlanib turishga hamda boshqalardan nimalar bilandir farq qilishga intiladilar. 0 ‘smirlarning hammasi g‘ayratli va faoldirlar, biroq, o‘zlarining kuch-quvvatlarini qayoqqa yo‘naltirishni hamma vaqt ham bilavermaydilar. Binobarin, ularni bevosita natijalari bilan xursand qiladigan xilma-xil foydali va qiziqarli ishlar bilan band qilish kerak. 0 ‘smirlar, garchi hamma vaqt ham bunga tayyor emasliklariga qaramay, mustaqillikka intiladilar. Ammo ko‘pincha mustaqil ish-harakatlar uchun ularning imkoniyatlari bolmaydi. Demak, ularni mustaqil faoliyatga yaxshiroq tayyorlash va ularga mustaqil ishlarni ishonib topshirish hamda muvaffaqiyatli bajarilishini hamma vositalar bilan ta’minlash kerak. 0 ‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, o‘smirlar psixikasida ijobiy tomonlar yetarli darajada mavjuddir. Bu ijobiy tomonlardan foydalanib va ularni rivojlantirish, salbiy ishtiyoq, mayl, ishlar va xatti-harakatlarni yo‘qotish kerak.Katta o‘smirlar asta-sekinlik bilan bevosita ishlari va xatti-harakatlarining natijalarini hamda oqibatlarini oldindan ko‘ra boshlaydilar. Ularda o‘z-o‘zini tuta bilish, matonat paydo b o iadi, qarorlari birmuncha qat’iy bola boshlaydi, iroda tarkib topadi. Ular o‘zlarining faoliyatlarida ishtiyoq va istaklardan ko‘ra333ko‘proq sog‘lom fikrga asoslanadigan bo‘ladilar. Ularning ichki kechinmalari va hayajonlari endi irodaviy nazoratga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. Lekin axloqiy va estetik hislarning taraqqiyoti tufayli ichki kechinmalari va hayajonlari yanada kuchliroq bo‘ladi. Kattalarga nisbatan qo‘pol munosabatning paydo bo‘lishi, noxush xulq-atvor alomatlari, o‘smir yashaydigan ijtimoiy shart-sharoitlar, uning tengdoshlari va turli jamoalardagi mavqei, kattalar bilan munosabati, maktab va oilasidagi munosabatlari sababli yuzaga keladigan xarakter belgilaridir. Mana shu ijtimoiy sharoitlarni o‘zgartirish yoii bilan o‘smirlarning xulq-atvoriga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish mumkin.Endi o‘smirlar o‘yin hamda damga kamroq vaqtlarini ajratgan holda ko‘proq jiddiy ishlar bilan shug‘ullana boshlaydilar va ularda bilish jarayonlari jadal rivojlana boshlaydi. Maktab ta’limi o‘smir bilish jarayonlarini rivojlanish yo‘nalishini sifat jihatidan o‘zgarishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. 0 ‘qish 0‘smirlar hayotida katta o‘rinni egallaydi. Ular uchun mashg‘ulotlarning mustaqil shakllari yoqadi. Boshqa davr bolalariga nisbatan o‘smirlarning fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlari, qiziqishlarining ortishi, o‘qituvchining o‘quv materialini tushuntira olish mahoratiga bog‘liq. 0 ‘qish faoliyati asosida o‘smirning o‘z-o‘zini anglash darajasi kengayadi, boshqa odamlar, atrof olam haqidagi bilimlari chuqurlashadi. Psixik rivojlanishning yangi bosqichi boshlanadi. Bilim o‘rganish ehtiyojlari asosida asta-sekinlik bilan o‘quv fanlariga nisbatan qat’iy ijobiy munosabat shakllanadi. Bu davrda o‘qishning yangi motivlari yuzaga keladi. Bu motivlar o‘smirning, hayotiy rejalari, kelajak kasbi va ideali bilan bog‘liq bolgan holda bilish jarayonlari rivojlanish xarakteriga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.Aynan o‘smirlik davridan boshlab, bolalar hayotiy, ilmiy, badiiy bilimlarni kengaytirishga alohida ehtiyoj sezadilar va bunga harakat qiladilar. Bilimli bola tengdoshlari orasida hurmatga sazovor bo‘ladi. Bilim o‘smirlarga alohida bir quvonch bag‘ishlaydi va uning tafakkur qilish layoqatini rivojlantiradi.4Bilish jarayonlarining rivojlanishida nutq og‘zaki va yozma mavjud bo‘lishi bilan kuchli vosita hisoblanadi. Maktabdagi o‘quv jarayonlari ning to‘g‘ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi bilan o‘smir nutqining to‘g‘ri rivojlanishiga qulay sharoit yaratiladi. Nutqni o‘zlashtirishga harakat bu o‘smirning muomala, bilish va ijodiy faoliyatga kirishiga ehtiyoj va intilish hisoblanadi.0 ‘smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tomondan so‘z boyligining oshishi hisobiga bo‘lsa, ikkinchi tomondan tabiat va jamiyatdagi narsa, voqea va hodisalarning mazmun-mohiyatini anglashlari hisobiga bo‘ladi. Bu davrda o‘smir til yordamida atrof-borliqni aks ettirish bilan bir qatorda inson dunyoqarashini ham belgilab berish mumkinligini his qila boshlaydi. Aynan o‘smirlik davridan boshlab, inson nutq bilish jarayonlarining rivojlanishini belgilab berishini tushuna boshlaydi. 0 ‘smirni ko‘pincha muomalada so‘zlarni ishlatish qoidalari — «Qanday qilib to‘g‘ri yozish kerak?» «Qanday qilib yaxshiroq aytish mumkin?», «Nima deyish kerak?» kabi savollar juda qiziqtiradi. 0 ‘smirlar maktabdagi o‘qituvchilar, kattalar, ota-onalar nutqidagi kamchiliklariga, kitob, gazeta, radio va televidenie diktorlari xatolariga tez e’tibor beradilar. Bu holat o‘smirning bir tomondan o‘z nutqini nazorat etishga o‘rgatsa, ikkinchi tomondan kattalar ham nutq qoidalarini buzishlari mumkinligini bilishlariga va o‘zida mavjud xatoliklarni birmuncha barham toptirishlariga olib keladi.0 ‘smir so‘zlarning kelib chiqish tarixiga, ularning aniq mazmuni va mohiyatiga juda qiziqadi. U endi o‘z nutqida yosh bola singari emas, balki katta odamlardek so‘zlarni tanlab ishlatishga harakat qiladi. Nutq madaniyatini egallash borasida o‘smir uchun o‘qituvchi, albatta, namuna bo‘lishi shartdir. Aynan maktab ta’limi o‘smir bilish jarayonlarini rivojlanish yo‘nalishini sifat jihatidan o‘zgarishida asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Maktabdagi o‘quv jarayonlarining to‘g‘ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi bilan o‘smir nutqining to‘g‘ri rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Nutqni o‘zlashtirishga harakat bu o‘smirning muomala, bilish va ijodiy faoliyatga kirishishiga ehtiyoj va intilish hisoblanadi.3350 ‘smirlik davrida o‘qish malakalari, yozma va monologik nutq jadal rivojlanadi. 5-sinfdan boshlab to 9-sinfgacha o‘qish to‘g‘ri,
tez va ifodali bolish darajasidan, yoddan ifodali, ta’sirli aytib bera olish darajasigacha ko‘tariladi. Monologik nutq esa asardagi kichik bir parchani qayta so‘zlab berishdan, mustaqil ravishda nutq va chiqishlar tayyorlash, og‘zaki — mulohaza yuritish, fikr bildirish va ularni asoslab berishgacha o‘zgaradi. Yozma nutq ham rivojlangan holda o‘smirlar endi ularga berilgan erkin mavzu bo‘yicha mustaqil holda insho yoza oladilar. 0 ‘smirlarning nutqi to la tafakkur bilan bogliq holatida amalga oshiriladi. 5-6-sinflardagi o‘quvchilar og‘zaki va yozma matn uchun reja tuzib, unga amal qila oladilar. 0 ‘zi yozgan fikrni qayta-qayta o‘qib, o‘z nutqini analiz qilib ko‘rishga majbur qiladi. 0 ‘quvchi yozib bayon qilayotganida, ko‘pincha, bu ishini bir necha marta qayta ko‘rib chiqishga, o‘zgartirishga, toldirishga, qaytadan ishlab chiqishga majbur boiadi.0 ‘quvchi o‘qituvchining topshiriglga binoan yozma ishlar bajarayotganida o‘zining shu ishiga baho berilishini, ammo bu baho ishning faqat mazmuniga qarabgina berilib qolmasdan, balki shu bilan birga, o‘z fikrining «qanday til» bilan bayon qilinganiga qarab ham baholanishini oldindan bilib turadi. Mana shu hollarning hammasi bolani o‘z nutqini grammatika va logika talablariga muvofiq keladigan qilib, ongli ravishda tuzishga majbur etadi. Adabiyot darslari bilan shug‘ullanish o‘quvchilar nutqining o‘sishiga ayniqsa katta ta’sir qiladi. 0 ‘quvchilar adabiyot darslarida to‘g‘ri tuzilgan nutqning eng yaxshi namunalari bilan tanishadilar.Bolalarning yozma nutqni egallashlari ularning nutqini o‘stirishda muhim bosqich boiadi. 0 ‘quvchi yozma nutqni to‘g‘ri tushunishni o‘rganib oladi, o‘z fikrlarini yozma nutq holida bayon qilish va boshqalarga tushuntirishni o‘rganadi. Kitob o‘qish va ayniqsa o‘zidagi fikrlarni yozma tarzda ifodalab, bayon qilib berish tilning grammatika tuzilishini egallashda katta ahamiyatga ega. Yozma bayon qilish vaqtida fikrni to liq tushuntirib be-336rish zarurligi o‘quvchini o‘zi yozayotganlarining mazmunigagina diqqat qaratmasdan, balki qanday qilib yozayotganligiga ham e’tibor berishga majbur etadi.Yozma nutqni egallash og‘zaki nutqni va ayniqsa monolog nutqni to‘g‘ri va kengroq qilib tuzishga yordam beradi.0 ‘quvchi maktabda berilgan topshiriqni tayyorlash vaqtida shu topshiriqni o‘ziga-o‘zi gapirib berishni muttasil mashq qilib turishi o‘quvchi nutqining o‘sishiga katta ta’sir qiladi. 0 ‘quvchi darslarni tayyorlayotgan vaqtda shu darslarni kitobdan o‘qibgina qolmasdan, balki, odatda, u kitobdan o‘qigan narsalarini kitobni yopib qo‘yib, o‘z-o‘ziga yoki yonidagi sherigiga so‘zlab ham beradi. Bunday hollarda o‘quvchi o‘zi tayyorlayotgan darsni grammatika qoidalariga to‘g‘ri rioya qilgan holda ayniqsa, tushunarli qilib og‘zaki gapirib berishga intiladi. 0 ‘qituvchi o‘quvchining nimalarni bilganligi va bilganlarini qanday gapirib berishi bilangina kifoya qilmasdan, balki, shu bilan birga, shu bilgan narsasini qanday qilib va qay tariqa gapirib berayotganiga ham e’tibor berishini o‘quvchi yaxshi tushunadi.0 ‘quvchi ovoz chiqarib, aynan yoki o‘z so‘zlari bilan takrorlash yo‘li bilan o‘zining artikulatsiya apparatini mashq qildiradi, o‘z nutqining qay darajada to‘g‘riligini nazorat qiladi, shu bilan birga o‘zi o‘zlashtirgan bilimlarning to‘g‘riligini va mustahkamligini ham nazorat qiladi.Albatta, o‘quvchi nutqining o‘sishida o‘qituvchining nutqi katta rol o‘ynaydi, chunki o‘qituvchining nutqi o‘quvchilar uchun namunali nutq hisoblanadi. Shu sababli, har bir 0‘qituvchi o‘quvchilar nutqini o‘stirishga intilib, o‘zi ham o‘z nutqini takomillashtirish ustida to‘xtovsiz va tinmay intilishi lozim.Diqqat. Agar kichik maktab davrida ixtiyorsiz diqqat ustunlik qilsa, o‘smirlik davrida bola o‘z diqqatini o‘zi boshqara oladi. Dars davomida intizomning buzilishi aksariyat hollarda o‘quvchilar diqqatsizligidan emas, balki ijtimoiy sabablar bilan belgilanadi. 0 ‘smir o‘z diqqatini to‘la ravishda o‘zi uchun ahamiyatli bo‘lgan va yuqori natijalarga erishishi mumkin bo‘lgan faoliyatlarga qarata oladi. 0 ‘smirning diqqati yaxshi boshqariladigan va nazorat etiladigan darajada rivojlangan bo‘lishi mumkin. Bolaning rivojlanayotgan ixtiyoriy diqqati o‘qituvchi tomonidan doimo qo‘llab-quvvatlanishi juda zarurdir. Pedagogik jarayonda ixtiyorsiz diqqatni ixtiyoriy diqqat darajasiga ko‘tarish uchun bir qancha uslublar ishlab chiqilgan. Shuningdek, o‘smirning dars jarayonida o‘z tengdoshlari orasida o‘zini ko‘rsatishi uchun sharoitni yaratilishi ham o‘smirdagi diqqatni ixtiyorsizdan ixtiyoriyga aylanishida zamin bo‘lib xizmat qilishi mumkin.0 ‘smirlik davrida juda qattiq charchash holatlari ham b o la ­di. Aynan 13—14 hamda 16 yoshlarda charchash chizig‘i keskin ko‘tariladi. Bunday holatlarda o‘smir atrofdagi narsa va voqealarga to‘liq diqqatini qarata olmaydi.0 ‘smirlik davrida xotiraning barcha turlari o‘zining sifat ko‘rsatkichlari asosida jadal rivojlanadi. Bu davrda o‘quvchilarga beriladigan o‘quv materialining hajmi katta boigani uchun ham uni eslab qolishi yoki bir necha marta takrorlash yo‘li bilan o‘zlashtirish qiyin. 0 ‘smirlik yoshida bolalar o‘qigan va o‘rganganlarini so‘zma-so‘z yodlashdan voz kechib uning ma’nosiga ko‘ra eslab qolishga harakat qiladilar. Ularda faol ravishda mantiqiy xotira rivojlanib boradi. Mexanik xotiraning rivoji esa birmuncha sustlashadi. Bu esa ba’zan salbiy holatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. 0 ‘smirlik davriga kelib yangi fanlar, jum ­ladan, o‘quvchilar eslab qolishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar miqdori ko‘payadi. Ammo mexanik xotiraning sustlashuvi ma’lumotlarni eslab qolishda muammolarni keltirib chiqaradi va o‘smirlar tomonidan xotiralari zaiflashuvi haqidagi shikoyatlariga va o‘zo‘zidan o‘qishga boigan qiziqishlari ning pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Buning uchun o‘quvchi o‘quv materialining mazm unini tahlil qilishi, undagi mantiqiy tuzilishni bilishi muhim.0 ‘smirlik davrida nazariy tafakkur yuqori ahamiyatga ega bo‘la boshlaydi. Chunki bu davrdagi o‘quvchilar atrof-olamdagi bog‘lanishlar mazmunini yuqori darajada bilishga harakat qiladilar. Bu davrda o‘smirning bilishga bo‘lgan qiziqishida keskin rivojlanish sodir boiadi. Ilmiy-nazariy bilimlarning egallab olinishi o‘smir tafakkurining rivojlanishiga olib keladi. Buning ta’sirida isbot, dalillar bilan fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Unda deduktiv xulosalar chiqarishga qobiliyati paydo boiadi.Maktabda o‘qitiladigan fanlar o‘smir uchun o‘z taxminlarini yuzaga keltirish yoki tekshirish uchun sharoit boiib xizmat qiladi. J.Piajening ta’kidlashicha, «Ijtimoiy hayot uch narsaning ta’siri — til, mazmun, qoidalar asosida shakllantiriladi». Bu borada o‘zlashtirilgan ijtimoiy munosabatlar o‘z-o‘zidan tafakkurning yangi imkoniyatlarini yaratadi.11—12 yoshdan boshlab o‘smir endi mantiqiy fikrlab harakat qila boshlaydi. 0 ‘smir bu yoshda xuddi kattalar singari keng qamrovli tahlil etishni o‘rgana boshlaydi. 0 ‘smir tafakkurning nazariy darajasiga qanchalik tez ko‘tarila olishi, o‘quv materiallarini tez va chuqur egallashi uning intellektini ham rivojlanishini belgilab beradi. 0 ‘smirlik davri yuqori darajadagi intellektual faollik bilan farqlanadi. Bu faollik o‘ta qiziquvchanlik hamda atrofdagilarga o‘z layoqatlarini namoyish etish, shuningdek, ularda yuqori baho olish ehtiyojining mavjudligi bilan belgilanadi. 0 ‘smirning kattalarga beradigan savollari mazmunli, mulohazali va aynan o‘sha masala doirasida boiadi. Bu yoshdagi bolalar turli farazlarni keltira oladilar, taxminiy fikr yuritib, tadqiqot o‘tkaza oladilar hamda ma’lum bir masala bo‘yicha muqobil variantlarni taqqoslay oladilar. 0 ‘smir tafakkuri ko‘pincha umumlashtirishga moyil boiadi. Respublikamizning bozor iqtisodiyoti sharoitiga o‘tishida kishilardagi amaliy tafakkurning ahamiyati oshmoqda. Amaliy tafakkur tizimiga quyidagi aqliy sifatlar kiradi: tadbirkorlik, tejamkorlik, hisob-kitoblik, yuzaga kelgan muammolarni tez yecha olishlik va boshqa shu kabi sifatlar mavjud bolgan taqdirdagina amaliy tafakkurni rivojlangan deb hisoblash mumkin. Bu sifatlarni 1-sinfdanoq rivojlantira borish nihoyatda muhim.0 ‘smirlik davrida ishbilarmonlik sifatini o‘quvchilarning 0‘zo‘zini boshqarishini yolga qo‘yishi, umumiy foydali tadbirkorlik ishlarida ishtirok etishi orqali rivojlantirish mumkin. Bu borada o‘quvchi ijrochi rolida emas, balki boshqaruvchi, mustaqil yo‘l tanlovchi va tadbirkorlik munosabatlarida o‘zi ishtirokchi bo‘lgan taqdirdagina rivojlanish amalga oshishi mumkin. Bu yoshda tadbirkorlikni rivojlantirishda ko‘proq mustaqillikning berilishi o‘smir amaliy tafakkurining rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 0 ‘smir yoshdagi bolalarda tejamkorlikni rivojlantirish aqlning boshqa sifatlariga nisbatan osonroq kechadi, buni ko‘proq ularni qiziqtiradigan narsalarga mustaqil ravishda hisob-kitob qilib borishga yo‘llash orqali amalga oshirish mumkin, o‘smirlarda yuzaga kelgan muammolarni tez va operativ holda yechish malakasini shakllantirish birmuncha qiyinroq kechadi. Albatta, bu bolaning temperamentiga ham bog‘liq. Barcha o‘smirlarni ham tez yollab, tez harakat qilishga o‘rgatish mushkul, lekin ularni biror muammo yuzaga kelishi bilan orqaga chekinmay, zudlik bilan muammoni yechishning umumiy qoidalariga o‘rgatib borish mumkin. 0 ‘smirlik davrida intellektning yuqori darajada rivojlangan bo‘lishi qimmatli va obro‘li hisoblanadi. 0 ‘smir shaxsida va uning bilishga qiziqishidagi o‘zgarishlar o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Ixtiyoriy psixik jarayonlarning rivojlanishi o‘smirdagi shakllanib kelayotgan shaxs mustaqilligiga tayanadi, o‘zining shaxsiy xususiyatlarini anglash va shakllantirish imkoniyatlari esa undagi tafakkurning rivojlanishi bilan belgilanadi.0 ‘smirlarning ota-onasi, kattalar bilan qiladigan muloqoti xarakteri ularning katta bo‘lganlik hissi asosida tuzilgan bo‘ladi.
Kattalar tomonidan qilinadigan o‘smirlarning haq-huquqlarini cheklashlariga bildirgan qarshilik va e’tirozlariga o‘zlari ham qattiq qayg‘uradilar. Ular muloqotda kattalarning qo‘llab-quvvatlashlariga ehtiyoj sezadilar. Birgalikdagi faoliyat o‘smirga kattalarni yaxshiroq tushunishlari uchun yordam beradi. 0 ‘smir o‘zida bo‘layotgan o‘zgarishlar, uni tashvishga solayotgan muammolar haqida kattalar bilan boiishishga katta ehtiyoj sezadi, lekin buni hech qachon birinchi bo‘lib o‘zi boshlamaydi. 0 ‘smir o‘ziga nisbatan yosh bolalardek qilinadigan muomala-munosa-340batiga qattiq norozilik bildiradi, o‘smirlar muloqoti nihoyatda o‘zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi. 0 ‘zini kattalardek his qilish tuyg‘usi bolaning shaxsan o‘ziga bo‘lgan munosabatini muayyan darajada o‘zgartiradi va har qanday ichki munosabat singari bu ham tashqi munosabatlarning ta’siri ostida, mazkur shaxsga nisbatan boshqa odamlarning munosabatlari tashkil topadi. Shuning uchun o‘smir o‘zi haqida atrofdagi kishilar qanday fikrga kelishi to‘g‘risida ko‘p o‘ylaydi hamda buning uchun qulay muhit yaratish yollarini faollik bilan izlaydi. Bu shunday muhit bo‘lmog‘i kerakki, undagi munosabatlar endi o‘smirning katta kishi, mustaqil odam bo‘lib qolganligi yaqqol namoyon bolishini istaydi. Har bir o‘smir bilan muloqotda uning shaxsidagi eng yaxshi tomonlarni topa bilish, nimaga qobiliyati bor ekanligini aniqlab olish hamda ularga tayangan holda o‘smirning o‘ziga boigan ishonchini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash g‘oyat muhimdir. Aks holda tarbiya sohasida katta qiyinchiliklar kelib chiqishi muqarrar. 0 ‘smir o‘ziga yaqin boigan kishilarning ko£z o‘ngida o‘z shaxsining mustaqilligini tasdiqlash, o‘zligini bildirib, o‘z «men»ini anglatish maqsadida u yoki bu darajadagi o‘z imkoniyatidan tashqari ishlarga qo‘l urishga va shu orqali o‘z shaxsining ta’sirini atrofdagi kishilarga o‘tkazishga harakat qilib ko‘rishga majbur boladi. Basharti, bola o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatishning ilojini topa olmasa, u holda psixologik ehtiyoj tufayli u salbiy ishlarda o‘zini ko‘rsatishi, o‘z kamchiliklarini oshirib ko‘rsatishi, qilish mumkin bolm agan ishlarni atayin qilishi, ko‘proq 0‘jarlik va qaysarlik qilishi va boshqa salbiy ishlarni qilishi mumkin. Ushbu yoshdagi bolalarning o‘z-o‘zini hurmat qilish tuyg‘usini shakllantirish uning shaxsi rivojida muhim hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi bolaning sinf va maktab jamoasi oldidagi obro‘sini ko‘tarish yollarini izlashi, turli sohalardagi yutuqlarini ko‘pchilikka ma’lum qilib, xato va kamchiliklarini yo‘qotishda donolik bilan harakat qilishi uning o‘z kuch va imkoniyatlariga ishonishiga zamin yaratadi. Bu bilan o‘smirda shakllanib kelayotgan «katta kishi» bolib qolish tuyg‘usini hur-341mat qilishini bildiradi, o‘qituvchi o‘smirning zarur munosabatlarini yo‘lga qo‘yishida unga zarur kishiga aylanadi.0 ‘smirda psixik jarayonlarning keskin o‘zgarishi bilan aqliy faoliyatida ham burishlar seziladi. Shuning uchun shaxslararo munosabatda, o‘quvchi bilan o‘qituvchi muloqotida, kattalar bilan o‘smirlarning muomalasida qat’iy o‘zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Bular avvalo ta’lim jarayonida ro‘y beradi: yangi axborot, ma’lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va usullari o‘smirni qoniqtirmay qo‘yadi.
Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish