23-MAVZU: QOBILIYATLARNI ANIQLASHGA YO’NALTIRILGAN PSIXODIAGNOSTIKA MEODLARI
REJA:
Metod haqida tushuncha
Qobiliyatni aniqlashga qaratigan metodlar
Psixodiagnostik metodlar mohiyati
Bolalar bog‘chasida olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayoni bolalarning qobiliyat va layoqatlarini har tomonlama rivojlan- tirishga, ular shaxsini shakllantirishga qaratilgan. Pedagogika ja- rayonining mahsuldorligi pedagogning o‘z tarbiyalanuvchilari- ni yaxshi bilishiga, ta’lim va tarbiyaning xilma-xil metodlarini qo‘llashiga bog‘liq. Psixologiya fan sifatida tarbiyachiga tay- yor retseptlarni bera olmaydi. Bunday ko‘nikmalar bolalar bi- lan bevosita muloqot jarayonida, bola xulq-atvori motivlarini, shaxsiy xususiyatlarini tahlil qilish jarayonida egallanadi. Bu haqda K.D. Ushinskiy quyidagicha yozgan edi: «Biz unday yo- ki bunday qiling deb tushuncha bermaymiz. Biz ularga Siz boshqarmoqchi bo‘lgan psixik hodisalarning qonuniyatlarini o‘rganing va ularga mos ravishda harakat qiling», – deymiz.
Taraqqiyotdan chetlashish yoki buzilish sodir bo‘lgan holatlar chegara holatlari sifatida, psixik taraqqiyot kamchili- gi sifatida, shaxs aksentuatsiyasining turli ko‘rinishi sifatida tasniflanishi mumkin. Ularni aniqlash uchun bolalar psixo- logiyasi, klinik potopsixologiya va psixiatriya kabi sohalardagi bilimlar talab qilinadi. Bundan tashqari tarbiyachiga aksele- ratsiya (tez yetilish), pedagogik qarovsizlik kabi muammolar- ni hal qilishga to‘g‘ri keladi.
Tarbiyachi ta’lim va tarbiyadagi qiyinchiliklar nima uchun va qanday qilib paydo bo‘lishini tushunishi uchun, u avva- lo bola psixik taraqqiyotining asosiy qonuniyatlarini bilishi va turli psixik holatlarni psixologik diagnostika metodlarini egal- lashi zarur. Tarbiyachining psixodiagnostik tadqiqot yoki doi- miy kuzatish jarayonida olingan natijalarni bolalar bilan ish- lashda qanchalik to‘g‘ri foydalana olishi ham zarur hisoblanadi. Tajribaga asoslangan psixologik diagnostika fan sifatida XIX asr oxirida vujudga keldi. Xuddi shu davrda psixologiyada o‘lchash g‘oyasi keng tarqaldi. Psixodiagnostikaning mustaqil fan sohasiga aylanishi olimlarning insonlar psixikasidagi in-dividual farqlarga qiziqishining ortishi bilan bog‘langan.
Psixodiagnostika psixologik diagnoz qo‘yish haqidagi fandir. Bunda diagnoz ko‘rsatkich va tavsifnomalarni birga- likda tahlil qilish asosida sinaluvchining holati va xususiyalari haqidagi xulosalaridan iboratdir. Psixologik diagnoz (diagnosis grekcha aniqlash, bilish degan ma’noni anglatadi) shaxs indi- vidual-psixologik xususiyatlarining hozirgi holatiga baho berish, rivojlanishini oldindan aytib berish (prognoz qilish) va psixodi- agnostik tekshiruv vazifalaridan kelib chiqib, tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan psixolog faoliyatining so‘nggi natijasidir.
Psixodiagnostik tadqiqotlar amaliyotida psixologik diagnoz qo‘yishning 3 bosqichi farqlanadi:
1) simptomatik diagnozda dasturi mavjud har qanday EXM bajarishi mumkin bo‘lgan tadqiqotdan olingan natijalar qayta ishlanadi;
2) etnologik diagnozda (kelib chiqish sabablari) biror xu- susiyatning mavjudligini emas, balki uning vujudga kelish sabablari ham hisobga olinadi;
3) tipologik diagnozda sinaluvchi shaxs tuzilishidan olin- gan natijalarning ahamiyati va o‘rni aniqlanadi.
Bolalarni psixodiagnostik tadqiq qilish yosh xususiyatlariga, u yoki bu yosh davri uchun yetakchi faoliyat turining ta’siriga, individual tipologik tavsifnomalarning taraqqiyot darajasiga bog‘liq ravishda ba’zi xususiyatlarga ega. Bola taraqqiyotining har bir yosh davri bolalar bilan ishlashning usullari va vazi- falarini talab qiladi.
Kichik yoshdagi bolalarni psixodiagnostik tekshiruv yosh va pedagogik psixologiyaning sohasi hisoblanadi. Olingan nati- jalar yordamchi xarakterga ega bo‘lib, pedagog tomonidan bola psixik taraqqiyoti xususiyatlarini aniqlashda qo‘llaniladi. Bun- da ta’lim va tarbiya dasturi, turli hayotiy sharoitlarda: faoliyat- da, muloqotda va boshqalarda (shaxs xulq-atvori xarakteristi- kalarini tuzishda) hisobga olinadi.
Eksperimental tadqiqotdan olingan natijalar oilada, bog‘chada, maktab va boshqa jamoat joylarida individual va guruhiy tarbiyaviy-pedagogik tadbirlar sxemasini tuzishda qo‘llanishi mumkin. Tarbiyachi o‘z ishida doimo bolalar psixo- fizik taraqqiyoti masalalari bilan to‘qnashadi. Uni vaqtinchalik natijalargina emas, (masalan, yarim yillikning oxiriga kelib bolalarning egallagan ko‘nikma, malakalari kabi), balki u yoki bu jismoniy va ruhiy sifatlar rivojlanishining istiqbollarini ay- tib beradigan natijalar qiziqtiradi.
Bolalar bog‘chalarida psixodiagnostik tadqiqotlar quyidagi vazifalarni hal qiladi:
1. Diagnostika uchun zarur ma’lumotlarni olish. Bunda bola- ning psixik holati va shaxsiy xususiyatlaridagi ba’zi belgilari- ning ko‘rinishini o‘rganish maqsadida tadqiqot olib boriladi. Tadqiqotdan olingan ma’lumotlar yordamchi xarakterga ega bo‘lib, bola xulq-atvorining haqiqiy kuzatilgan xususiyatlari, uning psixik funksiyalari, taraqqiyot darajasi bilan taqqoslash- da foydalaniladi. Masalan: mashg‘ulotda bola diqqatining be- qarorligi, diqqatini bir joyga to‘plashga qiynalishi, aqliy ish qo- biliyatining pastligi, tez chalg‘ishi va boshqalar bilan ajralib turadi. Lekin xulq-atvorning ko‘rsatilgan belgilari (bilan) bola xulq-atvori ehtiyojlari va motivlari ierarxiyasining (bosqichma- bosqich) o‘zgarishi natijasi bo‘lishi mumkin. Bunda shaxs no- normal holati ko‘rinishlaridan biriga yoki miya yetishmovchi- liklarining funksional belgilariga duch keladi.
Ikkala holatda ham u yoki bu bola o‘zlashtirishi va intizomi- ning pasayishi tashqaridan sezilsada, psixodiagnostik tad- qiqotlarda o‘rganilayotgan o‘zgarishlar manbalari, rivojlani- shi va kelgusida qanday bo‘lishining psixologik holat belgilari ham o‘rganiladi. Psixodiagnostik tadqiqotlar bola psixik funk- siyalari rivojlanish darajasining aqliy taraqqiyot darajasi, yosh va ma’lumot bilan o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish uchun ham o‘tkaziladi. Bu tadqiqotlar bolada ma’lum qiziqishlar, amaliy malakalar va kasb tanlash payti kelganda juda muhimdir.
2. Psixik taraqqiyot o‘zgarishini o‘rganish uchun zarur ma’lumotlarni to‘plash. Bolaning psixik hayot taraqqiyo- ti xususiyatlari rivojlanishining ta’lim va tarbiya jarayonida o‘rganish orqali zaruriy ma’lumotlar to‘planadi. Bunda psixo- logiyaning ilmiy-tadqiqot metodlaridan foydalaniladi.
O‘yin va o‘qish faoliyatida ko‘p martalab o‘tkazilgan eksperi- mental-psixologik tadqiqotlar bola shaxsini shakllanishi va rivoj- lanishida ma’lum faoliyatning ta’sir ko‘rsatkichi bo‘lishi mumkin. Bolada o‘tkazilgan psixodiagnostik tadqiqotlar muhim prognostik ahamiyatga egadir, chunki qo‘llanilgan turli metod- larning o‘quv-tarbiyaviy ta’sirini hisobga olgan shaxs rivojlanishi istiqbollarini aniqlash imkoni yaratiladi. Tarbiyachi eksperimen- tal-psixologik tadqiqotlarni qanchalik ko‘p o‘tkazsa, tajribasi shunchalik ortib boradi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi: bo- la faoliyatining xususiyatlarini o‘yin va o‘quv vaziyatlarida tah- lil qilish; maktab, bolalar bog‘chasi, oila sharoitiga moslashish, moslasha olmaslik darajasini aniqlash; bolaning ichki hayoti- ni tushunib olish istagi; shaxs xususiyatlarini har tomonlama rivojlantirishda unga har qanday yordam ko‘rsatish.Bo‘lajak tad- qiqotchi o‘zida quyidagi sifatlarni shakllantirishi lozim:
a) tadqiqot qarorlarini tez va aniq tuzish;
b) o‘z diqqatini bola topshiriqni qanday bajarayotganligiga va uning xulq-atvorini kuzatishga qaratish;
d) bola bilan yaxshi aloqaga kirishish, uning hamma ayt- ganlarini yozib, uning xulqidagi ba’zi reaksiyalarni to‘g‘ri ba- holash qobiliyatini yo‘qotmaslik va boshqalar.
Quyidagi kuzatishni keltiramiz: tarbiyachi bog‘chada mashg‘ulotlar o‘tkazish jarayonida Gulnora ismli qizning xulq-atvorida ba’zi boshqalarnikiga o‘xshamagan xususiyat- larni payqab qoldi. Qiz mashg‘ulotlarda tez chalg‘ib ketadi, ko‘pincha parishonxotir. Tarbiyachi topshirig‘ini tez bajarmay- di. Bir topshiriqni qo‘yib ikkinchisiga tez o‘tib ketadi, ish- ni oxiriga yetkazmaydi. O‘quv topshiriqlari bajarilmaydigan boshqa vaqtda esa o‘zgalardan farq qilmaydi.
Qizning diqqat, tafakkur, hissiy holatini o‘rganish uchun bog‘chada tadqiqot o‘tkazildi. Tekshiruv natijalari shuni ko‘rsatadiki, qizning psixik jarayonlarida hech qanday o‘zgarish yo‘qligi tasdiqlandi. Topshiriqni bajarish vaqtida charchash, faol diqqat darajasining pastligi kuzatilgan. Lekin bu xususiyatlar sinaluvchi diqqatini ishning boshqa shakliga ko‘chirish bilan osonlikcha bartaraf etilgan. Tarbiyachining vazifasi qizga ta’sir etayotgan boshqa omillarni to‘g‘ri aniqlash, individual ish olib borish, ko‘rsatilgan xususiyatlarni yo‘qotishdan iborat. Bu tad- qiqot natijasi shuni ko‘rsatadiki, qizdagi ixtiyoriy diqqat dara- jasining, ish qobiliyatining pastligi o‘zining obyektiv sabablariga ega. Qizning 3 yoshgacha rivojlanish tarixidan ma’lum bo‘ldiki u asfiksiya (kislorod yetishmasligi) bilan tug‘ilgan, tug‘ruqdan so‘ng bosh miyasi yallig‘langan. Uzoqroq ish faoliyatida bu nar- sa o‘z ta’sirini ko‘rsatgan, qiz tez charchab qolgan. Tarbiyachi qiz bilan ishlaganda shularni hisobga olishi zarur.
3. Aqli zaiflik darajasini yoki boshdan kechirgan kasallik tu- fayli psixik kamchiliklarni aniqlashga qaratilgan psixodiagnos- tik tadqiqotlar maxsus yoki yordamchi maktabda o‘qish haqida masala hal bo‘layotganda tibbiy pedagogik hay’at (komissiya) tomonidan foydalanishi mumkin.
4. Bolalarda paydo bo‘lgan yetarlicha o‘rganilmagan yangi psixik holatlarni tahlil qilish uchun ilmiy maqsadda psixologok tadqiqot o‘tkazish. Vazifa bunday qo‘yilganda tadqiqotchini qiziqtirgan masala katta guruhlarda o‘tkaziladi. Bu yerda olin- gan natijalarning statistik ishonchliligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Psixodiagnostika metodlarini tanlash va qo‘llash
Psixologik diagnostikada metodikalarning ishonchliligi muhim hisoblanadi. Maqsadga muvofiq tanlangan metodika va testlar psixik faoliyat ko‘rinishlarini to‘liq va har tomonlama o‘rganish imkonini beradi. Bolalar ustida psixologik tadqiqot- lar o‘tkazish tajribasi shundan dalolat beradiki, qo‘llanilayotgan psixodiagnostika metodikalarini shartli ravishda u yoki bu psixik jarayonlarni o‘rganish metodikalariga ajratish mumkin. Masalan, bola xotirasi haqida faqat bir metod asosida xulosa chiqarish mumkin emas, buning uchun metodikalar majmui- ni qo‘llash kerak. Shu bilan bir vaqtda, har bir eksperimental metodikalar o‘zining asosiy yo‘nalishidan tashqari (ya’ni shaxs- ning ma’lum xususiyatini o‘rganishdan tashqari) psixikaning boshqa xususiyatlari holati haqida ba’zi ma’lumotlarni bera- di. Masalan: bolalarga berilgan 10 ta so‘zni qanday yodlashi- ga qarab, faqat uning xotirasi haqidagina emas, balki ixtiyoriy diqqati, harakatlarining maqsadga qanday yo‘nalganligi, ular- ning sabablari haqida ham bilsa bo‘ladi.
Tarbiyachi-tadqiqotchi u yoki bu metodikani tanlaganida, ko‘rsatmani salgina o‘zgartirganida metodikaning yo‘nalishi o‘zgarib ketishini nazarda tutishi kerak. Topshiriqni baja- rishga kirishishdan oldinroq bolaga unga bo‘lgan ko‘rsatmani to‘g‘ri tushunganligiga ishonch hosil qilish kerak. Bajarilayot- gan topshiriqning muvaffaqiyati ko‘p hollarda shunga bog‘liq bo‘ladi. Psixologik-pedagogik tadqiqotning sifati ekserimen- tal qo‘llaniladigan metodikalar soniga bog‘liq bo‘ladi. Lekin bog‘cha va maktab yoshidagi bolalarda tadqiqot o‘tkazilganda ularning tez charchashini hisobga olish zarur.
Tadqiqot o‘tkazish uchun eksperimental metodikalarni tan- lashda quyidagilarni e’tiborga olish zarur:
a) tadqiqot maqsadi – psixik taraqqiyot darajasini aniq- lash, uning yoshga, ma’lumotiga mosligi, shaxs xususiyatla- rini aniqlash;
b) sinaluvchining yoshi va uning hayot tajribasi, uning ta’lim va tarbiyasi, amalga oshirilayotgan sharoit;
d) bolaning eksperimental tadqiqotga moslashishi, mulo- qotga kirishishi, verbal aloqa o‘rnatish xususiyatlari.
Tanlangan eksperimental-psixologik metodikalarni bola- ga darajasining o‘sib borishini hisobga olgan holda berish kerak. Tajriba jarayonida tadqiqotchi bola nimadan qiy- nalayotganligini aniqlaydi va unga yordamlashadi. Turli yosh davridagi bolalar guruhini tekshirishda psixodiagnos- tika metodikalari o‘z xususiyatlariga ega. Masalan: chaqa- loqlik davridagi bolalarni tekshirishda sensamotor harakatlar- ni o‘rganishga mo‘ljallangan metodlar qo‘llaniladi. 3 yoshdan
6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tekshirishda sodda harakat- larni yoki og‘zaki qo‘llanmalarni bajarishga qaratilgan top- shiriqlar beriladi: qalam, qog‘oz, plastilin va boshqa o‘quv vositalari qo‘llaniladigan topshiriqlar bola katta bo‘lgan sayin qiyinlashtirib boriladi. Masalan, 1–2 yoshli bolalar sensamo- tor sohasini tekshirishda an’anaviy metodlardan foydalanib u yoki bu harakat malakalarining qanday shakllanganligi- ga, ular ma’lum yosh davrida o‘rtacha ko‘rsatkichga qancha- lik mosligiga e’tibor beriladi. Ko‘pincha bu tadqiqotlar bola- lar motor harakati rivojlanishida kechikishning mavjudligi keyinchalik bolaning barcha psixik taraqqiyotida kechikish sodir bo‘lishining obyektiv zamini sifatida qaralishi kerak.
Shu bilan birga, erta yurgan bola o‘z tengdoshlarini bar- cha tomondan qoldirib ketadi, deb faraz qilish ham xato- dir. Bola xayotining birinchi ikki yilidagi umumiy jismoniy taraqqiyot bolaning keyingi aqliy taraqqiyotini belgilamaydi (R.N. Myussen, 1987).
Bolaning sensamotor sohada rivojlanish darajasi haqida uning atrofidagi turli predmetlar, jumladan, o‘yinchoqlar bilan harakat qilish xususiyatlari darak berib turadi. O‘yinchoqdan diagnostik qurol sifatida foydalanish uning tevarak-atrofidagi hodisalarni bilishga intilishi va faollik darajasi hamda pred- metlardan foydalanishda amaliy ko‘nikmalarning mavjudli- gini aniqlab beradi.
Kattaroq bolalarni tekshirishda konkret psixologik meto- dikalardan foydalanish mumkin. Chunki, xuddi shu davrdan boshlab so‘zli topshiriqlarni bajarish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlarni tushuna boshlaydi, unda zarur shaxsiy sifatlar shakllangan bo‘ladi, bilishga qiziqish rivojlangan bo‘ladi, u kattalar bilan birga eksperimental psixologik tadqiqotlarda nisbatan uzoqroq ishtirok etish holatida bo‘ladi.
Quyida metodikalardan namunalar keltiramiz.
Koss kubiklari
Bu metodika 1923-yilda S.S. Koss tomonidan taklif etilgan bo‘lib fazoda ish tutish, diqqat, ziyraklik, qurish-yasash xu- susiyatlarini o‘rganishga mo‘ljallangan. Bu metodika D. Veks- lerning (1939–1955) metodikasiga aqlni tekshirish subtesti sifatida kiritilgan.
Odatda bu metodni kattalarni tekshirishda qo‘llashadi, le- kin bunday topshiriqlarni bolalar ham qiziqib o‘ynaydilar. Bolalar berilgan namunaga ko‘ra kubiklardan shakllar yasash- lari kerak. Tajriba o‘tkazish uchun bir xil bo‘yalgan plastmassa yoki yog‘och kubiklar kerak bo‘ladi. Kubiklarning kattaligi 3x3 sm, shakli va rangi har xil shakllar chizilgan 10 ta rasm zarur. Sinaluvchi uchun ko‘rsatma: «Shunday shaklni to‘rtta kubik- dan yasab ko‘r». Rasmning birinchi namunasi ko‘rsatiladi va sinaluvchi taklif etilgan shakllarni kubiklardan yasay boshlaydi. Kubiklarni rasmning ustiga qo‘yib topshiriqni bajarish man etiladi. Vaqt hisobga olinadi. Topshiriqni bajarishning aniq- ligiga va bajarilish vaqtiga bog‘liq ravishda miqdoriy baho qo‘yiladi. Bog‘cha yoshidagi va boshlang‘ich sinfdagi bolalar
topshiriqni bajarishganda ozroq yordam berish lozim.
Agar bola qiynalsa, 1–2 shaklni yasab ko‘rsatish mumkin. Bunda eksperimentator faqatgina yasab ko‘rsatmasdan, qurish prinsipini ham tushuntiradi. Shaklni yasab bo‘lgach eksperi- mentator kubiklarni buzib tashlaydi va sinaluvchiga musta- qil kubiklarni yasashini aytadi. Tadqiqot qarorida ko‘rsatilgan yordam va bajarilgan vaqti yozib qo‘yiladi.
Link kubi
Bu metodika diqqat barqarorligini, ziyrakligini, hissiy reak- siyani aniqlashga imkon beradi. Tajriba o‘tkazish uchun 3x3 sm kattalikda bir xil 27 ta kichik kubchalar kerak. Kichik kubcha- larning tomonlari 3 xil (qizil, yashil, sariq) ranglarga bo‘yalgan bo‘ladi, ulardan tashqi tomonidan bir xil rangdagi katta kubik yasash mumkin bo‘lsin.
Bolaga bir xil rangli kub ko‘rsatiladi (masalan, qizil), so‘ngra buzib tashlab, xuddi shundayini yasash kerakligi aytiladi. Eks-perimentator qo‘shimcha ravishda bolaga, agar u qizil tomoni- ni ichkarida qoldirsa, unda qizil rang tashqari tomonda ye- tishmasligi aytiladi. Topshiriqni bajarish vaqtida sinaluvchining ziyrakligiga, tez bajarishiga, hissiyotiga ahamiyat beriladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tadqiq qilishda bu metodi- kalardan tashqari yana Shult jadvali bo‘yicha sonlarni izlash, xotirani o‘rganish, «Bavosita esda olib qolish metodikasi» (A.N. Leontev, 1928), qismlardan rasm hosil qilish (A.N. Bern- shteyn, 1911), klassifikatsiyalash, ortiqchasini o‘chirish (rasmli variant) kabilarni qo‘llash mumkin.
«Chalkashliklar» mеtodikasi
Bu metodika yordamida bolaning atrof-muhit to‘grisidagi obrazli tasavvurini hamda olamdagi narsa va hodisalar o‘rtasidagi mantiqiy tafakkur munosabatlarini bilishini va o‘z fikrlarini to‘g‘ri ifodalay olishini o‘rganishga yordam bеradi.
Ko‘rsatma: «Bu rasmga diqqat bilan qarab, uni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri chizilganini aniqla. Agarda xato topsang uni ko‘rsatib, nima uchun xato ekanligini tushuntirib bеr. Aslida bu narsalar qanday bo‘lishi kеrakligini aytib ber».
Vazifani bajarish uchun 3 daqiqa vaqt bеriladi.
«Nimaligini top!» metodikasi
Bolaga rasmning A qismi ko‘rsatilib (qolganlari qog‘oz bi- lan berkitiladi) bu rasmda nima chizilganini topish so‘raladi. Vazifani bajarishdan avval bolaga boshqa rasm yordamida na- muna ko‘rsatiladi. Vazifani bajarishga o‘n sеkund vaqt bеriladi. Agar bola ushbu vaqt davomida vazifani bajara olmasa rasmning B qismi ochib ko‘rsatiladi va hokazo. Rasmni aniq-
lashga sarflangan umumiy vaqt hisobga olinadi.
Natijalarni baholash:
10 ball – vazifani 10 sеkund davomida A variantida bajardi. 7–9 ball – vazifani 11–20 sеkund davomida B varianti
ko‘rsatilgandan so‘ng bajardi.
4–6 ball – vazifani 21–30 sеkund davomida D varianti ko‘rsatilgandan so‘ng bajardi.
2–3 ball – vazifani 30–40 sеkund davomida E varianti ko‘rsatilgandan so‘ng bajardi.
0–1– ball – A,B,D variantlar ko‘rsatilib 50 sеkunddan ko‘p vaqt sarflab vazifani bajara olmadi.
Rivojlanish darajasi: 10 ball – juda yuqori; 8–9 ball – yuqori; 4–7 ball – o‘rta;
2–3 ball – past;
0–1 ball – juda past.
Do'stlaringiz bilan baham: |