26-MAVZU: ILK VA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR PSXIKASNI ASOSIY XUSUSIYATLARI
REJA:
Ilk yoshdagi bolalarning psixiksini asosiy xususiyatlari
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasini asosiy xususiyatlari
Ilk yoshdagi bolalarda nerv sistemasining rivojlanish
Bola yoshidan oshgach, uning go‘daklik davri tugaydi. Bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davr odatda ilk yosh davri (ilk yosh davri) deb yuritiladi. Bu davrda ham bola jismoniy va psixik jihatdan tez rivojlanishda davom etaveradi. Lekin, uning rivojlanishi chaqaloqlik davridagiga nisbatan ancha sekin- lashadi. Bola yoshidan oshgach, uning tashqi qiyofasi ancha o‘zgaradi. Bu o‘zgarish turli a’zolarning nisbati boshqacha bo‘lib qolganida ko‘rinadi. Bir yoshdan oshgan bolaning bosh suyak- lari ilgarigidek tez o‘smaydi. Boshining o‘sishi biroz sekinlashib, uning o‘rniga qo‘l va oyoqlari tez o‘sa boshlaydi. Bolaning bo‘yi 25 sm o‘ssa, bir yoshdan ikki yoshga to‘lguncha bo‘lgan davr- da 10 sm ga o‘sadi. Ikki yoshdan uch yoshgacha esa bolaning bo‘yi faqat 6–7 sm ga o‘sadi. Ilk yosh davrida bolaning vaz- ni ham ana shu tariqa rivojlanadi. Agar tug‘ilgandan bir yosh- ga to‘lguncha bo‘lgan bolaning vazni uch barobarga ortsa, bir yoshdan ikki yoshgacha bo‘lgan bolaning vazni 3,5 kg ortadi. Ikki yoshdan uch yoshgacha esa faqat 1,5 kg ga ortadi. Shu- ni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerakki, bolaning bo‘yi va vaznining o‘sishiga nisbatan bo‘lgan bu ma’lumotlar hamma bolalar uchun umumiy hamda o‘zgarmas emas. Bu ma’lumotlar o‘rtacha hisobga to‘g‘ri keladi. Kun tartibi, bola yeydigan ovqat- ning turlari, ayniqsa ovqatning miqdori, sifati va irsiy xususiyat- lar bola bo‘yi hamda vaznining o‘zgarishiga katta ta’sir qiladi. Ilk yosh davridagi bolalar suyaklarining rivojlanishida ham jid- diy o‘zgarishlar yuz beradi. Bu yoshdagi bolalarda tog‘aysimon suyaklarning o‘sishi va qotishi tezroq davom etadi. Umurtqa suyaklari borgan sari mustahkamlanib, suyaklanish (qotish) ja- rayoni tezlashadi. Umurtqa suyaklarining bunday o‘zgarishi bola yurganda, yugurganda va murakkab sakrash harakatlarin bajarganda gavda og‘irligini ko‘tarish imkonini beradi. Biroq ilk yoshdagi bolalar umurtqa suyaklari hali juda ojiz va elastik bo‘ladi. To‘g‘ri o‘tirmaslik, tekis qilib solinmagan o‘rinda yotish natijasida bolaning umurtqa suyaklari qiyshayib o‘sishi mumkin. Bosh suyagining tutashmagan joyi, ya’ni kalla liqildoqlari bitib ketib, ensa va tepa qismlari o‘sadi. Bolaning dastlabki sut tish- lari chiqib, jag‘i avvalgiga nisbatan aktiv ishlay boshlaydi.
Bir yoshga to‘lgan bolaning harakatchanligi ortib borgan sa- ri uning ichki organlari faoliyatida ham muhim o‘zgarishlar yu- zaga keladi. Ma’lumki, har qanday harakat qon aylanishi bi- lan nafas olishning aktiv ishlashini taqozo qiladi. Bola bir yoshga to‘lgach, bemalol yurib, har xil harakatlarni qiladigan bo‘lgach uning yurak vazni hamda o‘pkasining hajmi anchagi- na kattalashadi, yurak muskullari ham birmuncha mustahkam- lanib qon bosimi bir qadar oshadi. Bu esa qon tomirlari urishi- ning sekinlashishiga olib keladi. Masalan, chaqaloq bolaning qon tomiri daqiqaga 120–130 marta ursa, bog‘chagacha tarbiya yoshida bolaning yuragi 110–120 marta uradigan bo‘lib qoladi. Ilk yosh davridagi bola organizmi juda ko‘p ozuqa moddalar- ni talab qiladi. Yoshidan oshgan bola turli xil ozuqa moddalarni asosan ovqatdan oladi. Bola yoshidan oshgach, ko‘krakdan ajra- tiladi. Ana shu davrdan boshlab uni kattalar iste’mol qiladigan ovqatlarga sekin-asta o‘rgatila boshlanadi. Bolaning faqat ona sutini iste’mol qilishdan boshqa ovqatlarni ham iste’mol qilish- ga o‘tishi uning ovqat hazm qilish organlarida o‘zgarish yasaydi. Bolalarning jismoniy jihatdan normal va sog‘lom o‘sishlari uchun oilada ham MTMda ham ularning qat’iy rejim bilan sifatli ovqatlantirishga jiddiy e’tibor bilan qarash kerak. Ilk yoshdagi bola ovqatlanishida yuzaga keladigan bu o‘zgarishlar bolaning qon tarkibini ham o‘zgartiradi. Ovqatning turi ort- gan sari qondagi eng muhim elementlar bo‘lmish gemoglobin va eritrotsitlar miqdori ortadi. Lekin shunday bo‘lsa ham bu yoshdagi bolada organizmni yuqumli kasalliklardan muho- faza qilib turadigan oq qon tanachalari (leykotsitlar) yetar- li miqdorda bo‘lmaydi va ular turli yuqumli kasalliklarga tez chalinadigan bo‘ladi. Shunday qilib, ilk yoshdagi bola jis- moniy jihatdan tez o‘sishda davom etsa ham, u hali tashqi muhit o‘zgarishlariga yaxshi moslasha olmagan bo‘ladi. Shuning uchun muhitning salgina o‘zgarishi bolaga darhol ta’sir qiladi. Bola yangi muhit sharoitida tez toliqadi.
Bolaning psixik jihatdan sog‘lom o‘sishi uchun uning orga- nizmini mustahkamlaydigan tadbirlarga, ya’ni qat’iy kun tarti- bi, gigiyena qoidalari va organizmni sistemali tarzda jismoniy jihatdan chiniqtirishga rioya qilish kerak.
Ilk yoshdagi bolalarda nerv sistemasining rivojlanishi
Bolaning ilk yoshdagi davrida ham nerv sistemasi tez rivoj- lanishda davom etadi. Bu davrda bosh miyaning hajmi va vaz- ni anchagina ortadi. Masalan, bola bir yoshdan ikki yoshga kirguncha bosh miyasining vazni 940 g dan 1025 g ga ortadi. Ikki yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davrda esa bola miyasi- ning vazni 1025 g dan 1112 g ga ortadi. Bu davrda bola mi- yasi vaznining ortishi bilan birga miyaning ichki qismlarida ham jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Miya po‘stidagi nerv hu- jayralarining (neyronlarning) tuzilishi murakkablashadi, ya’ni neyronlarning shoxsimon o‘simtalari tobora orta boradi. Bosh miya po‘stidagi nerv hujayralarining takomillashuvi turli assot- siatsiyalarning (muvaqqat aloqalarning, shartli reflekslarning) yuzaga kelishini osonlashtiradi va tezlashtiradi.
Ilk yosh davridagi bola nerv sistemasining rivojlanishida ham nerv tolalarining miyelinizatsiyalanishi davom etadi. Bu davrda asosan bosh miya yarimsharlaridagi nerv hujayralarini bir-bi- ri bilan bog‘lovchi nerv tolalari miyelin pardasi bilan qoplanib, bir-biridan ajratiladi. Bola psixikasining rivojlanishida buning ahamiyati g‘oyat kattadir. Chunki shu munosabat bilan, ya’ni miyelinizatsiya orqali nerv tolalarining bir-biridan ajratilishi bi- lan turli taasurotlar (qo‘zg‘alishlar) nerv sistemasida tezroq tar- qaladi va ravshanroq aks ettiriladi. Nerv hujayralarini bir-bi- ri bilan bog‘laydigan juda ham nozik nerv tolalarining miyelin pardasi bilan qoplanib, bir-biridan ajratilishi butun nerv siste- masining tobora uyg‘un va puxta ishlashiga yordam beradi. Bu miya po‘sti nerv sistemasidagi barcha quyi boblar faoliyatini as- ta-sekin o‘ziga bo‘ysundira boradi. Shu tariqa bolaning butun hayotida oliy nerv faoliyatining roli orta boradi.
Ilk yoshdagi bolalarda shartli reflekslar tez va oson- lik bilan yuzaga keladi, xili orta boradi. Bog‘chagacha tar- biya yoshidagi bolalar nerv sistemasining rivojlanishidagi eng xarakterli tomonlardan biri shundan iboratki, bu davrda shar- tli tormozlanishning oddiy turlari yuzaga kela boshlaydi. Shartli tormozlanishning ishlay boshlashi tufayli bu yoshda- gi bolalar ayrim harakatlardan o‘zlarini darhol to‘xtata ola- digan bo‘ladilar. Masalan, ikki yoshli bolaga «tegma», «jim bo‘l», «to‘xta», «yo‘q» kabi so‘zlarni tegishli qo‘l yoki boshqa ishoralar bilan aytilsa, u o‘zini ba’zi harakatlardan tiya oladi. Shartli tormozlar ko‘paya borgan sari ularning hosil bo‘lishi ham yengillasha boraveradi va bola o‘z xatti-harakatlarini ifo- da qila olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Oliy nerv faoliyatining ishida signallar sistemasining nisbati o‘zgaradi. Agar bir yosh- gacha bo‘lgan bola asosan birinchi signallar sistemasi orqa- li tashqi muhitni aks ettirsa, ikki yoshga to‘lgandan so‘ng ik- kinchi signallar sistemasi ham ishga tusha boshlaydi. Lekin ilk tarbiya yoshidagi davrda birinchi signallar sistemasining faoli- yati ustun bo‘ladi. Bu davrda ikkinchi signallar sistemasi doi- rasida, ya’ni nutq materiallari, so‘zlar, gaplarga nisbatan shartli reflekslar yuzaga kela boshlaydi. Bu yoshdagi bolalar anchagi- na so‘zlarning ma’nosini to‘gri tushuna oladigan bo‘ladilar.
Ilk yosh davridagi bolalar analizatorlari ham tobora takomil- lashib boradi. Ularning ko‘rish, eshitish, ta’m va hid bilish, teri hamda harakat sezgilarining sezgirligi ancha o‘tkirlashadi. Ana shularning hammasi ilk yosh davridagi bolalar psixikasi- ning yanada rivojlanishi uchun qulay sharoit tug‘diradi.
Ma’lumki, bolaning ilk tarbiya yoshidagi davri butun sez- gi a’zolarining jadal taraqqiy etish davri, ya’ni senzitiv davr hisoblanadi. Aslini olganda bolaning uch yoshgacha bolgan davri senzitiv taraqqiyotining boshlanish davridir. Bu davrdan boshlab bolaning turmush tajribasi orta boradi. Bolalarning tashgi olamni bilishdagi aktivliklari ortgan sari ular bir-birla- ridan individual jihatdan farq qila boshlaydilar. Buning saba- bi shundaki, har bir bola maxsus sharoitda oziga xos ravish- da aktivlik ko‘rsatadi va tevarak-atrofidagi turli-tuman narsa va hodisalarni bilishga harakat qiladi. Bu esa ularda har sohaga doir o‘nlab savollarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Ma- na shularning barchasi bolaning ilk yosh davrila boshlanadigan haqiqiy senzitiv davr uchun asos yaratadi.
Ilk yoshdagi bolalar psixikasining taraqqiyoti
Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalarning analizatorlari yaxshi takomillashgani va ular erkin harakat qila olish imkoni- yatiga ega bo‘lganliklari tufayli bu davrda psixik jihatdan tez rivojlanadilar. Ma’lumki, ilk yosh davridagi bolalar faqat yurib va emaklabgina qolmay, yugurish, sakrash hamda baland va past to‘siqlardan oshib o‘tish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar. Ilk yosh davridagi bolalarning ertadan kechgacha turli harakat- lar qila olish imkoniyatlari tevarak-atrofdagi muhitni bilish ehtiyojini qondirishda juda katta sharoit yaratib beradi.
Ilk yosh davridagi bolaning turmush tajribasi deyarli yo‘q bo‘lganligi uchun uni hamma narsa qiziqtiradi. U o‘zining kundalik tinimsiz harakatlari davomida kattalarga taqlid qilib, mustaqil ravishda kiyinish, yechinish, ovqat yeyish, yuvinish kabi harakatlarni o‘zlashtira boshlaydi. Ilk yosh davridagi bola o‘zining kundalik harakatlari davomida hech bir erinmay, ko‘z o‘ngidagi hamma narsalarni tekshirib ko‘radi. Natijada juda ko‘p yangiliklarni bilib oladi, o‘zining sezgi va idrokini, tasav- vur va xotirasini, tafakkur va nutqini, hissiyot va xayolini – umuman hamma psixik jarayonlarini rivojlantiradi.
Ilk yosh davridagi bolalarda nutq juda tez rivojlana bosh- laydi. Ikki yoshga to‘lgan bola bir necha so‘zlarni aniq talaffuz qila oladi va atrofdagi kattalarning gapiga tushuna boshlaydi. Nutqning o‘sishi, ya’ni so‘zlay bilish qobiliyati bolaning bu- tun psixik taraqqiyotiga, undagi barcha psixik jarayonorlarning va psixik xususiyatlarning o‘sishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ilk yosh davridagi bolaning psixik taraqqiyotida asosan ikkita omil
– erkin harakatlar va nutq katta ahamiyat kasb etadi.
Bu yoshdagi davrda sezgilarning rivojlanishi analizatorning tobora takomillashuvi bilan bog‘liqdir. Ikki yoshdan oshgan bolaning sezgilari (ko‘rish, eshitish, hid va ta’m bilish, teri va harakat kabi) uning har kungi xilma-xil harakatlari davomida turli narsalarga bevosita to‘qnash kelishi natijasida rivojlanadi. Bola yoshiga to‘lib yura boshlagach, harakat sezgilarining rivojlanishi uchun juda keng imkoniyatlar maydonga keladi. Bu yoshda bola ko‘p narsalarni o‘zi mustaqil ravishda qo‘liga olib ushlab, timirskilab ko‘radi, stulga chiqib tushadi, karavot tagiga kiradi, quti va eshiklarni tartib bilan ochib yopadi. Ana shuning uchun bola yurgandan so‘ng uning predmetlarni bi- lish doirasi juda kengayib, har kungi tinimsiz harakatlarida ju- da ko‘p narsalarni bilib oladi va uning harakat sezgilari ham takomillashadi hamda fazoni va fazoviy munosabatlarni (ba- land, past kabi) anglay boshlaydi.
Ilk yoshiga kelib bolaning barcha sezgi a’zolari tuzilishi ji- hatidan deyarli to‘la takomillashgan bo‘ladi. Ilk yoshda ko‘proq sezgi a’zolarining markaziy qismlari takomillashadi. Ilk yoshda- gi bolalarga xos bo‘lgan miya po‘stida har qanday qo‘zg‘alishning keng irradiatsiyalanish (yoyilish) xususiyati qisman bog‘cha yoshidagi davrda ham saqlanib qolgan bo‘ladi. Bu esa bolalar- da farq ajratish sezgilarining takomillashuviga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun, 2–3 yoshli bolalar narsalarning farqini tez ajra- ta olmasliklari tufayli har bir narsani bevosita ushlab, timirskil- ab ko‘rishga bo‘lgan intilishlari bog‘cha yoshidagi davrda ham qisman saqlanib qoladi. Keyinchalik turmush tajribasining bir- muncha ortishi bilan ko‘rish va eshitish sezgilari teri, muskul va harakat sezgilaridan (ya’ni narsalarni hamisha bevosita timirski- lab ko‘rishdan) ustunlik darajasiga ko‘tariladi.
Sezgilarning normal rivojlanishi bola idrokining taraqqiyo- ti uchun zamin bo‘ladi. Yoshidan oshib, bemalol yura va yu- gura oladigan bolaning idroki uning har kungi tinimsiz hara- katlari jarayonida takomillashib, narsalar haqidagi tasavvurlari aniqlashib boradi, lekin katta odamlar idrokidan keskin farq qiladi. Birinchidan, bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalarda turmush tajribasi yo‘qligi tufayli ularning idroklari ham angla- shilmagan xarakterga ega bo‘ladi. Ular ko‘p narsalarga birinchi marta duch keladilar. Shuning uchun bolalar idrok qiladigan ko‘p narsalar ularga yangilik, ya’ni dastlabki taassurot kuchiga ega bo‘ladi. Ikkinchidan esa, bolalarning idroki ko‘pincha ixti- yorsiz xarakterga ega bo‘ladi, ya’ni ularning idrokida muayyan bir maqsadni ko‘zlash hali sezilmaydi. Shuning uchun ularning idroki bir narsadan boshqa bir narsaga beixtiyor ko‘chib ke- taveradi. Lekin bu yoshdagi bolalarda hissiyoti kuchli bo‘lgani uchun ular o‘zlarini qiziqtiradigan, hayron qoldiradigan, hissiy kechinmalar uyg‘otadigan narsalarni idrok qiladilar.
Bu yoshdagi bolalar idrokining yana farqlanadigan tomo- ni shundaki, ular idrok qilayotgan narsalarni umumlashtira ol- maydilar. Atrof-muhitdagi narsalarni qanday bo‘lsa shunday- ligicha idrok qiladilar. Bu xususiyat ularning rasmlarni idrok qilishlarida yaqqol ko‘rinadi. Masalan, bir yarim, ikki yoshli bolaga otning kallasi solingan surat ko‘rsatilsa, u «Otning o‘zi qani?» deb so‘raydi.
Ikki yoshga yaqinlashib qolgan bolaning idrokida narsalarni bir-biridan farqlash juda yaqqol ko‘rinadi. Masalan, bola surat- da tasvirlangan it, ayiq, qarg‘a, koptok, mashina va hokazolar- ni bemalol tanib, ajrata oladi.
2–3 yoshli bolalarning idroklarida ayrim fazoviy element- lar ham ko‘rina boshlaydi. Masalan, ular narsalarning katta- kichikligini farqlay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar «katta»,
«kichik» so‘zlarini hali ayta olmasalar ham bunday tushunchani imo-ishora va allaqanday ovoz chiqarish bilan ifodalashga in- tiladilar. Katta narsalar haqida qo‘llarini baland ko‘tarib «u-u- u» deyishlari kichkina narsalarni ifodalamoqchi bo‘lganlarida esa «burunlarini bujmaytirib, ko‘zlarini yarim yumib, ingichka ovoz chiqarib «i-i-i» deyishlari mumkin.
Ilk yoshidagi bolalarning nutqni egallashlari idrokning yana ham rivojlanishi uchun juda katta imkoniyat tug‘diradi. Nutqni egallagan bola idrok qilayotgan narsalarning nomini ataydigan bo‘ladi. Bu idrokning onglilik darajasini yanada o‘stiradi. Ana shu davrdan boshlab bola endi nutq orqali ham (ya’ni narsalar- ning nomini eshitish orqali) idrok qila oladigan bo‘ladi. Bola nomini bila olmagan narsalari haqida «Bu nima?», «Buning oti nima?» deb savol bera boshlaydi.
Ilk yoshidagi bolalarda vaqtni idrok qilish juda sodda, ya’ni boshlang‘ich holatda bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar faqatgina ho- zirgi zamon vaqti bilan yashaydilar. Ular shu kunni, ayni shu daqiqani yaxshi tasavvur etib, o‘tgan va kelasi zamonni noa- niq, pala-partish tasavvur etadilar. Eng ko‘p ishlatiladigan vaqt tushunchalaridan «kecha», «bugun», «ertaga» va «indinga» ka- bilarni ham ko‘pincha almashtirib yuboradilar. Vaqt tushun- chalarini idrok qilishdagi bu qiyinchiliklar bolalarda ko‘pincha bog‘cha yoshining dastlabki davrlarida ham saqlanib qoladi.
Shunday qilib, ilk yoshdagi bolalarning idroki kundalik faoli- yatlarida tevarak-atrofidagi narsa va hodisalarni kuzatish va ular bilan bevosita munosabatda bo‘lishi jarayonida har tomonlama rivojlanib boradi. Bolalar idrokining mazmunan boyishiga nutq- ni egallash juda katta ta’sir qiladi. Ana shu jihatdan olganda, tar- biyachisining vazifasi nutqdan bolalar idrokini o‘stiradigan vosi- ta sifatida keng foydalanishdir. Bolalar bilan ko‘proq gaplashish, tevarak-atrofdagi narsalar haqida ko‘proq so‘zlab berish, bola- larning turli-tuman savollariga mumkin qadar javob qaytarish- ga harakat qilish, narsalarning asosiy va muhim xususiyatlari- ga bolalarning diqqatlarini jalb qilish lozim. Bularning hammasi bolalar idrokini o‘stirishning zarur va muhim yo‘llari hisoblanadi. Ilk yosh davridagi bolalarda diqqatning ixtiyorsizligi va be- qarorligi ularda tormozlanish jarayonining hali kuchsizligi bi- lan bog‘liqdir. Bu yoshdagi bolalarda tormozlanishga nisbatan qo‘zg‘alish jarayoni kuchli (ustun) bo‘lganligi sababli qo‘zg‘alish jarayoni bilan tormozlanish jarayoni muvozanatlasha olmay, qo‘zg‘alish ustunlik qiladi va bosh miya yarimsharlarining to- bora yangi-yangi qismlariga tarqalib ketaveradi. Ana shuning uchun kichik bolalarning diqqati bir narsadan ikkinchi narsaga
chalg‘ib ketaveradi. Masalan, bolaga yangi o‘yinchoq bersangiz u o‘yinchoqni juda qiziqib ko‘ra boshlaydi. Lekin ayni shu paytda yana bir boshqa o‘yinchoqni ko‘rsatsangiz, birinchi o‘yinchoqni tashlab, ikkinchisiga talpinadi. Ilk yoshdagi bolalar diqqatining beqarorligi fiziologik nuqtayi nazaridan ularda hali tormozlanish jarayonlarining kuchsizligi bilan bog‘liqdir. Tormozlanish jarayoni qo‘zg‘alish jarayonining keng yoyilib ketishini to‘xtata olmaydi.
Ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining g‘oyat beqaror bo‘lishi turmush tajribalarining juda ozligi bilan ham bog‘liqdir. Bolalarga hamma narsa yangilik bo‘lib tuyilaverganidan ular- ning diqqatlari bir narsadan ikkinchi narsaga tez-tez chalg‘ib ketaveradi. Bola ko‘z o‘ngidagi narsaning o‘zi bolaga juda qiziq tuyilgani sababli ham diqqati chalg‘ib ketadi. Masalan, N.M. Menchinskayaning hikoya qilishicha, Sasha (1 yosh-u 8 oylik)
«Echki va uning bolalari» haqidagi ertakni zo‘r qiziqish bilan tinglaydi. Bo‘ri kelib eshikni taqillatgani hikoya qilinganda, Sa- sha bo‘rining qanday taqillatganini ko‘rmoqchi bo‘lib, devorga
«tap-tap» etib uradi, lekin ba’zan taqillatishga shu qadar mah- liyo bo‘lib ketadiki, ertakni tamomila unutib qo‘yadi.
Ilk bolalik davridagi bolalarda diqqatning bo‘linuvchanligi juda zaif, ko‘lami esa tor bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar diqqat- larini faqat ko‘zlariga yaqqol ko‘rinib turgan bir narsagagi- na qarata oladilar. Ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining rivojlanishida nutqning roli juda kattadir. Bolaning tili chi- qib nutqni egallay boshlashi, katta kishilar bilan muloqot- da bo‘lishdan tashqari, ularning ko‘rsatmalarini bajarish im- koniyatini ham beradi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, kichik yoshli bolalar kattalarga qarashishni, imkoni boricha ularning mehnatlariga aralashishni juda yoqtiradilar. Kattalarning ilti- mos va topshiriqlarini bajonu dil ado etadilar, o‘z-o‘ziga xiz- mat ko‘rsatishga oid oddiy yumushlarni qiziqib bajaradilar, ota-onalariga xo‘jalik ishlarida qarashishga harakat qiladilar. Mana shularning hammasi, diqqatni ma’lum darajada to‘plash va muayyan bir maqsadga qaratishni talab etadi. Bu esa bola- larda ixtiyoriy diqqatning rivojlanishiga asos yaratadi.
Ilk yosh davridagi, ya’ni ikki yoshga to‘lib uch yosh- ga qadam qo‘ygan bolalarda diqqatning ixtiyoriy turi ham rivojlana boshlaydi. Bu yoshdagi bolalarda ko‘rinadigan ix- tiyoriy diqqat alomatlari katta odamlarning buyruq va top- shiriqlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatlarda rivoj- lana boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |