18- MAVZU: QOBILIYATLAR
REJA:
Qobiliyat haqida tushuncha
Qobiliyatlarning miqdor va sifat tavsifi
Qobiliyatlar tavsifi
Qobiliyatlar tarkibi
Pedagog bolalarni kuzatib ulardan ba’zilari qobiliyatli, boshqalari kamroq qobiliyatli bo‘ladi deb hisoblar ekan, bu gapda jon bor. Shunday bo‘ladiki, ba’zi bolalar ehtiyojlari va qiziqishlaridan kelib chiqib she’r va ertaklarni, sahnalashtiril- gan rollarni tez va oson yodlab oladilar.
Qobiliyatlar deb, shunday psixik sifatlarga aytiladiki, kishi ular yordamida bilim, ko‘nikma va malakalarni nisbatan oson- lik bilan egallab oladi va biror faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanadi. Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo‘ladi. Idrok etish paytida, masalan, ranglarning tovlanishdagi nozik farqlari, predmetlarning aniq ko‘rinishi, proporsional nisbat- larni tushunish, kuzatuvchanlik, absolut eshitish (musiqa bi- lan shug‘ullanishida) va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Ayrim qobiliyatlar xotirani yaxshi ishlashi bilan bog‘liqdir. Qobiliyat- lar bilim, malaka va ko‘nikmalardangina iborat emas, garchi ular asosida paydo bo‘lib rivojlanib borsada. Shuning uchun o‘quvchilarning qobiliyatlarini aniqlashda bolaning biror nar- sani sust bilishi, unda qobiliyatning yo‘qligidan deb hisoblamasdan, juda ehtiyot bo‘lish va xushmuomalalik bilan ish ko‘rishi kerak. Bunday xatolar ba’zan biror sabab bilan mak- tabda yaxshi o‘qimagan bo‘lajak yirik olimlarga nisbatan ham yo‘l qo‘yilgan. Bolalik davrida u yoki bu qobiliyatlarning atrof- muhitdagi odamlar tomonidan tan olinmaganligi, kеyinchalik xuddi ana shu qobiliyatlari tufayli jahonda munosib shon- shuhrat qozonishga musharraf bo‘lgan juda ko‘p allomalarning nomi olamda mashhur, chunonchi, Albеrt Eynshtеyn (nisbiylik nazariyasi asoschisi), Nikolay Lobachеvskiy (yangi gеomеtriya yo‘nalishi asoschisi) va boshqalar o‘qishiga qaraganda gеnial olim bo‘lib voyaga yеtishishida hеch qanday asos yo‘q edi.
Har turli qobiliyatlarning konkret psixologik xarakteristika- sini o‘rganar ekanmiz, bu qobiliyatlarda birgina emas, balki juda ko‘p turdagi faoliyat talablariga javob beradigan umumiy- roq fazilatlarni va bundan tashqari ushbu faoliyatni birmuncha torroq doiralari talablariga javob beradigan maxsus fazilatlarni ajratishimiz mumkin.
Layoqat va uning turlari
Ba’zan o‘ta iqtidorli va qobiliyatli bola haqida gap ketsa, undagi bu sifat tug‘ma ekanligiga ishora qilinadi. Psixologi- yada tug‘ma alomatlari bor bo‘lgan individual sifatlar layoqat deb yuritiladi. Layoqat ikki xil bo ‘ladi, ular tabiiy layoqat va ijtimoiy layoqat. Tabiiy layoqat odamdagi tug‘ma xususiyat- lardan oliy nerv tizimi faoliyatining xususiyatlari, miyaning yarimsharlarining qanday ishlashi, qo‘1-oyoqlarning biologik va fiziologik sifatlari, bilish jarayonlarni ta’minlovchi sezgi or- ganlari – ko‘z, quloq, burun, teri kabilarning xususiyatlaridan kelib chiqsa (bular nasliy ota-onadan genetik tarzda o‘tadi), ijtimoiy layoqat bola tug‘ilishi bilan uni o‘rab turgan muhit, muloqot usullari, so‘zlashish madaniyati, qobiliyatni rivojlan- tirish uchun zarur shart-sharoitlardir. Bola bu ikkala layoqat muhitini ota-onadan tayyoricha qabul qiladi. Tabiiy anato- mik-fiziologik layoqat nishonalari qobiliyatlarning fiziologik asosini tashkil etadi. Keyinchalik qobiliyatga aylanadigan la- yoqat nishonalarining majmui kishining iste’dodi deyiladi. Layoqatsizlik, intellektning pastligi sabablardan biri ham an shu yuqorida ko‘rsatilgan ikki layoqat o‘rtasida tafovut bo‘lishi mumkin. Ilk yoshdayoq bolaning o‘zidagi mavjud imkoniyat- larini rivojlantirish, shart-sharoitlar yaratish ishini to‘g‘ri yo‘l- ga qo‘yish kerak.
Bolalar bilan individual ishlash.
Bola bilim, malaka, ko‘nikmalarni o‘stirish borasida harakat qilmasa eng kuchli tug‘ma layoqat ham layoqatligicha qolib, iqtidorga aylanmaydi. Eng talantli, mashhur shaxslarning eng buyuk ishlari, erishilgan ulkan muvaffaqiyatlarning tagida ham layoqat va asosan tinimsiz mehnat, intilish, ijodkorlik va bi- limga chanqoqlik yotadi. Shuni ham unutmaslik kerakki qo- biliyatsiz odam bo‘lmaydi. Agar shaxs aldanib o‘zidagi iqtidor yoki layoqatni bilmay, kasb tanlagan bo‘lsa, u atrofdagilarga layoqatsiz, qobiliyatsiz ko‘rinadi. Lekin aslida nimaga uning qobiliyati borligini o‘zi vaqtida to‘g‘ri anglay olmagani sabab bo‘lib, u bir umr shu toifaga kirib qoladi.
Qulay sharoitlar mavjud bo‘lganda, ayrim kishilarda, qobi- liyatlar juda erta rivojlanadi. Odatda musiqa va tasviriy san’atga layoqat ancha ertaroq paydo bo‘ladi. Masalan, M.I. Glinka 3–4 yoshidayoq shunday o‘yinni yoqtirgan. U ovoz chiqaradigan turli buyumlarni (mis tog‘ora, kastrulka) yog‘och bilan chal- gan. Bunda kattalarni hayron qoldirgan darajada ohangdosh tovushlar paydo bo‘lganki, ularni eshitish maroqli edi. Keyin- chalik bu bola buyuk kompozitor bo‘lib yetishdi. Kishilarda musiqa va tasviriy san’atga layoqatdan birmuncha keyinroq adabiy qobiliyatlar paydo bo‘ladi, lekin ayrim talantli shoir- larda bu qobiliyatlar juda erta paydo bo‘ladi. Masalan, A. Navoiy besh yoshiga, A.S. Pushkin, Lermontov va Nekrasov hali 10 yoshga to‘lmasdanoq she’r yoza boshlagan.
Qobiliyat turlari
Qobiliyatlar umumiy va maxsus bo‘ladi. Umumiy qobili- yatlar mavjud bo‘lganda kishi faoliyatining turli xillari bi- lan muvaffaqiyatli shug‘ullana oladi. Umumiy qobiliyatga ega o‘quvchilar odatda barcha fanlardan yaxshi va qiynalmay o‘qiydilar. Maxsus qobiliyatlar kishiga qandaydir bir muay- yan faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanish imkonini beradi. Masalan matematik, texnikaviy, adabiy, musiqaviy, tasviriy va boshqa qobiliyatlar bo‘ladi.
Har bir ongli inson qobiliyati va zehni ustida ilk yosh- ligidan boshlab, «yuragi chopgan» ish bilan shug‘ulansa va undan qoniqish olib qobiliyatini o‘stirishga imkoniyat topib, yutuqlarga erishsa, biz uni iqtidorli deymiz. Iqtidor insonning o‘z xatti-harakati, bilimlari, imkoniyatlari, malakalariga nis- batan subyektiv munosabatidir. Iqtidorli odam genial yoki ta- lantli bo‘lmasligi mumkun, lekin u har qanday ishda mardlik, chidamlilik o‘z-o‘zini boshqara olish, tashabbuskorlik kabi fa- zilatlarga ega bo‘lib, ishni sidqidildan bajaradi. Ular ana shun- day harakatlari bilan ba’zan o‘ta iste’dodli, lekin kam harakat kishilardan ko‘ra jamiyatga ko‘proq foyda keltiradilar. Iqtidor- li insonda iste’dod sohibi bo‘lish imkoniyati bor. Iste’dod har tomonlama rivojlangan, nihoyatda kuchli va takrorlanmas qo- biliyatdir. U tinimsiz mehnat, o‘z qobiliyatini takomillashtirib borish yo‘lida barcha qiyinchiliklarni yengish, irodasi va bu- tun imkoniyatlarini safarbar qilish natijasida qo‘lga kiritiladi. Biror faoliyatning, ayniqsa muvaffaqiyatli, mustaqil va ori- ginal tarzda bajarilishini taqozo qiladigan zo‘r qobiliyatlar birik- masi iste’dod deyiladi. Ijodiy faoliyatga qobiliyatli kishilarni talantli kishilar jumlasiga kiritish mumkin. Bunday kishilar ijti- moiy munosabatlar sohasida o‘z davrining progressiv g‘oyalarini juda muvaffaqiyatli ravishda amalga oshiradilar, adabiyot va san’at sohasida hozirgi zamonning ilg‘or tafakkuri darajasida- gi mukammal asarlarni yaratadilar, fan va texnika sohasida ular murakkab nazariy va amaliy vazifalarni yaxshi hal etadilar.
Talantlilikning yuqori bosqichi daholik deb ataladi. Ijti- moiy hayotda fan, adabiyot, san’at va shu kabi sohalarda prinsipial ravishda yangi biror narsa yaratgan kishilar daho- lar (geniy) deb hisoblanadilar. Genial kishilar ijodining mah- suli faoliyatning biror sohasini rivojlantirishda muhim bos- qich hisoblanadi. Genial kishilar insoniyat taraqqiyotida yo‘l ko‘rsatuvchi bosqichlar bo‘lib xizmat qiladilar, tarixiy shaxs- ga aylanadilar.
Iqtidorli bolalar va o‘quvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat ishlari sobitqadamlik bilan olib borilmoq- da. Iste’dodli o‘smir va o‘spirin yoshlarni izlab topish, ular- ga ko‘maklashish, ularning qobiliyatini va iste’dodini o‘stirish bo‘yicha fondlar tashkil etildi. Qobiliyatli yoshlarni chet el- lardagi yetakchi o‘quv yurtlari va ilmiy markazlarda o‘qitish va stajirovka o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Bolalarning oilada tar- biyalashni tashkiliy psixologik-pedagogik uslubiy jihatdan ta’minlash, o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi, sohalashtirish, tabaqalashtirish, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |