1-mavzu: psixologiya fanining maqsad va vazifalari reja


-MAVZU: XOTIRA HAQIDA TUSHUNCHA



Download 0,8 Mb.
bet11/30
Sana03.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#633456
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Bog'liq
7.Мусиқа йўналиши психология

11-MAVZU: XOTIRA HAQIDA TUSHUNCHA
REJA:

  1. Xotira haqida tushunch

  2. Xotiraning nerv-fiziologik asoslari

  3. Xotira turlari

Xotira – bu tajribamizga aloqador har qanday ma’lumotni eslab qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish bilan bog‘liq murakkab jarayondir. Xotira har qanday tajribamizga aloqador ma’lumotlarning ongimizdagi aksidir.Tevarak-atrofdagi biz idrok qilgan narsa va hodisalar ongimizda izsiz yo‘qolib ketmaydi, balki miya po‘stlog‘ida obrazlar tarzida saqlanib qoladi. Keyinchalik narsa va hodisa- larning o‘zi ko‘z oldimizda bo‘lmagan paytda ham biz bu obrazlarni ongimizda qayta tiklay olamiz.Odatda biz biror-bir ma’lumotni o‘qiydigan bo‘lsak, uni hech bir o‘zgarishsiz eslab qolishga harakat qilamiz. Lekin ajabla- narlisi shundaki, borgan sari ma’lumot ma’lum o‘zgarishlarga yuz tutib, xotirada dastlabki paytdagisidan boshqacharoq bo‘lib saqlanadi. Ba’zi bir ma’lumotlar xohlasak ham xotiradan o‘chmaydi, boshqasini esa juda qattiq xohlasak ham kerak payt- da yodimizga tushira olmaymiz. Ma’lum bo‘lishicha inson mi- yasi har qanday ma’lumotni saqlab qoladi. Agar shu ma’lumot biror sabab bilan odamga kerak bo‘lmasa yoki o‘zgarmasa, u ongdan tabiiy tarzda yo‘qoladi, lekin har doim ham bizning professional faoliyatimiz manfaatlariga mos ma’lumotlarni es- da saqlash juda zarur va shuning uchun ham ko‘pchilik ataylab xotira tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. Inson xotirasining yaxshi bo‘lishi, ya’ni his-kechinmalarimiz, ko‘rgan-kechirganlari- mizning mazmuni to‘laroq miyamizda saqlanishi quyidagi omillarga bog‘liq:


– esda saqlab qolish bilan bog‘liq harakatlarning yakunlan- ganlik darajasiga;
– shaxsning o‘zi shug‘ullanayotgan ishga nechog‘liq qiziqish bildirayotganligi va shu ishga moyilligiga;
– shaxsning bevosita faoliyat mazmuni va ahamiyatiga mu- nosabatining qandayligiga;
– shaxsning ayni paytdagi kayfiyatiga;
– irodaviy kuchi va intilishlariga.
O‘tmish tajribalarimizda nimaiki hodisa yuz bergan bo‘lsa, shuni esda olib qolish, esda saqlash va keyinchalik esga tushi- rish yoki unutish xotira deb ataladi.Tashqi va ichki qo‘zg‘atuvchilar ta’sir ko‘rsatishi tufay- li miyaga keluvchi qo‘zg‘alishlar miyada «izlar» qoldiradi, bu izlar-uzoq yillar (ba’zan butun hayot) davomida saqlanib qola- di. Yarimsharlar po‘stlog‘ida qo‘zg‘alishlar uchun go‘yo yo‘l ochiladi, buning natijasida nerv bog‘lanishlari keyinchalik oson va tez vujudga keladi. Agar qo‘zg‘alishlar takrorlanib tursa nerv bog‘lanishlari saqlanadi va jonlanadi, aksincha qo‘zg‘alishlar takrorlanmasa nerv bog‘lanishlari so‘nadi. Nerv bog‘lanishlari so‘nsa ilgari esda qoldirilgan ma’lumotlar unutiladi. Vaqtincha nerv bog‘lanishlarining vujudga kelishi va saqlanishi xotira- ning fiziologik asosini tashkil etadi.Xotiraning mohiyati narsa va hodisalar o‘rtasida aloqa o‘rnatishdan iborat ekanligini qadim zamonlardayoq greklar tushunib yetgan edilar. Bunday aloqalar assotsiatsiyalar deb atab kelinadi. Assotsiatsiyalar uch xil bo‘ladi:Izdoshlik – (yoki ketma-ketlik) assotsiatsiyasi, masalan: biror hodisa esga keltirilgan paytda, shu davrda yuz bergan boshqa faktlar ham xotirada gavdalanadi.
Kontrastlik – shovqin-suronli shaharga kelib qolsam tinch qishloq hayotini eslayman.
O‘xshashlik – tanishimni portretini ko‘rsam uni o‘zini ham eslayman.Ilgari idrok qilingan narsa va hodisalar obrazlarining ongimizda qayta gavdalanishiga tasavvur deb ataladi. Tasav- vurlar tufayli ayni paytda ko‘z o‘ngimizda bo‘lmagan lekin il- gari idrok qilgan narsalarni aks ettira olamiz.
Tasavvurlar va uning turlari
Esda olib qolish va qayta esga tushirish tasavvur obrazlari asosi- da amalga oshiriladi. Odatda mazmun jihatidan ikki xil tasav- vur, ya’ni xotira tasavvuri va xayoliy tasavvur farqlanadi. Xotira tasavvuri ilgari idrok qilingan, ya’ni ilgari o‘z shaxsiy tajribamiz- da bo‘lib o‘tgan, lekin hozir ko‘z o‘ngimizda bo‘lmagan narsalar- ning obrazlarini ongimizda gavdalantirishdan iboratdir. Masalan, birinchi marta maktabga borganimizdagi taassurotlarni ongimiz- da qayta tiklashimiz xotira tasavvuri bo‘ladi. Xayoliy tasav- vur xotira tasavvuriga qaraganda murakkab bo‘lib, ongimizda- gi bilimlarimiz, tajribamiz asosida ilgari idrok qilinmagan, shu paytgacha turmush tajribamizda uchratmagan narsalarning obra- zlarini yaratishdan iboratdir. Xayoliy tasavvur ijod qilish jarayo- ni bilan bog‘liq bo‘lgan tasavvurdir. Masalan: matndagi obraz- larning tasvirlanishiga qarab, ular obrazlarining ko‘z oldimizda paydo bo‘lishi xayoliy tasavvurga misol bo‘la oladi.Tasavvurlar narsa va hodisalarni bevosita idrok qilish orqa- li hosil bo‘lishidan tashqari so‘zlar orqali, ya’ni so‘z bilan bi- ron narsani tasvirlab berish orqali ham hosil bo‘lishi mumkin. Tasavvur obrazlarining to‘la va ravshan bo‘lishi birinchi navbat- da idrokning chuqur va to‘laligiga bog‘liqdir. Unchalik e’tibor bermay pala-partish idrok qilgan narsalardan hosil bo‘lgan obrazlar juda xira bo‘ladi. Binobarin, bunday obrazlar tasav- vurda qayta tiklanganda undan ham xira va noaniq bo‘ladi.Bundan tashqari tasavvur obrazlarining sifati odamning ay- ni chog‘dagi ahvoliga, his-tuyg‘ulari va diqqatiga bog‘liq bo‘ladi. Chunonchi, tobi qochib kayfiyati buzilib (ko‘ngli biron narsaga g‘ash bo‘lib), diqqati chalg‘ib turgan paytida odam idrok qilgan narsalarini yaxshi va osonlik bilan tasavvur eta olmaydi. Idrok qilish jarayonida qaysi sezgi a’zosining ustunlik qilishiga qarab tasavvurlar quyidagi turlarga bo‘linadi: ko‘rish tasavvuri, eshi- tish, hid bilish tasavvurlari, ta’m bilish tasavvuri, harakat tasav- vuri va shu kabilar. Odamlarning kasbiga qarab tasavvurlarning ayrimlari nisbatan kuchli rivojlanadi. Masalan: rassomlarda ko‘rish tasavvuri, kompozitor va sozandalarda eshitish tasavvuri, raqqosalarda harakat tasavvuri nisbatan ustun turadi. Tasavvur- lar yakka va umumiy tasavvurlarga bo‘linadi. Yakka tasavvur deb birorta yakka narsa yoki hodisaning obrazini tasavvur qi- lishga aytiladi. Masalan: tanish bo‘lgan odamlar (o‘rtog‘i, sinf- doshi haqidagi) va shaxsiy narsalari haqidagi (avtoruchkasi, port- feli kabi) tasavvurlar. Umumiy tasavvur deb bir jins, bir tur, bir guruhni tashkil qilgan narsalarning obrazlarini tasavvur etish- ga aytiladi. Masalan: umuman odamni, umuman daraxtni yo- ki umuman o‘simlikni tasavvur qilish. Odamda dastavval yakka tasavvurlar undan keyin esa umumiy tasavvurlar yuzaga keladi. Chunki umumiy tasavvurlar bir qancha bir-biriga o‘xshash nar- sani qayta-qayta idrok qilish natijasida hosil bo‘ladi.Xotira turlari. O‘zlashtirish va esga tushirish xususiyatlari- ga ko‘ra xotira bir necha turlarga ajratiladi. Masalan: muzeyga uyushtirilgan sayohatni eslar ekanmiz, o‘zimiz ko‘rgan narsa- larning obrazini va o‘zimiz guvohi bo‘lgan hodisalarni fikran ko‘z oldimizda gavdalantiramiz. Bu obraz xotirasidir. Bunda birinchi signal sistemasi katta o‘rin egallaydi. Ekskursiya rah- barining tushuntirishlarini, ular bilan o‘tkazilgan suhbatlarni, ekskursiyaga birga borilgan o‘rtoqlar bilan o‘zaro fikr almashuv- larni eslash chog‘ida biz ma’no xotirasidan yoki so‘z-mantiq xotirasidan foydalanamiz. Bu xotira ikkala signal sistemasining o‘zaro bir-biriga ta’sir ko‘rsatishiga tayanadi, bunda ikkinchi signal sistemasi dominantlik (ustunlik, yetakchilik) rolini o‘ynaydi. Agar biz o‘z do‘stimizning boshiga tushgan baxtsiz- likni eslasak, bunda biz yana yangidan g‘amginlik yoki hatto musibat hissini kechiramiz, bu esa emotsional xotiraning yoki his-tuyg‘ular bilan aloqador xotiraning ko‘rinishidir. Harakat- lar bilan aloqador motor yoki harakat xotirasi (sportchi, raqqo- sa, suzuvchi va h.k.) deyiladi.
Xotira jarayonlari
Xotira quyidagi jarayonlardan iboratdir:
a) esda olib qolish;
b) o‘zlashtirilgan ma’lumotni esda saqlash;
d) esga tushirish va tanish;
e) unutish.
Esda olib qolish va uning turlari. Xotira jarayonlari esda olib qolishdan, ya’ni narsa va hodisalar o‘rtasida aloqa o‘rnatishda iboratdir. Esda olib qolish bosh miya po‘stlog‘ida yuzaga keladi- gan turli murakkablikdagi assotsiatsiyalarga bog‘liqdir. Xotiramiz- da nimaiki saqlanayotgan bo‘lsa, shularning ko‘pchiligini biz ixti- yorsiz ravishda esda olib qolganmiz. Masalan: ko‘chada ketayotgan paytimizda oldimizga aniq maqsad qo‘ymagan bo‘lsak ham juda ko‘p narsalar ixtiyorsiz tarzda esda saqlanib qoladi. Ko‘pincha beixtiyor idrok qilingan narsa va hodisalar esda saqlanib qoladi. Lekin esda saqlanib qoladigan ma’lumotga hissiyot ta’sir qilishi mumkin. Masalan: bizda bironta hissiyot tug‘diradigan ma’lumot hissiyotimizga hech bir ta’sir qilmaydigan ma’lumotga qaragan- da esimizda ham tezroq, ham mustahkamroq o‘rnashib qoladi.Ammo odamning hayoti va faoliyati undan ixtiyoriy esda olib qolishni talab etadi. Maktabda fan asoslarini o‘rganish, bi- ron-bir kasb bo‘yicha ishga tayyorgarlik ko‘rish odatda ixti- yoriy esda qoldirishni talab etadi. Muayyan bilimlarni egal- lash uchun sistematik va ixtiyoriy ravishda esda qoldirish uqib olish deb ataladi. Uqib olish maktab o‘quvchilari o‘quv ishining muhim qismi hisoblanadi. Ixtiyoriy esda olib qolish deb ko‘zda tu- tilgan maqsadga muvofiq tanlangan ma’lumotlarni ongli ravishda kuch sarf qilib esda olib qolishga aytiladi. Ixtiyoriy esda olib qo- lish anglab, bilib esda olib qolishdir. Masalan: esda olib qolishga jazm qilish, maqsadga erishish uchun intilish, kerak ma’lumotni tanlash, motivatsiya (nima maqsad bilan esda qoldirish kerakli- gini bilish) – bularning hammasi tafakkur faoliyati bilan bog‘liq bo‘ladi. Ixtiyoriy esda qoldirishda irodaning ham ahamiyati kat- ta. Masalan: ba’zi paytlarda esda olib qolishning qiyinchiliklariga duch kelar ekanmiz, bunda albatta iroda ishtirok etadi. Ixtiyoriy esda olib qolishning nerv-fiziologik asosida birinchi va ikkinchi signallar sistema doirasida yuzaga keladigan shartli reflekslar, mu- vaqqat aloqalar yotadi. Odatda qiziqish yengillik bilan esda qoldi- rishning eng birinchi shartlaridandir. Bizda qiziqish tug‘dirgan narsa tezroq va mustahkamroq esda qoladi. Esda qoldiriladigan ma’lumotga bo‘lgan qiziqish diqqatimizni o‘ziga jalb etadi, his- tuyg‘ularimizga ta’sir qilib zavqlantiradi. Bu esa o‘z navbatida es- da olib qolishni kuchaytiradi. Ayrim kishilar xotirasining zaifli- gi analiz qilinganda esda yaxshi saqlab qololmasliklarining sababi ular diqqatining bo‘shligida, tarqoqligida, ya’ni miya po‘stidagi
tegishli qo‘zg‘alish manbalarining zaifligida ekanligi aniqlangan. Ma’lumotni idrok qilishda sezgi organlari qanchalik ko‘p ishtirok etsa, ma’lumot shunchalik tez va puxta esda qoladi.Ma’lumotni idrok qilishda sеzgi organlari qanchalik ko‘p ishtirok etsa, ma’lumot shunchalik tеz va puxta esda qoladi. Bu haqda mashhur rus pеdagoglaridan K.D. Ushinskiyning quyi- dagi gaplari juda ham o‘rinlidir. «Bolaning esida biror narsa- ning mahkam o‘rnashib qolishini xohlovchi pеdagog, bola sеzgi organlarining mumkin qadar ko‘prog‘ini – ko‘zi, qulog‘i, tovush organi, muskul sеzgisi va hatto, iloji bo‘lsa, hidlash va ta’m bilish organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashti- rishga harakat qilishi kеrak», K.D. Ushinskiyning bu fikri al- laqachon amalda isbot qilingan.Ma’lumotni takrorlash ham albatta ixtiyoriy esda olib qo- lishga ijobiy ta’sir qiladi. O‘tkazilgan tekshirishlardan ma’lum bo‘lishicha, asosan uch xil yo‘l bilan takrorlash mavjud:
– surunkasiga takrorlash;
– qismlarga bo‘lib takrorlash;
– bir yo‘la, surunkasiga, undan so‘ng yana qismlarga bo‘lib takrorlash.
Bu psixologiyada kombinatsiya usuli deb yuritiladi. Esda olib qolinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni taqsimlash- da kishining tafakkuri va diqqati faol qatnashadi. Binobarin, ma’lumotlarni taqsimlash va rejalashtirish jarayonining o‘ziyoq esda olib qolishning sifatiga ijobiy ta’sir qiladi.Ma’nosiga tushunib, ya’ni mantiqiy (logik) tarzda esda olib qolish samarali va qulay usuldir. Ma’nosiga to‘la tushunib es- da olib qolingan ma’lumot odamning xotirasida mustahkam joy- lashib qoladi. Chunki, ma’nosiga tushunib esda olib qolinadi- gan narsa va hodisalarning umumiy va muhim belgilari, ular o‘rtasidagi sababiy hamda natija bog‘lanishlarni anglash demak- dir. Shuning uchun, ma’nosiga to‘la tushunib esda olib qolin- gan ma’lumot odamning ongida bor bilimlariga qo‘shilib keta- di. Og‘zaki ma’lumotlarni ma’nosiga tushunib esda olib qolish ayniqsa muhimdir. Ma’nosiga tushunib esda olib qolishning sa- marali bo‘lishiga sabab shundaki, ma’nosiga tushunib esda olib qolish jarayonida odamning ixtiyoriy diqqati, tafakkuri va irodasi faol ishtirok qiladi. Faqat takrorlash bilan esda olib qolish me- xanik esda olib qolish deb ataladi, bunda ko‘pgina hollarda odam o‘zlashtirilishi lozim ma’lumotni tushunmagan holda takrorlay- veradi. Bu yo‘sindagi takrorlash oqibatida o‘quvchi qiyin, noaniq ma’lumotni quruq yodlab oladi, xolos. Quruq yodlash yo‘li bi- lan esda qoldirishda odatda odam ko‘p qiynalishiga to‘g‘ri keladi, kishidan ko‘p vaqt sarflash talab etiladi, o‘zlashtirilgan materi- al tez unutiladi. Bolalarda turmush tajribalarining ozligi va nerv sistemalarining nihoyat darajada pastligi, ya’ni juda plastikligi tufayli ular so‘zlar bilan bog‘liq har turli ma’lumotlarni mexanik tarzda esda olib qolishga intiladilar. Ayrim paytlarda mexanik es- da qoldirish usulidan ham foydalanishga to‘g‘ri keladi. Chunon- chi, bir necha marta takrorlash yo‘li bilan biz telefon nomerini yoki tanishimizning manzilini, shuningdek chet tili so‘zlarini, qiyin terminlarni va shu kabilarni esda olib qolamiz. Lekin bun- da ham odam esda olib qolmochi bo‘lgan narsani ilgaridan o‘ziga tanish narsa bilan bog‘lamog‘i, oqilona o‘zlashtirmog‘i lozimdir, zotan ma’nosiga tushunib esda olib qolish mexanik esda olib qo- lishga qaraganda ancha puxtaroq bo‘ladi.Esda saqlab turish. Biz nimani esda olib qolgan bo‘lsak, shundan nisbatan ozroq qismigina xotirada uzoq vaqt da- vomida, ba’zan bir umrga saqlanib qoladi. O‘zlashtirilgan ma’lumotlar mustahkamlanmasligi tufayli asta-sekin unu- tilib boradi. Shu sababdan o‘zlashtirilgan materialni xotirada saqlash uchun uni takrorlab turish kerak.Esga tushirish va uning turlari. Esga tushirish odatda tanish- dan boshlanadi. Tanish bu ilgari idrok qilingan narsa va hodisa- larni qayta idrok qilishda esga tushishidir. Tanish – yarim-yor- ti va to‘liq tanish bo‘lishi mumkin. Yarim-yorti tanishda ilgari idrok qilgan narsamiz g‘ira-shira esimizga tushadi. To‘liq ta- nishda esa idrok qilingan narsaga oid ilgari hosil bo‘lgan tasav- vur va fikrlar ongimizda tiklanadi. Bunday holda biz bu narsani qayerda va qachon ko‘rganimizni ham eslay olamiz. Chunon- chi, bayram kuni qayerda nima qilganimizni, kim bilan gap- lashib kulganlarimizni juda yaxshi eslay olamiz. Esga tushirish, ya’ni eslash narsaning o‘zini shu paytda idrok qilmay turib es- ga olishdir. Esga tushirish jarayoni tanish jarayoni bilan uzviy bog‘liqdir. Esga tushirish ham ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo‘lishi mumkin. Ixtiyorsiz esga tushirish deganda biz o‘z oldimizga ma’lum bir maqsad qo‘ymasdan va irodaviy kuch sarf qilmas- dan esga tushirishni tushunamiz. Bunday esga tushirish jarayoni yuqorida ko‘rib o‘tilgan assotsiatsiyalar ishtirokida sodir bo‘ladi. Ixtiyoriy esga tushirish deganda biz biron maqsad bilan esga olish kerak bo‘lgan ma’lumotlarni tanlab, harakat qilib, maxsus ravishda esga tushirishni tushunamiz. Ixtiyoriy esga tushirish bilib, anglab esga tushirishdir. Ixtiyoriy esga tushurishda eslab topish usullaridan foydalanamiz. Masalan: telefon raqamini es- lash, birovning ismini eslash va hokazo. Odatda biz ixtiyoriy es- ga tushirish jarayonlaridan juda keng foydalanamiz.Unutish ham xotira jarayonlaridan biridir. Unutish batamom va qisman unutish kabi ikki turga bo‘linadi. Unutishning bir qancha sabablari mavjud. Birinchidan, unutish esda olib qolin- gan ma’lumotlarning amalda tatbiq qilinishi yoki qilinmasligiga bog‘liqdir. Ikkinchidan, unutish esda olib qolingan ma’lumotga nisbatan qiziqishning naqadar barqarorligiga bog‘liqdir. Masa- lan: bizni nihoyatda qiziqtirgan biron kitobning mazmuni, bi- ron kinoning mazmuni yoki juda yoqqan biron kuyning ohangi hech qachon esdan chiqmaydi. Nihoyat uchinchidan, unutish ma’lum darajada nerv sistemasining ahvoliga ham bog‘liqdir.Xotira sifatlari va xotiradagi individual farqlarXotira sifatlari xotirani qo‘llash, ya’ni muayyan vaqt ichi- da odam esda qoldiradigan narsalar yoki faktlar miqdori- ga, esga tushirishning aniqligiga, esda olib qolish tezligiga, o‘zlashtirilgan ma’lumotning qanchalik uzoq esda saqlani- shi, xotiraning tayyorligi, ya’ni talab etilgan narsani tezda es- ga tushira olish qobiliyati nazarda tutiladi. Xotiraning ana shu ko‘rsatib o‘tilgan xususiyatlari kimdaki yetarli rivojlangan bo‘lsa, shu odamning xotirasi yaxshi xotira hisoblanadi. Xoti- ra xususiyatlari shaxsiy fazilat sifatida odam qobiliyatlarin- ing rivojlanishiga, faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Narsalarni oson esda olib qoluvchi kishiga qaraganda, xotirasi u qadar yax- shi rivojlanmagan odamning vaqti ham, kuchi ham ko‘p sarf bo‘ladi. Ko‘pgina kasb-hunarlar uchun yaxshi xotira kerak.


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish