Ko’rsatkich
|
Son qiymati
|
1
|
Zichlik, kg/m3
|
|
|
qattiq
|
1300…1580
|
|
plastifikatsiyalangan
|
1160…1350
|
2
|
Parchalanish temperaturasi. oC
|
140…170
|
3
|
Shishalanish temperaturasi (qattiq) oC
|
85
|
4
|
Zarba mustahkamligi (qattiq) MPa
|
2,8…13,820
|
5
|
Cho’zilish va mustahkamlik chegarasi MPa
|
|
|
qattiq
|
6…7,5
|
|
plastifikatsiyalangan
|
1,5…3,5
|
6
|
Issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti 1/K
|
(6,6…7,3)·10-5
|
7
|
Uzilishda nisbiy cho’zilish %
|
|
|
qattiq
|
2…80
|
|
plastifikatsiyalangan
|
200…450
|
8
|
Cho’zilishda elastiklik moduli (qattiq) MPa
|
2412…6893
|
9
|
Solishtirma issiqlik sig’imi J/kg·K
|
1340…2140
|
10
|
Sinish ko’rsatkichi (Na chizig’i)
|
1,54
|
11
|
Dielektrik doimiysi (25oC va 1 kg Gs da)
|
|
|
qattiq
|
3,3
|
|
plastifikatsiyalangan
|
2…8
|
12
|
Molekulyar massa
|
30000…150000
|
13
|
Suv yutish (24 sutkada) %
|
0,4…0,6
|
14
|
Issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsiyenti Vt/m·K
|
0,162
|
15
|
Mustahkamlik chegarasi MPa
|
|
|
siqishda
|
78…80
|
|
cho’zishda
|
50…60
|
|
egilishda
|
80…120
|
16
|
Brinell bo’yicha qattiqligi MPa
|
150…160
|
17
|
Zarbali qovushqoqlik Kj/m2
|
100…175
|
2 – mavzu. VINILXLORID POLIMERLANISHINING
ASOSIY QONUNIYATLARI
1835-yilda Rene vinilxloridning yorug’lik ta’sirida oddiy quyi molekulyar birikmalardan keskin farqlanuvchi moddaga aylanishini kashf qildi. Keyinchalik bu natija polimer moddalar sintezining birinchilardan ekanligi tan olindi. Vinilxloridning fotopolimerlanishi quyosh nuri ta’sirida inisiatorlarsiz juda sekin boradi, lekin ultrafiolet nurlari ta’sirida tezlashadi. Reaksiya haroratini oshirish va peroksidlar qo’shish natijasoda polimerlanish tezligi ancha ortadi.
Kislorod va inisiatrlarsiz vinilxloridning termik polimerlanishi bo’lmaydi, lekin kislorod ishtirokida induksion davrdan so’ng polimerlanish ancha tezlashadi. Induksion davr jarayonida kislorod vinilxloridga peroksidlar hosil qilib birikadi, so’ng radikallarga bo’linadi va polimerlanish jarayonini hosil qiladi . Tajribalar shuni ko’rsatadiki, agar kislorod yetishmasa, 50-100 soat davomida ham 20-110°C da qizdirilishi natijasida ham polimer hosil bo’lmaydi.
Peroksidlar ishtirokida vinilxloridi polimerlanishi, blok yoki suvli emulsiyadan o’tadigan, havoga nisbatan azotli atmosferada ancha tez oqib o’tadi. Polimerlanish reaksiyasi boshqa aralashmalarga nisbatan juda ta’sirchan hisoblanadi. Asetilen, metil va etil spirti, tuz kislotasi jarayon tezligini juda sekinlashtiradi, stirol, gidroxinon, rezorsin, anilin, difenilamin, fenol, brom, yod va kaliy permanganat esa ushbu jarayonni to’xtadi. Stirolning to’xtatish vazifasini batafsil o’rganib chiqilgan. Ma’lum bo’lishicha, ma’lum bir miqdordagi stirol polimerlanish reaksiyasini tezlik bilan sekinlatadi va ma’lum darajada polimer massasini kamaytiradi, shuningdek, 1% stirol qo’shish reaksiyani umuman boshlanmasligini ta’minlaydi.
Eritmadagi vinilxloridning polimerlanishi natijasida reaksiya tezligi sekinlashadi va polimerning molekulyar massasi kamayadi. Polimer bo’ylanma zanjiri halqasi joylashishiga qator hollarda erituvchi o’z ta’sirini ko’rsatadi. Masalan, vinilxloridning radikal ko’rinishdagi inisiatrlar yordamida n-moy aldegidi yoki asetaldegiddagi polimerlanishi orqali kristal polimer hosil bo’ladi. Polivinilxloridning ko’pchilik erituvchilar (metil va etil spirti, benzol, toluol, aseton, metiletilketon, uksus kislota va b.) da ma’lum miqdorda monomer hosil qilib, eritmadan tushib qoladi. Tushgan polimer nisbatan toza, tarkibida inisiator va kammolekulali fraksiya bo’lmaydi. Qator holatlarda u filtrlash va quritish jarayonidan so’ng ishlatilishi mumkin.
Eritma polimerlanishi vinilxloridning sopolimerlarini vinilatsetat va boshqa monomerlar bilan hosil qilishda keng qo’llaniladi. Ushbu jarayonni uzluksiz metod orqali hosil qilish mumkin.
Vinilxloridning polimerlanishida ikkilamchi jarayonlar hosil bo’lishi mumkin, ya’ni ular hosil bo’lgan boshlang’ich polimerni o’zgartiradi. Agar polimerlanish jarayoni yuqori harorat (75°C va undan yuqori) da oqib o’tsa boshida hosil bo’lgan polimer uzoq vaqt davomida issiq holatda qoladi, unda polimer molekulasidan vodorod xloridi ajralib chiqadi. Ayniqsa, ushbu jarayon erituvchilar yordamida oson kechadi (1-jadval).
Agar, vinilxlorid polimerlanishini yumshoq sharoitlarda (70°C va undan past) o’tkazilganda, teoriyaga mos holatda olingan mahsulotlarda xlor saqlanadi.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |